Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

26 – mashg’ulot. 
Mavzu: To‘garak chuvalchanglar (Nemathelminthes) tipi. Nematodalar 
(Nematoda) sinfi. Vakillar: Odam askaridasi, bolalar gijjasi yoki rishtaning 
tashqi va ichki tuzilishi. 
 
Ishning maqsadi: 
Odam askaridasi, bolalar gijjasi va rishta ning tuzilishi va 
rivojlanish siklini о‘rganish. 
Kerakli materiallar va jihozlar: 
Askarida, bolalar gijjasi va rishta tashqi 
kо‘rinishini va ichki organlarining tuzilishini aks ettiruvchi tablitsalar,6%li 
formalin eritmasida fiksatsiya qilingan askaridalar, askarida tanasi kо‘ndalang 
kesmasining tablitsasi va mikropreparatlari, mikroskoplar, qо‘l lupalari, preparaval 
ninalar, tо‘g‘inag‘ichlar, tubi mum va sham aralashmasi bilan qoplangan 
vannachalar, suv, buyum va soat oynalari, tomizgichlar.
 


Ishning mazmuni: 
Odam askaridani tanasi chuvalchangsimon bо‘lib, oldingi va 
keyingi uchlari ingichkalashgan, kо‘ndalang kesimi esa doira shaklida. 
Urg‘ochilari 35-40 sm, erkaklari 25-30 sm uzunlikda bо‘ladi. Bularda jinsiy 
demorfizm aniq ifodalangan. Erkaklari kichik va dum qismi ilmoqsimon qayrilgan, 
urg‘ochilari tanasining 1\3 qismida halqa shaklida ichiga botib kirgan joyibо‘lib, u 
yerda jinsiy teshik joylashgan. 
Voyaga yetgan askaridalar odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Lekin 
ular ba’zan jigar, о‘pka, yurak va jinsiy organlarda ham uchrashi mumkin. Ammo 
bu organlar odam askaridasi uchun mos bо‘lmasdan, nomuvofiq joylashishdir. 
Askaridaningsh ot, chо‘chqa va boshqa hayvonlarning ichagida parazitlik qilib 
yashaydigan turlari ham bor. 
Askaridaning tanasi kо‘p qavatli kutikula bilan qoplangan, u yarim 
о‘tkazgich xususiyatiga ega bо‘lganligi uchun tanasi doim tarang (turgor) holatda 
bо‘ladi. Kutikulaning ostida gipoderma joylashgan. Gipoderma shakli о‘zgangan 
qoplovchi tо‘qimadir, chunki hayvonlarning yosh davrida undagi hujayralar bir-
biridan aniq farqlanadi. Lekin keyinchalik ularning chegarasi yо‘qolib, 
protoplazma qо‘shilib ketadi va ulardagi yadrolar tarqoq holatda bо‘lib kо‘rinadi, 
ya’ni sinsitial tuzilishga ega bо‘ladi. Gipodermadan keyin bо‘yiga chо‘zilgan bir 
qavatli mukullar joylashadi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə