Qadimgi tsivilizatsiya sharoitida ta'lim


PREZIDENT XALQ TA’LIMI TIZIMIDAGI MUAMMOLAR VA KAMCHILIKLARNI MA’LUM QILDI



Yüklə 183,85 Kb.
səhifə17/29
tarix27.07.2023
ölçüsü183,85 Kb.
#120026
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Qadimgi tsivilizatsiya sharoitida talim

PREZIDENT XALQ TA’LIMI TIZIMIDAGI MUAMMOLAR VA KAMCHILIKLARNI MA’LUM QILDI



6-sen, 2018xalq talimi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Xalq ta`limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
Hujjatda qayd etilishicha, xalq ta`limi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma`naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonida ta`limning innovatsion shakllari va usullarini qo‘llashga ko‘maklashadi.
Shu bilan birga, ushbu sohadagi ishlar holatini tanqidiy tahlil qilish xalq ta`limi tizimi boshqaruvini tashkil etish, davlat umumiy o‘rta ta`lim muassasalarining faoliyatini amaliy jihatdan muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnik holatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishda bir qator muammolar va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan:
birinchidan, joylarda umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta`lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, umumta`lim muassasalari rahbarlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarini hal etish, idoraviy mansub tashkilotlarning mulkidan samarali foydalanishda xalq ta`limi boshqaruv organlari rolining yetarli darajada emasligi;
ikkinchidan, umumta`lim muassasalari rahbarlari zimmasiga ularga xos bo‘lmagan vazifalar va funksiyalarni yuklash, muassasa direktori va uning o‘rinbosarlari o‘rtasida vakolatlarning aniq taqsimlanmaganligi, ular faoliyati samaradorligini baholashning aniq mezonlari va parametrlari mavjud emasligi;
uchinchidan, umumiy o‘rta ta`limning dolzarb masalalari va ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqotlarning mavjud emasligi, o‘quv-tarbiya jarayonini uslubiy ta`minlash masalalarida xalq ta`limi bo‘limlari va umumta`lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik darajasining pastligi;
to‘rtinchidan, rahbarlar, o‘qituvchilar va umumta`lim muassasalari boshqa xodimlarining kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvdan himoya qilish mexanizmlarining samarasizligi, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan maktablarni tekshirish haddan ziyod ko‘payib ketganligi;
beshinchidan, ta`lim sifatini ta`minlash, o‘qituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirish masalalarida umumta`lim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik darajasining yetarli darajada emasligi, o‘quv-tarbiya jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining mavjud emasligi;
oltinchidan, xalq ta`limi tizimi muassasalarini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta`minlash mexanizmining mukammal emasligi, ularning faoliyatiga zamonaviy me`moriy yechimlar, innovatsion ishlanmalarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi.
Manba: kun.uz

100000000000000100000000000000000000000000000000001111000



Yüklə 183,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə