R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə283/307
tarix12.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148958
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

17.6-jadval 
Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJ tovar aylanmasi hajmining 
o‘zgarishiga tovar balansi ko‘rsatkichlari ta’sirining tahlili 
(ming so‘m) 
Ko‘rsatkichlar 
Reja 
bo‘yicha 
Haqiqatda 
O‘zgarishi 
(+;-) 
Tovar aylanmasi 
hajmining o‘zgarishiga 
omillar ta’siri 
so‘m 
hisobida 
foiz 
hisobida 
Yil 
boshiga 
tovar 
zaxiralari qoldig‘i 
51143 
74446 
+23303 
+23303 
+1,05 
Tovarlar kirimi 
2217600 
2364551 
+146951 
+146951 
+6,64 
Tovarlarning 
turli 
chiqimi 
14273 
17707 
+3434 
-3434 
-0,15 
Yil 
oxiriga 
tovar 
zaxiralari qoldig‘i 
40500 
57930 
+17430 
-17430 
-0,79 
Sotilgan tovarlar hajmi 
2213970 
2363360 
+149390 
+149390 
+6,75 
17.6-jadval 
ma’lumotlaridan 
ko‘rinadiki, 
Toshkent 
viloyati 
«Agrokimyohimoya» AJda tovar aylanmasi hajmi haqiqatda rejaga nisbatan 
149390 ming so‘mga yoki 6,75 foizga oshgan. Bunday o‘zgarishga tovar balansi 
bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarning ta’siri quyidagicha bo‘lgan. Ya’ni, yil boshiga 
tovar zaxiralari qoldig‘i rejaga nisbatan haqiqatda 23303 ming so‘mga ko‘payishi, 
bevosita tovar aylanma hajmining 23303 ming so‘mga yoki 1,05 foizga oshishiga 
olib kelgan. Bunga mos ravishda, tovarlar kirimining ham haqiqatda rejaga 
nisbatan 146951 ming so‘mga ko‘payishi, tovar aylanma hajmini 146951 ming 
so‘mga yoki 6,64 foizga ortishiga ta’sir ko‘rsatgan. Biroq, rejaga nisbatan 
haqiqatda tovarlar turli chiqimining 3434 ming so‘mga va yil oxirida tovar 
zaxiralarining 17430 ming so‘mga ko‘payishi, tovar aylanma hajmining 
o‘zgarishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, uning hajmining 20864 (3434+17430) 
ming so‘mga yoki 0,94 foizga kamayishiga ta’sirini ko‘rishimiz mumkin. Shu 
sababli, Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJ rahbariyati tovarlarning turli 


407 
chiqimini (yo‘qolishi, buzilishi, kamomad va h.k.) qat’iy nazorat qilishi va 
ularning oldini olish hamda yil oxirida tovar zaxiralari qoldig‘ini kamaytirish, 
ya’ni sotish choralarini ko‘rishi lozim.
Shunga o‘xshash hisob – kitoblarni tovar aylanma hajmida asosiy salmoqni 
tashkil etuvchi tovar turlari bo‘yicha ham amalga oshirib o‘rganish mumkin. Bu 
albatta, asosiy tovar turlarining umumiy tovar aylanma hajmiga ta’sirini aniqroq 
baholash imkonini beradi. 
Tovar aylanmasi hajmining o‘zgarishiga tovar balansi ko‘rsatkichlari bilan 
bog‘liq omillar ta’sirini o‘rganish bilan bir qatorda tovar resurslaridan foydalanish 
samaradorligiga ham baho beriladi. Tovar resurslaridan foydalanish samaradorligi 
(S
t.r
) ko‘rsatkichi quyidagicha aniqlanadi: 
S
t.r 
= TS / (TZ
y b
+ TK – TZ
y o
), (17.4) 
Mazkur hisob-kitob asosida 17.6-jadval ma’lumotlaridan foydalanib, tovar 
resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlaganimizda quyidagi ma’lumotlarga 
ega bo‘lindi: 
-
reja bo‘yicha: 
S
trr
= 2213970 / (51143 + 2217600 - 40500) = 0,993 
-
haqiqatda: 
S
trx
= 2363360 / (74446 + 2364551 - 57930) = 0,992 
Yuqoridagi hisob-kitob ma’lumotlari tovar resurslaridan foydalanish 
samaradorligi ko‘rsatkichi tovarlarni turli chiqimi (yo‘qolishi, buzilishi, kamomad 
va h. k) hisobiga pasayganligidan dalolat beradi. Shuningdek, tahlil jarayonida 
tovar zaxiralarining holati va tovar aylanuvchanligiga ham katta e’tibor qaratilishi 
lozim. Chunki, tovar aylanish rejasining bajarilishi, muomala xarajatlari, moliyaviy 
natijalari va moliyaviy ahvoli ushbu ko‘rsatkichlarga ham bog‘liq hisoblanadi. 
Tovar aylanmasi rejasining uzluksiz bajarilishi uchun tovar zaxiralari 
optimal darajada bo‘lishi lozim. Tovar zaxiralarning yetishmasligi yoki yetarli 
darajada bo‘lmasligi tovar aylanma hajmining o‘zgarishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, 
uning kamayishiga olib keladi. Tovar zaxiralarning ortiqchaligi kapitalning 


408 
muzlatilishi, aylanuvchanligining sekinlashishi va daromadliligining pasayishiga 
ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, tovar zaxiralari har doim belgilangan reja darajasida 
bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Tovar zaxiralar holatini umumiy baholash uchun tovarlar guruhining har biri 
va butun korxona bo‘yicha o‘rtacha yillik zaxiralar hisoblab chiqiladi va tahlil 
qilinadi. Ularning miqdori o‘rtacha xronologik miqdor bo‘yicha hisoblanadi. 
O‘rtacha tovar zaxiralarining normativdan farqi tovar aylanma hajmi va tovar 
aylanishi tezligining o‘zgarishi bilan bog‘liq. 
Tovar zaxiralari holatini o‘rganish bilan bir vaqtda tovarlar aylanishi darajasi 
o‘zgarishini ham o‘rganish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki, tovar 
aylanmasi hajmining oshishi yoki kamayishi bevosita mazkur ko‘rsatkichga 
bog‘liq bo‘ladi. 
Tovarlar aylanuvchanligi deganda ularning pulga aylanish tezligi 
tushuniladi. Agarda tashkilotda tovarlar aylanishi tezlashgan bo‘lsa, bu undan 
foydalanish samaradorligi ortganligi va qo‘shimcha foyda olinganligini anglatadi. 
Aksincha, tovarlar aylanishi sekinlashgan bo‘lsa, bu ularning yetishmasligini va 
xo‘jalik faoliyatni davom ettirish uchun tashqi manbalardan foydalanib, 
yetishmovchilikni to‘ldirish lozimligini bildiradi.
Odatda tovarlar aylanishining tahlilida quyidagi ko‘rsatkichlardan 
foydalaniladi: 
-
tovarlarning aylanish koeffitsiyenti; 
-
tovarlarning aylanish davri; 
-
tovarlar 
aylanmasining 
tovar 
zaxiralari 
bilan 
ta’minlanish 
koeffitsiyenti. 
Mazkur ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibini quyidagi jadvalda keltirib 
o‘tamiz (17.7-jadval). 


409 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə