Pirimqul Qodirov Yulduzli tunlar 480. indd



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/39
tarix17.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#110873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
yulduzli tunlar 0

O‘SH NAJOT QAYDA?
Baland qoyatoshlar bilan tekis vohalar bir-biriga g‘alati tarzda 
kirishib ketgan O‘sh 
atroflari bir necha kundan beri juda serharakat. Andijondan tuy
-
alarga ortib kelingan hashamatli chodirlar Buratog‘* etagidan oqib 
o‘tadigan Jannatariq bo‘yiga o‘rnatildi. Oqburasoy bo‘ylarida ham, 
Chilmahram tog‘ining etaklaridagi ko‘kalamzorlarda ham yuzlab 
chodirlar va o‘tovlar paydo bo‘ldi. Tog‘dan haydab tushilgan dum-
bali qo‘ylar so‘yildi, kabob qo‘ralarida archaning pistoqi ko‘miri 
cho‘g‘latildi, doshqozonlarda go‘sht qaynay boshladi.
Bugun O‘shga Bobur mirzo boshliq hamma arkoni davlatlarn-
ing kelishi kutilmoqda. Mulla Fazliddin yosh podshohning amri bi-
lan Buratog‘ning chiqish qiyin bo‘lgan xushmanzara bir qoyatoshi 
ustiga kichkina hujra qurgan. Bobur mirzo bultur shu ishni unga 
topshirgandan keyin Samarqandga qo‘shin tortib ketgan va O‘shga 
mana endi yo‘li tushmoqda edi. Mulla Fazliddin savdarlar bilan past-
ga tushib, hujraga yarashadigan gilam va zarbof ko‘rpachalarni o‘zi 
tanladi. Tik, sirg‘anchiq qoyatoshga chiqib o‘rganmagan savdarlar 
jihozlarni olib kelayotganda juda qiynalib qolishdi. Qashqarcha ku-
mush obdasta ko‘tarib kelayotgan semiz oftobachi har o‘n qadamda 
bir to‘xtab qolardi. Mulla Fazliddin uning qo‘lidan obdastasini olib, 
o‘zini suyab chiqdi. Savdarboshi ayvonning sangfarsh qilingan zinal-
ariga guldor poyandoz to‘shatgan edi, mulla Fazliddin iltimos qilib, 
uni oldirib tashladi. Chunki zinalarga ishlatilgan rangli toshlar har 
qanday poyandozdan qimmatroq va go‘zalroq edi.
Tog‘ qirrasida turgan hujradan butun O‘sh shahri va uning atro-
flari kaftdagidek aniq ko‘rinar edi. Hali ham nafasini rostlab olol
-


64
may hansirab o‘tirgan oftobachi pastga tikilib qaradiyu, o‘rnidan 
sakrab turdi:
– Ana, keldilar!
Mulla Fazliddin ayvon chetiga borib, pastga ko‘z yugurtirdi.
Oq otliq Bobur mirzo yuzdan ortiq beklari va xos navkarlari bi-
lan Javzo masjididan o‘tib, tog‘ etagiga yaqinlashib qolgan edi. Ular 
hammasi Jannatariq bo‘yiga o‘rnatilgan borgoh* va xirgoh* oldida 
to‘xtadilar. Ichi zarrin ipak, usti qimmatbaho mayin movut bilan 
qoplangan bu chodirlarning zarhal chilvirlari kumush qoziqlarga 
bog‘langan edi. Chodirlarda dam olish va katta ziyofatlar berish 
uchun hamma tayyorliklar ko‘rib qo‘yilganini mulla Fazliddin bilar 
edi. «Endi bugun Bobur mirzo o‘sha yerda dam olsalar kerak, bizn-
ing hujraga balki ertaga chiqarlar», degan o‘y bilan ishini sekin da-
vom ettirdi. Ammo oradan bir soat o‘tar-o‘tmas pastdan sersoqol 
qo‘rchiboshi to‘rtta soqchisi bilan hansirab chiqib keldi:

Hozir bu yerga oliy zotlar qadam ranjida qilurlar. Taxtirav-
on qayerda? Savdarboshi mulla Fazliddinga yordam so‘raganday 
qilib qaradi. Zira beqasamdan yupqa to‘n kiygan mulla Fazliddin 
qo‘rchiboshi qarshisida qo‘l qovushtirib:

Ma’zur tuting, janobi bek, – dedi.

Xo‘sh?
Mulla Fazliddin shu hujrani qurishda g‘ishtlarni zambilga solib 
ko‘tartirib chiqmoqchi bo‘lgan, ammo ilojini topolmagan edi. Chunki 
bu tik qoyaga odam faqat bitta-bitta bo‘lib, goho qo‘li bilan qoyaga 
suyanib chiqishi mumkin edi. Taxtiravonni esa to‘rt kishi to‘rt tomo-
nidan ko‘taradi, uning ichida podshoh yoki malikalar o‘tiradi.
– Biz tajriba etib ko‘rdik, bu qoyaga taxtiravon ko‘tarib chiqish 
mumkin emas, – dedi mulla Fazliddin.
Qo‘rchiboshi uch tomoni devorday tik qoyatosh bo‘lgan, faqat bir 
tomonidan yolg‘iz odam zo‘rg‘a o‘tib keladigan toqqa durustroq qara-
di-yu, taxtiravon ishlatish fikridan qaytdi. Savdarboshiga xo‘mrayib:
– Bu yerda ortiqcha odam bo‘lmasin! – deb buyurdi.
Hujra atrofidagi sahn torroq bo‘lsa ham qoyaning shimol tomo
-
nida – uyday baland toshlar ortida kichkina maydoncha bor edi. So-
qchilardan ikkitasi oftobachi va
savdarboshi bilan birga o‘sha yoqqa o‘tib turishdi. Boshqa savdar-
lar pastga tushib ketishdi. Qo‘rchiboshi mulla Fazliddinga qarab:
– Janobi me’mor, siz yo‘lni yaxshi bilursiz, podshohga peshvoz 
chiqing, – deb buyurdi. Qoidaga binoan qo‘rchiboshining o‘zi ham 


65
pastga qaytib tushib, podshoh bilan birga chiqishi kerak edi. Ammo 
bu toqqa ikki qayta ustma-ust tushib chiqish benihoya qiyin. Buni 
sezgan o‘rta yashar qo‘rchiboshi ikkita soqchini mulla Fazliddinga 
qo‘shib pastga tushirib yubordi-yu, o‘zi hujra yonidagi silliq tosh kur-
siga o‘tirib, terlab ketgan yo‘g‘on bo‘yinlarini arta boshladi.
Mulla Fazliddin Buratoqqa har kuni necha qaytadan tushib-chi-
qib o‘rganib qolgan. Uning oyog‘idagi ixcham mo‘kkisi toshdan-tosh-
ga yengil o‘tib boradi. Ammo ko‘ngli notinch. Hozir podshoh va uning 
beklariga duch kelishi kerakligi, ular bilan muomala qilishning qiyin-
ligi qalbiga tahlika soladi.
Bobur mirzo va uning odamlari tog‘ning kunchiqish tomonidan 
otliq aylanib o‘tib, qoyatoshga janubdan yaqinlashdilar-da, mazorat-
dan yuqoriroqda otdan tusha boshladilar. Shunda mulla Fazliddin 
bek va navkarlarga qo‘shilmay alohida to‘p bo‘lib kelayotgan ayol-
larni ko‘rib qoldi. Yuvosh qora otda o‘tirgan va oppoq kiyingan o‘rta 
yashar ayol – Boburning onasi Qutlug‘ Nigorxonim edi. Gulibodom 
rangli sho‘x, o‘ynoqi otda qirmizi ipak kabo* kiygan Xonzoda begim 
kelmoqda edi. Mulla Fazliddin uni sho‘x ot ustida chavandoz yigit-
larday yaxshi o‘tirganidan ham tanidi-yu, vujudi birdan qizib ket-
ganday bo‘ldi. Ko‘nglidagi boyagi bezovtalik ustiga olovli bir hayajon 
qo‘shilib, yuragi qinidan chiqquday hapriqib ketdi. Mulla Fazliddin 
o‘zida birdan yuz bergan bu o‘zgarishni birovga sezdirib qo‘yishdan 
qo‘rqib, podshohni kutib olayotgan mulozimlarning panasiga o‘tdi-
da, bosh egib, qo‘l qovushtirib turdi. Shunda tizzalari ham qaltiray-
otganini sezib, «Xudoyo o‘zing sharmanda qilma!» degan so‘zlarni 
dilidan o‘tkazdi.
Bobur mirzoning opasi Xonzoda begim mulla Fazliddinni ko‘pdan 
beri hayratga solib keladi. Bundan to‘rt yil muqaddam mulla Fazlid-
din Hirotdan kelib Umarshayx mirzoning Andijondagi chorbog‘ida 
ko‘shk qura boshlagan kezlarida Xonzoda begim o‘n olti yoshda 
edi. Asilzoda qizlar orasida eng ko‘hligi bo‘lgan Xonzoda begim bir 
marta erkakcha kiyinib ot minib, inisining o‘smir mulozimlari bilan 
chavgon* o‘ynagan. Mulla Fazliddin buni ko‘rib bir hayratga tush-
gan edi. Oradan ikki yil o‘tgach, mulla Fazliddin Andijon arkidagi 
to‘rxonaning ba’zi naqshlarini yangilash uchun chaqirildi. Shunda o‘n 
sakkiz yoshli Xonzoda begimni ravonda kanizlar orasida setor chal-
ib o‘tirgan paytida yana bir ko‘rdi-yu, o‘z ko‘zlariga zo‘rg‘a ishondi. 
Chunki bir vaqtlar yigitcha kiyinib chavgon o‘ynagan o‘sha qiz endi 
setorda shunchalik nafis, shunchalik mayin kuy chalar, uning o‘zi 


66
ham shu qadar nafosatga to‘lib o‘tirar ediki, mulla Fazliddin beixtiyor 
uning sehriga berilib, g‘alati bo‘lib ketdi.
Keyin mulla Fazliddin devorga xomaki naqsh chizayotganda Xon-
zoda begim uning oldiga kelib, ishini qiziqib tomosha qila boshladi. 
Mulla Fazliddinning qo‘lidagi pargor* hayajonidan yerga tushib ket-
di. – Ajoyib naqsh chizgan edingiz, ko‘zim tegdimi, mavlono? – dedi 
Xonzoda begim aybni o‘ziga olganday bo‘lib.
Mulla Fazliddin pargorni yerdan ko‘tarar ekan:

Yo‘q, aksincha, begim, sizning nazaringiz tushgan naqsh yanada 
yaxshiroq chizilgay!

Men eshitdimki, mavlono musavvir ham emishlar.

Aslida me’morlar musavvirlik san’atidan xabardor bo‘lmoqlari 
darkor.

Undoq bo‘lsa mening suratimni chizib ko‘ring!
Kutilmagan bu taklifdan cho‘chigan mulla Fazliddin atrofga 
alanglab qaradi. To‘rxonada boshqa hech kim yo‘q. Shunday bo‘lsa 
ham ovozini pasaytirib dedi:

Bajonidil chizar edim... Faqat...

Xavotir olmang, mavlono, men sir saqlashga qodirmen!

Agar men chizgan surat narigi dunyoda jon talab qilsa, qay-
dan topurmen, begim? Mulla Fazliddin bu so‘zlar bilan shariat surat 
chizishni man etganini, agar qo‘lga tushsa joni xavf ostida qolishini 
aytmoqchi edi. Xonzoda begim uning ochiq aytolmagan fikrini tush
-
undi-yu, jilmaydi:

Agar suratim uchun sizdan jon talab qilsalar, menga ayting, 
men o‘z jonimni bergaymen!
...Mulla Fazliddin po‘lat sandiqda yashirib yurgan suratni mana 
shu gaplardan keyin chizishga jur’at etgan edi. Shundan keyingi 
to‘polonlarda u Xonzoda begimni uzoq vaqt uchratolmay yurdi.
Nihoyat, bultur kuzda mana shu Buratoqqa Xonzoda begimning 
o‘zi kelib qoldi. Bobur Samarqandga ketishda o‘z onasi va egachisiga 
«O‘shdagi hujradan xabar olursizlar», deb tayinlab qo‘ygan ekan. Me-
zon oyida O‘shga mehmon bo‘lib kelgan Xonzoda begim bitta kanizi 
bilan Buratoqqa chiqdi. Mulla Fazliddin o‘sha paytda yolg‘iz shogirdi 
bilan ishlamoqda edi. Har bitta g‘ishtni, yog‘ochni, har bir ko‘za suvni 
pastdan olib chiqqunlaricha tinkalari qurib ketardi. Marmar yo‘nib 
sangkorlik qilishga sangtarosh yo‘q. Sirlangan koshin olish-ga pul 
yo‘q. Bu hammasi mulla Fazliddinni juda qiynab qo‘ygan. Lekin bu 
mushkulotlarni Xonzoda begimga qandoq aytadi? Begimning mar-


67
varid qadalgan ipak toqisi*dan tortib uchi qayrilgan qizil etikchasi-
gacha butun borlig‘i shunday nafis ko‘rinar, bu samoviy go‘zallik old
-
ida tosh va g‘ishtdan gap ochish juda erish tuyulardi. Biroq Xonzoda 
begim mulla Fazliddindan bo‘lajak hujraning rejasi chizilgan tarhni 
so‘rab oldi. Qog‘ozga qarab turib:

Gumbazini koshin bilan bezatmoqchi bo‘libsiz, koshiningiz yet-
arlikmi? – dedi. Mulla Fazliddin endi dardini aytishga majbur bo‘ldi. 
Bu qiz me’morlik san’atidan ham xabardor bo‘lib, anchagina kitob 
mutolaa qilgan ekan.

Bobur mirzo zafar bilan qaytsalar, xudo rahmati otamning o‘sha 
orzularini ro‘yobga chiqarurlar, – dedi. O‘shanda yana o‘zingiz bosh 
bo‘lursiz, mavlono!
Dunyoda hali hech bir tovush mulla Fazliddinga bunchalik yo-
qimli tuyulmagan edi. Xonzoda begim har gal uni «mavlono», deb 
ulug‘lash bilan go‘yo porloq bir istiqbol va’da qilganday bo‘lardi. Pod-
shoh oilasidan me’morchilik san’atini shunchalik biladigan, qadrlay-
digan ittifoqdosh topilgani mulla Fazliddinning ko‘nglini ko‘taribgina 
qolmay, qalbida g‘alati bir zavq va dadillik uyg‘otdi.
U sirpanchiq qoyatoshga ko‘tarilishdan ko‘ra tushish qiyin-
ligini bilar edi. Shuning uchun Xonzoda begimni pastga kuzatib tu-
sha boshladi. Xalq «qilko‘prik» deb nom qo‘ygan tor va xatarli tosh 
so‘qmoqdan o‘tayotganlarida Xonzoda begimning oyog‘idagi tagi sil-
liq charmdan tikilgan etigi toyib ketdi. Xonzoda begim muvozanatini 
yo‘qotib, yonida borayotgan kaniziga qo‘l cho‘zdi. Ammo kaniz ham 
zo‘rg‘a kelayotgan edi, ikkovi barobar chayqalib ketdi. Kaniz qo‘rqib 
chinqirib yubordi. Ular pastdagi chaqir toshlarga yiqilib tushadigan 
bo‘lganda mulla Fazliddin oldinga sakrab o‘tib, ikkovini ikki qo‘li bilan 
quchoqlab tutib qoldi. Yoshgina kaniz qo‘rqqanidan mulla Fazliddin-
ning yelkasiga yopishib oldi. Kiyikday chaqqon Xonzoda begim yigit-
ning yelkasidan tutib, o‘zini tez o‘ngladi va unga sekin rahmat aytdi. 
Shu payt mulla Fazliddin o‘z yuzida Xonzoda begimning iliq nafasini 
his qildi. Qizning yuzidami, lablaridami, gul atriga o‘xshamaydigan, 
ammo undan ham yoqimliroq, sirliroq bir hid bor edi. Mulla Fazlid-
din shu hidni oldi-yu, Xonzoda begimning shoh qizi ekanligini go‘yo 
unutdi. Qizning salqin, yumshoq qo‘lidan ushlab naryog‘i tekis ket-
gan so‘qmoqqa chiqqunlaricha qo‘yib yubormadi. Besh-o‘n qadamlik 
masofada oddiy me’mor bilan malika orasidagi farq go‘yo yo‘qolib 
ketdi, ular bir-birlariga faqat zabardast yigitu go‘zal qiz bo‘lib tuy-
uldilar. Lekin undan narida yana kanizlar, jilovdorlar, savdarlar or-


68
aga tushib, Xonzoda begimni qurshab olib ketdilar. Mulla Fazliddin 
g‘alati bir tush ko‘rib uyg‘ongan odamday hayratlanib qolaverdi.
Ertasi kuni Xonzoda begim yordamga yuborgan ikkita norg‘ul 
yigit mulla Fazliddinga kerakli yuklarni pastdan tashib chiqa bosh-
ladi. Oradan bir hafta o‘tgach, tuyaga ortilgan koshinlar ham yetib 
keldi. Xonzoda begim yubortirgan har bir narsada mulla Fazliddin 
uning o‘zini ko‘rganday bo‘lardi. Po‘lat sandiqdagi suratni oqshom-
lari yolg‘iz qolganda qo‘liga olib uzoq-uzoq tikiladi. Qiz sirg‘anib ket-
gan mana shu tog‘ning toshlaridan Xonzoda begimning o‘shandagi 
iliq nafasi va sirli hidi hamon kelib turganga o‘xshardi. «Nahotki 
bu muhabbat bo‘lsa? – derdi mulla Fazliddin o‘ziga-o‘zi. – Yo‘q, zin-
hor! Mendagi tuyg‘u – beg‘araz ilohiy bir mehrning nishonasi, xolos. 
Boshqacha bo‘lishi mumkin emas!»
Hozir yana Xonzoda begim yaqinlashib kelayotganini ko‘rib, sa-
rosimaga tushib qolgan mulla Fazliddin o‘zining mana shu e’tiqodida 
mahkam turishga tirishar va ayollar tomondan nigohini olib qochardi.
Bobur mirzo otdan tushganda bo‘yi o‘sib, katta yigitlarga 
tenglashib qolgani bilindi. Qadam olishi ham xiyla salmoqli. Taxt-
ga o‘tirganidan beri o‘tgan so‘nggi uch yil uni juda tez ulg‘aytirgan, 
ko‘z qarashlari ko‘pni ko‘rgan odamlarnikiday vazmin. Faqat xipcha 
qomati va hali uncha to‘lishmagan yelkalari endi o‘n besh yoshga kir-
ganini eslatib turardi.
Ammo toqqa chiqishda Boburning o‘smirligi juda ish berdi. 
U hammadan oldinda toshdan-toshga yengil ko‘tarilib borar, goh 
onasiga, goh opasiga yuqoridan qo‘l cho‘zib yordamlashib qo‘yardi.
Beklar va mulozimlarning ko‘pchiligi pastda qolishdi. Yo‘l tor, hu-
jra kichkina bo‘lganligi uchun hozir birinchi navbatda podshoh oilasi 
va Boburga eng yaqin kishi bo‘lgan eshik og‘a Qosimbek chiqishmo-
qda edi. Qavchin urug‘idan chiqqan Qosimbek to‘ladan kelgan barv-
asta kishi edi, tog‘ning yarmiga chiqquncha nafasi bo‘g‘ilib, qiynalib 
qoldi. Bobur buni ko‘rib, tekisroq bir tosh ustida to‘xtadi. Qosimbek 
ham to‘xtab, orqada kelayotgan mulla Fazliddinga yuzlandi:
– Janobi me’mor, bu toshlardan zinapoya tarashlash xotiralariga 
kelmabdir-da.
Mulla Fazliddin pastroqda to‘xtab qo‘l qovushtirdi-yu, yengil bir 
ta’zim bilan javob berdi:
– Agar zoti oliy amr bersalar, zinapoya tarashlash imkoni bor.
Qosimbek yuqoriga yuz o‘girib, Boburga savol nazari bilan qara-
di. Bobur kulimsirab:


69
– Ajabo! – dedi endi yo‘g‘onlasha boshlagan o‘smir ovozi bilan. – 
Tog‘ cho‘qqisiga ham zinapoya bilan chiqurlarmi?
Soddaroq odam bo‘lgan Qosimbek taklifi o‘rinsiz chiqqanini sez
-
di-yu, izzat-nafsga bormay, gapni kulgiga burdi:
– Amirzodam, lutf qildilar. Kaminani bu terlab-hansirashlardan 
zinapoya ham qutqarolmas edi.
Endi Qutlug‘ Nigorxonim ham kuldi:

Qosimbek janoblari haqdir. Ot-ulov o‘tolmaydigan bu 
cho‘qqilarga shoh ham piyoda chiqur, malika ham!

Hatto, xonzodalar ham! – deb Bobur opasiga qarab sho‘x kulim-
siradi. Shunaqa hazil-huzullar bilan hujraga yetib bordilar. Niliy gum-
bazli jajji bino ko‘klam quyoshida shunday nafis jilolanib ko‘rindiki, 
Boburning dili birdan ravshan tortib ketdi. Atrofdagi tabiatning 
go‘zalligi, bahor va tog‘lar ayvonga ishlatilgan naqshlarni, gumbazda-
gi koshinlar rangini allanechuk juda ochib ko‘rsatar edi.
Qosimbek Boburni, uning onasi va opasini tavoze bilan ichka-
riga kuzatib qo‘ydi-yu, o‘zi marmar zinapoya oldida qo‘l qovushtir-
ganicha qoldi. U ayollar bor joyga podshohdan ishora bo‘lmaguncha 
kirmas edi.
Mulla Fazliddin Qosimbekdan beriroqqa – ayvon tagiga kelib turdi.
Hujra eshigi yong‘oq yog‘ochidan o‘ymakor qilib, zar bilan ishlan-
gan edi. Bobur go‘zal o‘ymakorliklarga, devor va shift bezaklariga bir-
bir ko‘z tashlab chiqdi-da, hujraning
eshigini ochdi. Onasi bilan opasiga yo‘l berib keyin o‘zi ichkariga 
kirdi.
Hujraning ichi qorong‘i bo‘lmasa ham qoidaga binoan g‘arb to-
monidagi mehrobga sham yoqib qo‘yilgan edi. Kunduzgi yorug‘lik 
qarshisida ko‘zga zo‘rg‘a tashlanayotgan sham yog‘dusi yon-veridagi 
gulgun naqshlarga tushib, elas-elas jilvalanardi.
Bu hammasi Boburda g‘alati bir zavq uyg‘otdi. U sham yonidagi 
to‘q-qizil naqshlarni
Xonzoda begimga ko‘rsatib:
– Islimi gulxan shumi? – deb so‘radi.
Xonzoda begim bir ukasiga, bir naqshga qaradi-yu, sho‘x jilmaydi:

Bir qoshiq qonimdan kechsangiz, ayturmen. Bobur ham kulim-
sirab:

Kechdim, aytingiz, – dedi.
Xonzoda begim o‘ngga qayrilib, eshik tepasidagi qip-qizil naqsh-
larni ko‘rsatdi.


70

Islimi gulxan mana bu. Siz naqshi lolani bunga o‘xshatmishsiz, 
amirzodam. Xonzoda begim ko‘rsatgan naqshlar haqiqatan qip-qizil 
olov tillarini eslatar, uning eshik tepasiga naqshlanishi ham bejiz 
emas edi. «Keluvchiga ergashgan balo-qazoni olov olib qoladi», de-
gan qadimiy e’tiqod va kelin-kuyovni eshik oldiga yoqilgan olovdan 
aylantirib olib o‘tish odatlari Boburning esiga tushdi. U opasiga tan 
bergan kabi qarab:

Siz haqsiz, men sahv qilibmen, – dedi. Shunda Qutlug‘ Nigor-
xonim gap qo‘shdi:

Bobur mirzoning sahvlari uzrlik. Chunki bu hujrada naqshi lola 
ham xuddi gulxandek yonib ko‘rinur!
Onasining lutf qilib aytgan so‘zlari Boburning hujradan olgan za-
vqini yana bir darajada oshirdi.
Uchovlari ayvonga qaytib chiqar ekanlar, pastda turgan mulla Fa-
zliddin Boburning chehrasi ochilib ketganini ko‘rdi. Bobur zinapoya 
oldida turgan Qosimbekka qarab:
– Buratoqqa juda munosib! – deb qo‘ydi.
Buratog‘ni Bobur yoshligidan yaxshi ko‘rar edi. Tekis vodiyning 
o‘rtasiga tushgan bu baland tog‘ odamlarni hayratlantirish uchun 
yaratilganga o‘xshardi. Go‘yo u ulkan tog‘ning bir parchasini ilohiy 
bir kuch shunday ko‘tarib olib kelganu tomosha uchun sayhon joyga 
chiroyli qilib o‘rnatib ketgan. Mana shunday toqqa munosib bo‘lish 
hujra uchun juda katta sharaf ekanini sezgan Qosimbek bir chetda 
qo‘l qovushtirib, sukut saqlab turgan me’morni chaqirdi.
Bobur podshoh bo‘lgandan beri o‘z ko‘nglidan chiqarib qurdirgan 
birinchi imorati juda kichik bo‘lsa ham unga aziz va g‘animat tuyuldi. 
Bu hujra tog‘ qirrasida shunday joziba bilan uzoq vaqt turishini istab, 
me’morga savol nazari bilan qaradi:

Tog‘da qor-yomg‘irlar ko‘p bo‘lur. Hujra uzoq vaqtga bardosh 
berurmikin? Ayvonda turgan Qutlug‘ Nigor xonim bilan Xonzoda be-
gim ham me’morga ko‘z tikishdi. Mulla Fazliddin hayajonlanganidan 
tizzalari bukilib-bukilib ketmoqda edi. U qo‘lini ta’zim bilan ko‘ksiga 
qo‘yib:

Inshoollo, bardosh berur, – dedi. Qosimbek uning gapini tas-
diqlab:

Ha, qirq-ellik yil yaxshi turur, – deb qo‘ydi.
«Q i r q - e l l i k yil» degan so‘zlar mulla Fazliddinga ozor berga-
ni uning Qosimbekka qisqa bir ko‘z tashlab qo‘yganidan sezildi. Shu 
payt mulla Fazliddin o‘z yuziga kimningdir mayin nigohi tushganini 


71
his qildi. Boshini ko‘tarsa, Xonzoda begim yuziga yopilgan yupqa oq 
harir parda orqali mulla Fazliddinga qarab turibdi. Mulla Fazliddin-
ning butun vujudi olov seli ichida qolganday bo‘ldi. U hozir siri fosh 
bo‘lishi mumkinligini sezib, yana ta’zimga bosh egdi. Shunda Xonzo-
da begim Boburga izoh berdi:
– Amirzodam, xudo xohlasa, bu hujra ko‘p avlodlarni ko‘rgay. Qa-
rang, qor-yomg‘ir tegadigan joylari sangkorlik qilingan. Poydevori 
qoyatoshga mahkam o‘rnatilgan. Mulla Fazliddinning mahoratlari 
baland – Hirot bilan Samarqand me’morlaridan ta’lim olmishlar.
Mulla Fazliddin Xonzoda begimning maqtovini ishga oid oddiy ga-
plardek qabul qilmasa, ko‘nglidagi nozik hislarni sezdirib qo‘ysa, o‘n 
jonidan biri ham omon qolmasligini sezdi. Axir jo‘n bir me’morning 
shoh qiziga muhabbati podshoh oilasiga ham, uning beklariga ham 
haqoratday tuyulishi mumkin!
Xayriyatki, hukmdorlar oldida hayajonga tushish va ta’zim qil-
ish odat tusiga kirib qolgan. Mulla Fazliddin Xonzoda begimning 
iliq so‘zlariga javoban yana bir ta’zim qildi-da, yerga qarab, xuddi 
qilichning tig‘i ustidan yurib borayotganday ehtiyot bo‘lib gapira 
boshladi:
– Hazrati oliyga arzim shulki, Samarqandda Ulug‘bek madrasasi-
ning devorlari uchun qanday ganchu gilmoya, g‘ishtu koshin ishlatil-
gan bo‘lsa, bu hujraning devorlariga ham faqir shularni ishlatmish-
men. Xudodan umidim bor. Bobur mirzoning muborak nomlariga 
mansub bu hujra asrlar davomida mustahkam turur*.
Bobur bu so‘zlardan ta’sirlanib:
– Aytganingiz kelsin, – dedi. – Hujra biz istaganimizdan ham yax-
shi!
Qosimbek «q i r q - e l l i k yil turar», deb hujraning umrini qisqa 
qilib qo‘yganidan endi xijolat bo‘ldi. Hujradan narida xarsangtosh 
ortida buyruq kutib turgan savdarboshiga bir qarab oldida, keyin 
me’morga o‘girildi:

Ofarin sizga, mulla Fazliddin! Bobur Qosimbekning gapini 
to‘g‘rilab:

Mavlono Fazliddin! – dedi.
Shu bilan me’morga mo

’tabar mavlonolik unvoni berilganday 
bo‘ldi. Qosimbek podshohning oldida bir necha marta ustma-ust 
sahv qilganini bir harakat bilan to‘g‘rilagisi keldi-yu, savdarboshiga 
buyurdi:
– Mavlonoga to‘n keltirilsin!


72
Savdarboshi sarosima bo‘lib pastga qaradi. Mukofot uchun olib 
yuriladigan to‘nlar tog‘ etagidagi chodirlarda qolgan edi. Qosimbek 
buni sezdi-yu, o‘zining egnidagi yangi kimxob to‘nni yechmoqchi bo‘lib:
– Mirzo hazratlari, ijozat bering! – dedi. Bobur uning jo‘mardligiga 
tan bergandek, jilmayib bosh irg‘adi.
Qosimbek zar yoqali kimxob to‘nini yechib, mulla Fazliddinning 
yelkasiga tashladi.

Mavlonoga bizdan bitta ot anjomi bilan in’om qilinsin, – 
qo‘shimcha qildi Bobur. Mulla Fazliddin ta’zimga egilib minnat-
dorchilik bildirar ekan, bir necha kishining.

Muborak! Muborak! – degan so‘zlarini eshitdi.
Bu so‘zlarning orasida eng yoqimlisi – Xonzoda begimning mub-
orakbodi bo‘ldi. Mavlono Fazliddin unga ikkinchi marta qarashga 
jur’at etolmay yerga ko‘z tikib turgan bo‘lsa ham, shu daqiqalarda 
o‘zini baxtiyor sezar edi.
* Chindan ham, O‘shdagi bu hujra to‘rt yuz yildan ortiq mus
-
tahkam turdi. Tog

tepasida oqarib ko‘ringani uchun xalq uni «Oq uy» 
deb ataydigan bo‘ldi. Asrlar o‘tishi bilan ta’magir shayxlar bu binoni 
«Sulaymon payg‘ambar tomonidan qurilgan qadimjoy» deb e’lon 
qildilar, tarixdan bexabar odamlarni bunga ishontirib, nazr-niyoz 
undirish vositasiga aylantirdilar.
Yigirmanchi asrning o‘rtalarida akademik Ibrohim Mo‘minov 
Qirg‘iziston olimlari bilan hamkorlikda tarixiy haqiqatni tiklab, bu 
hujrani Bobur mirzo qurdirganini ilmiy jihatdan asoslab berdilar. Oq 
uyning peshtoqiga buni bildiradigan marmar yodgorlik o‘rnatildi.
Ammo Bobur nomining bunday ulug‘lanishi mustabid sho‘ro 
mafkurachilarining qahrini keltirdi. Ular hujraning ziyoratgoh 
bo‘lganini bahona qilishib, dinga qarshi kurash shiori ostida 1963 
yilda Oq uyni askariy qismlar yordamida portlatib buzib tashladilar.
Lekin hujraning mustahkam qoyatoshga o‘rnatilgan poydevori 
butun qolgan edi. Uning tasviri tushirilgan suratlar bor edi. Adolat-
parvar odamlarimiz orasida Bobur mirzo qurdirgan bu ajoyib obida-
ni qayta tiklash niyati yillar o‘tgan sari kuchayib bordi.
Saksoninchi yillarning oxirida milliy uyg‘onish shabadalari esa 
boshlagan davrda O‘sh shahrining o‘zbek, qirg‘iz va boshqa millatlar-
ga mansub vakillari Oq uyni qayta tiklash uchun maxsus jamg‘arma 
tashkil qildilar. Bu jamg‘armaga Bobur mirzoning barcha muxlislari 
tomonidan to‘plangan mablag‘lar hisobiga Oq uy tarixiy asliga mos 
go‘zal shaklda qayta tiklandi. (Muallif)


73
Kechki payt hujrada Boburning yolg‘iz o‘zi qoldi. Qosimbek ker-
akli odamlarga: «Hujra – mirzo hazratlarining xilvatgohlari bo‘ldi, 
kechasi ham o‘sha joyda tunamoqlari mumkin», deb bildirib qo‘ydi. 
Qo‘rchilar Boburning ko‘ziga tashlanmaslikka tirishib, hujraning 
orqa tomonida qo‘riqchilik qila boshladilar.
Doimo ko‘pchilikning diqqat-markazida bo‘lish va podshohning 
har bir gapi, har bir harakati kimningdir taqdiriga ta’sir qilishini un-
utmay hamisha ziyrak va ehtiyotkor turish Boburni juda siqiltirar 
edi. Yosh tanasi erkin bo‘lishni, oddiy tengdoshlari kabi ochiq-sochiq 
yayrab yurishni qo‘msar edi. Hozir u hujra ichkarisiga to‘shalgan 
beqasam ko‘rpachalar ustida boshiga yostiq qo‘ymasdan birpas 
chalqancha yotdi. Keyin ag‘anab yuztuban bo‘ldi-da, engagini kaftiga 
tirab, devordagi naqshlarga tikildi. Kuni bo‘yi otda yurib toliqqan 
bo‘lsa ham dam olib yotgisi kelmas edi. O‘rnidan sakrab turib bir-
ikki marta qulochini yozib kerishdi, esnadi. So‘ng ayvonga chiqdi-da, 
yana atrofni tomosha qila boshladi.
To‘rt tomon bahor nafosatiga to‘la. Havo musaffo bo‘lgani uchun 
pastda yoqilayotgan olovning tutuni ham odatdagidan tiniqroq 
ko‘rinadi. Oxiri qorli tog‘lar bilan tutashib ketgan vodiyning ko‘z 
ilg‘agan hamma joyi ko‘kalamzor. Biryog‘ida O‘zgan, bir yog‘ida 
Marg‘ilon, uzoqlarda Isfara, Xo‘jand, Koson va Axsi – bu o‘rchinlarning 
hammasida bog‘-rog‘lar chaman bo‘lib gullaganini Bobur go‘yo xayol 
ko‘zi bilan ko‘rib turibdi. Ulug‘vor tog‘lar afsonaviy Qal’a devorlar-
idek atrofni o‘rab turgan bu go‘zal vodiy hozir avvalgidan xiyla osuda. 
Urush tugaganiga ikki yildan oshdi.
Bunday tinch, mas’ud damlarda uni qog‘oz-qalam o‘ziga tortardi. 
Savdarlar hujraga olti oyoqlik miz* keltirib qo‘yishgan. Bobur miz 
yoniga o‘tirib «Vaqoi’» deb atagan xotira daftarini ochdi. So‘nggi yo-
zuvlari– o‘zi yaqinda ko‘rgan Konibodom va Isfara haqida edi. Endi 
bu yozuvlarini davom ettirib, O‘sh to‘g‘risida bita boshladi: «O‘sh 
qasobasi Andijondan to‘rt yig‘och yo‘ldir... Boratog‘ning tumshug‘ida 
tarix to‘qqiz yuz ikkida3 men bir ayvonlik hujra soldim. Bu hujra 
bisyor yaxshi voqe’ bo‘libdur. Tamom shahar va mahalla oyog‘ osti-
dadur...» Bobur O‘shning binafshasi, lolalari, oqar suvlari, oq mavjli 
qizil toshlari haqida ham
berilib yozayotgan edi, birdan Qosimbek 
eshik og‘zida paydo bo‘ldi:
– Amirzodam, xayolingizni bo‘lsam, ma’zur tuting. Buxorodan – 
Sulton Ali mirzodan maktub kelmishdir!


74
Boburdan ishora bo‘lgach, Qosimbek ichkariga kirib, o‘ram qilin-
gan oltin bog‘ichli maktubni Boburga uzatdi. Bobur maktubni ochib 
o‘qidi-yu:

Sulton Ali mirzo bizni Samarqand yurishiga chorlabdir, – dedi.

Bitim tuzgan edingiz-da, amirzodam. Safarga chiqmoq kerak.

Oshiqmang, bek. Avval onam hazratlarining rizoligini olaylik.
Bobur har muhim ishda onasidan maslahat so‘rashi Qosimbekka 
uncha yoqmas edi. Chunki ayollar jangu jadaldan juda bezgan edilar. 
Jangovar beklar esa urushsiz yursa qilichlari zanglab qoladigandek 
betoqat bo‘lishadi.
Qosimbek Qutlug‘ Nigor xonimning chodiriga Bobur bilan birga 
tushib bordi. Xonzoda begim ham onasining huzurida o‘tirgan ekan. 
Ular Bobur uchun dasturxon yozdirib, chinni laganda kabob keltirdi-
lar. Kabobdan so‘ng qimiz ichildi. Qosimbek mo‘yloviga tekkan qimiz 
yuqini kafti bilan artib, so‘z boshladi:

Amirzodam Sulton Ali mirzo bilan ittifoq tuzganlar. Bu yerdan 
cherik tortib bormoqqa so‘z berganmiz.

Tangrim bizni farahli kunlarga yetkazdi, – dedi Qutlug‘ Nigor 
xonim. – Endi shuni g‘animat bilaylik, janob Qosimbek, Sulton Ali 
mirzo o‘z og‘asi Boysunqur mirzo bilan Samarqand taxtini talashur-
lar. Bobur mirzo ulardan baland turmoqlari kerak. Tangriga shukur, 
amirzodamning Andijonda o‘z taxtlari bor.
Qosimbek bu so‘zlarga tezda javob topolmay taraddudlanib qoldi. 
Shunda Xonzoda begim gapga aralashdi:

Amirzodam, Samarqand yurishining sarfu xarojatiga Andijonda 
saroylar, madrasalar qursangiz bo‘lur. Andijon ham Samarqanddek 
sayqali ro‘yi zamin bo‘lsa nomingiz Ulug‘bek mirzoning nomidek 
shuhrat qozonsa– biz mushtiparlaringizning orzuimiz shu! Bobur 
hazilomuz kulimsiradi:

Men avval Samarqand sayqalini bir ko‘rmoqchimen. Ibrat ol-
sak, undan so‘ng olurmiz. Qosimbek Boburning so‘zlarini yoqtirib:

Lutf qildingiz, amirzodam! – deb qo‘ydi.

Lekin amirzodam Samarqandni yoshliklarida ko‘rganlar, – deb 
e’tiroz qildi Qutlug‘ Nigor xonim.

Besh yoshimda ko‘rganim yodimda uncha qolmabdir. Xonzoda 
begim kuldi:

Bultur Samarqand azimati bilan ketib bizni ko‘p sog‘intirgan 
edingiz-ku? Bobur bulturgi muvaffaqiyatsiz yurishini eslab, jiddi-
ylashdi:


75

Rost, bultur to‘rt oy Samarqand atrofini kezdik. Ammo shahar 
darbozalari biz uchun biron marta ochilmadi. Biz bobokalonimizning 
poytaxtini ko‘rishga munosib emas emishmiz!
Bobur bu so‘zlarni shunday kuyunib, alami kelganini yashirolmay 
lablari titrab aytdiki, uning hali ham juda yosh ekanligi birdan bilinib 
qoldi. Holbuki, u Samarqandga qo‘shin tortib borgan, agar shaharga 
kirsa, taxtga o‘tirishi kerak edi. To‘g‘ri, Boysunqur mirzo ham temuri-
ylar avlodidan bo‘lib, yana tag‘in Boburdan besh yosh katta edi, de-
mak, taxtda o‘ltirishi qonuniy edi. Biroq Andijon beklari Boysunqur 
mirzodan yuz xil kam-chilik topib, uni hamisha yomonlab gapirishar 
va Samarqand taxtiga faqat Boburni munosib ko‘rishar edi. Boysun-
qur mirzo buni bilganligi uchun Boburni Samarqandga yo‘latmas edi. 
Mabodo, Bobur shaharga qo‘shinsiz, shunchayin poytaxtni ko‘rish 
uchun kiradigan bo‘lsa, Boysunqur mirzo uni tuttirib, yo‘q qilib yubo-
rishi mumkin edi. Chunki oradagi taxt talashi va beklarning adovati 
ularni bir-birlariga dushman qilib qo‘ygan edi.
Qutlug‘ Nigor xonim endi o‘n besh yoshga kirgan o‘g‘lining bu ta-
lashlar va adovatlarga aralashmasdan, o‘z mulkida osoyishta hukm 
surishini istardi. U Boburning alamdan o‘zgarib ketgan yuziga onal-
archa qayishib qaradi-yu, unga joni dilini bergisi kelib gapirdi:
– Boburjon, so‘zimga ishoning, bu besh kunlik dunyo sizning ku-
yunishingizga arzimaydir!
Onasi o‘g‘lini podshoh bo‘lmasidan oldingi nomi bilan atab, mehri 
tovlanib gapirgani Boburga juda yoqimli tuyuldi. Bir lahza u o‘zini 
mehribon bir onaning beg‘am, betashvish bo‘taloq o‘g‘lidek sezdi-yu, 
yelkasidagi katta yuk yerga tushgandek yengil tortdi.

Vaqti-soati kelur. Samarqand orzusiga ham yetishursiz, – deb 
davom etdi Qutlug‘ Nigor xonim. – Biroq hozir raiyyat osoyishta umr 
ko‘rishga mushtoq. Qanotingiz ostida Qosimbekdek tadbirkor amiru 
umarongiz bor. Mana shu O‘shdagi hujrani qurgan me’mordek hu-
narpeshalar sizning xizmatingizda. Endi onangiz sizdan iltimos qilur: 
Samarqand muhoribasini besh-olti yilga kechiktirsangiz. Barcham-
izga bosh bo‘lib, vodiyni obod qilsangiz, Andijonda, Marg‘ilonda, 
O‘shda katta obidalar qursangiz! Qutlug‘ Nigor xonim podshoh 
o‘g‘liga ko‘pdan beri bunchalik jiddiy, bunchalik qat’iy iltimos bilan 
murojaat qilmagan edi. Qosimbek yerga qarab sukutga ketdi. Bobur 
ham bir lahza dasturxon chetida oltin jomda qizg‘ish ko‘rinayotgan 
qimizga ko‘z tikib jim qoldi. Umumiy sukunatda Xonzoda begimning 
nafis, tiniq ovozi eshitildi:


76

Amirzodam, siz Navoiyning dostonlarini yod bilursiz. Farhod 
qanday ajib binolar qurganini bir eslang. Men bir munglik egachin-
giz doim orzu qilurmen: siz ham Farhoddek bunyodkor bo‘lingiz! 
Dunyoda bundan ulug‘, bundan savobli ish yo‘q! Bobur O‘shda o‘zi 
qurdirgan kichik bir hujradan bugun qanchalik zavq olganini esladi-
yu, onasi bilan opasining tilaklarini qo‘llab-quvvatlagisi keldi. Ammo 
u bunday muhim davlat ishlarini bir o‘zi hal qilolmasligini ham bilar 
edi. Bobur Qosimbekka ko‘mak so‘ragan kabi qarab:

Chorasi topilurmikin? – dedi.
Gap Samarqand yurishini qoldirish haqida ekanini Qosimbek 
sezdi. Asli harbiy odam bo‘lgan va juda ko‘p jangu jadallarda qat-
nashgan Qosimbek Bobur istagan chora topilmasligini ich-ichidan 
sezib turardi. Chunki Samarqand yurishi hamma nufuzli beklarn
-
ing mashvaratida ma’qullangan, tayyorlik ishlari allaqachon bosh-
lab yuborilgan. Katta bir to‘siqdan o‘tish uchun butun kuchi bilan 
sakrayotgan otni birdan to‘xtatib bo‘lmaydi, mabodo zo‘r bilan 
to‘xtatilganda ham ot yiqilishi, chavandozini yerga uloqtirishi 
mumkin. Qosimbek buni ochiq aytishga jur’at etolmadi-yu, qo‘lini 
ko‘ksiga qo‘yib:

Amirzodam, qulingiz chora topishdan ojizmen,– dedi. Bu javob 
Boburga og‘ir botdi.

Onamning iltimoslarini rad etaylikmi?
Bobur bu so‘zlarni shunday zarda qilib aytdiki, Qosimbek uning 
hozir onasi va opasi aytgan ishlarni qilgisi kelib turganini aniq sezdi. 
So‘ng u Boburning kechagina Samarqand yurishiga tarafdor bo‘lib, 
janglarda qatnashish ishtiyoqida yonib aytgan so‘zlarini esladi-yu, 
ichida g‘ijinib qo‘ydi. Boburdagi bu o‘zgaruvchanlikni Qosimbek 
yoshlik g‘o‘rligidan ko‘rar, xususan, bunday murakkab davlat ish-
larida ayollarning gapiga kirishni katta bir zaiflik belgisi deb bilardi. 
Ammo Qosimbek Qutlug‘ Nigor xonim bilan ham hisoblashishga ma-
jbur, chunki yosh podshohga onasining ta’siri kuchli ekanini o‘z ko‘zi 
bilan ko‘rmoqda edi.
– Xonim hazratlarining iltimoslari menga toji sar bo‘lsin, – dedi 
Qosimbek cho‘kkalab o‘tirgan ko‘yicha bosh egib. – Qulingiz aytmo-
qchimenkim, bunday muhim ishda barcha nufuzli beklarning rizol-
igini olmasak bo‘lmas.
Podshoh oilasi Qosimbekka alohida ehtirom bildirganda uning 
nomiga «amirlar amiri»
degan unvonni qo‘shib aytar edi. Hozir ham 
Qutlug‘ Nigor xonim:


77

Janobi amirul umaro, – dedi unga. – Siz boshqa beklarning rizol-
igini olishda Bobur mirzoga ko‘mak berurmisiz?

Jonim bilan! Ammo beklarning ba’zi andeshalaridan faqir xab-
ardormen. Gustohlik sanalmasa aytay.

Aytingiz, – dedi Bobur.
Qosimbek yerga qarab, bir lahza o‘y surdi, hali oq tushmagan 
g‘ayir qo‘ng‘irtob soqolining uchlari sakarlot chakmani*ning zarrin, 
yoqasiga tegib, qayrildi. Nihoyat Qosimbek boshini ko‘tarib Boburga 
qaradi-yu, Samarqanddagi ulug‘ obidalar ulkan bir davlatning kuchi 
va butun viloyatlarning ishtiroki bilan qurilganini, hozir o‘sha yagona 
davlat parchalanib ketganini, Farg‘ona katta vodiy bo‘lsa ham, ammo 
Movarounnahrning faqat bir qismi ekanini gapira boshladi. Uning 
nima demoqchi ekanini sezgan Xonzoda begim istehzoli jilmayib 
so‘radi:

Janobi amirul umaro, Andijonda obidalar qurishga kuchimiz 
yetmaydi, demoqchimisiz?

Oliy nasab begim, siz Samarqanddek ulug‘ shahar qurish haqida 
so‘z ochdingiz. Beklar ayturlarki, ulug‘ shahar bunyod etmoq uchun 
yana o‘sha ulug‘ davlatni tiklamoq kerak. Butun viloyatlarning ku-
chini bir joyga yig‘moq kerak. Hozirgi parokandalik ulug‘ qurilishlar 
qilishga imkon bermagay.
Qosimbekning bu gaplari Boburga juda mantiqli tuyuldi. U onasi-
ga qarab bundan ham mantiqliroq bir so‘z kutdi.
– Janob Qosimbek, ulug‘ obidalarni faqat Amir Temurdek sohib-
qironlargina qurgan emas, – dedi Qutlug‘ Nigor xonim. – Hirotda 
Alisherbek Ixlosiya, Unsiya otliq binolar qurmishlar, Bobur mirzon-
ing hokimiyatlari Alisherbekning hokimiyatlaricha emasmi? Axir 
Alisherbek bir tojdorning musohibi* bo‘lsalar, Bobur mirzo mustaqil 
davlatning podshosilar-ku!
Qutlug‘ Nigor xonimning bu so‘zlari Boburning qalbida cho‘kib 
yotgan eng o‘tli istaklarini yuzaga qalqitib chiqarganday bo‘ldi. Un-
ing yoshlik ehtirosi bilan qalbiga tugib yurgan eng kuchli orzusi – 
janglarda katta g‘alabalarga erishib yoki ajoyib she’rlar, dostonlar 
yozib el og‘ziga tushish, so‘ng Navoiydek ulug‘ odamlarga tanilish va 
ularning maxsus e’tiborlariga sazovor bo‘lish edi. Yetti oy ovora bo‘lib 
Samarqandni ololmay kelganidan keyin, janglarda katta g‘alabalarga 
erishish hali ushalmaydigan bir orzu ekaniga uning ko‘zi yetib qoldi. 
Ulug‘ shoir bo‘lish orzusi ham qo‘l yetmas bir balandlikda uchib yur-
gan baxt qushiga o‘xshaydi. Bobur uni tutishga hali kuchi yetmaslig-


78
ini sezadi. Ammo hozir onasi Navoiy qurgan imoratlarni tilga olishi 
bilan Boburni o‘sha o‘tli orzusiga yetkazadigan boshqa bir yo‘l «yalt» 
etib ko‘ziga ko‘rinib ketdi. Navoiy qurgan Ixlosiya va Unsiyalarning 
shuhrati og‘izdan-og‘izga o‘tib, Farg‘ona vodiysiga yetib kelgan ekan, 
endi bu yerda o‘n besh yoshlik podshoh o‘shanaqa obidalar qurdir-
sa, ovozasi Hirotga ham yetib bormasmikin? Keyin, ehtimol, Navoiy 
ham buni eshitar, Boburning kimligini so‘rab bilar, uni orqavoratdan 
tanib qolar. Keyin balki Bobur Hirotga borar yoki Navoiy o‘zi bu to-
monlarga kelishni ixtiyor qilar. Navoiy Husayn Boyqaroning saroy-
idan bezib yurganini Bobur ham eshitgan edi. Balki ulug‘ shoir Xuro-
sondan Farg‘ona vodiysiga kelib, yosh Boburga murabbiy bo‘lar. O‘yi 
shu yerga yetganda Bobur juda hayajonlanib ketdi. Ko‘zlari yonib, 
Qosimbekka qaradi-yu:
– Onam haqlar, – dedi. – Beklarni ko‘ndirmoq kerak!
Boburning so‘nggi so‘zi farmondek eshitildi-yu, Qutlug‘ Nigor 
xonim bilan Xonzoda begimning chehralari ochilib ketdi. Ular, «Qo-
simbek endi yengildi», deb o‘yladilar. Ammo ulkan gavdali Qosimbek 
o‘zining keng yelkalari ortida zo‘r beklar turganini his qilganday ha-
mon taslim bo‘lmas edi.
– Amirzodam, farmoyishingizni ado etishdan oldin beklarning 
yana bir andeshasini aytishga ruxsat eting.
Bobur istar-istamas bosh irg‘ab, ruxsat bergan bo‘ldi. Qosimbek 
lablarini yopib turgan uzun qo‘ng‘ir mo‘ylovini qo‘li bilan ikki yonga 
surdi-da, kulimsirab Xonzoda begimga qaradi:
– Begim, siz amirzodamni Farhodga yaxshi qiyos qildingiz. Bekla-
rimiz zamon Farhodining xizmatida bo‘lishdan iftixor qilurlar. Bizn-
ing orzuyimiz – Farhodimizni o‘z Shirinlariga yetkazishdir. Ammo, – 
deb Qosimbek birdan jiddiylash-di, – ma’lumingizkim, bizning Shirin 
bugun Samarqandda yog‘iy qurshovida asira kabi iztirob chekmo-
qdalar.
Boburning yuziga nafis qizillik yugurdi. U uyalganini sezdirgisi 
kelmay, boshini egdi-yu, o‘z tizzalariga ko‘z tikdi.
Qosimbek juda mushkul va nozik bir gapni qo‘zg‘agan edi. Bobur 
besh yoshligida unga Samarqand podshosi Sulton Ahmad mirzoning 
o‘rtancha qizi Oyisha begimni unashtirib qo‘yishgan edi. Hozir shu 
qiz o‘n uch yoshga kirgan. Bobur uni yaqin yillarda ko‘rgan emas, 
ammo ko‘rganlar hammasi Oyisha begimning g‘unchadek go‘zalligini 
maqtab kelganini eshitgan. O‘sha go‘zal qizcha Boburni o‘z najot-
korini kutganday kutadi, buni ham Boburga kelib aytuvchilar bor. 


79
Bobur ham o‘zining malikasiga qahramonliklar ko‘rsatib yetishishni 
istaydi. U Oyisha begimning o‘zini eslolmasa ham, besh yoshida Sul-
ton Ahmad mirzoga uzatilgan termizlik go‘zal bir kelinchakni ya-
qindan ko‘rgani yodida.
«Bet ochar» degan odatga binoan, yosh kelinchakning yuzidagi 
pardasini pok nafasli yosh bola ochishi kerak edi. O‘sha kunlarda Qut-
lug‘ Nigor xonim besh yoshli jajji o‘g‘li Boburni Samarqandga to‘yga 
olib borgan edi. Sulton Ahmad mirzoning o‘g‘li yo‘q edi, Boburga pod-
shoh oilasi havas bilan qarar edi. Shuning uchun kayvonilar «yangi 
tushgan kelin ham mana shu sherdek o‘g‘il ko‘rsinlar», deyishib, bet 
ochishga Boburni munosib topdilar. Bu hodisaning ko‘p tafsilotlari 
Boburning xotirasida qolmagan. Ammo oltin qo‘shib to‘qilgan harir 
oq pardani kelinchakning yuzidan olganda butun borlig‘ini nihoy-
atda yoqimli bir tuyg‘u chulg‘ab olgani hech esidan chiqmaydi. Bu 
– go‘zallik tuyg‘usi ekanini u endi biladi. Termizlik kelinchak aqlni 
shoshiradigan darajada ko‘hli bo‘lganiga besh yashar bolaning fahmi 
yetmagan bo‘lsa ham, ammo go‘dak qalbi afso-naviy bir jozibadan 
to‘lqinlangani yodida qolgan. Shuning uchun hozir unga Samarqand-
dagi qallig‘ining husnini maqtaganlarida, o‘sha kelinchak esiga tush-
adi. Boshqa tafsilotlar o‘qigan kitoblaridagi go‘zallar tasviridan olib 
qo‘shiladi. Bobur Samarqanddagi qallig‘ini o‘smirlarcha bir soflik bi
-
lan g‘oyibona sevadi. Mana shu sevgilisi bugun Boburning dushman-
lari asoratida ekan, u Andijonda bamaylixotir yura oladimi?
– Janob Qosimbek, – dedi Qutlug‘ Nigor xonim,– kelinimizning 
taqdiri bizni ham iztirobga solur. Biz onalaridan iltimos qilib kitobat 
yuborgan edikki, Oyisha begimni Toshkentga egachilari Robiya be-
gim huzuriga jo‘natsinlar. Ehtimol, shu iltimosimiz bajo keltirilgan-
dir?
Qosimbek ma’yus bosh egib:

Afsus, xonim hazratlari, afsus! – dedi. – Qulingiz Samarqandda-
gi xufiyalardan kelgan birxabarni amirzodamga ko‘rsatishdan tortin
-
gan edim. Sizlarni ham xavotirlantirmoqchi emas edim...

Nima xabar? Tinchlikmi? – xavotirlanib so‘radi Boburning 
onasi.

Oyisha begim onalariyu opalari bilan birga Toshkentga ya-
shirincha ketmoqchi bo‘lganlarida Boysunqur mirzo bilib qolib, mo-
nelik qilmishlar. Yog‘iylik maqomida qo‘pol gaplar aytmishdir. Uylari 
atrofiga odam qo‘ymishlar. Hovlilaridan chiqarmas emishlar. Asir
-
alar endi butun najotni Andijondan kutar emishlar!


80
So‘nggi so‘zlar Boburning butun vujudini zirqiratib o‘tdi. Uning 
qallig‘iga qo‘pol gapirib, bechorani asiradek azoblayotgan Boysun-
qur mirzo shunday g‘azabini keltirdiki, ertagayoq uning ustiga 
qo‘shin tortib, bostirib borish va qallig‘ini asoratdan qutqarish istagi 
Boburning qalbidagi boshqa hamma istaklarini bosib keta boshladi. 
Xonzoda begim ukasidagi o‘zgarishni sezib:
– Amirzodam, iloho asiralarni qutqarish sizga tezroq nasib 
bo‘lsin! – dedi. – Ammo najotni faqat jangu jadal keltirurmikin? 
Zaifa egachingizning e’tiqodi shulki, qon to‘kilsa, adovat kuchayur. 
Boysunqur mirzo asiralarga battar o‘chakishur. Najot urushda emas, 
amirzodam, najot – sulhda!
Begim hayajonlanib aytgan bu so‘zlar Boburning ko‘nglida 
qo‘zg‘agan boyagi g‘azabni ancha pasaytirdi. «Sulh» so‘zi qalbiga iliq 
tuyuldi. Xonim darhol qizning gapini quvvatlab, o‘g‘liga yuzlandi:

Boysunqur mirzoga elchi yuboringiz, amirzodam! Oradagi ado-
vatni yo‘qotingiz!

Boysunqur mirzo zo‘ravonlik qilsin! Men mo‘minlarcha bosh 
egib elchi yuboray! Bobur bu gaplarni aytar ekan, uning zo‘rlikka 
zo‘rlik, zarbga zarb bilan javob berish istagi naqadar kuchli ekanligi 
hammaga sezildi. Qosimbek undagi bu istakni qo‘llab- quvvatlashga 
tushdi:

Xonim hazratlari, hozirgi zamonda zo‘ravonlikka mo‘minlik 
mutlaqo rost kelmas. Zo‘rlar orasida zo‘r bo‘lmoq kerak! Alhol, Shay
-
boniyxon Samarqandga shimoldan ko‘z tikmishdir. Hisor hukmdori 
Xisravshoh iloj topsa, Samarqandga janubdan chang solg‘usidir. 
Boysunqur mirzo – noshud tojdor. Poytaxtni ertami-kechmi boy 
bergay. Agar Bobur mirzo Samarqandni tezroq egallamasalar, bob-
olaridan qolgan saltanat begona sulola ilkiga o‘tib ketgusidir. Xudo 
ko‘rsatmasin, agar Shayboniyxonmi, Xisravshohmi – birontasi Sa-
marqandni zabt etsa, kuch-qudrati oshib, tez kunda Andijon ustiga 
ham qo‘shin tortib kelgusidir...

Axir barcha temuriylar birlashib ittifoq tuzsalar bo‘lmasmi? – 
dedi Nigor xonim kuyunib.

Barcha temuriylarning parokanda kuchlarini yig‘ib birlashtir-
moq uchun ham qudrat kerak. Iste’dod kerak! Boysunqur mirzoga 
o‘xshaganlarda na unisi bor, na bunisi. Movarounnahrdagi temuriylar 
orasida eng sohibiste’dod, sohibqudrat siymo – Bobur mirzodirlar. 
Shuning uchun biz jonimizni amirzodam ko‘zlagan ulug‘ maqsadlar 
yo‘liga tikkanmiz. Inshoollo, Samarqandni bu yil zabt etsak, xavf-xa-


81
tarlar bartaraf bo‘lg‘ay. Ana undan keyin chinakam osuda davr kelur, 
har qancha binolar qursak oson bo‘lur. Xonzoda begim Qosimbekka 
tikilib so‘radi:

Xullas, volidai muhtaramamizning iltimoslari rad etilurmi? Qo-
simbek qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, bosh egdi:

Qulingizning gustoxligini avf eting, begim, men amirzodamning 
ijozatlari bilan dilimda borini so‘zladim.
Bobur arosatda qolib qiynalar edi. Onasi shunchalik ishontirib 
aytgan haqli iltimoslarni rad etishga uning tili ham bormas, ko‘ngli 
ham chopmas edi. Ammo Qosimbek uning qalbida shunday tug‘yonli 
hislar qo‘zg‘adiki, ulardan qutulishning ham iloji ko‘rinmay qoldi. 
Agar u Samarqanddan voz kechsa, narigi zo‘ravonlar poytaxtni 
olishi, keyin Andijonga bostirib kelishi muqarrar ekani, unga hozir 
juda aniq sezilmoqda edi. Butun Movarounnahrda urush girdobidan 
qochib qutuladigan biron viloyat ko‘ziga ko‘rinmas. Bobur qashqirlar 
qurshoviga tushib qolgandek bezovtalanar edi. Onasining: «Sulh tuz-
ing, binokor bo‘ling!» – degani «kiyikday beozor yashang» degani edi. 
Lekin Bobur yirtqichlar orasida kiyik bo‘lib kun ko‘rolmasligini ich-
ichidan his qilar, shuning uchun atrofini qurshab kelayotgan bo‘rilar 
bilan sher bo‘lib olishishni istar edi. Buni sezib turgan Qosimbek mu-
nozarani ortiq cho‘zib o‘tirgisi kelmadi.

Amirzodam, bugun otliq sayrga chiqmoqchi edingiz, xonim 
hazratlarining takliflarini barcha beklar bilan kengashib ko‘rurmiz. 
Oqshom xirgohda mashvarat o‘tkazaylik. Xonzoda begim onasiga 
«yalt» etib qaradi-yu: «Hozir birgina Qosimbekka o‘tkaza olmagan 
takliflarimizni keyin barcha beklarga qandoq o‘tkazurmiz?» demo
-
qchi bo‘ldi. Qutlug‘ Nigor xonim Boburga yana nimalarnidir aytmo-
qchi bo‘lib og‘iz juftladi. Ammo Bobur Qosimbekka qarab:

Mashvarat ertaga chaqirilsin, yaxshiroq o‘ylab ko‘raylik, – dedi-
da, o‘rnidan turdi. So‘ng Qosimbek boshliq mulozimlari bilan otliq 
sayrga chiqib ketdi.
O‘shning janubidagi keng tekisliklar, to‘lqinsimon qir va adir-
lar turli-tuman dala gullari bilan bezangan. Sap-sariq qoqilar, 
ko‘k-qizg‘ish naxo‘taklar, nopormon er-baholar orasida uzoqdan 
qip-qizil gilamga o‘xshab ko‘zga tashlanadigan – qiyg‘os ochilgan 
lolaqizg‘aldoqlar edi.
Bobur olisdagi qorli tog‘larga qarab borar ekan, tizzaga chiqadi-
gan yumshoq ko‘kat ustida otlar ham ma-yin qadam tashlab borayot-
ganini sezardi. Bahor nafosati hozir uning ko‘zini erkalayotgan bo‘lsa 


82
ham, ammo diliga ta’sir qilolmas edi. Boyagi mushkul ziddiyatlar hali 
ham xayolini band qilib, ko‘nglida tugun bo‘lib turibdi. Bobur bu chi-
gal tugunlarni o‘zi yecholmasligini sezadi. Bu tugunlarni u istaganday 
yechib bera oladigan dono odam bormikin? Uning esiga ustozi Xo‘ja 
Abdulla tushdi. Betob bo‘lib O‘shga birga kelolmagan Xo‘ja Abdulla 
ham Boburning Samarqandga qo‘shin tortib borishiga tarafdor edi. 
«Movarounnahrdagi parokandalikni tugatib, qudratli davlat tuzma-
guncha katta orzularimiz ro‘yobga chiqmagay!» – degan so‘zlarni 
Bobur ustozidan ham ko‘p eshitgan. Ammo buning uchun yana urush-
ish kerak. Urushga esa onasi qarshi. Kim haq? Bobur bu savolga javob 
topolmaydi. Otliqlar uzun bir tepalikka ko‘tarilganlarida Qosimbek 
tog‘ tomonni ko‘rsatib:
– Suruvlar bu qadar ko‘p? – deb taajjub bildirdi.
Bobur u ko‘rsatgan tomonga ko‘z yugurtirdi. Qir va adirlarning 
har biridan bir nechtadan suruvlar yopirilib tushib kelmoqda edi. 
Xo‘ja Kalon degan yigirma besh yoshli qop-qora bek qo‘lini pesho-
nasiga soyabon qilib kunbotish tomonga qaradi-yu:

O‘-ho‘-o‘! – dedi. – Bu tomonda undan ham ko‘p!

Kunchiqish tomonda ham bor!
Suruvlar g‘uj-g‘uj kelayotganiga qaraganda, yoyilib yurgan 
qo‘ylar emas. Ana, to‘g‘ridagi qirlar ortidan yana ikki suruv chiqib 
keldi. So‘ng uzoqdagi adirlar orasidan birin-ketin uch tavila yilqi 
otilib chiqdi-yu, berigi tomonga qarab selday bostirib kela boshladi.
Chap tomonda yana uch-to‘rt tavila yilqi ko‘rindi.
Yilqilar ham, qo‘y suruvlari ham uzoqdagi qorli tog‘lardan O‘shga 
qarab kelmoqda edilar.
Nihoyat, tog‘ tomondan tizilib tushib kelayotgan otliq askarlar 
ko‘rindi.
Shunda Bobur tog‘larga qo‘y va yilqi undirish uchun uch yuz askar 
bilan chopqinga ketgan Ahmad Tanbalni esladi. Qosimbek quvonib:

Azamatlarning o‘ljasi juda ulug‘-ku! – dedi. Xo‘ja Kalon ham 
hayajonlanib:

Beadad! – deb xitob qildi. – Bahodirona o‘lja!
Odatga binoan, bu behisob qo‘y va yilqilarning beshdan biri pod-
shoh ixtiyoriga o‘tar, qolgan to‘rt qismi hamma bek va mulozimlarga 
taqsimlanar edi. Shuni bilgan beklar go‘yo osmondan tushayotgan bu 
katta boylikka qarab sevinchlarini yashirolmas edilar. Bobur otini 
tog‘dan kelayotgan askarlar tomonga burib, jilovini bo‘shatdi. Bedov 
ot qushday uchib bora boshladi. Boshqalar ham Boburning ketidan 


83
ot choptirib ketdilar. Bir qir o‘tib, ikkinchisiga ko‘tarilganlarida, nar-
igilar ham bularni ko‘rib, burilib kela boshladilar. Bobur baland bir 
joyda otini to‘xtatdi.
Askarlarning oldida kelayotgan Ahmad Tanbal zirhli kiyimda edi. 
Yelkasi va ko‘kragini yopib turgan jibaning temiri oftobda yiltirardi. 
Uning bo‘yniga yoy o‘qi tek-kan, yarador joyini yashil mato bilan 
bog‘lab olgan edi. O‘zi ozib, mo‘g‘ulcha yonoqlarining suyaklari yana 
ham bo‘rtib chiqqan. U Boburdan ellik qadamcha narida otdan tush-
ib, qo‘l qovushtirib keldi-da, yer o‘pib yukundi:

Mirzo hazratlariga yog‘iylik maqomida bo‘lgan chagraklar 
o‘lpon to‘lashdan bosh tortganlari uchun o‘n olti ming qo‘ylari, ikki 
yarim ming yilqilari jarima tarzida tortib olib kelindi!

Chopqin talafotsiz bo‘ldimi?

Mirzo hazratlari, bizning uch yigitimiz halok bo‘ldi, o‘n kishi 
yaralandi. Ammo biz yog‘iylardan buning qasdini oldik!
Ahmad Tanbal oldingi safda turgan yigitlaridan biriga ishora 
qildi. Ayiqtaxlit, qo‘pol bir yigit egarining ustida do‘mpayib turgan 
xurjunni oldi-da, podshohga yaqinlashdi. Olachadan tikilgan xur-
junning hammayog‘i qon edi. Ayiqtaxlit yigit Ahmad Tanbalning 
ishorasi bilan xurjunning har ikki ko‘zini to‘ldirgan narsani yerga 
ag‘dardi. O‘n-o‘n beshta odam kallasi ko‘katlar va lolaqizg‘aldoqlar 
ustiga yumalab tushdi. Bobur kallalarni ko‘rgan zahoti: «Chagraklar 
ham bizning odamlarga o‘xshar ekan-ku!» degan o‘ydan eti junjikib 
ketdi. Chorvador turkiy qabila bo‘lgan chagraklar ham Boburning 
vatandoshlari ekanligiga, hammalari bir el, bir ulusdanligiga uning 
ishongisi kelmas edi. Chunki chagraklar uning hukmiga bo‘ysunmas, 
yuborgan kishilarini qo‘lda qilich bilan qarshi olishardi. Mana endi 
o‘zlari qilichning tig‘idan o‘tib, boshlari oyoq ostida ag‘anab yotibdi. 
Bu jonsiz boshlardan birining soqoli yo‘q, ko‘k-sarg‘ish yuzi silliq-
qina, mo‘ylovi endi chiqa boshlagan. Bobur uning o‘n yetti-o‘n sak-
kiz yoshli yigit bo‘lganini payqadi-yu, engagi tagidan kesilgan go‘sht 
aralash qonli bo‘yniga qarab, ko‘ngli birdan behuzur bo‘ldi. Yordam 
so‘raganday, o‘ng tomonidan turgan Qosimbekka qaradi. Sulton Ah-
mad Tanbal ham, uning otliq askarlari ham Boburdan maqtov va 
mukofot kutmoqda edilar. O‘n olti ming qo‘y, ikki yarim ming yilqi 
hazilakam boylik emas edi. Uch yigit o‘lgan bo‘lsa, ularning qasdiga 
o‘n besh-yigirmata yog‘iyning boshini kesib kelish ham shu turgan-
larning odatiga binoan mardona ish hisoblanar, buni taqdirlamaslik 
esa adolatsizlik sanalar edi.


84
Qosimbek Boburning yuzi oqarib ketganini ko‘rib hayron bo‘ldi. 
Uning fikricha, kesik kallalar Boburga bunchalik ta’sir qilmasligi ker
-
ak edi. Bultur Samarqand urushida yosh podshoh bunday boshlarni 
ko‘p ko‘rgan edi. Odatda: «Falonchi yuzta yog‘iyni o‘ldiribdi», deb qu-
ruq maqtasalar uncha ishonarli bo‘lmaydi, chunki ozgina ishni ko‘p 
qilib ko‘rsatib, lof uradigan bek va navkarlar ham bor. Jangchining 
xizmati ishonarli bo‘lishi uchun o‘ldirilgan dushmanlarining boshini 
kesib kelib hisob berish eskidan odat tusiga kirgan.
– Amirzodam, – deb shivirladi Qosimbek. – Qulingiz so‘zlayinmi?
Bobur tasdiq ma’nosida bosh irg‘adi. Qosimbek yuzini Boburga 
yaqinroq keltirib, yana eshitilar-eshitilmas qilib so‘radi:
– Mukofotiga qilich bersak... Rozimisiz?
Boburning yarog‘bardori olib yurgan tig‘lar orasida yoyday egik 
katta bag‘dodiy qilich bor edi, Bobur bir-ikki marta taqqanda juda 
og‘ir tuyulgan edi. Boburning nigohi shu qilichda
to‘xtaganini ko‘rgan 
Qosimbek, «tushundim», degandek bosh irg‘adi.
– Sulton Ahmad janoblari, –deb ovozini ko‘tarib gapirdi Qosimbek. 
– Siz bahodirona zafar bilan qaytganingiz Mirzo hazratlarini behad 
shod qildi. Siz Bobur mirzoga nechog‘lik sodiq ekanligingizni yana 
bir bor isbot etdingiz. Butun mavkab* bugun sizlarni olqishlag‘ay! 
O‘shdagi qarorgohda bu oqshom sizlarning sharafing‘izga tantanali 
ziyofat berilur, hamma yigitlaringiz shohona in’omlar olurlar. Hozir 
Mirzo hazratlari Sulton Ahmad janoblariga shamshiri xos in’om et-
dilar!
Qosimbek bag‘dodiy qilichni yarog‘bardordan ol-di-yu, yerga 
ta’zim qilib turgan Sulton Ahmadga uzatdi. Sulton Ahmad tiz cho‘kib 
qilichni qinidan to‘rt enlikcha chiqardi-da, po‘latidan o‘pdi, so‘ng 
ovozi hayajondan titrab dedi:
– Mirzo hazratlari, o‘lgunimcha bu marhamatingizni unutmas-
men! To umrim oxiricha sizga sodiq xizmatda bo‘lg‘aymen!
Shu kuni oqshom O‘sh qal’asining minoralari ustida, shahar atro-
figa tikilgan yuzlab chodir va o‘tovlar oldida karnaylar, naqoralar 
chalindi, mash’allar yoqilib, katta tantanalar boshlandi. Ming-ming 
qo‘y va yilqilarni in’om tariqasida tekinga oladigan barcha beklar, 
navkarlar va mulozimlar bugun astoydil shodlanmoqda edilar. Pod-
shohning hashamatli xirgohida oqshom qabul marosimi va bazm 
bo‘ldi. Sozandalar eng quvnoq kuy-larini chalishdi, hofizlar eng yax
-
shi ashulalarini aytishdi. Bobur xirgoh to‘rida to‘rtta oltin zina bilan 
chiqiladigan baland shohsupa ustida yolg‘iz o‘ltiribdi. Bugun uning 


85
o‘ng tomonidan o‘rin olgan eng nufuzli beklari orasida Ahmad Tanbal 
ham paydo bo‘lgan. U kunduzgi zirhli kiyimlar o‘rniga zarbof to‘n va 
simobi salla kiygan, podshoh in’om qilgan oltin sopli qilichni kumush 
kamarga taqib olgan. Hamma uni mukofot bilan muborakbod qiladi. 
Tabriklarning barchasidan yoqimlisi – boya xirgohga kirganda uni 
Qutlug‘ Nigorxonim muborakbod qilgani bo‘ldi. Podshohning onasi 
bilan egachisi hozir katta dasturxonning narigi tomonida Ahmad 
Tanbalga yarim o‘girilgan holda o‘tirib, sozandalarning kuyiga quloq 
solishyapti. Ahmad Tanbal har zamonda ularga ko‘z qirini tashlab 
qo‘yadi. Xonzoda begimning nafis qaddi-qomati, haftkor* ipak ma
-
todan kiygan kamalakday tovlanuvchi kabosi Ahmad Tanbalga bu-
gun har qachongidan ham jozibali ko‘rinadi.
Yosh podshohning bazmlarida ichkilik ichilmas, Bobur hali mayni 
og‘ziga ham olgan emas edi. Qosimbek ham ichkilikni yomon ko‘rar 
va uni bazmlarga yo‘latmas edi. Lekin Umarshayx mirzo davrida may 
ichib o‘rgangan boshqa beklar mana shunday bazmlarda Boburdan 
yashirib chet-chetda ichib olishar edi.
Ali Do‘stbek degan qotma, ko‘sanamo bir bek orqada sharbat 
ko‘tarib turgan sharbatchiga sirli ko‘z qisdi-yu, Ahmad Tanbalni 
ko‘rsatdi. Sharbatchi ma’noli kulimsirab Ahmad Tanbalga yaqinlash-
di va kumush ko‘zachadan chinni piyolaga to‘ldirib ko‘kimtir shar-
bat quyib berdi. Ahmad Tanbal piyolani qo‘liga olar ekan, dimog‘iga 
o‘tkir may hidi urildi.
– Oling, bek, ilohim Samarqandda bundan ham ulug‘ zafarlarga 
muyassar bo‘ling! – dedi Ali Do‘stbek.
Ahmad Tanbal minnatdorona bosh irg‘ab, mayni sip-qardi-yu, 
keyin dasturxondagi tandirkabobga qo‘l cho‘zdi.
– Mana endi Samarqandu Buxoroni olguncha yetadigan zaxiram-
iz bor! – dedi shirakayf Do‘stbek. – Muhoribani tezlatmoq kerak.
Ahmad Tanbalning o‘ng tomonida Uzun Hasan o‘tirgan edi. Turib 
yurganda juda novcha ko‘rinadigan bu ozg‘in odam o‘tirganda go‘yo 
qatlanib, kichkina bo‘lib qolar edi.

Shayboniyxon Dashti Qipchoqdan Samarqandga bo‘yin 
cho‘zarmish, – dedi Uzun Hasan.

Tushini suvga aytsin! Samarqand bizniki bo‘lur!– dedi maydan 
badani qiziy boshlagan Ahmad Tanbal ovozini xiyol ko‘tarib.
Uning bu so‘zlari Boburning qulog‘iga ham chalindi. Bugun tog‘dan 
haydab tushilgan behisob qo‘y va yilqilar saroy ahlining Samarqandga 
yurish qilish ishtiyoqini yana ham oshirib yuborgani Boburga tobora 


86
aniq sezilmoqda edi. Ilgari ham ularning bu ishtiyoqlariga qarshi bo-
rish qiyin edi. Ammo hozir bek va navkarlarning Samarqandga intili-
shi – tog‘ daryosining yuqoridan pastga qarab otilishiga o‘xshardi. Bu 
daryoni orqaga qaytarish hech kimning qo‘lidan kelmasdi...
Mavkab – podshoh va uning barcha a’yonlari, yaqinlari. Haftkor- 
yetti xil rang.
Oqish suvli jo‘shqin Burasoy O‘sh qal’asining tosh yotqizilgan 
poydevoriga bosh urib, ko‘pirib o‘tadi. Soyning o‘ng betidagi serda-
raxt mahallada mavlono Fazliddin bulturdan beri istiqomat qilayot-
gan peshayvonlik mo

’jaz bir uy bor. Uning oldidagi besh-oltita nok va 
behi daraxtlari hozir oppoq bo‘lib gullab turipti. Hovlining chetidagi 
bostirmaga ikkita ot bog‘lab qo‘yilgan. Berigi yoqdagi oyoqlari uzun 
to‘riq qashqa otni anjomlari bilan Bobur mirzo in’om etgan edi. Mav-
lono Fazliddin podshohning xos me’mori qilib tayinlangan, unga yax-
shigina ulufa* belgilangan edi. Buning hammasidan mavlono Fazlid-
din o‘zida yo‘q xursand bo‘lib yurgan edi. Biroq keyin ba’zi bir noxush 
xabarlarni eshitib, ko‘ngli g‘ash torta boshladi.
Mavlono Fazliddin Andijonda qurmoqchi bo‘lgan katta imoratlar-
ini shu bu yil yozdayoq boshlash orzusida edi. Bobur mirzo ko‘rsatgan 
marhamatlar bu orzuning ro‘yobga chiqishiga yo‘l ochganday bo‘lgan 
edi. Hatto Bobur mirzoning o‘zi uni borgohda qabul qilib, qanaqa ma-
drasa, qanday xonaqoh va kutubxonalar qurish haqida gaplashgan, 
mavlononing bu haqdagi takliflarini ma’qullagan, «Xonzoda begim 
biz yo‘g‘imizda mutasaddi bo‘lurlar, rejalarni butun tafsilotlari bi-
lan tuzib, begimga ko‘rsatursiz», degan edi. Ish ustida yana Xonzoda 
begim bilan uchrashishini o‘ylaganda, mavlononing qalbida qo‘rquv 
aralash shirin bir hayajon qo‘zg‘alar edi.
Biroq Bobur yaqinda yana Samarqandga qo‘shin tortib bor-
moqchi ekanligi, davlatning butun kuchi shunga ketib, qurilishlar 
noma’lum vaqtga kechiktirilishi ma’lum bo‘ldi. Agar Bobur Samar-
qandni ololmay, urushda yengilsa, unda mavlononing barcha orzu-
lari o‘z-o‘zidan puchga chiqadi. Agar Bobur Samarqandni olsa, tabiiy, 
o‘sha yerda podshoh bo‘lib qoladi. Keyin u Farg‘ona vodiysida katta 
qurilishlar qiladimi, yo‘qmi? Odatda, podshohlar qayerni poytaxt qil-
salar, o‘sha yer ko‘proq obod bo‘ladi. Andijon yana poytaxt bo‘lishi 
gumon. Demak, mavlononing bu yerda qilmoqchi bo‘lgan ishlari, bar-
cha rejalari qum ustiga qurilganday omonat.
Hozir ayvonda eski handasa va riyoziyot kitoblarini titkilab, ker-
akli bir jadvalni axtarayotgan mavlono mana shu narsalarni o‘ylab, 


87
ta’bi tirriq bo‘lmoqda edi. Bir payt darvoza ustma-ust taqilladi. Bo-
stirmada otlarning tagini tozalayotgan keksa xizmatkor yog‘och kur-
agini devorga suyab qo‘yib, darvozaga qarab o‘tdi. Birpasdan so‘ng 
xizmatkor ayvonning oldiga qaytib keldi-yu:

Mavlono, bir kimsa huzuringizga kirmoqchi.

Kim?

Kiyimi uvada, o‘zi bahaybat biryigit. «Jiyanlari bo‘laman», dedi, 
ammo men sizdan beruxsat kirgazmadim.

Jiyanim? Shoshmang-chi! – deb, mavlono o‘rnidan turdi. Yalang 
oyog‘iga charm kavush kiyib, yarim ochiq darvozaning oldiga bordi.
Olacha to‘ni ham, oyog‘idagi chang bosgan chorig‘i ham yirtilib 
ketgan novcha bir yigit
ko‘zlari yaltirab, kulimsirab unga qarab yurdi. Qadam olishi, qar-
ashi juda tanish. Yigit:

Mulla tog‘a! – deb quchoq ochganda mavlono uning ovozini 
tanidi-yu:

Tohir! Tohirjon! – deb u bilan quchoqlashib ketdi. – Shuncha 
o‘limlardan omon qolgan jiyanim, seni zo‘rg‘a tanibmen. Bu qadar 
o‘zgarib ketibsen! Yuzingga ne bo‘ldi?

E, so‘ramang, mulla tog‘a...

Mayli, yur, avval damingni ol. Keyin aytib berursen...
Ular ayvonga chiqar ekanlar, mavlono Fazliddin bundan salkam 
uch yil oldin Quvasoy bo‘yida bo‘lib o‘tgan qonli voqealarni yana bir 
esladi. O‘shanda Tohirga nayza sanchgan samarqandlik bosqinchi uni 
o‘ldirganiga shubha qilmay ketgan edi. Onasi yolg‘iz o‘g‘lining qoniga 
belanib, jonsizlanib yotganini ko‘rib, uni «o‘ldi» deb o‘ylagan va shay-
tonlab yiqilgan edi, bechora ona shu yotganicha qaytib turolmay, 
ertasi kuni vafot etdi. Tohir esa otasi topib kelgan tabiblar va doru 
darmonlar ta’sirida uch kundan keyin hushiga keldi. Nayza o‘pkaning 
bir chetini kesib o‘tgan bo‘lsa ham yurak va jigar kabi nozik a’zolarga 
tegmagan. Tohirning yoshligi va baquvvatligi ustun kelib, asta-sekin 
tuzalib ketgan edi. Qo‘ni-qo‘shnilar: «Tohirga kelgan o‘limni onasi 
o‘ziga oldi-yu, bu tirik qoldi», deyishardi. Mavlono Fazliddin o‘shanda 
opasining qirqini o‘tkazib kelganicha, qaytib Quvaga bormagan edi.

Otang qalay, bardammi? – so‘radi mulla Fazliddin Tohirni yuqo-
riga taklif qilib. Tohir chang bosgan chorig‘i bilan ko‘rpachaga chi-
qishdan ibo qildi-yu, poygahdagi sholcha ustiga o‘ltirdi:

Otam sizga salom aytib yubordilar. Men bir yilcha qishloqda 
bo‘lmadim... Qarindoshlar «cholning issiq-sovug‘idan xabar olib tur-


88
sin», deb bir beva kampirni olib beribdilar... Onam rahmatli esimga 
tushdi-yu, uyda turgim kelmadi.
Faqat onasining musibati emas, bosqinchilar bog‘lab olib ketay-
otganlarida Tohirdan najot kutib qichqirgan Robiya ham uning xay-
olidan nari ketmaydi. Qizning o‘shandagi nidosi hali ham Tohirning 
qulog‘iga eshitilib turganday bo‘ladi. U burnog‘i yili Samarqandgacha 
piyoda borib keldi, yo‘llarda o‘roqchilik qilib, karvonlarga qo‘shilib 
yurib, iloji bo‘lgan joydan Robiyani qidirdi, «singlim edi, Sulton Ah-
mad mirzoning navkarlari olib qochib ketgan edi», deb so‘roqladi. 
Ammo hech qayerdan daragini topolmadi.
Sulton Ahmad mirzo o‘sha yiliyoq o‘lib, qo‘shini tarqab ketgan, bir 
yil davomida Samarqand taxtida ikki marta podshoh almashingan, 
ko‘p to‘polonlar bo‘lib, it egasini tanimaydigan ahvolga kelgan edi. Jiz-
zaxlik bir kishi Toshkent tomonlarga cho‘rilar ko‘p sotilganini aytib 
qoldi. Bultur kuzda Tohir piyoda Toshkentgacha bordi, yana har joy-
larda mardikorlik bilan kun o‘tkazib Robiyani so‘roqladi, ammo hech 
natija chiqmadi. Zamona notinch, yurt alg‘ov-dalg‘ov, hayot hamma 
joyda xuddi loyqalatilgan daryoga o‘xshab oqadi. Robiyani topish – 
loyqa daryoga tushib ketgan gavharni topishdek qiyin ekanini Tohir 
ich-ichidan sezar edi-yu, baribir umidini uzolmas edi. Mavlono Fa-
zliddin Tohirning gaplaridan shuni payqab:

Jiyanim, sen o‘sha bechora qizni hali ham unutolmay ikki yil 
izlaganing –juda ajoyib bir diling borligidan dalolat berur. Men
sening sadoqatingga tan berdim! Ammo sen endi o‘zingga ham jabr 
qilmasliging kerak. U qiz taqdirida borini ko‘rgay. Agar tirik bo‘lsa, 
balki... birov unga uylangandir. Balki farzandlik ham bo‘lganlar. 
Axir uch yil uni tek qo‘yishlari mumkinmi? Sen o‘zing bir o‘ylab
ko‘rgin...

Men buning hammasini allaqachon ko‘nglimdan o‘tkazganmen, 
mulla tog‘a... Faqat men u qizning oldida o‘z gunohimni yuvmoqchi-
men, xolos.

Qaysi gunohingni?

O‘shanda Robiyani Andijonga qochirmoqchi bo‘lganlarida men 
Quvada olib qolganmen. Agar Andijonga ketganda bu falokat bo‘lmas 
ekan.

Sen nima bo‘lishini qaydan bilibsen, jiyanim?

Har qalay, men uni topib, shu gunohimni yuvmagunimcha 
tinchiyolmaymen. Robiya, siz aytgandek, uylik-joylik bo‘lib, tinchib 
ketgan bo‘lsa, unda... mayli... Taqdirga tan berurmen. Agar hali ham 


89
najot izlab, meni kutib yurgan bo‘lsa-chi? Axir men uni unutolmay 
yuribmen-ku? Unga ham men kerak bo‘lsam-chi?
Mavlono Fazliddin bosh chayqab:
– Dil dardiga davo yo‘q ekan-da, – dedi va mavzuni o‘zgartirdi: – 
Yo‘qlab kelibsen, endi mehmon bo‘l. Qani, dasturxonga qara...
Tog‘a-jiyan birga o‘ltirib shirchoy ichdilar. Keyin mulla Fazliddin 
Tohirning kiyim-boshlariga yana bir ko‘z yugurtirdi-yu:

Jiyanim, tog‘ang hozir xiyla badavlat, – dedi qo‘yniga qo‘l solib, 
bog‘ichi popukli qora charm hamyon oldi. U hamyonni ochib, jiyaniga 
bir nechta oltin tanga olib bermoqchi edi. Hamyon tezda ochilaver-
magach, mavlono uni ochmasdan jiyaniga uzatdi. – Ma, O‘shning ras-
talariga chiq, bugun juma, mol ko‘p, o‘zingga kerakli kiyim-kechak ol. 
Tohir hamyonni olmay turib dedi:

Yo‘q, mulla tog‘a, menga o‘zingiz sanab, qarz bering.

Ha, xo‘p, qarz! O‘zing keragicha ol, puldor bo‘lganingda qay-
tarursen.

Unday bo‘lsa, mayli.
Tohir hamyonni qo‘yniga solib chiqib ketganicha peshin kechroq 
oyog‘iga yangi askariy etik, boshiga mo‘g‘ulcha bo‘rk kiyib, chak-
monga o‘xshash dag‘al yungli dag‘alani yelkasiga tashlab keldi. Un-
ing qo‘lida qini eskirib ketgan arzon bir qilich ham bor edi. Mavlono 
Fazliddin hayron bo‘lib:

Nechun bunday kiyimlar olding? – dedi. – Qilichni ne qilursen?

Mulla tog‘a, yolg‘iz sargardon bo‘lib yurish mening jonimga 
tegdi. Endi Samarqandga Bobur mirzoning qo‘shini bilan birga bor-
moqchimen.

Sarboz bo‘libmi?

Ha, tavochilar askarlikka odam olayotgan emishlar...
Jiyani O‘shga ham shu niyat bilan kelganini mavlono Fazliddin 
endi sezdi-yu, undan qattiq ranjidi.

Jinni bo‘libsen, Tohir! Hamma urushdan qochsa, sen bu ajda-
honing komiga o‘z ixtiyoring bilan bormoqchisen! Bir marta nayza 
yeb, o‘limdan qolganing ozmidi?

Mulla tog‘a, undan keyin men yana necha o‘limlardan qolgan-
imni siz bilmaysiz. Toshkentda bir mo‘g‘ul begi bechora kosibning 
qizini zo‘ravonlik bilan tortib olmoqchi bo‘lganda men chidab turol-
madim. Oraga tushganim uchun mana, yuzimda o‘sha bekning xanja-
ridan chandiqlar qoldi.

Zamona zo‘rnikiligini hali ham bilmaysenmi?


90

Bilganim uchun men o‘shanday zo‘rlar bilan zo‘r qo‘shinning 
safida turib olishmoqchimen, mulla tog‘a. Men ko‘p yurtlarni ko‘rdim, 
turli odamlar bilan birga ishlab, birga yurdim. Bobur mirzoning tabi-
ati pokiza, ko‘ngli tiyrak ekanini ko‘p odam bilar ekan. «Atrofdagi 
podshohlardan yaxshilik chiqmasa ham Bobur mirzodan biryorug‘lik 
chiqar», deb umid qilamen.
Mavlono Fazliddin yerga qarab:
– Qaydam, – dedi. – Bobur mirzo hali yoshlar. Men ham shu zotga 
umid bog‘lagan edim... Lekin yana urush, qon... Hammamiz tun zul-
matiday intihosiz bir qorong‘ilik ichida yuribmiz. Mamlakat paro-
kanda, zolim tojdorlar qon ustiga qon to‘kurlar. Bobur mirzoning 
atrofidagi beklar ham rahm-shafqatni unutmishlar. Muhit shundoq 
g‘addor bo‘lgach, sen ham yomon beklar xizmatida yurib, o‘zingga 
o‘xshash jabrdiyda
zahmatkashlarning kushandasiga aylanmas-
mikinsan, jiyanim?

Ishoning, mulla tog‘a, men yomon beklarning zulmiga ilojim bo-
richa qarshi turgaymen!

Bobur mirzo hukmdor bo‘la turib daf qilolmagan adolatsiz-
liklarni sen nechun daf qilursen?

Balki Bobur mirzoning mendek navkarlari bo‘lmagani uchun daf 
qilolmagandirlar? Balki u zotga men kerakdurmen, mulla tog‘a! Men 
o‘zim uchun shundan ma’qul yo‘l topolmadim. Yolg‘iz yashashimning 
ma’nosi qolmadi. Ne qilay?
Mavlono Fazliddin jiyanining yuziga tikilib qaradi-yu, uni niyati-
dan qaytarib bo‘lmasligini sezdi. Tohir bundan uch yil oldin Quvasoy 
ko‘prigini buzib, yov qo‘shiniga katta talafot keltirgan paytlarda tarix 
daryosining qudratli oqimiga tortilmaganmi-di? Endi umrbod o‘sha 
oqimdan chiqolmasdan, tarixiy voqealarning ichida yurishga mah-
kum etilganmikin? Har qalay, jiyanining so‘nggi gaplari mavlononi 
o‘ylantirib qo‘ydi. U birpas jim turgach:

Tavochiga uchradingmi? – dedi.

Uchradim. «Oting yo‘q ekan, piyoda qo‘shinga olamiz», dedi. 
Men piyoda yurib o‘rganib qolganmen, mulla tog‘a.

Ammo jangda eng ko‘p talafot piyodalar orasida bo‘lur, buni bi-
lursenmi?

Mayli-da, qirq yil qirg‘in bo‘lsa ham ajali yetgan o‘lgay.

Bas!
Mulla Fazliddin bu haqda boshqa gaplashmadi. Ertalab non-
ushtadan keyin xizmatkoriga aytib, bostirmada turgan har ikkala 
otni ham egarlatdi. Tohirga oyoqlari uzun jiyron otni ko‘rsatib:


91
– Sen mana shuni min, – dedi. – Men sening piyoda askar 
bo‘lishingni o‘zimga munosib ko‘rmasmen.
Mulla Fazliddin o‘zi Bobur in’om qilgan to‘riq qashqani mindi. 
So‘ng ikkovlari Boburning qarorgohiga otliq yo‘l oldilar.
Odatdagiday, Bobur huzuriga kirish uchun eshik og‘adan ruxsat 
olish kerak. Tog‘a-jiyan sakkiz burchakli ulkan oq o‘tovdan beriro-
qda otliq kelayotgan Qosimbekni ko‘rdilar va uning hurmatiga otdan 
tushib qo‘l qovushtirdilar.

Janobi amirul umaro, jiyanim ham Bobur mirzoga sodiq xizmat 
qilish orzusida keldi,

dedi mavlono Fazliddin. – Ijozat bersangiz, amirzodaning hu-
zuriga kirsak.

Amirzodam hozir behad banddir, mavlono. Balki iltimosingizni 
menga aytursiz?..

Jiyanim Tohir... amirzodamning xos navkarlari qatoriga olin-
ishini o‘tinib so‘ramoqchi edim.
QosimbekTohirning barvasta gavdasiga va yuzidagi chandiqqa 
qaradi-yu:
– Yigit, askariy xizmatda bo‘lganmisen? – dedi.
Qosimbekning «sensirab» gapirgani Tohirga uncha yoqmadi. Lo-
qayd tovush bilan:

Hali bo‘lgan emasmen, – dedi. Mavlono Fazliddin oraga tushdi:

Janobi amirul umaro, jiyanimiz asli dehqon bo‘lsa ham, le-
kin tabiatida jangovarlik bor. Esingizda bo‘lsa, Quvaning ko‘prigida 
yog‘iylarimiz juda katta talafot ko‘rib, o‘zlari sulh taklif qilgan edilar. 
O‘shanda bizga g‘alaba keltirgan azamat yigitlarning biri – mana shu 
Tohir!

G‘alaba keltirgan?! – ishonqirmay so‘radi Qosimbek. – Qanday 
qilib? Mavlono Fazliddin Quvada o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan voqealarni Qo-
simbekka qisqacha so‘zlab berdi. Uning hikoyasiga qaraganda, jango-
var beklar va navkarlar eplay olmagan yovning belini oddiy «yalangoy-
oqlar» sindirgan bo‘lib chiqardi. Qosimbek bunga ishongisi kelmadi.

Quvada g‘alabani tangrim o‘zi bizga in’om qilgan, mavlono! – 
dedi Qosimbek. Bu gapga qarshi chiqib bo‘lmas edi.

Albatta, bularning ko‘ngliga shu ishni xudo o‘zi solgan. Lekin 
o‘shandagi jasorati uchun yog‘iylar Tohirga nayza sanchib, uni og‘ir 
yarador qildilar. Jiyanim naq bir o‘limdan qoldi, janob Qosimbek!

Shundoqmi? – deb Qosimbek endi Tohirga iliqroq nazar bilan 
qaradi. – Samarqanddagi yog‘iylarimizda qasding bormi, yigit?


92

Ha, o‘chim bor.
Qosimbek ketida sukut saqlab turgan tavochiga o‘girildi:
– Bu yigitni Chilmahram tog‘i etagida askariy mashq o‘tkazayotgan 
navkarlar qatoriga qo‘shing! – So‘ng u mulla Fazliddinga izoh berdi. 
– Jiyaningizning mashqi yetilsin, harbiy muomalani o‘rgansin. Undan 
so‘ng amirzodam lozim ko‘rsalar, xos navkarlari qatoriga olurlar.
Tohir mavlono Fazliddin bilan quchoqlashib xayr-lashdi-da, otiga 
mindi va tavochining ketidan Chilmahram tog‘iga qarab yo‘l oldi.
Beklarning mashvaratida Samarqand yurishini ramazon oyida 
boshlashga, tayyorlik
ishlarining asosiy qismini O‘shning o‘zidayoq bitirib ketishga qa-
ror qilindi.
Bobur onasining so‘zini yerda qoldirganidan xijolat bo‘lib, Qutlug‘ 
Nigor xonimning
ko‘ziga tashlanmaslikka tirishardi. Safar tayyorgarliklaridan 
bo‘shagan paytlarda o‘z
chodirida yolg‘iz o‘tirib kitob o‘qirdi.
Bugun namozigar kechroq Bobur «Vaqoi’»* nomli daftarga otasi-
ning o‘limi haqida
yozayotgan edi, yasovul kirib, Qutlug‘ Nigor xonim bilan Ali 
Do‘stbekning chodirga
kirishga ijozat so‘rayotganlarini aytdi. Bobur daftarini yopib, 
onasini eshik oldida qarshi
oldi va to‘rga o‘tqazdi.
Qutlug‘ Nigor xonimning rangi xiyol o‘chgan. Uning peshonasidan 
yuqorida – sochining
farq ochilgan jo-yida Bobur bir tutam oqargan soch tolalarini 
ko‘rdi. Endi qirq yoshga
kirgan onaizor kampirlardek odmi kiyinar va qaddini egibroq 
yurar edi. Bobur onasiga
allanechuk rahm qilib past tovush bilan gapirdi:

Onajon, so‘zim yerda qoldi, deb kuyunmang. Nasib bo‘lsa, Sa-
marqanddan qaytganda hamma aytganlaringizni qilurmen.

Xudoning xohishi shunday bo‘lsa, biz bandalar qanoat qil-
gaymiz. Iloho, yaxshi niyatlaringizga yeting, shoh o‘g‘lim!
Ali Do‘stbek baquvvat qo‘llarini fotiha uchun ochib:
– Ilohi omin! – dedi.
So‘ng katta-katta panjalarini qop-qora silliq yuziga, soqolsiz 
uzun iyagiga surtdi. Yuzi mo‘g‘ulcha bo‘rtgan bu chayir ko‘sa odam 


93
Boburning buvisi Eson Davlat begimga amakivachcha bo‘ladi. Shu 
sababli o‘z nomiga «tog‘oyi» degan so‘zni unvondek qo‘shib aytadi 
va Qutlug‘ Nigor xonimga akalarcha mehribonchilik ko‘rsatib yura-
di. Hozir ham ko‘rpachalar ustiga o‘tirganlaridan keyin Ali Do‘stbek 
Qutlug‘ Nigor xonimga «Gapni ochaymi?» deganday bir qarab oldi. 
Xonim tasdiq ma’nosida bosh irg‘agach, Ali Do‘stbek tomoq qirib, si-
porish bilan so‘z boshladi:
– Amirzodam, volidangiz ikkovimiz nozik bir muammoda sizning 
maslahatingizni olgani keldik. Muhtarama egachingiz Xonzoda begim 
hozir yigirma yoshdalar. Ayni uzatiladigan
paytlari. Begim oy desa 
oydek, kun desa kundek, oqilayu foziladirlar. Shu vaqtgacha munosib 
kuyov uchramay dog‘da edik. Volidangiz ham, tog‘oyingiz ham vaqt 
o‘tib ketayotganidan iztirobda edik.
– Yana bir-ikki yil uyda o‘ltirib qolsa, «qari qiz» deb kulurlar, – 
dedi Qutlug‘ Nigor xonim.
Opasining taqdiriga oid bunaqa gaplarni Bobur ilgarilari ham es-
hitgan edi. Ammo bugun Do‘stbekning gaplariga qaraganda, qanday-
dir kuyov topilganga o‘xshardi. Bobur shuni bilgisi kelib, o‘smirlarcha 
qiziqish bilan so‘radi:
– Kim bizga pochcha bo‘lmoqchi?
Ro‘yirost berilgan bu savol, Do‘stbekni shoshirib qo‘ydi. U yana 
gapni aylantirdi:
– Sizdek oliy zotga «munosib pochcha bo‘lurmen», deb hech kim 
jur’at qilib aytolmas. Ammo umarolaringiz orasida asilzoda beklar 
bor. Chunonchi, Sulton Ahmadbek. Yigirma besh yoshga kirgan 
norg‘ul yigit. Chopqunga borib, bahodirona zafar bilan qaytdi. Beklar 
orasida obro‘si baland. Yonida uch zabardast inisi bor. Uch yuz 
navkari bilan hammasi sizga to o‘lguncha sodiq xizmat qilmoqchilar.
Bobur hali oila nimaligini, kuyov-kelin qanday bo‘lishini bilmasa 
ham opasi Xonzoda begimni Ahmad Tanbalning yoniga qo‘yib tasav-
vur qildi-yu, ikkovini bir-biriga to‘g‘ri keltirolmadi. So‘ng onasiga 
qarab:

Siz rozimisiz? – dedi. Qutlug‘ Nigor xonim og‘ir tin olib:

Nachora! – dedi. – Xonzoda begim tojdor, taxt-dor kuyovlar-
ga munosib qiz. Ammo hozirgi notinch zamonada qani biz istagan 
kuyov? Biz tog‘oyingiz bilan surishtirib bildik. Sulton Ahmadbekn-
ing avlod-ajdodi asilzodalardan ekan. Bobokalonlari Jo‘jixon, Chin- 
gizxonlarga qon-qarindosh bo‘lgan sultonlar ekan. HozirTilba Sulton 
nomlik og‘asi Toshkentda tog‘oyingiz Mahmudxonda sohibixtiyor 


94
eshik og‘a ekan. Endi bu Ahmadbek kuyov bo‘lsa, oraga og‘asi tushib, 
tog‘oyingiz Mahmudxon bilan sizni yaqinlashtirarmikin? Shunday 
nufuzli bek sizga kuyov bo‘lib, butun urug‘lariyu navkarlari bilan 
qanotingiz tagiga kirsa, ishingizning rivoji yaxshiroq bo‘lurmikin?

Shubhasiz, shunday bo‘lur! – dedi Do‘stbek chuqur e’tiqod bilan.
Bobur nima deyishini bilmay yelka qisdi: yosh o‘smir o‘zidan 
katta opasini kimga erga berish haqida o‘ylashdan ham tortinar edi. 
Ammo onasi va tog‘asi bu ishni uning podshohlik hukmi bilan amalga 
oshirishni istardilar.

Begimning o‘zlari uchun ham yaxshi bo‘lur, – deb davom etdi 
Do‘stbek. – Agar boshqa bir yurtdagi tojdorga tushsalar, onalaridan 
yiroqda bo‘lurlar, amirzodamday suyukli inilarining himoyalaridan 
uzoqlashurlar.

Ha, undan ko‘ra yonginamda bo‘lgani afzal, – dedi Qutlug‘ Nigor 
xonim. – Xonzoda mening to‘ng‘ich qizim, maslahatgo‘yim, Ahmad-
bekka bersak, ko‘z o‘ngimda mening yolg‘izligimni bilintirmay yurur.
Bobur bu borada o‘zi bilmaydigan ko‘p narsalarni onasi yaxshi 
bilishini o‘yladi-yu:

Onam rozi bo‘lsalar, bo‘ldi, – dedi. Do‘stbek quvonib ketdi:

Haq gapirdingiz, amirzodam, juda haq! Ona ro-zi– xudo rozi, 
deb bejiz aytmaganlar! Qutlug‘ Nigor xonim hamon xomush edi. 
Bobur buning sababini sezganday bo‘lib:

Begimning o‘zlari nechuk? – deb so‘radi. Qutlug‘ Nigor xonim 
og‘ir tin olib:

Begim rozi emaslar, – dedi. – Eshitib ko‘p yig‘ladilar.

Bunday paytlarda yig‘lash qizlarning azaliy odati,– deb kulib 
qo‘ydi Do‘stbek.

Ammo, Xonzoda begimning ahvolidan men xavotirdamen, 
amirzodam, – dedi Qutlug‘ Nigor xonim. – «O‘zimni o‘ldiramen», de-
gan so‘zlarini eshitib qoldim.

Nahot? – dedi Bobur ham birdan xavotirga tushib.

Egachingiz sizni jondan aziz ko‘rurlar, Mirzo hazratlari, 
so‘zingizni ikki qilmaslar, – dedi Do‘st-bek.– Volidai muhtaramangiz 
bilan ikkalamiz sizdan iltimos qilgani keldik. Xonzoda begimni hu-
zuringizga chorlab, nasihat qiling. Davlatingizning manfaatlari uchun 
egachingiz rizolik bermoqlari kerak. Sulton Ahmadbek oraga odam 
qo‘ygan. Butun urug‘lari bilan sizning marhamatingizga muntazir. 
Rad javobi ularni sizdan... sovitib qo‘yishi mumkin. So‘ngra, agar 
Xonzoda begim rizo bo‘lmay, yana uch-to‘rt yil uyda o‘ltirib qolsalar, 


95
«kuyov topilmabdir, qari qiz bo‘libdir», deb yog‘iylaringiz malomat 
qilurlar. Bunday gaplar podshoh oilasining sha’niga mutlaqo to‘g‘ri 
kelmas. Agar Xonzoda begim sizga yaxshilik istasalar, rizo bo‘lmoqlari 
kerak. Buni endi begimga faqat siz tushuntirursiz, Mirzo hazratlari!
Bobur boshini changallab bir lahza jim qoldi. Bunday nozik, bun-
day chigal ishga umrida birinchi duch kelishi. Begona bo‘lsa ham bir 
sari edi, gaplashishi osonroq bo‘lardi. O‘zining jonajon opasi. Bobur 
Xonzoda begim bilan bu to‘g‘rilarda gapirishishdan ham iymanadi. 
Lekin bu yoqda onasi mushkul ahvolga tushib, yordam kutib o‘tiribdi. 
Bu yoqda opasi joniga qasd qilmoqchi emish.
– Mayli, – dedi Bobur onasiga ma’yus ko‘z tashlarkan, – begim 
kelsinlar, o‘zim bir so‘zlashay.
Qutlug‘ Nigor xonim tez o‘rnidan qo‘zg‘alib:

Hozir... hozir borib ayttirib yuborurmen, – dedi va chodir es-
higiga yo‘naldi. Do‘stbek yirik tishlarini ochib mamnun kulimsiradi-
yu, chodirdan orqasi bilan yurib chiqa boshladi. Eshik oldida ta’zim 
qildi-da:

Amirzodam, siz shohsiz, sizning hukmingiz vojib,– deb Boburni 
dadilroq bo‘lishga undab ketdi.
* * *
Bobur qator shamlari lipillab yonayotgan ikkita oltin qandil 
oralig‘ida sadaf bilan bezatilgan bejirim mizga ko‘kragini tirab ki-
tob varaqlab o‘ltirganda Xonzoda begim chodir eshigidan sekin kir-
ib keldi. Egnida sidirg‘a sariq atlas ko‘ylak. Hazin tovush bilan sa-
lomlashib, Bobur taklif qilgan zarbof ko‘rpacha ustiga xastalardek 
bo‘shashib o‘ltirdi. Uning qovoqlari shishinqiraganini ko‘rgan 
Bobur:

Muncha g‘amginsiz, begim? – dedi.

Amirzodam, men huzuringizga najot izlab keldim!
Xonzoda begimning so‘lg‘in yuziga ko‘zlaridan yosh sirg‘alib 
tushdi. Bobur yaqindagina yayrab-yashnab yurgan opasini hozir bu 
ahvolda ko‘rib, yuragini bir narsa timdalab o‘tdi. Onasi uning zim-
masiga yuklab ketgan vazifa qanchalik mushkul ekanini u endi astoy-
dil his qildi. Taqdir uning boshiga solayotgan mushkulotlar ozmidi, 
ustiga bu ham qo‘shildi? Bobur kuyunib gapira boshladi:
– Men o‘zim bu falakning dastidan najot izlaymen, begim. Yechil-
mas muammolar biri ustiga biri qo‘shilur. Shu asnoda nahotki siz 
ham mening mushkullarimni ko‘paytirmoqchi bo‘lursiz?


96
Xonzoda begim ukasining o‘zi chindan ham yordamga muhtojlig-
ini, yoshiga nomunosib ishlar uni juda qiynab yuborganini sezdi-yu, 
ko‘zini tez artdi. Boyagidan tetikroq ohang bilan gapira boshladi: –
Amirzodam, men bir gap eshitdim. Rostmikin?

Qaysi gap?

Ahmad Tanbal tog‘dan bir xurjun odam kallasini olib tushgan-
mish...
Bobur o‘tgan kuni ko‘rgan kesik kallalarni, xususan, hali soqoli 
o‘sib ulgurmagan yosh yigitning go‘shti chiqib yotgan qonli bo‘ynini 
esladi-yu, birdan seskanib tushdi.

Jang o‘limsiz bo‘lmas, – deb Bobur go‘yo o‘zini-o‘zi bosmoqchi 
bo‘ldi. – Yog‘iy ham biznikilarni o‘ldirmishdir. Bu – eski odat. Siz buni 
unuting, begim.

Bunisini unutsam, omiligi, johilligi bor. Men umrimni fozil ki-
shi bilan o‘tkazish orzusida edim. Ahmad Tanbal qo‘li qon, berahm 
odam. Amirzodam, nahotki siz meni unga munosib ko‘rursiz?

Sizga munosib yigit, balki yetti iqlimda ham yo‘qdir. Ammo... 
sabablarini onam aytgandirlar... Men ham... majburmen!
Xonzoda begim qandilda lipillab yonayotgan shamlarga qarab 
turib, Ahmad Tanbalni ko‘z oldiga keltirdi-yu, o‘sha badqovoq yigit 
bilan bir yostiqqa bosh qo‘yishini o‘ylab, eti junjikib ketdi:

Men bu bekdan qo‘rqamen!

Biz bor ekanmiz, siz hech kimdan qo‘rqmang, begim. Men sizga 
zarracha zulm o‘tkazishlariga yo‘l qo‘ymasmen.

Meni ma’zur tuting, amirzodam. Ammo egachingizni 
xohlamagan odamiga zo‘rlab uzatsalar, shuning o‘zi katta bir zolim-
lik bo‘lmagaymi?
Bu mantiqli so‘zlar Boburni dovdiratib qo‘ydi:
– Zolimlik... Ha, falakning o‘zi zolim! Men ham har kuni suymagan 
odamlarim bilan muomala qilurmen. Xohlamagan ishlarimga meni 
aralashtirurlar. Davlat manfaatlarini o‘ylab o‘zimni-o‘zim majbur qi-
lurmen. Boshqa ilojim yo‘q!
Bobur o‘z yoshiga yarashmaydigan bu so‘zlarni qanchalik qiynal-
ib aytayotgan bo‘lsa, ko‘ngliga yoqmaydigan, ammo muhit, vaziyat 
talabi bilan majburan ado etadigan ishlarni undan ham ortiq azoblar 
bilan qilishi sezilib turardi. Bobur bu mushkul ahvoldan chiqishn-
ing yo‘lini topolmay ich-ichidan ezilib yurganini Xonzoda begim endi 
payqadi-yu, ukasiga rahmi keldi. Boburning podshohligini unutib, 
uni kichikligida erkalatib suygan paytlarini esladi.


97

Boburjon, – dedi, – siz yolg‘iz inim, pushti-panohimsiz, men siz 
uchun jonimni ham ayamaymen! Agar sizga chindan ham shu zarur 
deb ishonsam, hozirgi gapingizga ham rizo bo‘lur edim. Lekin men 
sizning kuyrak ko‘nglingizni bilurmen. Agar men umrbod bebaxt 
bo‘lib qolsam, keyin siz hozirgidan ortiqroq iztirob chekursiz!

Xudo xohlasa, bebaxt bo‘lmassiz.

Ko‘nglim sezib turibdir, agar shu odamga tushsam, bebaxt 
o‘turmen. Boburjon, egachingizning so‘ziga ham ishoning. «Davlat 
manfaatlari» deb o‘zingizni ko‘p ezmang. Siz bilan biz uchun ham bu 
umr g‘animat. O‘z ko‘nglimizga ham ishonishimiz kerak! Ko‘ngil toza 
bo‘lsa, kishini aldamaydir!
Xonzoda begim shunday bir samimiyat bilan yonib gapirmo-
qda ediki, uning qalbidagi olov go‘yo Boburning qalbiga ham o‘tdi. 
Shafqatsiz beklar muhiti va podshohlik majburiyatlari yosh Boburn-
ing qalbini qahraton qishning muzlariday siqib yotar edi. Xonzoda 
begim esa o‘zining olovli nafasi bilan go‘yo shu muzlarni eritar, Bo-
burning qalbiga bahor mayinligi, yoshlik erkinligi yana qaytib kelay-
otganday, eti jimir-jimir qilardi. Xonzoda begim yana ko‘zlariga yosh 
oldi:
– Boburjon, sizning dilingiz beg‘ubor, siz nodir iste’dodli fidokor 
yigitsiz! Bu beklar o‘z manfaatlarini ham «davlat manfaatlari» deb 
ko‘rsatishga o‘rganib qolganlar. Bular sizning yoshligingizdan foyda-
lanurlar. Ammo siz suymagan ishni «davlat manfaatlari uchun» deb 
qildirmoqchi bo‘lganlarida, ko‘nglingizga ham bir quloq soling. Eng 
mahram do‘stingiz – sizning musaffo qalbingizdir. Siz bu do‘stingizga 
ishoning, jonim!
Xonzoda begim o‘tirgan ko‘yicha ukasiga qo‘l cho‘zib, yig‘i aralash 
iltijo qildi:
– Men sizning pok qalbingizdan adolat izlaymen! Qalbingiz nima 
buyursa, siz menga shuni buyuring! Men rozimen!
Bobur sakrab o‘rnidan turdi-yu, opasining qo‘llaridan olib, uni 
o‘rnidan turg‘azdi:
– Yig‘lamang, bas! – dedi. Ammo Boburning o‘zi ham ko‘ngli erib, 
ko‘z yoshini zo‘rg‘a tutib turardi. – Siz menga barcha beklarimdan 
yaqinroqsiz. Bir tug‘ishgan yagona egachimsiz. Siz tufayli ne og‘irlik 
kelsa, mayli, ko‘taray! Xotirjam bo‘ling! Toki bormen, suymagan oda-
mingizga uzattirmasmen!
Xonzoda begim azbaroyi quvonganidan ukasini mahkam quchib 
peshonasidan, ko‘zlaridan o‘pdi.


98

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə