Pedagogika va psixologiya p65



Yüklə 57,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/43
tarix23.01.2023
ölçüsü57,48 Mb.
#99050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA ASOSLARI

Pedagogik faoliyat 
— estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy maq- 
sadlarga muvofiq ravishda yosh avlodni hayotga tayyorlashning aq- 
lan o ‘ylab ko‘rilgan, katta yoshdagilarning ijtimoiy zarur b o ‘lgan 
mehnatining o‘ziga xos turi.
Pedagogik jarayon 
— m a’lum b ir maqsadga yo ‘naltirilgan 
kattalarning pedagogik faoliyati ta ’sirida tashkiliy shakllantirilgan 
va m azm unan boyitilgan ham da tarbiyachining yo‘naltiruvchi va 
olib boruvchi rahbarlik roli natijasida bolaning o ‘z -o ‘zini taraqqiy 
ettirishi.
H ar qanday fan ham yakka holda o ‘zi mukammallikka erisha 
olmaydi. U boshqa fanlar bilan aloqada, yutuqlaridan foydalangan 
holda m azm unan boyib boradi.
Xuddi shuningdek, pedagogika fani ham hozirgi kunimizda 
umum bashariyat tom onidan yaratilgan bilimlar va kelajak ha- 
qidagi m a’lumotlarga tayanadi. U tabiat va jam iyat rivojlanishi 
qoidalari to ‘g‘risidagi m a’lumotlarga asoslanadi, o ‘zi ham ijti­
moiy fan sifatida rivojlanib, insonning ijtimoiy kamolotiga xiz- 
m at qiladi. U falsafa, tarix, iqtisod, psixologiya va sotsiologiya, 
etika va estetika, biologiya va madaniyatshunoslik, siyosatshunos- 
lik va boshqa fanlar bilan uzviy aloqadadir.
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi va
pedagogika fanlari tizimi
H ar bir yurtning fuqarosi b o ‘lmish o ‘qituvchi-tarbiyachi va 
o ‘quvchi-yoshlar o ‘z ona yurti tarixini bilishlari, vatanparvar 
b o ‘lishlari lozim. T a’lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan 
xabardor b o ‘lmay turib, o ‘qituvchilik qilish m um kin emas.
9


O ‘qituvchi o ‘quvchilarga bilim berish, m a ’lum otli qilish, 
tarbiyalash maqsadida unga tizimli ta ’sir ko‘rsatadi. Bunda psixo­
logiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya’ni, ta ’sirning samarasini 
bilish uchun o ‘quvchining sezgi, idrok, tasavvur, diqqat va ta ­
fakkur, fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishga 
asoslanib ta ’sir ko‘rsatish rejasini belgilaydi. Ayniqsa, yosh davr- 
lari psixologiyasini o ‘qituvchi chuqur bilishi talab etiladi. Buni 
yaxshi bilgan o ‘qituvchi esa har bir bolaning yosh va individual 
xususiyatlarini hisobga olgan holda bolaga yondashadi va unga sama- 
rali ta ’sir ko‘rsata oladi. M a’lum m a’noda o ‘qituvchilarga xizmat 
qiladigan psixologiya turkumidagi fanlarni ham pedagogika fanlari 
tizimiga kiritish mumkin. Falsafa pedagogika fani uchun metodologik 
asos b o ‘lib xizmat qiladi. Falsafa pedagogikani ilmiy uslublar bilan 
qurollantiradi, ta ’lim va tarbiyaning obyektiv qonun-qoidalarini 
ishlab chiqishga manba bo ‘ladi. Etika va estetika fanlari pedagogika­
ning tarbiya nazariyasi b o ‘limi b o ‘yicha m a’lum ot beradi. Bu fan
10


o ‘quvchining xulqi, odobi m e’yorlarini aniqlash, belgilash hamda 
go‘zallikni chin m a’noda tushuntirish, o ‘quvchi ongida hayotning 
jozibali, nafis qirralariga bevosita rag‘bat uyg‘otish borasida peda­
gogika fani bilan aloqadadir. Fanlarni o ‘qitish yo‘llari didaktikaga 
aloqador, chunki har qanday fanning o ‘qitilish usuli shu fanning 
mazm uni, tizimini o ‘quvchilar tom onidan o‘zlashtirib olinishiga 
xizmat qiladi. Demak, pedagogika fani bolalar anatomiyasi, fizio- 
logiyasi, bolalar gigiyenasi va pediatriya kabi fanlar bilan ham 
mustahkam aloqada, bu fanlar bir-biriga chambarchas bog‘liqdir. 
Turli sohada bilim oluvchi o ‘quvchilarni o ‘qitish va tarbiyalashning 
nazariy ham da amaliy tom onlarini pedagogika fani tarm oqlari 
yoritib beradi.
Zam onaviy pedagogika ijtim oiy hayot jabhalarida faoliyat 
ko‘rsatayotgan shaxslarni bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga 
bardosh beradigan, yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq- 
atvori bilan o ‘zgalarga ibrat b o ‘ladigan bilimli, komil inson etib 
tarbiyalashdek m uhim masalalarni hal qilishi lozim.
Yoshlarimizda bolalikdan boshlab sog‘lom e’tiqod va yuksak 
dunyoqarashni shakllantira olsak, ular m a’naviyati boy, mustaqil 
fikrli va oliyjanob shaxslar bo ‘lib ulg‘ayadi. Mafkuraviy dunyoqarash 
va milliy g‘oyalar shunday e’tiqod asosida shakllanadi. Milliy istiqlol 
g‘oyasini yoshlar ongi va qalbiga singdirishda milliy urf-odat va 
an ’analarimizning, oila va mahallalarning, ayniqsa, ta ’lim-tarbiya 
beruvchi m uassasalarning o ‘rni ju d a salmoqli b o ‘lib, bu ham
pedagogika fani oldiga ulug‘vor vazifalarni qo‘yadi. Qanday usullar, 
vositalar va yo ‘llar bilan ta ’lim -tarbiya jarayonini boshqarish 
lozimligini pedagogika belgilab beradi.

Yüklə 57,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə