Преподавание зыка и литературы anguage and literature



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
uzb-2019 4-son

üç ming ulugh 
ming yirtinçü (III. 18a/9–10) 
– uch ming, son-sanoqsiz 
olam.
Xullas, mif va din muammolari folklorshunoslarni 
ham, dinshunoslarni ham, tilshunoslarni ham qiziqtirib 
kelgan. Ma’lum bir dinlar targ‘ibiga bag‘ishlangan asar-
larda xudolar alohida personajlar vazifasini bajargan 
va ularga insonga xos xususiyatlar singdirilgan. Aytish 
mumkinki, mifologik qahramonlar va xudolarning ism-
lari biri ikkinchisini talab etadi. Zotan, mifologiya va din 
genetik jihatdan yaqin. Din ham olamning mifopoetik 
modeli o‘zgarishini namoyon qiladi. Bu borada A.N.Afa-
nasyevning mif paydo bo‘lishida til tarixining roli haqida-
gi kuzatuvlari birmuncha mantiqli va asosli. Unga ko‘ra 
turli-tuman mifologik tasavvurlarning yagona manbayi 
insoniyatning jonli so‘zi bo‘lib, “miflarni tabiiy ravishda 
yaratish zaruratini ko‘rsatish uchun til tarixiga muro-
jaat etish zarur”
3
. A.Afanasyevning bu qarashi bevosita 
qadimgi turkiy til leksik qatlami, jumladan, teonimlar-
ga ham taalluqli. Sanskrit tilidan qadimgi turkiychaga 
o‘tgan teonimik leksika fikr qilinadigan predmet yoki 
mavjudot hamda til birliklari o‘rtasidagi aloqani ham 
aks ettirishi mumkin. Yuqorida keltirilgan xudolarning 
ismlarida ularning odamlar tasavvuridagi qiyofalari aks 
etadi. “Oltun yorug‘”dagi xudolar ismlarining semantik 
va funksional xususiyatlari ana shulardan kelib chiqadi.
1
Мальсагова М.И. Теонимическая лексика в русском языке (на материале художественной литературы). Автореф. ...канд. филол. 
наук. – Ставрополь, 2004. С. 5.
2
O‘sha asar, 5-bet.
3
Афанасьев А.Н. Живая вода и вещее слово. – Москва: Советская Россия, 1988. С. 39.


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
39
Tadqiqotlar
Jahon va o‘zbek adabiyotshunosligida mayning po
-
etik obraz sifatidagi xususiyatlarini yoritishga doir sal-
moqli tadqiqotlar olib borilgan. Chunki may qadimdan 
Sharq xalqlarining hayotida ham, badiiy adabiyotida 
ham keng o‘rin tutgan. Shoirlar ilohiy ishq va ma’rifat 
g‘oyalari hamda insonning ruhiy-estetik holati bilan 
bog‘liq hayotsevarlik, shodlik, visol va hijron, g‘am va 
qayg‘u kabi ko‘plab tushunchalarni may poetik obrazi 
orqali ifoda etganlar.
Aytish mumkinki, may qadimgi fors, arab, turkiy, hind, 
yunon xalqlari madaniy va ma’naviy hayoti ning ajralmas 
qismi bo‘lgan. Shu bois ushbu xalqlar o‘tmishidan da-
rak beruvchi tarixiy manbalarda may bilan bog‘liq qator 
ma’lumotlarga duch kelamiz. Ma’lumotlarning aksariya-
ti dunyo xalqlarining diniy dunyoqarashi bilan bog‘liq. 
Jumladan, bundan salkam uch ming yil ilgari yaratilgan 
“Avesto”ning ikkinchi daftari – Yasnada 9–11-hotlar 
“Havm yasht” deb nomlanadi va unda havm o‘simli
-
gi qayta-qayta tilga olinadi. Havm otashparastlarning 
marosimlari uchun maxsus o‘stirilgan, tutuni o‘tkir hid 
taratuvchi, insonni sarxush qiluvchi o‘simlik sanalgan. 
Undan haoma sharbati tayyorlangan, uni tayyorlovchi 
kishi esa 
hovanan
deb yuritilgan. Bu sharbat ibodat 
chog‘lari iste’mol qilingan hamda o‘lik oq havm shar-
batidan tatib, abadiyatga erishadi, deb hisoblangan. 
“Avesto”ning ko‘p o‘rinlarida uchraydigan 
“sut iylangan 
havm”, “sut iylangan haoma”, “sut qo‘shilgan haoma” 
iboralaridan haoma sharbati havm o‘simligi suviga sut 
aralashtirilib tayyorlangani ayon bo‘ladi. Otashparastlik-
da ushbu sharbatni ichgan kishi ilohiy haqiqatlarni ham 
anglay oladi, deb ishonilgan.
Yunon mifologiyasida esa Dionis uzumchilik va may 
ma’budi, shuningdek, qanotlar homiysi sanaladi. Qush-
lar qanotlari yordamida osmonga ko‘tarilgani kabi inson 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə