Pedagogs” international research journal



Yüklə 109,02 Kb.
səhifə3/4
tarix13.08.2023
ölçüsü109,02 Kb.
#120553
1   2   3   4
88-92 (1)

Eustresslar (“foydali’’ stresslar). Muvaffaqiyatli yashash uchun har birimiz stressing biroz miqdoriga muhtojmiz. Bu bizning rivojlanishimizning asosiy omili. Bu holatni “uyg’onish reaktsiysi” deb atash mumkin. Bu uyqudan uyg’onish kabidir. Ish faolligiga erishish uchun sizga turtki-kichik dozada adrenalin kerak. Eustress aynan shu vazifani bajaradi.
Distresslar (zararli stresslar) keskin zo’riqishlarda yuzaga keladi. Stressning aynan shu turi barcha tushunadigan stressni ifodalaydi.

STRESS OQIBATLARI



SUBYEKTIV



XATTI-HARAKATDAGI



  • “Yomon” so’zlashuv

  • Janjal chiqarish ehtimoli




FIZIOLOGIK



  • Qon bosimining ko’tarilishi

  • Yarali kasalliklar …

KOGNITIV


IJTIMOIY

Stressning sababi aslida insonni ta’sirlaydigan, bezovta qiladigan har qanday narsa bo’lishi mumkin.Misol uchun, tashqi sabablarga biror nima tufayli paydo bo’lgan bezovtalikni kiritsa bo’ladi( ish joyini o’zgartirish, qarindoshning o’limi). Stressning ichki sabablari hayotiy qadriyatlar va e’tiqodlarni o’z ichiga oladi. Bunga shaxsiy baholashi ham kiradi.


Stress ayol va erkaklarda taxminan teng darajada uchrashi mumkin. Biroq, har bir organizm o’z xususiyatlariga ega. Agar siz o’zingizda stress haqida so’zlashi mumkin bo’lgan alomatlarni sezsangiz, birinchi navbatda holat sababchilarini bartaraf etish ancha oson. “Barcha kasalliklar asabdan” degani yolg’on emas.

Klinik kuzatuvlar shuni ko’rsatadiki, kichik stresslar tanaga zararli emas, hatto foydali. Ular odamni hozirgi ahvoldan chiqish yo’lini toppish uchun rag’batlantiradilar. Ko’p odamlar stressga qarshi antidepressantlar, spirtli ichimliklar yordamida kurashishga odatlanishgan. Biroq bunday yo’lni tanlash ularga o’rganib qolish va mutaxasis yordamisiz ulardan voz kecha olmaslikka olib keladi.
STRESSDAN CHIQISH, DAVOLASH VA OLDINI OLISH

    • Barchaga ma’lumki, yaxshi uyqudan ko’ra yaxshiroq dori yo’q. To’yib uxlash katta foyda beradi.

    • Stressli vaziyatni yengishda bir tekis va sokin nafas olish

    • To’g’ri ovqatlanish (oziq- ovqat oson va yaxshi hazm bo’lishi kerak)

    • [Xalq tabobatida : moychechak damlamasi bosh og’rig’i, uyqusizlik bilan kurashadi va tinchlantiruvchi ta’sirga ega.

    • Melissa- charchoqqa qarshi ajoyib vosita, zo’riqish va tashvishlarni yengillashtirishda, uyqusizlikda va og’ir stressda foydalidir.]3

Stressning oldini olishda erishilsa bo’ladigan maqsad qo’yish.

  • [“Men ideal bo’lishim kerak”, “Dunyo menga nisbatan doimo adolatli bo’lishi kerak” degan fikrdan yiroq bo’ling.

  • “Agar reja tuzib chiqsam, men hammasini uddalayman”, “Men buni bosqichma- bosqich amalga oshiraman”, “Agar uddasidan chiqa olmasam, barchasini boshqattan boshlayman” degan fikrga yaqinroq bo’lish

Kuchli stress zamonaviy jamiyatning haqiqiy ofatidir. Doimiy jismoniy va hissiy stressda yashaydigan odamlarning asab tizimi har doim ham stressni muvaffaqiyatli engib chiqa olmaydi, ko’pincha tana shunchaki dosh berolmaydi]4 va yuqorida sanab o’tilgan kasalliklarning har biri paydo bo’ladi.



Yüklə 109,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə