Преподавание зыка и литературы anguage and literature


MODDIY ASHYODAN – POETIK OBRAZGA



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
uzb-2019 4-son

MODDIY ASHYODAN – POETIK OBRAZGA


40
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tadqiqotlar
Aytish mumkinki, tasavvuf adabiyotining vakillari 
dastlab o‘zlarigacha mavjud bo‘lgan poetik obrazlarga 
yangi mazmun va g‘oya yukladilar, ya’ni ularning mo-
hiyatini yanada chuqurlashtirib yubordilar. Keyinchalik 
esa yangidan yangi obrazlarni ham adabiyotga olib 
kirdilar. Bu jarayonda, avvalo, ramz va timsollarning 
tabiiy xossalari so‘fiy shoirlar diqqat markazida turgan. 
Masalan,
 ko‘z
tasavvuf she’riyatida komil insonni, 
qosh 
ilohiy olam bilan moddiy olam chegarasini, 
soch
esa 
dunyo tashvishlarini ifoda etganini ko‘rishimiz mumkin. 
Bunday ramzlashuv mazkur obrazlarning tabiiy xususi-
yatlari bilan uzviy bog‘liq. Xususan, tabiatan ko‘z faqat 
o‘zgalarni ko‘radi. Unda o‘zlik holi yo‘q. Komil inson esa 
ayni shunday sifatga ega bo‘lishi, ya’ni Navoiy aytga-
nidek, o‘zluk yukidan, menidan butunlay xoli bo‘lishi 
kerak. Qosh esa ko‘zni peshonadan ajratib turadi. Bu 
bilan u moddiy olam vakili bo‘lgan komil inson – ko‘zni 
ilohiy olam haqiqatlari bitib qo‘yilgan maskan – pe-
shonadan ajratib turuvchi chegaradek, go‘yo. Soch esa 
dunyo tashvishlari kabi sanoqsiz. 
Ramzlashuvdagi bu yondashuv may timsoliga ham 
taalluqlidir. Demak, tasavvuf adabiyotida mayning ilohiy 
ishq ma’nosini beruvchi istiloh darajasiga ko‘tarilishiga 
asosiy sabablardan yana biri uning tabiiy xususiyatlari 
jihatidan ishqqa yaqinligidir. Bunday o‘xshashlik haqi-
da Abdurahmon Jomiy ham munosabat bildirgan. U 
o‘zi ning “Lavome’” asarida muhabbat bilan mayning 
quyi 
dagi o‘nta o‘xshash jihatini sanaydi: may o‘zi-
ning asliy o‘rni bo‘lmish xum ichidan qaynab, o‘zini 
ko‘rsatishga harakat qilganidek, oshiqlar ko‘nglidagi 
yashirin ishq ham g‘alayon qilib zuhur etishga intiladi; 
may o‘z zoti haddida muayyan bir shaklga ega emas, 
qaysi idishga tushsa, shu idishning ichki shaklini ola-
di. Xuddi shuningdek, ishq aslan mutlaq bo‘lib, uning 
zuhurida muhabbat ahlining qobiliyati va iste’dodiga 
yarasha sodir bo‘ladi. Oshiqlar orasidagi tafovut ishq-
ning zotiy xususiyatiga emas, ularning ko‘ngil idishiga 
bog‘liqdir; mayning ham, ishqning ham siroyati yalpi 
jarayondan iboratdir. May kishining hamma a’zosiga 
ta’sir qilganidek, ishq ham oshiqning qon-u joniga kirib, 
uning butun vujudini egallab oladi; may o‘zining ich-
kuvchisini, ishq sevguvchini mard-u saxiy qilib qo‘ya-
di. Ammo may masti pulni ayamasa, ishq masti jon-u 
jahonni, bor-u yo‘g‘ini baxshida qiladi; may ham, ishq 
ham kishini qo‘rqmas va botir qilib qo‘yadi. Lekin may 
botirligi oqibatni ko‘ruvchi aqlning mag‘lub bo‘lishidan 
bo‘lsa, ishq shijoati haqiqat nuri ning g‘olibligidandir. 
Birin chisi shaxsni falokat-u halokatga olib boradi, ikkin-
chisi abadiy hayot-u saodatga boshqaradi; may ham, 
ishq ham kishi boshidan kibr-u havoni uchiradi. Biroq 
ichkilikning oqibati xorlig-u razolatdir, pok ishq natijasi 
izzat-u sharofatdir; may ham, ishq ham sirni fosh qiladi. 
Asrlar davomida ayon bo‘lgan haqiqat-u ma’rifat sirla-
rini ishq yuzaga chiqargan; may ham, ishq ham kishini 
behush qiladi. Ammo may behushligi nodonlik va g‘af-
latning tuban darajasidir, ishq behushligi esa sezgirlik 
va ogohlikning eng oliy martabasidir; mayparast mayni 
ichgan sari yana ko‘proq ichgisi keladi, ishqparast ham 
ishq dardiga mubtalo bo‘lgan sari yana ortiqroq berila 
boradi. Lekin ichuvchi borgan sari odamiylik qiyofasini 
yo‘qota boradi, sevuvchining esa insoniy fazilatlari orta 
boradi; may ham, ishq ham nomus-u hayo pardasini 
ko‘taradi. Biroq ichgan o‘zidan o‘zgani haqorat qilib, 
xalqqa ozor berishdan uyalmaydi, sevgan esa o‘zgalar 
uchun o‘zini xor-u zor qilishdan or qilmaydi.
7
Biz yuqorida dunyo xalqlari hayotiga mayning qay 
darajada chuqur kirib borgani to‘g‘risida so‘z yuritdik. 
Lekin “Qur’oni Karim”dek muqaddas kitobda, “Qisasi 
Rabg‘uziy” kabi ko‘plab badiiy asarlarda mast qiluvchi 
har qanday narsa qattiq qoralanadiki, bundan may va 
sharob bashariyat tarixida o‘zining salbiy izini qoldir-
ganini anglash qiyin emas. Bu o‘rinda temuriy hukmdor-
lar taqdiri bilan bog‘liq dahshatli holatlarni eslab o‘tish-
ning o‘zi kifoya. Shu sabab Alisher Navoiyning ko‘pgina 
asarlarida mayga nisbatan o‘ta salbiy munosabatning 
guvohi bo‘lamiz.
Bundan xulosa qilish mumkinki, may ta’rifidagi 
she’rlarda zimdan may va ishq o‘rtasidagi ziddiyatlar 
ham nazarda tutiladi. Bu orqali shoir she’rxonga mut-
laq lazzat mayda emas, balki haqiqiy ishqda ekanini, 
haqiqiy ishq va ma’rifatgina insonni jaholat botqog‘idan 
qutqarishi mumkinligini uqtirmoqchi bo‘ladi. 
Xulosa qilib aytganda, may ishq mavzusiga tegish-
li timsollar silsilasining muhim bir uzvi hisoblanib, uni 
soqiy, jom, xum, mayxona, mug‘anniy
kabi ko‘plab 
istilohlar bilan aloqadorlikda tadqiq etish maqsadga 
muvofiq. Shundagina uning poetik obraz darajasiga 
ko‘tarilish mohiyati, boshqa obrazlarni keltirib chiqa-
rishdagi o‘rni, botiniy xossalarini to‘la anglash mumkin. 
1
Bencheikh J.E. Khamriyya // The Encyclopedia of Islam. New edition. – Vol. IV. – Leyden, 1997. – PP. 998-1009.
2
Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. I jild. – Toshkent: Fan, 1966. 343-bet.
3
M.Asadov. O‘zbek mumtoz she’riyatida rindona ma’no va lirik qahramon xarakteri. Filol. fan. fals. d-ri. …diss. – Toshkent, 
2017. 22-bet.
4
D.Mingboyeva. Timsollar tilsimi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2007. 18-bet.
5
Русанов М. Красота в вине. Поэтика винопития в санскритской литературе // Вестник РГГУ, 2011, № 2 (63). С. 93–94.
6
Najmiddin Komilov. Tasavvuf. – Toshkent: Movarounnahr – O‘zbekiston, 2009.139-bet.
7
A.Rustamiy. Adiblar odobidan adablar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2003. 56–57-betlar.



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə