Qadimgi tsivilizatsiya sharoitida ta'lim


Maktablarning moddiy-texnik ta’minot bilan bog‘liq muammolar



Yüklə 183,85 Kb.
səhifə28/29
tarix27.07.2023
ölçüsü183,85 Kb.
#120026
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Qadimgi tsivilizatsiya sharoitida talim

3. Maktablarning moddiy-texnik ta’minot bilan bog‘liq muammolar. Zamonaviy maktab talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi munosabatlar uchun qulay platforma sanaladi. Bu qulaylik maktabning zamonaviy texnologiyalar (smart-doskalar, kompyuter jihozlari) bilan ta’minlanishini talab qiladi. Bularsiz maktab ta’limi zamonaviy voqelikdan orqada qoladi, bu esa ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, lozim darajadagi moddiy-texnik ta’minot ta’lim jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi.
Moddiy-texnik ta’minot bilan bog‘liq muammolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 28 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan maktab ta’limini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida alohida ko‘rsatib o‘tildi. Bugungi kunda 1695 ta maktab kapital ta’mirga muhtoj, bu barcha umumta’lim maktablarining 16,7 % ni tashkil etadi. Paxsadan qurilgan 179 maktab faoliyat yuritmoqda. 3 mingdan ortiq maktablarda qo‘shimcha o‘quv xonalariga ehtiyoj mavjud. 2 mingdan ortiq maktabda sport zallar yo‘q.
Moddiy-texnik muammolar maktablarni raqamlashtirish jarayonini yanada sekinlashtiradi. Maktab tizimida hali ham 200 dan ortiq turdagi hisobotlar mavjud bo‘lib, odatda ular qog‘oz shaklida tuziladi. O‘qituvchi kasbining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda bunday ovoragarchilik o‘qituvchilarga ta’lim metodikasini takomillashtirishga va darslarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga imkon bermaydi.
Bunday sharoitda qanday sifat haqida gapirish mumkin? Hech shubhasiz, zarur shart-sharoitlarni yaratmasdan, o‘qituvchilardan ijobiy natijalarni talab qilish adolatdan emas.
Ba’zida o‘qituvchilar moddiy-texnik muammolar uchun “javob berishlari”ga to‘g‘ri kelmoqda. Masalan, joriy yilning yanvar oyida Samarqand viloyatida maktab o‘quvchisi “Bir million dasturchi” tanlovining ikkita bosqichida g‘olib bo‘lganligi uchun unga sovrin sifatida o‘qituvchiga tegishli bo‘lgan eski noutbuk sovg‘a qilindi. Xuddi shunday, Namangan viloyatining Norin tumanidagi maktab o‘quvchisining sovg‘asi – noutbukning o‘qituvchilar tomonidan olib qo‘yilishi norozilik va tushunmovchilikka sabab bo‘ldi.

Yüklə 183,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə