Pirimqul Qodirov Yulduzli tunlar 480. indd



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/39
tarix17.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#110873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
yulduzli tunlar 0

ANDIJON GUL VA QUYUN
Choparlar hali yo‘lda. Urush to‘poloni Andijonga yetib kelganicha 
yo‘q. Shaharning shimolidagi ko‘rkam chorbog‘ baland devor bilan 
o‘ralgan, darvozalarga soq-chilar qo‘yilgan. Chorbog‘ ichida o‘n ikki 
yoshlik Bobur mirzo chavandozlik mashqlari o‘tkazmoqda. U chor-
bog‘ chetidagi yalanglikdan bo‘z otni choptirib chiqdi-yu, birdan jilov-
ni qo‘yib yubordi. Kamonga chapdastlik bilan o‘q o‘rnatdi va chopib 


30
borayotgan ot ustidan nishonga otdi. Yoy o‘qi nishon yog‘ochiga 
«taq» etib urilgani baralla eshitildi. Bir to‘p otliqlar mashqni chinor 
soyasida turib kuzatmoqda edilar. Qora otliq Mazidbek nishonga 
birinchi bo‘lib yaqinlashdi. U Boburning bek atkasi* edi. Bobur otini 
qaytarib kelayotganda, Mazidbek unga:
– Mo‘ljalni andak balandroq olibsiz, ammo zarbingiz behad yax-
shi, – dedi.
Mazidbek sopiga sadaf qadalgan yoy o‘qini nishondan avaylab 
sug‘urib oldi-da, qanchalik chuqur botganini barmog‘i bilan o‘lchab 
ko‘rdi:
– Bilagingizda kuch ko‘p, amirzodam! Sherpanjasiz. Podshoh haz-
ratlari sizni Bobur deb ataganlari bejiz emas. Bobur arabcha sher de-
makdir!
Bobur mirzoning navkarlari, yaroqbardor, tengdosh-ko‘kaldosh* 
mulozimlari ham nishon atrofiga yig‘ildilar. Ular Boburning hali yosh 
o‘spirin ekanini, qo‘lidagi kamoni bo‘yi-bastiga mos qilib kichraytirib 
ishlanganini bilar edilar. Shuni o‘ylab, Bobur maqtovni o‘ziga olgisi 
kelmadi.

Sherpanja deb otamni aytsinlar. Men ko‘rganmen, zarblari bun-
dan o‘n hissa ortiq. Musht ursalar, eng zo‘r yigitni ham yiqiturlar.

Kamina ham aytmoqchi edimki, amirzodamning sherpanja-
liklari podshoh otangizga tortganligingizdan nishonadir!
Mazidbek gapni mohirlik bilan burganini sezib Bobur kulib 
qo‘ydi. Uning mayin sarg‘ish tukli peshonasida, yuqori labining usti-
da ter rezalari yiltirardi.
– Kun isidi, amirzodam. Yoz ramazoni tinkani quritur. Iftorgacha 
toliqib qolmasinlar. Endi borib, salqinda mutolaa qilsinlar. Kamina 
Andijon qo‘rg‘onini mudofaaga tayyorlash bilan band bo‘lurmen.
Bobur mulozimlari bilan mashq maydonidan chiqayotganida 
ko‘nglida yangi bir istak uyg‘onib, ko‘zlari sho‘x yiltiradi. U otini 
to‘xtatib, orqasiga o‘girildi va jiyron qashqa ot mingan navkarni yoni-
ga chaqirdi. Navkar yondashganda, qo‘lini cho‘zib, otining egarini 
silkitib ko‘rdi. Egar mahkam urilgan edi. Bobur navkarga ellik qad-
amcha nariga borishni, otdan tushib, jilovidan sekin yetaklab ket-
averishni buyurdi.
Mulozimlar orasida eng e’tiborlisi Boburning opasi bilan bir 
onani emib o‘sgan o‘n yetti yoshlik No‘yon Ko‘kaldosh edi. Mazidbek 
yo‘qligida Boburni ehtiyot qilish No‘yonga topshirilgan edi. No‘yon 
Boburning nima qilmoqchi ekanini fahmlab, bezovtalandi:


31

Amirzodam, hozirgina bir mashqdan chiqdingiz. Boshqa mush-
kul mashqlarni ertaga qoldiring.

Xo‘p, mushkuli ertaga qolsin, hozir osonini ko‘raylik, – kulib 
dedi Bobur. Navkar aytilgan joyga borib otdan tushdi va jiyron 
qashqasini sekin yetakladi. Bobur bo‘z otni choptirib borib, navkarga 
yetganda oyoqlarini uzangidan bo‘shatdi, qamchini tishiga oldi. Bo‘z 
ot jiyron qashqa bilan jips kelgan zahoti Bobur bo‘y cho‘zib, narigi ot-
ning egaridan ikki qo‘llab ushladi-yu, bor kuchi bilan egardan egarga 
sakradi.
Biroq navkarning oti sakrash zarbidan cho‘chib, hurkib ketdi. Bo-
burning xipcha gavdasi
bir lahza havoda muallaq bo‘lib qoldi, keyin pastga tushib ket-
di. Oyoqlari yerga «tap» etib urildi. Ammo u qo‘llarini egardan 
bo‘shatmadi – bo‘shatsa yomon yiqilishini sezib, jon-jahdi bilan yo-
pishdi. Bilaklari chindan ham kuchli ekan, shunday og‘irlikka bardosh 
berdi. Faqat navkar otini to‘xtatib olguncha Boburning oyoqlari yerni 
tirnab sudralib bordi-yu, bejirim ipak sallasi boshidan uchib ketdi.
No‘yon Ko‘kaldosh yordamga yetib kelganda Bobur o‘zini o‘nglab 
oyoqda turar, biroq rangi juda oqarib ketgan edi. No‘yon otdan sakrab 
tushdi va Boburga sallasini olib bermoqchi bo‘ldi. Ammo Bobur tupro-
qqa tushgan sallaga qaragisi ham kelmadi. Qamchi hamon tishida edi, 
uni qo‘liga oldi, navkar yetaklab kelgan bo‘z otga indamay mindi. So‘ng 
otiga qamchi bosib, chorbog‘ daraxtlari orasidan ot choptirib ketdi. 
No‘yon uning ketidan vahima bilan tikilganicha qoldi. Hammayoq dov-
daraxt, ariq. Otliqlar yuradigan katta yo‘l chorbog‘ning narigi cheti-
dan o‘tadi. Bobur esa to‘g‘riga ketgan tor so‘qmoqdan, qalin daraxtlar 
orasidan yelday uchib boryapti! Ot ariqdan sakrab o‘tayotganda Bo-
burning boshi ariq bo‘yida o‘sgan o‘rikning katta bir shoxiga uriladigan 
edi. Ammo u otning bo‘ynini quchoqlab, pastga shunday egildiki, o‘rik 
novdalari orqasini ishqalab o‘tdi. Pishgan o‘riklardan bir qanchasi uz-
ilib, ariqdagi suvga «cho‘lp-cho‘lp» etib tushdi.
– Sen nega otni mahkam tutmading, avbosh! – deb No‘yon 
navkarni so‘kdi. – Hammamiz amirzodaning qahriga qoldik! Bizdan 
xafa bo‘lib ketdilar!
Bobur bog‘ to‘ridagi muhtasham ko‘shk oldiga borib, otini 
to‘xtatdi. Xizmatkorlaridan biri shoshilib kelib otning jilovidan olar 
ekan, Boburning yolg‘iz va bosh yalang qaytganidan taajjubga tush-
di. Ko‘shkda Boburning buvisi Eson Davlat begim uni kutib o‘tirgan 
bo‘lsa kerak. Agar hozir u Boburning qay ahvolda qaytganini ko‘rsa-


32
yu, nimalar bo‘lganini bilsa, mulozimlar ham, navkarlar ham jazo 
olishi aniq. Chunki podshoh hazratlari Boburni ko‘z qorachig‘iday 
asrashni Eson Davlat begimga topshirib, chorbog‘ va qasrni hamma 
xizmatkorlari bilan uning ixtiyoriga berib qo‘ygan.
Mulozim va navkarlar qo‘rqa-pisa ko‘shkka yaqinlashayotganlari-
da marmar hovuzdan beridagi behi shoxiga qantarib qo‘yilgan bo‘z 
otga ko‘zlari tushdi. Bobur hovuz bo‘yidagi tillakori shiyponga kir-
ganini sezishib, shu yerda sekin otdan tushdilar. No‘yon Ko‘kaldosh 
Boburning sallasini changdan tozalab, qo‘lida avaylab olib kelmoqda 
edi. Shu payt shiypon ichidan boshiga bo‘rk kiygan Bobur chiqdi. Oti 
hurkkan navkar o‘zini Boburning oyog‘i tagiga tashlab, uzr so‘rashga 
chog‘landi.
No‘yon Ko‘kaldosh sallani nodir sovg‘aga o‘xshatib avaylab 
ko‘tarib kelayotgani Boburga birdan juda kulgili tuyuldi. Undan qah-
rli dashnom kutib bosh egib turganlar to‘satdan kulgi tovushini es-
hitib, hayrat bilan bosh ko‘tardilar. Bobur bolalarcha zavq bilan gav-
dasini orqaga tashlab, xandon urib kular edi. No‘yon Ko‘kaldosh ham 
qo‘lidagi sallaga endi boshqacha ko‘z bilan qaradi va kulib yubordi. 
Boshqalar ham yelkalaridan tog‘ qulab tushganday yayrab kular va 
jilmayar edi. Bobur kulgidan to‘xtab, oti hurkkan navkarga yuzlandi:
– Sizda ayb yo‘q edi...
Navkar undan katta bir in’om olganday astoydil minnatdor bo‘lib 
ta’zim qildi. Bobur No‘yonga tayinladi:

Katta onam bilmasinlar.

Muddaomiz o‘zi shu, amirzodam, – kuldi No‘yon va boshqa mu-
lozimlarga sirdoshlarcha ko‘z qisib qo‘ydi.
Shunday paytda ko‘kaldosh va tengdoshlar o‘zlarini taxt vorisi-
ga xizmat qilib yurgan yosh mulozimlar deb emas, uning sirlariga 
sherik bo‘lgan yaqin do‘stlar deb bilishar va bundan ko‘ngillari o‘sib, 
Boburga mehrlari oshar edi. Ko‘shkdan chiqib kelgan savdar Bobur 
qarshisida qo‘l qovushtirib, ichkarida mudarris uni
kutib o‘tirganini 
aytdi. Bobur bugun shariat ilmidan dars olishi kerakligini esladi va 
tengdoshlaridan istar-istamas ajralib, ko‘shkka yo‘naldi.
Eshiklari nafis o‘ymakorliklar bilan bezangan, ichidagi oltin-
kumush buyumlar ko‘zni qamashtiradigan ko‘shkda hozir Boburni 
faqat bitta xona o‘ziga tortar edi. Mudarrisning kutib o‘tirganiga 
qaramay, Bobur yaxshi ko‘rgan kitoblari qo‘yilgan shu xonaga buri-
ldi. Baxmal va charm muqovalar ichidan sahifalarga bitilgan satr-
larda ulug‘ shoirlarning otash nafaslari sezilib turganday bo‘ladi. 


33
Bobur Firdavsiydan, Sa’diydan minglab baytlarni yod biladi. Hozir 
u kitoblari orasidan «Xamsa»ni olar ekan, uzoq Hirotda yashayot-
gan Alisher Navoiyni xayol ko‘zi bilan ko‘rib turganday bo‘ldi. Hi-
rotda ta’lim olib kelgan andijonlik me’mor mulla Fazliddin mana 
shu ko‘shk va marmar hovuzli tillakori shiyponni qurgan paytlarida 
yosh Boburga Navoiy haqida juda ko‘p ajo-yib hikoyalar aytib ber-
gan edi. Me’mor Hirotdan Alisher Navoiyning Behzod chizgan ras-
midan yaxshi bir nusxa ko‘chirtirib kelgan edi. Bobur ham Navoiyga 
ixlosmand ekanini sezgan me’mor unga mana shu rasmni in’om 
qilgan edi. Bobur «Farhod va Shirin» dostoni qatidan shu rasmni 
oldi-yu, shariat ilmiga oid daftarining ichiga soldi. So‘ng mudarris 
o‘tirgan xonaga chiqdi.
Oppoq soqoli ko‘kragini qoplab yotgan, katta oq salla o‘ragan 
qoshlari o‘siq keksa mudarris darsxona to‘rida, banoras ko‘rpacha 
ustida o‘ltirib, qur’ondan qiroat bilan suralar o‘qigach, fors tilida fiqh* 
ilmining qonunlarini tushuntirishga kirishdi. Bobur arab-fors tillar-
ini yaxshi o‘rgangan, qur’on suralarining ko‘pini yod bilar, ma’nosini 
ham tushunar edi, fiqh ilmining ba’zi nuqtalariga qiziqar ham edi-yu, 
ammo hozir shu daqiqalarda uning ko‘z oldidan Suhrob va Farhod-
larning qahramonona ishlari suron solib o‘tmoqda edi. Chorbog‘dagi 
mashqlar paytida tanasiga sig‘may avjlanib ketgan sho‘x, bebosh bir 
kuch hali ham qalbini junbishga keltirib turibdi.
Unga yod bo‘lib qolgan sevimli baytlar goh turkiy, goh forsiy 
ohanglarda mudarris qiroatini yorib o‘tib, xayolida jaranglab eshitila 
boshladi:
«Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin?» «Zi mardoni 
jahon mardi biyomuz!*»
Yod bo‘lib qolgan bu satrlar xayolidan o‘tayotganda, Bobur daft-
ari orasiga solingan suratni mudarrisga ko‘rsatmaslikka urinib sekin 
oldi. Ko‘zlaridan ilhom va mehr yog‘ilayotgan Navoiy uzun qora 
chakmon kiygan, ingichka hassaga suyangan. Uning butun qiyofasi 
yaxshilik istab kelgan har bir kishiga katta yaxshiliklar qila olishidan 
dalolat beradi. Bobur suratga qarab turib o‘zicha so‘radi: «Ulug‘ amir, 
nasib qilsa, huzuringizga borsam, yo‘limda Axramanu ajdaho uchra-
sa, Farhodingizday hammasini yengib o‘tsam. O‘shanda siz menga... 
she’riyat tilsimini ochg‘uvchi kalit berurmisiz?» Mudarris qiroat bi-
lan uqtirayotgan darslari behuda ketayotganini birdan sezib qoldi, 
sekin o‘rnidan turdi-da, Boburning yoniga keldi. Bobur suratni ya-
shirishga ulgurolmadi.


34

Odam surati? – shiddat bilan so‘radi mudarris. – Siz qur’oni 
sharifdan saboq eshitish o‘rniga, shariat qat’iyan man etgan surat-
kashlik bilan mashg‘ulmisiz.

Mudarris janoblari, bu suratni men chizgan emasmen. Buni 
menga Hirotdin keltirmishlar. Bu ulug‘ zot – Amir Alisher.
Mudarris Navoiyni shoir deb eshitgan, asarlarini hali o‘qimagan 
edi.
– Odam suratini tarqatmoq – shaytonu lainning ishi! Qani bu su-
ratni menga bering, mirzom! Bering!
Mudarrisning qahrli vajohati suratni yirtib tashlashdan ham toy-
masligini ko‘rsatar edi. Shuning uchun Bobur suratni bermay turib 
oldi. Mudarrisning g‘azabi keldi-yu, ammo taxt vorisiga qattiq ga-
pirishdan qo‘rqdi. Boburdan xafa bo‘lib, Eson Davlat begimga
shi-
koyat qilgani ketdi.
Ellik besh yoshlardagi salobatli kampir sidirg‘a oq atlas ko‘ylagini 
shitirlatib darsxonaga kirib kelayotganda Bobur darhol o‘rnidan tu-
rib, buvisiga salom berdi. Eson Davlat begim suratni qo‘liga oldi va 
Navoiy tasviriga beixtiyor qiziqib:

Yuzlarida farishtalari bor zot ekanlar, – deb qo‘ydi. So‘ng harir 
dakanasining bir cheti bilan yuzini mudarrisdan to‘sib, unga yarim 
o‘girilgan holda dedi:– Mudarris ja-noblari, bu surat Hirotda shariat 
peshvolarining ruxsatlari bilan chizilgan-ku.

Meni ma’zur tuting, hazrat xonim, – dedi eshik oldida qovoq 
solib yerga qarab tur- gan mudarris,– ammo Hirotda shariat qonun-
lari buzilmishdir. Shialar ta’sirida chizilgan bu surat bizning pok sun-
niy mazhabimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Men taxt vo-risini ogoh 
qilmoqchimanki, bizga Muhammad alayhissalom vasiyat qilgan chin 
musulmonlik alhol Xurosonda emas, Movarounnahrdadir!
Eson Davlat begim mudarris bilan mazhablar to‘g‘risida 
bahslashib o‘tirishni istamadi. Boburga yuzlanib:
– Mudarris janoblari birjihatdan haqlar, – dedi, – fiqh darsida su
-
rat tomoshasi o‘rinsiz, azizim. Tangri inoyat qilsa, siz hukmdor bo‘lib 
yurt so‘ragaysiz. Shuning uchun fiqh qonunlarini boshidan-oxiriga
-
cha bilib oling. Suratni men olib ketay.
Bobur suratni buvisidan bir nafasga so‘rab oldi-yu, avaylab kitob 
orasiga solib berdi.

Ehtiyot qilingiz, sizga orzuyimni topshirdim,– dedi. Eson Davlat 
begim nevarasining so‘zlarini yoqtirib dedi:

Balki Alisherbekni Andijonga taklif qilursiz.


35

Kelurmikanlar? – ko‘zlari yonib so‘radi Bobur.

Samarqandga kelganlar-ku, Farg‘ona vodiysining ta’rifi ola
-
mga mashhur. Iloj topsalar, albatta kelurlar. Alisherbek nihoyatda 
pok, avliyotabiat odam, deb eshitganmiz. O‘zlari kelsalar, mudarris 
janoblariga ham manzur bo‘lishlari shubhasiz! Mudarrisning endi sal 
chehrasi ochildi. Qaddini tiklab:

Shoyad shunday bo‘lsa! – deb qo‘ydi.
Eson Davlat begim ularni ustalik bilan yarashtirganidan mamnun 
bo‘lib darsxonadan chiqdi.
Kun qiyomiga kelib, peshin namozi o‘qilgandan keyin ko‘shkning 
ich-tashi jimjit bo‘lib qoldi. Ro‘zaning azobi endi bilina boshlagan, 
yoz kunida chanqab holsizlangan odamlar kunni qanday kech qil-
ishni bilmay betoqat bo‘lishar edi. Koshona egalari salqin xonalarda 
jimgina yotib, uyqu bilan jon saqlashni odat qilganlar. Bobur ham 
bugungi saboqlarini tugatib, o‘z xonasida yonboshlab yotibdi. Biroq 
boyagi shirin orzular hamon xayolini to‘lqinlantirib, ko‘ziga uyqu 
qo‘ndirmaydi. U qog‘oz-qalam olib, she’r yozmoqchi bo‘ldi. Lekin hoz-
ir uning xayoliga yod bo‘lib qolgan mashhur baytlardan boshqa she’r 
kelmas edi. Shunda u ikkinchi bir daftarni oldi-yu, Farg‘ona vodiysi 
haqida bilganlarini oddiy nasr tariqasida yoza boshladi: «Girdo-girdi 
tog‘lar, ovi qushi ko‘p. Oq kiyikni Axsi cho‘lida ko‘rganbiz. Marg‘ilon 
yovug‘ida ham bor». Bobur Farg‘ona vodiysida nimaiki go‘zallik 
ko‘rgan bo‘lsa, hammasini yozgisi kelar edi. Keyin Hirotga Amir 
Alisherning huzuriga borganda bu yozuvlari juda kerak bo‘ladiganga
o‘xshardi.
U yozuvga berilib ketib, ko‘shk oldigacha chopib kelgan otning 
dupurini eshitmadi.
Birdan jimjit ko‘shkning allaqaysi xonasida ayol kishining o‘rtanib 
yig‘lagani eshitildi.
Bobur cho‘chib boshini ko‘tardi. Yig‘i tovushi Eson Davlat be-
gimning xonalari tomondan kelmoqda edi. Bobur o‘rnidan sakrab 
turdi, takror eshitilgan alamli yig‘idan eti junjikib,
buvisining xonasiga qarab yugurdi.
Eshik lang ochiq. Eson Davlat begimning ro‘moli boshidan tushib 
ketgan. U qizi Qutlug‘
Nigor xonim yuborgan xatni ochib o‘qimoqchi bo‘ladi, ammo 
yoshli ko‘zlari hech narsani ko‘rmaydi.
Axsidan o‘lim xabarini olib kelgan Qosimbek devorga yelkasi bi-
lan majolsiz suyanib, oyoqlarida zo‘rg‘a turibdi. U sakson chaqirimlik 


36
yo‘lni otda dam olmay bosib o‘tgan va kipriklarigacha changga bot-
gan edi.
Hozirgina gulday nafis tuyg‘ular ichida yurgan Boburga o‘lim xa
-
bari shu gul orasidan chiqqan ilon bo‘lib tuyuldi. U Qosimbekdan ses-
kanganday rangi o‘chib, birdan orqaga tisarildi. Qosimbek esa unga 
intildi. Bobur qarshisida tiz cho‘kib, bo‘g‘iq va iltimoskorona ovoz 
bilan gapira boshladi:
– Mirzom!.. Tangri sizga quvvat bersin! Endi bizning pushti-pan-
ohimiz o‘zingizsiz! Ikki tarafimizni yog‘iy bosgan. Volidangiz tayin
-
lab yubordilar. Darhol Andijon qo‘rg‘oniga borib, beklarni to‘plamoq 
kerak!
Eson Davlat begim qayg‘uga berilib, yig‘lab o‘tiradigan payt ema-
sligini endi sezdi. Qosimbekni oyoqqa turg‘izdi-da:
– Sadoqatingizdan minnatdormiz, – dedi. – Siz Bobur mirzo bilan 
birga otlaning! Biz ham endi chorbog‘dan qo‘rg‘onga ko‘chamiz.
Mudhish xabar Boburni jimjit qilib qo‘ydi. U karaxt bir ahvolda 
kiyindi, otiga mindi. Shu payt uning ko‘ziga yashnab turgan daraxtlar, 
suvi to‘la marmar hovuz allanechuk mung‘ayib turganday ko‘rindi. 
Bularning hammasini otasi bino qilgan edi. Endi u odam bu joylarga 
hech qachon kelmaydi. Ana u nashvatilarning ko‘chatini Umarshayx 
mirzoning o‘zi o‘tqazdirgan edi. Hozir shular meva solgan, hademay 
pishadi. Ammo ularni ektirgan odam endi hech vaqt bu mevalardan 
tatib ko‘rolmaydi. Chorbog‘dan chiqib, tosh yo‘ldan borayotganlarida 
Bobur yana otasini esladi. Bu yo‘lga otasi to‘shatgan toshlar ham tu-
ribdi. Uzoqda ko‘ringan baland qo‘rg‘onni ham otasi qurdirgan edi. 
Hammasi butun, hammasi bor. Faqat uning o‘zi yo‘q. Bobur endi otas-
ini umrbod ko‘rolmasligini butun vujudi bilan his qildi-yu, achchiq 
judolik tuyg‘usi birdan uning borlig‘ini to‘ldirib, ko‘zlaridan yoqasiga 
yosh bo‘lib tomdi. Oldinda suv to‘ldirilgan choh va o‘n bir paxsalik ba-
land devor bilan o‘ralgan Andijon qo‘rg‘oni ko‘rindi. Ular Mirzo dar-
vozasiga yaqinlashganlarida ichkaridan besh-olti kishi ot choptirib 
chiqdi. Oldinda saman ot minib kelayotgan qisiq ko‘zli mo‘g‘ultaxlit 
bek – Bo-burning onasiga qarindoshchiligi bo‘lgan Sherim tog‘oyi edi. 
U Boburning yuzida og‘ir musibat alomatini ko‘rdi-yu, otdan sakrab 
tushdi, ko‘ziga yosh kelmasa ham ho‘ngrab:

Men ishonmagan edim, amirzodam! – dedi. – Pushti-pano-
himizdan ayrilganimiz rostmi? Oh, bevafo dunyo!

Kimdan eshitdingiz? – so‘radi Qosimbek. – Bu xabar hozircha 
sir tutilmog‘i kerak edi!


37
Sherimbek yoqasini ushlab:

Tangrining qudratini qarangki, – dedi, – bir aloqachi kabuta-
rim osmonda uchib yurib birdan yo‘q bo‘lib qoldi. «Kim uni tushirib 
oldi?» – deb tom ustiga chiqdim. Anchadan keyin kabutar oldimga 
kelib qo‘ndi. Qanotining tagida bir qog‘oz ko‘rindi. Olib qarasam

mana shu qayg‘uli xabar! Kim yozgan? Osmonda farishtalar 
yozib yubordimi, bilmadim!
Sherimbek Boburning egariga bir qo‘lini qo‘yib, yuzini unga ya-
qinlashtirdi-da, past tovush bilan.
– Mirzom, qo‘rg‘onga kirmangiz, xatarli, – dedi.
Bu so‘zlarni Qosimbek ham eshitdi. Umarshayx mirzo tirikligida 
durustroq lavozim ololmay ko‘ngli cho‘kib yurgan Sherimbek endi 
Bobur mirzoga boshqalardan oldinroq mehru oqibat ko‘rsatib, un-
ing ishonchini qozonmoqchi va kattaroq martabaga erishmoqchi edi. 
Qosimbek buni sezib Boburga osoyishta gapirdi:
– Amirzodam, ortiqcha tahlikaga o‘rin yo‘q. Tezroq qo‘rg‘onga 
kirib, sodiq beklarni to‘playlik.
Sherimbek ot ustidagi Qosimbek bilan yerda turib so‘zlashishni 
o‘ziga ep ko‘rmadi. Shoshib otiga mindi-da, shiddat bilan dedi:

Siz hali ahvolni bilmaysiz, janob Qosimbek! Sodiq beklarin-
giz Xo‘jandni yog‘iyga topshirdi! Isfarani topshirdi! Marg‘ilonni top-
shirdi!

Marg‘ilonni?! – seskanib so‘radi Bobur. – Qachon?

Hozir xabar keldi! ?g‘iy mo‘ri malaxday yopirilib Quvaga yaqin-
lashdi! Endi navbat Andijonga. Sodiq beklar Andijonga qo‘shib Mir-
zomni ham yog‘iyga bersinlarmi? Yo‘q! Men tirik bo‘lsam, bunga yo‘l 
qo‘ymaymen!
Og‘ir musibat ustiga qo‘shilgan bu shum xabarlar Boburni juda 
esankiratib qo‘ydi. O‘zi kuni bilan ro‘za tutib, darmoni ketib borar, ni-
hoyatda qattiq chanqaganligidan tili tanglayiga yopishib qolgandek 
tuyular edi. Uning tashna ko‘zlari qo‘rg‘on devori tagidagi xan-daqqa 
to‘ldirilgan qoramtir suvga tushdi. Turib qolgan shu qora suv ham 
unga allanechuk jozibali ko‘rindi. U quruqlashgan lablarini namsiz 
tili bilan yalab qo‘ydi. Sherimbek dadil borib, Bobur mingan bo‘z ot-
ning oltin bezakli yuganidan oldi:
– Men sodiq tog‘oyingizmen, Mirzom, ijozat bering, sizni bu xatar-
lardan uzoqqa olib ketay!
Bobur Sherimbek aytayotgan xatarlarni hozir uncha o‘ylamas 
va aniq his qilmas edi. Ammo uning qayg‘udan ezilgan ko‘ngli ham, 


38
tashnalikdan qiynalayotgan tani ham ko‘z oldidagi bekik va dim 
qo‘rg‘ondan ko‘ra, uzoqdagi daraxtzorlarni, keng, ochiq joylarni afzal 
ko‘rardi. Shuning uchun Sherimbek uning otini orqaga burayotganda 
Bobur qarshilik qilmadi. Qosimbek sarosima bo‘lib:

Mirzom, volidangizning tayinlaganlari boshqa edi!– dedi.

Volidalari bu yerdagi ahvolni bilmaganlar! – deb Boburning 
o‘rniga Sherimbek javob qildi. Ammo Qosimbek uning gapiga quloq 
solmay Boburga yondashdi:

Xonim hazratlari bugun dafn marosimini o‘tkazib ertaga 
Andijonga kelurlar. Ulug‘ onangiz ham chorbog‘dan qo‘rg‘onga 
ko‘chmoqchi edilar. Ular sizni qayerdan topurlar? Bobur endi sal xay-
olini yig‘ib, Sherimbekdan so‘radi:

Qayoqqa bormoqchimiz?
Sherimbek Qosimbekka eshittirmaslikka tirishib, Boburning 
qulog‘iga shivirladi:

Olatog‘ tomonlarga. O‘shga. Balki O‘zganga. Bobur buni Qosim-
bekdan sir tutishni istamay, sekin unga aytdi:

O‘sh yo‘lida bo‘lurmiz. Onamga xabar bering.

Men avval qo‘rg‘ondagi beklar bilan so‘zlashay, amirzodam! Ul-
arning kayfiyatini bilay!

Undan ko‘ra, Xo‘ja Abdullaga uchrang.

Bu amringizni darhol bajo keltirurmen!
Qosimbek otini qo‘rg‘on darvozasi tomonga burdi. Bobur esa yo-
nidagi ellikka yaqin otliq bilan qo‘rg‘ondan uzoqlashib keta boshladi.
Qo‘rg‘on ichidan darvozaxonaning tomiga chiqib olgan yapasqi 
bir navkar devor kungurasi orasidan ularni kuzatib turgan edi. Qo-
simbek Mirzo darvozasidan shitob bilan kirayotganda bu navkar ham 
tomdan sekin tushdi-yu, devor oldiga bog‘lab qo‘yilgan otni minib, 
xo‘jayini Ahmad Tanbal kutib turgan joyga qarab ketdi.
Mevalari g‘arq pishgan katta bog‘ning to‘rida marmar gumbazlik 
hammom bor edi. Bog‘ egasi Yoqubbek yozning issiq kunlarida shu 
hammomning mehmonxonaga o‘xshatib bezatilgan salqin bir xonasi-
da dam olar edi. Asl gilamlar to‘shalgan bu xonaning to‘rida hozir Ah-
mad Tanbal o‘tiribdi. U kumush bilan bezatilgan qimiz kadidan jiyda 
gulli piyolaga qimiz quyib, sipqordi. So‘ng sarg‘ish mo‘ylovini kafti 
bilan artar ekan:

Tangrim meni kechirsin, bugun ro‘zani buzdim,– dedi. – Yo‘lda 
tashnalikdan tilim tanglayimga yopishib qoldi. Hushimdan ketib ot-
dan yiqiladigan holatga keldim.


39

Bugun sizga ravo, – dedi Yoqubbek. – Zarurast– ma’zurast. 
Mushkul ishga bel bog‘labsiz. Agar kushoyishi koringizni berib, taxt 
Jahongir mirzog‘a o‘tsa, siz uning eng ishongan rahnamosi bo‘lursiz.
Ahmad Tanbal bu nurli istiqbolni ko‘z oldiga keltirib, bir entik-
di. Oldingi tishlaridan ikkitasi tushib ketgan semiz Yoqubbek unga 
sinovchan nazar bilan qarab turardi. Yoqubbekning nigohida «Men-
ing bu xatarli ishga nechun bosh qo‘shayotganimni unutmasmikans-
en?» degan ma’no bor edi. Ahmad Tanbal sergaklandi:

Bek janoblari, siz bilan biz asli mo‘g‘ul* urug‘idanmiz. Barlo-
slarning Farg‘ona viloyatida shuncha vaqt hukm surganlari yetar. 
Endi navbat bizniki. Men sizni mo‘g‘ul beklarining eng ulug‘i deb bi-
lurmen. Tangri omad berib, agar men taxt vorisiga rahnamo bo‘lsam, 
o‘shanda ham menga siz rahnamolik qilg‘aysiz!

Inshoollo! – deb Yoqubbek mamnun yuz bilan kalta soqolini 
silab qo‘ydi. – Qani, Ahmadbek, chan-qoq bosilgandan so‘ng ochlik 
bilinadir. Yaxna go‘shtdin totining. Ahmad Tanbal chinni lagandagi 
go‘shtga endi qo‘l uzatganda eshik sekin ochildi. Ahmad Tanbal la-
ganni bir chetga surib, eshikka qadalib qaradi. Boyagi yapasqi navkar 
xo‘jayinining tinchini buzgani uchun uzr so‘raganday bo‘sag‘adan 
narida turib, ta’zim qildi:

Bek janoblari, sevinchi bering! – dedi. – Bobur mirzo qo‘rg‘onga 
kirmay qaytib ketdilar.

Ayni muddao!
Ahmad Tanbal uchun bu chindan ham quvonchli xabar edi. Charm 
hamyonidan bitta oltin tanga olib, bo‘sag‘a oldiga tashladi. Yapasqi 
navkar tangani shosha-pisha olib, ikki bukilib rahmat aytdi. So‘ng Ah-
mad Tanbalning ishorasi bilan eshikni sekin yopib, orqaga chekindi.
Axsidan Andijonga kelib to‘g‘ri Yoqubbeknikiga tushgan Ah-
mad Tanbal podshohning o‘limi haqidagi xabarni eng avval Sherim 
tog‘oyiga yetkazdirgan edi. Uning hovliqma fe’lini qo‘zg‘atib, o‘zi 
panada qolish uchun imzosiz xatni kabutar yordamida osmondan 
tushirtirgan edi.

Maslahatingiz bilan tuzilgan reja sharofatli chiqdi!– dedi Ah-
mad Tanbal uy egasiga mamnun ko‘z tashlab.

Ha, Sherimbek endi jiyanini xavf-xatardan yaxshilab «xalos qi-
lur». Uning eng nufuzli bekiga aylanish uchun Olatog‘dan ham oshur.

Endi biz Boburning xatardan qo‘rqib qochganini xaloyiqning 
qulog‘iga yetkazmog‘imiz kerak. Bobur shunday paytda ota yurti 
Andijonni tashlab ketganini xalq bilsin, undan ixlosi qaytsin. Ana 


40
undan so‘ng Jahongir mirzoning taxtga o‘tirishiga hech bir monelik 
qolmas.
Yoqubbek soqolini tutamiga olib, bir lahza o‘ylanib turdi-yu:

Ovoza tarqatishning eng afzal joyi bozor, – dedi.– Mening sav-
dogar mijozlarim bor.

Ammo ovoza bizdan chiqqanini hech kim bilmasligi zarur!

Xotirjam bo‘lsinlar, janob Ahmadbek. Sir saqlashga qodirmiz…

Andijon aholisi dushman qo‘shinlari yaqinlashib kelayotganini 
eshitib, shu kunlarda juda xavfsirab yurar edi. Shuning ustiga: «Pod-
shoh jardan yiqilib o‘lganmish, shaharni bugun yog‘iy bosar emish, 
Bobur mirzo qo‘rqib qochganmish», degan ovoza tarqaldi. Andijon 
rastalaridagi va timning tagidagi do‘konlar savdo eng qizib turgan pay-
tda birin-ketin yopila boshladi. Haligi ovozaning qayerdan chiqqanini 
hech kim aniq bilmas edi-yu, lekin xaloyiq unga bir-biridan vahimali 
tafsilotlar qo‘shar edi. Nihoyat, «Axsini ham yog‘iy bosganmish, yog‘iy 
podshoni jardan tashlab o‘ldirganmish», degan gaplar ham paydo 
bo‘ldi. Xaloyiq orasida yuradigan xufiyalar dahshatli mishmishlarni 
shahar hokimi – dorug‘aga yetkazish uchun arkka tomon shoshildilar.
Bu orada Qosimbek Bobur mirzoning ustozi Xo‘ja Abdullani uy-
idan qidirib topgan, ular ikkovlashib arkdagi beklar oldiga chiqish-
gan edi. Xo‘ja Abdulla ham, beklar ham podshohning o‘limidan mut-
laqo bexabar edilar. Bu xabarni Qosimbekdan eshitganlaridan keyin, 
urush xatari ko‘zlariga yanada tahlikali ko‘rindi, yomon o‘zgarishlar 
bo‘lishini sezishib, sarosima bo‘lib qolishdi. Shuning ustiga bozorda 
dallol bo‘lib yuradigan ishonch-li bir xufiya kelib, xunuk ovozalardan 
hammayoq to‘polon bo‘lib ketganini aytib berdi-yu, Uzun Hasan 
nomli novcha dorug‘a esankirab qoldi.

Bizdan omad ketdi, janoblar! – dedi yig‘lamsirab.– Tashqarida 
g‘anim. Ichkarida to‘polon. Bobur mirzo qo‘rg‘onga kirmay ketganlari 
bejiz emas!

Biz ham jon saqlash uchun har qayonga tarqab qochsakmikin? 
– kinoya bilan so‘radi Xo‘ja Abdulla.
O‘zi ham, soqol-mo‘ylovi ham qop-qora Xo‘ja Abdulla katta olim 
bo‘lishidan tashqari, Andijon beklarining eng nufuzli piri hisoblanar 
edi. Bobur mirzo ham uni o‘ziga murshid sanab qo‘l bergan edi. Shun-
ing uchun Uzun Hasan Xo‘ja Abdullaning kinoyasiga qarshi keskin 
javob bera olmadi.

Pirim, Bobur mirzo uzoqlashmasdan qaytarish zarur! – dedi 
Qosimbek.


41

Bobur mirzoning ko‘ngillari menga ayon, – dedi Xo‘ja Abdulla. 
– U oliy zot qo‘rqib qochgan emaslar. Beklarning sadoqatini bilmoq 
uchun shunday qilganlar. Bozordagi ovoza – fitnaning belgisi. Agar 
fitna bo‘lmasa, podshohning qazo qilganini bizdan oldin bo-zordagi
-
lar qanday bilmishlar?
Uzun Hasan o‘zining aqli yetmagan bu mantiqli fikr-ga tan berdi. 
Boburning ko‘nglida nima borligini Xo‘ja Abdulla shu yerda turib bil-
ganiga qoyil bo‘ldi. Xo‘ja Abdulla uning ko‘ziga chinakam avliyo bo‘lib 
ko‘rindi:

Pirimga hammasi ayon bo‘lgan ekan! – dedi u chuqur e’tiqod 
bilan. – Endi pirim nima desalar biz shunga shaymiz!

Menga ayon bo‘lgani shuki, – dedi Xo‘ja Abdulla ovozini pasay-
tirib, – agar bir tan-bir jon bo‘lib, Bobur mirzoga xizmat qilsak, 
hammamiz omon qolurmiz, hech qaysimizning bir mo‘yimiz kam 
bo‘lmag‘ay!
Xo‘ja Abdullaning komil ishonch bilan aytgan bu so‘zlari Uzun 
Hasanni bir oz tahlikaga soldi. Agar ish Xo‘ja Abdulla aytganday bo‘lib 
chiqsa-yu, Bobur mirzo podshoh bo‘lsa... unda Uzun Hasanning bu-
gungi ikkilanishlari qanday oqibatga olib keladi? Uning raqiblari bu 
ikkilanishlarni bo‘lajak podshohga aytib, dorug‘alik amalini tortib 
olishlari mumkin emasmi? Yo‘q, Uzun Hasan bunga yo‘l qo‘ymasligi 
kerak:

Pirim, menga fotiha bering, Bobur mirzoning huzurlariga men 
o‘zim boray. Beklarning nomidan sadoqat izhor qilib, qo‘rg‘onga tak-
lif etay!

Niyatingiz tahsinga sazovor, janob Hasanbek. Ammo siz 
dorug‘asiz. Siz avval shahardagi g‘uluni bartaraf qiling, fitnaning 
uyasini toping, ana unda Bobur mirzoning inoyatlariga sazovor 
bo‘lg‘aysiz.

Yana karomat qildingiz, pirim! Biz zudlik bilan bu ishga kirishur-
miz!
Yoz oftobi yeru ko‘kni shunday qizdirmoqdaki, ot tuyoqlari-
dan ko‘tarilgan chang yuzga alanga tillaridek tegadi. Havo dim. 
«G‘ir» etgan shamol yo‘q. Tuprog‘i bilqillab yotgan tor ko‘chadan 
o‘tayotganlarida Boburni ter bosdi. U benihoya chanqaganligidan 
og‘zi taxir bo‘lib ketgan edi. Kecha shu paytlarda Andijonsoy bo‘yida 
salqinlab yotgani esiga tushdi. Bundan bir necha soat oldingi hay-
oti, chorbog‘ning musaffo havosi, zilol suvli hovuz, salqin ko‘shk, 
betashvish damlar – hammasi birdan uzoq o‘tmishga aylangan edi. 


42
Nazarida, shiddatli bir quyun uni o‘sha mas’ud hayotdan yulib olib, 
allaqayoqlarga chirpirak qilib uchirib ketayotibdi. Ot tuyoqlaridan 
ko‘tarilgan chang unga mana shu quyunning changidek tuyuladi. Uni 
otasidan judo qilgan, pushti-panohidan ayirib, xavf-xatarlar komiga 
tortgan mash’um bir kuch go‘yo mana shu quyunning kuchi edi. Uni 
qo‘riqlab borayotgan ellik chog‘li otliqlar ham Boburga mana shu qu-
yun ichida yurganday xira ko‘rinardi. Ro‘za tutib kuni bo‘yi tuz tot-
maganligidan uning boshi aylanmoqda edi. Atrofidagi otliqlar to‘g‘ri 
yurib borayotgan bo‘lsalar ham, Boburning nazarida ularning ham-
masini o‘sha quyun chirmab aylantirayotganday bo‘lardi. O‘zgan yo‘li 
bilan borib Namozgohga yetganlarida uzoqda qorli tog‘lar ko‘rindi. 
Bobur tog‘ salqinini ko‘zi bilan his qilganday bo‘ldi va o‘sha yerga 
tezroq yetib borgisi kelib, otining biqiniga niqtadi. Qaqroq lablarini 
qiyinlik bilan ochib Sherimbekka:
– Tezroq! – dedi.
Sherimbek esa orqaga o‘girilib qarab:
– Chopar bor! – dedi. – To‘xtaylik.
Andijon beklari yuborgan chopar Xo‘ja Abdullaning qo‘li bilan 
yozilgan maktubni Boburga topshirdi. Bobur o‘ram qilib yuborilgan 
maktubning ipak bog‘ichini uzib, yonida turgan No‘yon Ko‘kaldoshga 
berdi:
– O‘qing.
Maktubda Andijon beklarining Boburga sadoqat bildirganlari 
aytilgan edi. So‘z orasida yomon ovozalar tarqalayotgani, noma’lum 
fitnachilar «Bobur mirzo qo‘rqib qochdi», degan tuhmatni tarqatib, 
bunga elni ishontirmoqchi bo‘layotgani aytilgan edi.
– Men sizni ana o‘sha fitnachilardan ehtiyot qilgan edim, amir
-
zodam! – dedi Sherimbek Boburga. – Hozir vaziyat yomon. Qo‘rg‘on 
– ig‘voning uyasi. Qo‘rg‘onga qaytmang, amirzodam! Sodiq beklar 
bo‘lsa ketingizdan kelsinlar!
«Ota yurtini tashlab qo‘rqib qochdi» – bu ovoza og‘izdan-og‘izga 
o‘tib shaharma-shahar, qishloqma-qishloq tarqab ketishi mumkin!

Yo‘q! – dedi Bobur otini orqaga burib. – Men qochmoqchi emas-
men!

Amirzodam, bu hammasi ig‘vo!

Men buning ig‘voligini isbot qilurmen! Qayting hammangiz. 
Qo‘rg‘onga qayting! Bobur orqaga burgan otining yuganini bo‘shatdi-
yu, sag‘risiga qamchi urdi. Ot chopib borayotganda ko‘kragiga sham-
ol tegib, o‘zini bir oz yengil sezdi. Boyagi dahshatli quyun endi undan 


43
orqada – izma-iz yelib kelayotgan navkar va savdarlar orasida qolib 
ketganday bo‘ldi.
Ular oftob ufqqa yaqinlashgan paytda Andijon qo‘rg‘oniga kir-
ib keldilar. Kechqurun gavjum bo‘ladigan ko‘chalar hozir allane-
chuk jimjit. Do‘konlar yopiq. Hammayoq huvillagan. Butun shahar 
xavf-xatardan qo‘rqib, biqinib turganga o‘xshardi. Sherimbek old-
inda borayotgan Boburni ehtiyot qilmoqchi bo‘lib, navkarlariga 
«qurshab boring» ishorasini qildi. O‘zi esa Boburning old tomoniga 
o‘ta boshladi. Atrofini otliqlar o‘rab ola boshlaganda Boburyana qu
-
yunning ichiga tushib qolganday bo‘g‘ildi. Ko‘z o‘ngida yana otlar, 
odamlar chirpirak bo‘lib aylanishga tushdi. Bobur yutoqib oldinga 
intildi, otini qamchilab, navkarlar qurshovini yorib chiqqanda yuz-
iga shabada tegib, xiyol yengillashdi. Sherimbek yana oldinga in-
tilib, Boburga yondashmoqchi bo‘lganda No‘yon Ko‘kaldosh uning 
jilovidan mahkam ushladi:

Bek janoblari, qo‘ying, amirzodam oldinda borsinlar. Fuqaro 
taxt vorisini ko‘rsin, ko‘ngli taskin topsin. Ana, tuynuklardan mo‘ralab 
turgan odamlar ig‘vogarlarning gapi yolg‘onligiga amin bo‘lsinlar!

Fitnachilar biror teshikdan amirzodamni o‘qlasalar-chi?

Niyatni yaxshi qiling!
Bobur boshliq otliqlar arkka yaqinlashganlarida ulkan darvozan-
ing har ikki tavaqasi lang ochildi. Xo‘ja Abdulla va bir to‘da beklar, 
mulozimlar Boburga peshvoz chiqdilar. Bobur otdan tushib ustozi 
bilan ko‘rishar ekan, birdan ko‘ngli yumshab, ko‘zlariga yosh quy-
ilib keldi. Xo‘ja Abdulla rangi o‘chgan, lablari titrayotgan Boburni 
bag‘riga bosib, tasalli bergisi keldi, ammo beklar va navkarlar oldida 
taxt vorisini quchoqlash odobsizlik sanalishini o‘ylab, o‘zini tutdi. U 
ham ko‘ziga yosh olib:
– Kulfatda qoldik, amirzodam, musibatda qoldik!– dedi. – Endi bi-
zning pushti- panohimiz o‘zingizsiz!
Mazidbek a’yonlar davrasidan bir-ikki qadam oldinga chiqdi. 
O‘zining Boburga bek atka ekanini bildirib qo‘ygisi kelib, Xo‘ja Abdul-
laning gapini og‘zidan oldi:
– Amirzodam, hamma beklar sizga sodiq xizmat qilishga tayyor-
durlar!
Bobur to‘planib turgan beklarga ko‘z tashlagan edi, ular hammasi 
Mazidbekning gapini tasdiqlab, qo‘llari ko‘kraklarida, ta’zim ado qil-
ishdi. Bobur tovushi titrab:
– Minnatdormen, – dedi.


44
U yana otlanib ark darvozasidan kirayotganda orqadan Yoqubbek 
ham yetib kelib, beklar davrasiga qo‘shildi. U Bobur qaytganini eshit-
gan zahoti har qanday shubhadan xoli bo‘lish uchun darhol otlanib, 
sadoqat izhor qilishga shoshilgan edi. Xo‘ja Abdulla o‘ngda, Mazidbek 
chapda yurib Boburni ark to‘ridagi qishlik qasrga boshlab keldilar. 
Ilgari poytaxt Andijondaligida taxt mana shu qasrga o‘rnatilgan edi. 
Keyin poytaxt Axsiga ko‘chirilgach, ustunlari o‘ymakorliklar bilan 
bezatilgan marmar zinapoyali bu qasr avvalgi hashamatidan mah-
rum bo‘lib, ko‘rimsizlashib qolgan edi. Bugun Bobur kelishidan ol-
din Xo‘ja Abdullaning farmoyishi bilan qasrning zinapoyalariga yana 
poyandoz to‘shaldi. Ilgari taxt qo‘yilgan shahnishinga turkman gilam-
lari va kimxob ko‘rpachalar solinib, maxsus joy hozirlandi.
Bobur binafsharang poyandozga qadam qo‘yganda quruqshab 
ketgan tomog‘ini ho‘llamoqchi bo‘lib yutindi. Ammo og‘zida nam 
yo‘qligidan tomog‘ini allanarsa qirib o‘tganday bo‘ldi. Bo‘lajak pod-
shohga xizmat qilish uchun to‘plangan beklarning hech qaysisi 
Boburga hozir bir qultumgina suv kerakligini sezmas edi. Birda-
yarim sezganlari ham shuncha odamning oldida yosh podshohning 
ro‘zasini ochirish musulmonchilikka to‘g‘ri kelmaydi, deb bunday 
ishni qilishdan qo‘rqishar edi.
Hamma o‘ltirgach, Xo‘ja Abdulla qur’on o‘qib, Axsida bugun dafn 
etilgan Umarshayx mirzoning arvohiga bag‘ishladi. Bir necha kishi:

Iloho joylari jannatdan bo‘lsin! – deb qo‘ydi. Yana bir necha ki-
shi Boburga yuzlanib ko‘ngil so‘radi.

Muhtaram beklar, davlatxohlar! – deb gap boshladi Xo‘ja Ab-
dulla. – Urush tashvishi bo‘lmaganda biz avval motam marosimini 
o‘tkazgan bo‘lur edik. Eshitishimizcha, Axsida hazrati oliyni hurmat-
lariga yarasha ma’raka o‘tkazib qabrga qo‘yganlar. Andijonga yog‘iy 
yaqin kelib qolgan shu og‘ir kunda bizning avvalin mashvaratimiz 
davlatni yangi podshohga topshirmoq xususida bo‘lgani ma’qul.
Mazidbekdan nariroqda semiz Yoqubbek o‘tirgan edi. U Xo‘ja Ab-
dullaning so‘zlarini hammadan oldin ilib ketdi:
– Dono tadbirni o‘rtaga soldingiz, pirim. Bandangizning fikricha, 
Zahiriddin Muhammad Bobur mirzoni qonuniy podshoh atab, mubo
-
rak nomlarini xutbaga qo‘shib o‘qitmoq kerak!
Bobur «yalt» etib Yoqubbekka qaradi. Uning ovozidagi mayinlik, 
yuzidagi hayajon, hatto old tishlari tushib ketgan og‘zining kemshikligi 
Boburga allanechuk yoqimli tuyuldi. Yoqubbekning eng nufuzli va qay-
sar mo‘g‘ul beklaridan ekanligini hamma bilardi. Faqat uning bundan 


45
bir necha soat oldin Boburga qarshi fitna uyushtirib yurgani o‘tirganlar 
uchun sir edi. Endi Yoqubbek mana shu sirni yaxshiroq bekitish uchun 
Boburga hammadan ortiq sadoqat bildirmoqda edi. Uning shu sir 
ochilib qolishidan iztirobga tushib, dardli va hayajonli ko‘zlar bilan 
Boburga qarashi, undan najot kutganday bo‘lib hayajonlanishi o‘zi qi-
ynalib o‘tirgan Boburga g‘alati ta’sir qildi. Yoqubbek birinchi bo‘lib Bo-
burni podshoh deb atagani yosh o‘spirinning o‘rtanib turgan qalbiga 
go‘yo sarin bir shabada bo‘lib tegdi. Qachondir bir vaqt taxtga chiqish 
va shu yurgan hamma beklarga bosh bo‘lib, g‘olibona janglar qilish 
Boburning eng kuchli orzularidan edi. Yoqubbekdan keyin gapirgan 
beklar ham birin-ketin Boburni podshoh deb tan olar ekanlar, uning 
mana shu orzusi bulut orasidan chiqqan to‘lin oyday charaqlab yuzaga 
chiqdi-yu, ko‘nglini birdan yorishtirib yubordi. Boshiga tushgan musi-
bat ham, ichini kuydirayotgan tashnalik ham xayolidan uzoqlashdi. 
Shu payt eshikdan shahar dorug‘asi Uzun Hasan ta’zim qilib kirdi.
– Amirzodam! – dedi u entikib. – Qulingizni avf eting, sizni kutib 
ololmadim. Men Andijonda nomunosib gaplar tarqatgan fitnachilarni 
ovlash bilan band edim. Alhol bir fitnachi arbobni tutib keltirdim.
Bobur beixtiyor oldinga intilib:

Qaysi arbob? – dedi. – Kim u? Keltiring!

Bajonidil, amirzodam! – deb Uzun Hasan shoshilib orqasiga 
qaytdi.
Hamma ko‘zlar ochiq eshikka qadaldi. Yoqubbekning rangi «quv» 
o‘chdi. Nahotki Ahmad Tan-bal qo‘lga tushgan bo‘lsa? Unda sir ochila-
di. Yoqubbek sarosima ko‘zlar bilan darchani qidirib topdi. Darcha u 
o‘tirgan joydan ancha uzoq. Darchadan narida arkning o‘n paxsalik 
baland devori bor. Yo‘q, bu yerdan qochib qutulib bo‘lmaydi! Yoqub-
bekni titroq bosdi... Shu payt eshikdan narida yo‘g‘on bir ovoz:
– Qo‘limni yeching, men gunohkor emasmen! – degani eshitildi. 
Tovushidan Ahmad Tanbalga o‘xshamaydi.
Oq shohi yaktak kiygan yo‘g‘on gavdalik bo‘ydor kishini ikki 
navkar ikki tomonidan mahkam tutib olib kirdi.
– E, bu – Darvesh gov-ku! – dedi Yoqubbek birdan yengil tortib.
Andijon miroblarining boshlig‘i bo‘lgan bu odam gardani juda 
go‘shtdor bo‘lganligi uchun ho‘kizga o‘xshab bo‘ynini bir oz oldinga 
egib yurar, shuning uchun or-qavoratdan uni «gov», deb atashar 
edi. Andijon Qo‘rg‘oniga to‘qqiz ariq suv kirsa ham, bog‘-rog‘larning 
ko‘pligidan yoz oylarida suv yetishmaydi, amaldorlar oddiy fuqaron-
ing navbatini ham olishga intilishardi. Shunday paytlarda Darvesh 


46
gov ko‘pincha fuqaroning tomonini olar, beklarga navbati kelmagun-
cha suv bermas edi. «Bek bo‘lsang, o‘zingga, xudoning oldida hamma 
bandasi barobar!» – deb tap tortmay gapirganini ko‘p odam eshitgan. 
Shu sababli beklar Darvesh govni yomon ko‘rishar, ayniqsa dorug‘a 
Uzun Hasan ko‘pdan beri unga kek saqlab yurardi.
Qo‘li bog‘log‘liq Darvesh gov Boburga va undan beriroqda o‘tirgan 
Xo‘ja Abdullaga bosh egib, ta’zim qildi-yu:
– Adolat qiling, amirzodam! – dedi. – Men fitnachi emasmen, us
-
tod! Bozorda bir yapasqi navkar menga aytdi. «Podshoh Axsida mast 
bo‘lib jardan yiqilib o‘libdir. Bobur mirzo yog‘iydan qo‘rqib Olatog‘ 
tomonga qochibdir», dedi.
Boburning g‘ashi kelib:

Bo‘hton bu! – dedi.

Bo‘htonligini men keyin bildim, amirzodam, meni avf qil-
ing! – deb Darvesh gov bir- ikki qadam beriga kelib, qo‘li orqasiga 
bog‘langan holicha tiz cho‘kdi: – Tuhmatligiga bu yerda muborak 
yuzingizni ko‘rib amin bo‘ldim. Ammo bozorda xaloyiq vahimaga 
tushib to‘s-to‘polon bo‘lib qochganda o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Bir 
odamni to‘xtatib: «Shundoq gaplarni eshitdim, nahotki rost bo‘lsa?» 
deb so‘rayotganimda dorug‘a janoblarining xufiyalari gapimni es
-
hitib turgan ekanlar...

Yo‘q, sen gap so‘rash bahonasi bilan bu qabih ovozani tarqatib 
yurganingda qo‘lga tushding! – dedi Uzun Hasan.

Kalomulloni bering, qasam ichamen!

Kalomulloni ham xor qilmoqchi bu qasamxo‘r! – dedi Yoqub-
bek Boburga yuzlanib: – Amirzodam, agar bu mardak sadoqatli 
qulingiz bo‘lganda yomon ovoza tarqatgan o‘sha navkarni qo‘lidan 
tutib dorug‘aga topshirmasmidi? Vaholanki, bu o‘zi o‘sha ovozani 
boshqalarga aytgan, ya’ni ig‘vo tarqatgan. Buni hozir o‘z tilidan ham 
eshitdik! Darvesh gov hangu mang bo‘lib:

Yo alhazar! – dedi.
Yoqubbek Boburga boyagidek muloyim ko‘z tashlab, kemshik 
og‘zini sodiq bir tabassum bilan ochdi:

Amirzodam, sizning rahmatlik otangiz Darvesh govni miro-
blarga sardor qilib qo‘ygan edilar. Otangizning inoyati bilan shunday 
martabaga erishgan bu gov endi hazrati oliyni muqaddas ramazon 
oyida mast bo‘lib yiqilgan desa-ya! Bu qanday noinsoflik! Boburn
-
ing yosh qalbi bu mash’um ig‘voga qarshi g‘azab tuyg‘usiga to‘lib 
bormoqda edi. «Aldash uchun bola yaxshi!» o‘ylandi Yoqubbek umid 


47
bilan. Ig‘vo tarqatgan bu odam o‘zining aybini jon-dili bilan Darvesh 
govga ag‘darib, Boburni bunga ishontirishga butun kuchini sarflamo
-
qda edi. Bu ishda Yoqubbek yolg‘iz emas edi, beklarning ko‘pchiligi 
Darvesh govni aybdor deb bilmoqda edilar.

Ig‘vo tarqatganini o‘zi bo‘yniga oldi! – dedi Yoqubbek.

Tilidan tutilmishdir, jazosini berish darkor!– deb Ali Do‘stbek 
nomli badqovoq ko‘sa bir kishi Yoqubbekning tarafini oldi.
O‘ychan o‘tirgan Qosimbek boya Sherimbek tog‘oyining imzosiz 
xat keltirgan kabutar haqidagi gapini esladi-yu:

Balki yana taftish o‘tkazish lozimdir? – dedi. Unga Mazidbek 
e’tiroz qildi:

Ortiqcha taftishlarga fursat qani? Yog‘iy Mar-g‘ilonni olib, Andi-
jonga bostirib kelur. Qonli urush paytida elni vahimaga tushirgan, 
podshohning martabasiga raxna solmoqchi bo‘lgan ig‘vogarlarga 
rahm qilinmaydir!

Siyosat uchun maydonda yasoqqa yetkazish kerak, toki 
boshqalarga ibrat bo‘lsin! – dedi Uzun Hasan.
«Yasoqqa yetkazish» – xaloyiq oldida boshini kesish degan gap edi.
Darvesh govning yuziga o‘lim sharpasi soya solib o‘tganday bo‘ldi. 
U tizzasi bilan yurib
Boburga yaqinlashar ekan, yig‘lab iltijo qildi:
– Amirzodam, men ig‘vogar emasmen! Men ig‘vogarlarning qur-
bonimen! Menga rahm qiling! Beshta yosh bolam bor! Noumid qil-
mang, amirzodam!
Darvesh gov, yo‘g‘on gavdasi silkinib, o‘kirib yig‘lar ekan, qo‘li 
bog‘liq bo‘lgani uchun yuzini yashirolmas, ko‘z yoshlari mosh-guruch 
soqoliga tomchilab oqib tushar edi. Shunday katta yoshli odamn-
ing bunchalik kuyunib yig‘lagani Boburning qalbida ko‘pirib turgan 
g‘azabni birdan bosdi. Uning Darvesh govga rahmi keldi-yu, ustozi 
Xo‘ja Abdulladan «shu bechoraning qonidan keching!»– degan bir 
gapni kutdi. Biroq Xo‘ja Abdulla og‘iz ochguncha bo‘lmay, yana Yo-
qubbek gapirdi:

Beshta bolasi bor odam tilini tiyib yursa bo‘lmasmidi!

E, bu gov o‘zi haddidan oshgan! – dedi Uzun Hasan. – Bo‘lmasa, 
podshoh haqida ig‘vo qilganlarning gapini eshitgan hamono og‘ziga 
urmasmidi! Yoki u haromnamaklarni bizga tutib bermasmidi!
Bir-birini inkor qiluvchi bu gaplar Boburning xayollarini 
chalkashtirib yubordi. Vujudini o‘rtayotgan tashnalik yangi bir kuch 
bilan qaytib keldi. Yuzlar, devorlar, gilamlar bir-biriga qo‘shilib, 


48
chaplashib, chir-chir aylana boshladi. Darvesh govning yig‘lab gapir-
gan so‘zlari go‘yo uzoqdan eshitildi:
– Amirzodam! Adolat qiling! Men otangizning sodiq raiyyatlari-
danmen! Siz yoshsiz, beg‘uborsiz. Siz hali bu beklarni bilmaysiz! Bu-
larning menda keki bor! Beklarga ishonmang, amirzodam! Xalqdan 
so‘rang! Meni el ulus biladi! Raiyyat biladi!
Ali Do‘stbek qo‘lini mirobga paxsa qilib:

Eshitdingizmi, amirzodam? – dedi. – Bu govning ichi qoraligini 
ko‘rdingizmi? Yoqubbek Bobur tomonga ta’zim bilan egilib, boyagi-
day mehribon tovush bilan tushuntirdi:

Bu gov el-ulusni beklarga qarshi qo‘zg‘amoqchi, amirzodam. 
Yog‘iy hujumi paytida bariyat bilan raiyyatning* orasiga nifoq sol-
moqchi!

Niyati buzuqligi shundan ham ayon! – dedi Uzun Hasan va 
navkarlarga qarab buyurdi. – Bas, olib chiq!
Boyagi ikki navkar Darvesh govni ikki qo‘ltig‘idan olib, o‘rnidan 
turg‘izdi-da, kuch bilan eshikdan olib chiqa boshladi. Endi Boburdan 
ham umidini uzgan bandi:
– Men begunohmen! – deb qichqirdi. – Besh bolamning uvoli ura-
di sen beklarni! Mening begunoh qonim tutadi hammangni!
Bu qarg‘ish Boburning qalbiga o‘tkir tig‘day qadaldi. Uning qo‘l-
oyoqlari titrab, o‘tirgan joyida ko‘zi tina boshladi. Nazarida, boyagi 
quyun avvalgidan battarxuruj qilar, uni mana shu odamlarga qo‘shib 
chirmab aylantirar edi. Atrof ko‘ziga chang-to‘zon orasida qolib ket-
ganday xira ko‘rinar edi. U o‘tirgan joyida yiqilib ketmaslik uchun 
ikki qo‘lini ikki yoniga tiradi.
Darvesh govning qarg‘ishidan g‘azabi oshgan beklar endi uning 
o‘ldirilishini yana ham qattiq turib talab qildilar:

Bu ko‘rnamak yasoqqa yetmagunga eldagi vahima bosilmaydir!

Siyosat uchun bitta ig‘vogarning boshini kesmoq zarur!

Yasoq!

Yasoq!
Boburning ko‘z oldidan boyagi odamning soqoliga oqib tushgan 
ko‘z yoshlari ketmas, qulog‘i tagida uning alamli qichqirig‘i hamon 
jaranglab turardi. Shu tirik odam murdaga aylanishi kerak. Bobur 
bunga farmon berishi kerak. Nechun? Beklar u odamni gunohkor deb 
Boburni ishontirgani uchunmi?
Balki bu beklar chindan ham Boburni aldayotgandir? Balki mana 
shunaqa beklar Axsida Umarshayx mirzoni jardan itarib yuborib 


49
o‘ldirgandirlar? Balki bular erta-indin Boburning joniga ham qasd 
qilishar?
Birdan Boburning beg‘am yurgan davri esiga tushdi. Kechagina u 
tengdosh o‘rtoqlari bilan ot choptirib o‘ynab yurmaganmidi? Alish-
er Navoiyning rasmiga tikilib musaffo yoshlik xayollariga berilgani 
qachon edi? Oradan bir necha yil o‘tganga o‘xshaydi. Holbuki, shu 
bugun ertalab, shu bugun choshgohda uning hayoti quyoshli osmon-
day tiniq va sof edi-ku. Bu qora bulutlar uning atrofiga qayoqdan 
yopirilib keldi? «Yasoq!» – deb qichqirayotgan har darg‘azab bek 
Boburdan quyoshni to‘sib olgan bir qora bulutga o‘xshardi. Boburni 
chir-mab aylantirayotgan dahshatli quyun mana shu qora bulutlarn-
ing shamoli emasmikan? Nahotki bu bulutlar doim toju taxt bilan 
birga yursa-yu, Darvesh govga o‘xshaganlarning qoniga shunchalik 
tashna bo‘lsa?! Boya Boburga xuddi bulutlar orasidan suzib chiqqan 
to‘lin oyday go‘zal ko‘ringan toju taxt endi oy tutilgan tunday vahi-
mali tusga kirdi. Bobur noma’lum xavf-xatardan seskanib, Xo‘ja Ab-
dullaga yordam so‘raganday qaradi:
– Ustod!
Xo‘ja Abdulla unga tomon surilib:

Amirzodam, bardam bo‘ling, – dedi.

Ne qilay, ayting!.. – shivirladi Bobur.

Hukm chiqaring! Beklar yasoqqa yetsin deb talab qilmoqdalar.

Siz-chi, ustod?
Agar Xo‘ja Abdulla, o‘tirganlarga qarshi chiqib, Darvesh govni 
yoqlasa, shuncha amal-taqal bilan boshlari zo‘rg‘a qovushgan beklar 
yana parokanda bo‘lib ketishlari aniq edi.
– Amirzodam, – shivirladi Xo‘ja Abdulla, – podshohlik udumiga 
binoan xatarli urush paytida tojdorlar sha’niga nomunosib gap ay-
tgan odam jinoyatchi hisoblanur! Darvesh gov yana bu yerda ham 
tilini tiymay chatoq qildi. Barcha beklarni yomonlab, qarg‘ab, olovga 
moy sepdi! Endi siz... bitta Darvesh govni deb barcha beklardan voz 
kecholmagaysiz. Vaziyat tahlikali... Siyosat uchun govni yasoqqa yet-
kazmoqdan boshqa iloj yo‘q!
* * *
Ertasi kuni peshinda Andijon arkining qarshisidagi jazo maydo-
nida nog‘oralar chalindi.
To‘plangan xaloyiqning ko‘zi oldida Darvesh gov, yomon ovoza 
tarqatishda ayblanib boshi kesildi.


50
Yoqubbek Ahmad Tanbalni yapasqi navkari bilan birga o‘sha 
kuni kechasi Axsiga yashiriqcha jo‘natib yuborgan edi. Ikki oradagi 
sir sirligicha qoldi.
Dushman Marg‘ilonni olib, Andijonga tahdid solmoqda edi. Xo‘ja 
Abdulla boshliq elchilar
Boburning nomidan Samarqand podshosining Marg‘ilondan 
beridagi qarorgohiga borib, sulh tuzishni taklif qildilar.
– Siz bilan urush boshlagan iningiz Umarshayx mirzo jardan yi-
qilib shunqor bo‘ldi!*
Bobur mirzoni farzand o‘rnida ko‘rgaysiz! Axir u zot sizga kuyov 
bo‘lish orzusidalar! Sizni bosh hukmdorimiz, deb tan olurlar! O‘lpon 
to‘lagaymiz! Urushni to‘xtating, hazratim!
Xo‘ja Abdullaning bu taklifiga samarqandlik beklar qattiq qar
-
shi chiqdilar. Ular Andijon va Axsini bosib, talab, katta-katta o‘lja ol-
ish umidida edilar. Sulh ularni mana shu o‘ljalardan mahrum qilar, 
o‘lponni podshohning bir o‘zi olar edi.

Shuncha joydan qon kechib, jon berib-jon olib kelib, endi yetdik 
deganda quruq qaytamizmi? – dedi Muhammad tarxon nomli bek.

Sulh tuzmang, hazratim!

Qattiq turing! – deyishdi boshqa beklar ham.
Sulton Ahmad mirzo beklarning ra’yini qaytarolmaydigan zaif to-
jdorlardan edi. Xo‘ja Abdulla boshliq elchilar undan rad javobi olib 
qaytdilar.
Endi avvalgidan battar qirg‘in bo‘lishini sezgan bek va navkarlar 
Andijon qo‘rg‘oniga kirib bekina boshladilar.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə