Psixologiya va gumanitar fanlar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/71
tarix19.12.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#153002
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Psixologiya va gumanitar fanlar

Simpatiya
– o‘zaro ѐqtirib 
qolish, bu sevgining ilk bosqichi hisoblanadi. Bunda asosan sevgi ob’ektning 
tashqi jozibasi rol o‘ynaydi.
Talant
(grekcha talanron – dastlab o‘lchov, mezon, keyin esa ko‘chma ma’noda – 
qobiliyatlar darajasi) – inson qobiliyatlarining, eng avvalo u ѐki bu turdagi 
faoliyatda ulkan yutuqlarga erishishini ta’minlovchi maxsus yuksak rivojlanish 
darajasi.
Tashabbuskorlik
– xarakterning qimmatli xislati bo‘lib, bu xislat ko‘pchilik 
kishilarda ommaviy tus olgandir.
Temperament
(lot. temreramentum – qismlarning tegishli muvofiqligi, 
mutanosibligi) – inson hulq-atvori va psixik jaraѐnlarining dinamik xarakteristikasi 
bo‘lib, ularning tezligi, o‘zgaruvchanligi, samaradorligi, ishchanligi va boshqalarda 
namoѐn bo‘ladi.
Tafakkur 
– turli masalalarni (nazariy va amaliy) echishga qaratilgan va bu 
yumushni ado etishni (javob topishni) ta’minlaydigan ko‘plab psixik jaraѐnlar, 
harakatlar, holatlardir. Tafakkurni funksional tizim sifatida jalb qilish qisman 
ongli, qisman odatlar, malakalar va asab tizimi tomonidan yuzaga keltirilgan 
insonning ilgarigi taraqqiѐti, tarbiyasi, o‘z-o‘zini shakllantirishdan iborat beixtiѐr 
harakatlari tufayli amalga oshiriladi.
Til 
– inson aloqalari, tafakkuri uchun axborotni asrash va avloddan avlodga 
etkazib berish vositasi bo‘lib xizmat qiladigan belgilar tizimidir.
Unutish
– eslash va ѐd bo‘lib qolgan ѐki o‘zlashtirilgan materialni qayta xotirlash 
imkoniyatining asta-sekin so‘nib borishini aks ettiruvchi jaraѐndir.
Fantaziya
- haѐlning borliqdan, haqtqatdan biroz uzoqlashuv jaraѐnidir.
Fizionomika
– odam yuz qirralari va ularning nisbati orqali odamning 
xususiyatlarini o‘rganish.
Faoliyat
insonning voqeilikni, o‘zini o‘zi ijodiy o‘zgartirish, takomillashtirish, 
mukammallashtirishga yo‘naltirilgan faolligi. Psixologik jihatdan ichki ehtiѐjni 
qondirish deya talqin etiladi. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə