Qadimgi tsivilizatsiya sharoitida ta'lim


Maktabdagi o‘quv dasturlari muammolari



Yüklə 183,85 Kb.
səhifə29/29
tarix27.07.2023
ölçüsü183,85 Kb.
#120026
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Qadimgi tsivilizatsiya sharoitida talim

4. Maktabdagi o‘quv dasturlari muammolari. Ta’lim jarayonini zamonaviy talablarga javob bermaydigan eskirgan o‘quv dasturlari asosida tashkil etish yana bir muammolardan biri sanaladi. O‘quv adabiyotlaridagi matn tushunish uchun “murakkabligi” va o‘qitishning asosan nazariy jihatdan yo‘naltirilganligi o‘quvchilarda tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon bermaydi, o‘qituvchilarning ijodiy yondashuvini cheklaydi. Ba’zi hollarda, tizimlilik yetishmaydi va shuning uchun boshlang‘ich sinflarda olingan bilimlar yuqori sinflarda to‘ldirilmaydi.
Shu o‘rinda Prezident, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari tajribasini qo‘llash maqsadga muvofiq. Bugungi kunda 790 ta ixtisoslashtirilgan maktablarda aniq fanlar va xorijiy tillar ilg‘or xorijiy tajriba asosida chuqur o‘rganilmoqda. Prezident va ijodiy maktablarda ta’limga yondashuv iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash va tarbiyalashga, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratishga qaratilgan. Mazkur maktablar o‘quvchilarning qiziqishlari va xususiyatlarini inobatga olgan holda, ayrim fanlar va ularni o‘rganish darajasini tanlab olish orqali o‘quv jarayonini individuallashtirish usullaridan foydalanadilar. Shuning uchun ko‘pgina ota-onalar farzandlarini ushbu maktablarda ta’lim olishini afzal ko‘rishadi. Bizning fikrimizcha, ushbu maktablarning yutuqlari 2025 yilda milliy o‘quv dasturiga o‘tish bo‘yicha rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda hisobga olinishi kerak.
Ta’lim jarayoni va pedagogik mahoratni takomillashtirishda A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini kuchaytirish va faollashtirish lozim. Aynan ushbu institut mazkur sohadagi tashabbuslarning yetakchisiga aylanishi, pedagogik kompetensiyalarni takomillashtirish bo‘yicha tizimli tadqiqotlar olib borishi, maktablarda o‘quv jarayoni monitoringini olib borishi va kompetensiyalarga asoslangan yondashuv asosida ta’lim muammolariga yechimlarni taklif qilishi kerak.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xalq ta’limi sifatini oshirish quyidagi choralar bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim:
- jamiyatda o‘qituvchilarga nisbatan hurmatda bo‘lish munosabatini shakllantirish, o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuzlarning oldini olish;
- ta’lim sifatini oshirish va ijodiy yondashuvni qo‘llashga qaratilgan Milliy o‘quv dasturiga o‘tish;
- Respublikadagi barcha maktablarda Prezident, ijodiy va ixtisoslashtirilgan maktablardagi o‘quv jarayonini tashkil etishda qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribadan foydalanish;
- “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qilish, o‘qituvchilarni asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishga va turli faoliyatga majburiy jalb qilish uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash;
- munosib ish haqi, ijtimoiy imtiyozlar va preferensiyalar bilan ta’minlash orqali o‘qituvchining imidjini bosqichma-bosqich oshirish;
- barcha umumta’lim maktablarini, ayniqsa, mamlakatimizning chekka hududlaridagi maktablarni raqamlashtirish va lozim darajada moddiy-texnik jihozlanishini ta’minlash.
Abdulaziz Rasulev,
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktorining o‘rinbosari,
yuridik fanlar doktori, professor
Shoxjaxon Xo‘jayev,
Toshkent davlat yuridik universiteti
Intellektual mulk huquqi” kafedrasining mudiri,
yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori


1111111111151111111155555555555555551111111111555555555555
Yüklə 183,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə