|
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasiQarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka
27 – mashg’ulot.
Mavzu:
Ignaterililar
(Echinodermata)
tipi.
Dengiz
yulduzlari
(Asteroidea) sinfi. Vakil: Dengiz yulduzi (
Asterias sp
.). Tashqi va ichki
tuzilishi
.
Ishning maqsadi:
Dengiz yulduzining tashqi va ichki tuzilishi о‘rganish.
Kerakli materiallar va jihozlar:
Dengiz yulduzining tashqi va ichki
tuzilishi rivojlanishini aks etiruvchi tablitsalar, fiksatsiya qilingan dengiz
yulduzlari.
Ishning mazmuni:
Dengiz yulduzlarining tanasi meyoriy holatda oral va
undan tarqaluvchi beshta nurdan iborat. Diskning markazidan ikki xil
yо‘nalishdagi chiziq о‘tkazish mumkin. Har bir nurning markazi orqali о‘tadigan
chiziqni
radiuslar
, ikki nur oralig‘idan о‘tadiganlarini esa
interradiuslar
deyiladi.
Dengiz yulduzlarining tanasi meyoriy holatda oral qutbi bilan substratga
(dengiz tubiga) qaragan bо‘ladi. Xuddi shu tomonida – diskning markazida og‘iz
tushigi joylashgan. Har bir nurning oral tomonida uning markaziy chizig‘i bо‘ylab
joylashgan egatchasi bor. Unda 4 qator bо‘lib joylashgan juda kо‘p о‘simtalar yoki
ambulakral
– oyoqchalar bо‘ladi. Oral qutbiga qarama-qarshi tomoni
aboral qutb
deb ataladi. Bu qutbning markazida anal teshigi joylashgan. Dengiz yulduzi
tanasining aboral qutbi ohakdan iborat juda kо‘p kichik ignalar bilan qoplangan.
Bularning ba’zilari о‘zgarib, о‘ziga hos qisqichlarga – peditsellyariyalarga
aylangan. Ular hayvon tanasidagi ignalarning orasiga kirib qolgan yot zarralarni
tozalaydi.
Hamma ignatanlilar, shu jumladan, dengiz yulduzlarida ham ambulyakral
sistema yoki suvli naychalar sistemasining bо‘lishi xarakterlidir. Bu sistema aboral
qutbdagi madrepora plastinkadan boshlanadi. Plastinkadagi mayda teshikchalar
orqali о‘tgan suv maxsus tosh kanalchaga о‘tadi. Bu kanalning devori oxakdan
iborat bо‘lganligi uchun ham uni
tosh kanal
deb ataladi. Bu kanal interradial
tartibda joylashgan bо‘lib, aboral tomonidan oral tomonga о‘tadi va abulakral
sistemaning halqum atrofidagi kanaliga qо‘yiladi. Halqa kanalidan beshta radial
kanal boshlanadi. Ambulakral sistemaning nur ostidan о‘tadigan radial kanalidan
chetka qarab juft-juft, kichik-kichik kanalchalar boshlanadi va ular ambulakral
oyoqchalarning bо‘shlig‘iga qadar davom etadi.
|
|
|