Qadimgi tsivilizatsiya sharoitida ta'lim


Maktab o‘qituvchisi kasbining obro‘si unchalik yuqori emasligi



Yüklə 183,85 Kb.
səhifə26/29
tarix27.07.2023
ölçüsü183,85 Kb.
#120026
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Qadimgi tsivilizatsiya sharoitida talim

2. Maktab o‘qituvchisi kasbining obro‘si unchalik yuqori emasligi. Afsuski, maktab o‘qituvchisi talab yuqori bo‘lgan kasblardan biri emas. Birinchidan, bu o‘qituvchilarning ish haqi bilan bog‘liq. Masalan, oliy toifali o‘qituvchining tarif stavkasi miqdori 2.881.828 so‘mni, toifasiz, ammo oliy ma’lumotli o‘qituvchilarniki esa – 1.954.033 so‘mni tashkil etadi, bu bozor iqtisodiyotida oliy ta’lim muassasalarini bitirganlar uchun juda kam hisoblanadi. Shuning uchun, ba’zida boshqa yuqori maoshli ish topa olmagan bitiruvchilar o‘qituvchi bo‘lishga qaror qiladilar.
Xorijiy mamlakatlarda o‘qituvchilar uchun munosib maosh to‘lashga katta e’tibor qaratilgan. Masalan, Shveysariyada o‘qituvchilarning maoshi oyiga 6240 dollargacha, Germaniyada – 5500 yevrogacha, Yaponiyada – 3900 dollargacha, AQShda – 3900 dollargachini tashkil etadi.
Ish haqining pastligi o‘qituvchilarni yangi daromad manbalarini izlashga undaydi. Ba’zida o‘qituvchilar qo‘shimcha ish qidirishlari kerak. Ayrim o‘qituvchilar dars soatlari sonini ko‘paytirishga harakat qilishadi, bu o‘qitish sifatini pasaytiradi va bir vaqtning o‘zida boshqa o‘qituvchilarni ish vaqtidan mahrum qilishi mumkin. Kimdir 1,5 stavkada va boshqasi esa yarim stavkada ishlayotgan vaziyat vujudga kelishi mumkin.
Bugungi kunda maktablarda kadrlar yetishmasligi holatlari mavjud. Aholining o‘sishini hisobga olgan holda270 ta maktabga ehtiyoj bor, bu ham o‘qituvchi kadrlarning tayyorlashni talab qiladi. Shu maqsadda davlat maktablar uchun tegishli kadrlar – o‘qituvchilar tayyorlash choralarini ko‘rmoqda. 2021/2022 o‘quv yilida faqat kunduzgi ta’lim shakliga pedagogik mutaxassisliklar bo‘yicha 26115 nafar bakalavrlarni tayyorlash nazarda tutilgan bo‘lib, bu kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan jami o‘rinlarning 23 % ni tashkil etadi. Ushbu kvotalarning 40 % ga yaqini davlat granti asosidagi o‘rinlardir. Shunga qaramay, maktab ta’lim jarayonini boshqarish tizimining ma’lumotlariga ko‘ra (https://xt.uzedu.uz/) 2022 yil fevral oyi oxirida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari (248), rus tili (414matematika (407), informatika va axborot texnologiyalari (400), ingliz tili (322), musiqa (270), fizika (263), geografiya (197), biologiya (195), iqtisodiy bilim asoslari (193), tarix (190), kimyo (188) kabi fanlar bo‘yicha o‘qituvchilarga ehtiyoj mavjud. Mazkur davrga kelib maktab o‘qituvchilari lavozimi uchun barcha bo‘sh ish o‘rinlari soni 4393 tani tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich shuni ko‘rsatadiki, bo‘sh ish o‘rinlarini faqat pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga kirish kvotalarini oshirish orqali to‘ldirishning iloji yo‘q. Shuning uchun bu tizim o‘qishni tugatgandan so‘ng maktablarda muayyan muddat (masalan, 5 yil) uzluksiz ishlash majburiyatini olish sharti bilan qayta ko‘rib chiqilishi lozim.

Yüklə 183,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə