Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

CdSe 
ni 
ZnS 
bilan 
qoplanadi. 
ZnS 
kvant nuqtalami oksidlanishga chidamliligini oshiradi 
va fluoressensiyani intensivligini bir necha marotabaga oshiradi.
Nanokristallaming o‘lchamini o'zgartirish orqali optik spektmi 
xohlagan joyiga 
o‘mashtirilgan, 
fluoressensiyaga 
ega 
bo'lgan 
fluoroxromlar olish mumkin. Ammo 
CdSe/ZnS 
ni nanokristallari juda 
past gidrofillikka ega boMganliklari sababli, ulami biologik sistemada 
ishlatilishi chegaralangan. Kvant nuqtalarini solyubilizatsiya qilish 
(suvli muhitga o‘tkazish) usullaridan biri, ulami sirtida polimer qavat 
hosil qilish hisoblanadi. Keyin bunday polimerga antitelalar bog‘lash 
mumkin bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida nanokristallni biologik nishonga 
spetsifik va yuqori darajada tanlab bog'lash imkonini beradi (8-rasm).
8-rasm. Kvant nuqtani tuzilish chizmasi. a) polimer bilan qoplangan;
b) antitelalar bilan qoplangan. 1- yadro (CdSe), 2-ZnS qavat (obolochka),
3 -polimer, 4 - antitana(antitela).
Har xil o ‘lchamga ega boMgan kvant nuqtalar keng diapozonli optik 
spektrga ega bo‘lgan (ultrabinafshadan - yaqin infraqizil qismgacha) 
nurlami yuta oladi. Bu esa, bir manba yordamida nanokristallarni har xil 
rangga kirib tovlanishini ta’minlaydi.
Nanokristallar 
organik fluoroxromlarga qaraganda, yuqoriroq 
fotostabillikka va qisqa spektrli fluoressensiyaga ega. Nanokristallarni 
yuqori darajada fotostabilligi (bu xususiyat, organik fluoroxromlarga
a
b
20


nisbatan bir necha daraja baland), u!ami konfokalli mikroskopiyada 
ishlatish imkonini beradi (9-rasm). Bu uzoq vaqt davomida (soatlab, 
hatto bir necha kunlab) real vaqt rejimida, hujayra ichida o‘tadigan 
jarayonlami kuzatish imkonini beradi.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə