Qadimgi tsivilizatsiya sharoitida ta'lim


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV



Yüklə 183,85 Kb.
səhifə24/29
tarix27.07.2023
ölçüsü183,85 Kb.
#120026
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Qadimgi tsivilizatsiya sharoitida talim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent shahri, 2018 yil 5 iyun

1111111411111111111444444444444444444444444411111111144444



Maktab ta’limi tizimi: muammolar va istiqbollar


Kirmang / Bilasizmi? / Yurtimizda
A A A

Xalq ta’limi O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Aynan maktab ta’limining sifati va qulayligi davlatning rivojlanish istiqbollarini aks ettirib, yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun zamin yaratadi. Ta’lim uchun mablag‘larni tejash mumkin emas, degan fikrga qo‘shilmasdan boshqa ilojimiz yo‘q. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida maktab ishlari davlat nazoratida ekanligi bejizga ta’kidlangan emas. Abdulla Avloniy aytganidek «Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat,yo saodat – yo falokat masalasidir».


Xalq ta’limining bugungi holati
Bugungi kunda O‘zbekistonda 10130 ta umumta’lim maktablari mavjud bo‘lib, ularning 2730 tasi shaharlarda7408 tasi esa qishloqlarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda maktablarda 6246491 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.
Xalq ta’limi tizimida bag‘rikenglik va insonparvarlik tamoyillari inobatga olingan. Ma’lumki O‘zbekiston ko‘p millatli mamlakat sanaladi. Shuning uchun maktablarda ta’lim yettita tilda olib boriladi. Xususan, o‘zbek tilida ta’lim beradigan maktablar bilan bir qatorda (8227 ta maktab245 ta qoraqalpoq tilida, 143 ta qozoq tilida 92 ta tojik tilida, 88 ta rus tilida, 23 ta turkman tilida, shuningdek, 21 ta qirg‘iz tilida ta’lim beradigan maktablar mavjud.
Maktablarda jami 502867 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, shundan 343961 nafarini ayollar, qolgan 158726 nafarini erkaklar tashkil etadi.
Maktab o‘qituvchilarining 26929 nafari oliy toifaga74703 nafari birinchi toifaga118478 nafari ikkinchi toifaga ega bo‘lib282577 nafar o‘qituvchilar tegishli toifalarga ega emas.
Ma’lumki, mamlakatimizdan iqtidorli bolalarni aniqlash, o‘qitish va tarbiyalash, ularni yanada qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ma’naviy boy va intellektual rivojlangan avlodni shakllantirish maqsadida 2019 yili xorijiy ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ta’lim jarayoni ingliz tilida olib boruvchi Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan, bu esa ta’lim sifatining ilg‘or andozalari qo‘llanilayotganidan dalolat bermoqda.
Maktab ta’limi, ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xorijiy tillarni chuqur o‘rganish imkoniyatlarini yaratish sohasida muhim voqealardan biri bu ijodiy va ixtisoslashtirilgan maktablarning tashkil etilishi bo‘ldi.
So‘nggi besh yil davomida xalq ta’limi tizimini takomillashtirishning huquqiy asoslari yaratildi. Xususan, “Ta’lim to‘g‘risida” Qonunning yangi tahriri qabul qilindi, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Maktab ta’limini rivojlantirish sohasida bevosita 17 ta hujjat, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4 ta hujjati qabul qilindi.
Umuman ta’lim sohasida mavjud yutuqlarga qaramasdan xalq ta’limida bir qator muammolar mavjud. Ayniqsa, hozirgi axborot asrida deyarli muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlarda maktablardagi ta’lim muammolari haqida xabarlar yoki materiallarni uchratish mumkin. Ular orasida vaqtinchalik tusga ega (masofaviy ta’limga o‘tish, qonunchilikdagi o‘zgarishlar) hamda tizimli (jamiyatda o‘qituvchilarga munosabat, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar) muammolar mavjud. Misol uchun, https://www.uzedu.uz/uz/tankidlarga-munosabat-2021 havolasi orqali O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimidagi tanqidlar va ularga xalq ta’limi vazirligining javoblari bilan tanishish mumkin. Vazirlik tomonidan quyilgan bunday qadam juda muhim, ammo amalga oshirilayotgan muloqat ta’lim sifatining pasayishiga olib keladigan sabab va sharoitlarni yo‘q qilishga qaratilgan bo‘lishi bundan ham muhimdir.
Ta’limdagi muammolar davlatning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Shu munosabat bilan joriy yilning 28 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Davlatimiz rahbari darajasida maktab ta’limi sohasidagi muammolar va dolzarb masalalar qayd etildi, qator takliflar ilgari surildi. Albatta, bunday g‘amxo‘rlik maktab ta’limining ustuvorligidan dalolat beradi. Biroq, maktab ta’limi muammolari tizimli va mustaqil tarzda hal qilinishi kerak. Muammolar chetdan turib hal qilinadi, deb uylash xatodir, shuning uchun xalq ta’limi sohasidagi davlat siyosatida ishtirok etadigan barcha davlat organlaridan tashabbuskorlik talab etiladi.
Ta’limning asosiy muammolari va uning sifati tushib ketishining sabablari

Yüklə 183,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə