Преподавание зыка и литературы anguage and literature



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71
uzb-2019 4-son

Bitta-yu 
bitta bo la
mni shunaqa notinch mak tabga berasizmi! 
(A.Qahhor, “O‘tmishdan ertaklar”). 
Birlikni ta’kidlash uchun 
faqat,­-gina
yuklamalari ham 
ishlatiladi: 
Guzar tomonda 
faqat bitta chiroq
 miltillar 
edi
(A.Qahhor, “O‘g‘ri”). 
Ayrim gapning umumiy mazmuni ham bunday otda 
birlik namoyon bo‘li shiga qulaylik tug‘diradi: 
Telefon 


36
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tahlil
jiringladi
(A.Qahhor, “Sarob”). 
Toy
 yo‘rg‘alab ketdi 
(A.Qah hor, “Sinchalak”). 
Yuqoridagi misollarda lisoniy vosita qulaylik tug‘dir
-
gan bo‘lsa, quyi dagi misollarda g‘ayrilisoniy omil birlik 
ifodalanishiga yordam bergan: 
– nutq vaziyati: 
Nima­qilyapsan?­–­
Ko‘chat
­o‘tqaz-
yapman 
(tinglovchi bitta ko‘chat o‘tqazyotgan bo‘lsa);
– mantiqan ayonlik: 
To‘p
 “Paxtakor” futbolchilarida
(to‘pning bittaligi barchaga ayon).
Ko‘plik
ifodalanishida quyidagi vositalar qulaylik 
tug‘dirdi: 
– ikki va undan katta sanoq son hamda jamlovchi 
son aniq ko‘plik ifoda lanishiga qulaylik tug‘diradi: 
ikki 
bola, ikkita kalit, uch kishi, yigirmata uy, to‘rtala nomzod. 
Donalab sanaladigan ot oldidan aniq miqdorni bildi-
ruvchi so‘z (son) kel ganda his siy bayonda ham nohissiy 
bayonda ham
­-lar
ishlatilmaydi. 
Quyidagi vositalar donalab sanaladigan otda 
noaniq 
bo‘linuvchan ko‘plikni
ifodalaydi:
– sifatning o‘zagi, negizi: 
talay anor, tumonat odam, 
sanoqsiz nihol, behisob chumchuq, har xil kapalak
ko‘pgina o‘simlik, anchagina tarvuz;
– ravish: 
ko‘p bola, oz askar, bir nechta sigir, bir 
qan cha maktub;
– ot: 
ko‘pchilik dehqon, aksariyat bino;
– takroriy so‘z: 
semiz-semiz­ qo‘y,­ baland-baland­
bino,­choynakday-choy­nak­day­behi,­mitti-mitti­qo‘ng‘iz,­
g‘ij-g‘ij­pashsha.
Demak, bunday birikmalar donalab sanaladigan 
otda noaniq bo‘linuvchan ko‘plik namoyon bo‘lishi 
uchun qulay kon tekst vazifasini bajaradi.
Quyidagi hollarda noaniq bo‘linuvchan ko‘plik 
kuchaytirib ifodalanadi:
– ayrim so‘z tarkibidagi unli cho‘zib talaffuz qilinadi: 
ko‘o‘p baliq, mo‘o‘l terak, aancha qog‘oz; 
– miqdor bildiruvchi so‘z oldidan 
juda
so‘zi ishlatila-
di: 
juda
ko‘p kitob;
– yirik miqdorni bildiruvchi son, 
olam, dunyo
kabi 
otlar takror ishla tiladi: 
million-million­odam,­milliard-mil-
liard­yulduz,­olam-olam­yog‘och,­dunyo-dunyo­chigirtka.
Ot oldidan noaniq bo‘linuvchan ko‘plikni bildiruvchi 
so‘z kelganda nohis siy bayonda 
-lar
tejaladi: 
Baliqchi
-
dan o‘n sakkizta qayiq o‘z vaqtida yetib kelmaganda 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə