R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Sotish xarajatlari tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə285/307
tarix12.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148958
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

17.2. Sotish xarajatlari tahlili 
17.2.1. Sotish xarajatlari tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida agrar sohada faoliyat yuritayotgan 
ta’minot tashkilotlarida xarajatlarni kamaytirish va tannarxni pasaytirish masalasi 
bugungi kunda asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev «... xarajatlarni va tannarxni pasaytirish
mahalliylashtirish va rentabellik darajasini, mahsulot raqobatdoshligini so‘zsiz 
oshirish»
68
vazifasini hal etish lozim deb ta’kidlab o‘tganlar. Mazkur vazifaning 
bajarilishi, albatta ta’minot tashkilotlari o‘rtasida erkin raqobatni vujudga keltirish, 
sotish xarajatlarini kamaytirish, tovarlar tannarxini arzonlashtirish va mehnat 
unumdorligini oshirish imkonini beradi. 
Bugungi kunda respublikamizda xarajatlarning mohiyati, tasnifi va tavsifi
tan olinishi, schyotlar tizimi va ular bo‘yicha buxgalteriya yozuvlarini amalga 
oshirish tartibi bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar tizimi shakllangan: 
-
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»; 
-
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi; 
-
3-sonli BHMS «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot»; 
-
21-sonli BHMS «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati 
buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»; 
-
«Mahsulot (ish va xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi 
hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom». 
Ma’lumki, xarajatlar hisobot davrida aktivlarning chiqimi yoki kamayishi 
yoxud majburiyatlarning ortishi shaklida iqtisodiy nafning kamayishi bo‘lib, 
68
Sh.M.Mirziyoyev Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining 
kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 
2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar 
Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar. - Toshkent: «O‘zbekiston», 2017. - 14 b. 


412 
korxonalarda moliyaviy natijalarni o‘lchashdagi asosiy elementlardan biri 
hisoblanadi. 
Yuqoridagi normativ hujjatlardan biri Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 
fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish va xizmat) larni ishlab 
chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish 
tartibi to‘g‘risida Nizom»ga ko‘ra xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-
xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar to‘rt guruhga bo‘linadi (17.2-rasm). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə