R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-rasm. Xarajatlarning guruhlanishi



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/307
tarix12.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148958
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

17.2-rasm. Xarajatlarning guruhlanishi 
Xarajatlarni bunday guruhlashda ustun darajada soliq solinadigan bazani 
to‘g‘ri aniqlash maqsadi nazarda tutiladi.
Endi Nizomda keltirilgan xarajat guruhlaridan biri davr xarajatlariga 
to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Mazkur normativ hujjatda davr xarajatlariga quyidagicha 
ta’rif berilgan: «Davr xarajatlari ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan 
xarajatlar va sarflar bo‘lib, unga xo‘jalik yurituvchi subyektni boshqarish 
xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va umumxo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan 
boshqa xarajatlar kiradi»
69

Demak, Nizomda keltirilgan ta’rifga ko‘ra davr xarajatlari ishlab chiqarish 
jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar va sarflardan iborat. Lekin, bu turdagi 
xarajatlar qaysidir ma’noda korxonalarning asosiy faoliyati bilan ham bog‘liq 
hisoblanadi. Bu yerda gap «Davr xarajatlari» tarkibidagi «Sotish xarajatlari» 
to‘g‘risida bormoqda. Masalan, agrar sohada faoliyat yuritayotgan ta’minot 
tashkilotlarining asosiy faoliyati ta’minot, ya’ni ishlab chiqaruvchi korxonalardan 
69
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5-fevral 1999-yildagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
«Mahsulot (ishlar, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni 
shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom». 
XARAJATLAR 
1-guruh 
Mahsulot ishlab 
chiqarish tannarxiga 
kiritiladigan xarajatlar 
2-guruh 
Davr xarajatlariga 
kiritiladigan 
xarajatlar 
3-guruh 
Moliyaviy faoliyat 
bo‘yicha xarajatlar 
4-guruh 
Favqulotda 
zararlar 


413 
tovarlarni tuzilgan shartnomalar asosida belgilangan narxlarda sotib olib, 
iste’molchilarga shartnomalarda ko‘rsatilgan miqdorda va qiymatda o‘z vaqtida 
yetkazib berish faoliyati hisoblanadi. Shu sababli, ta’minot tashkilotlarida sotish 
xarajatlari asosiy faoliyat xarajatlari sifatida qaralishi lozim. Chunki, ta’minot 
tashkiloti ishlab chiqaruvchidan tovarlarni sotib olgandan so‘ng to iste’molchiga 
yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonda ma’lum xarajatlarni amalga oshiradi. 
Ammo, iqtisodiy adabiyotlarda ushbu jarayonda qilingan xarajatlar sotish 
xarajatlari emas, balki muomala xarajatlari sifatida keltirib o‘tilgan. Muomala 
xarajatlari 
normativ-huquqiy 
hujjatlarda 
alohida 
xarajat 
turi 
sifatida 
ko‘rsatilmagan. Shu bois, muomala xarajatlarini amaldagi normativ-huquqiy 
hujjatlarga asoslangan holda sotish xarajatlari sifatida tan olish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 
Ishlab chiqaruvchidan tovarlarni sotib olgandan so‘ng to iste’molchiga 
yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonda qilingan xarajatlar ta’minot tashkilotining 
sotish xarajatlari hisoblanadi. U «... xarajatlar tarkibi to‘g‘risida Nizom»ning
2.1. «Sotish xarajatlari» moddasida keltirilgan barcha xarajatlarni o‘z ichiga oladi. 
Ta’minot tashkilotlarida sotish xarajatlari hajmini kamaytirish va uning 
darajasini pasaytirish faoliyat samaradorligini oshirishning asosiy omillaridan 
hisoblanadi. Shu bois, sotish xarajatlari hajmini, uning darajasini, tarkibi va 
strukturasini hamda ularning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ta’sir 
darajalarini uzluksiz ravishda tahlil qilib o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Chunki, tahlil qilib o‘rganish jarayonida sotish xarajatlarini kamaytirish 
imkoniyatlari aniqlanadi, qanday omillar va sharoitlar hisobiga kamaytirishning 
mavjud imkoniyatlari o‘rganiladi, natijada ulardan foydalanish bo‘yicha aniq 
chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. 
Sotish xarajatlari tahlilining maqsadi sotish xarajatlari darajasini pasaytirish 
imkoniyatlarini aniqlash va ularni moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga jalb qilish 
yo‘llarini ko‘rsatish hisoblanadi. 
Sotish xarajatlari tahlilining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 


414 
-
sotish xarajatlari hajmini o‘rganish va uning darajasiga baho berish; 
-
sotish xarajatlari hajmi va darajasining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillarni aniqlash hamda ularning ta’sir darajalariga baho berish; 
-
sotish xarajatlari darajasini pasaytirish imkoniyatlarini aniqlash va 
ulardan foydalanish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 
Sotish xarajatlarini tahlil qilib o‘rganishda quyidagi axborot manbalaridan 
foydalaniladi: 
-
biznes reja ma’lumotlari; 
-
«Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» ma’lumotlari; 
-
statistik hisobot ma’lumotlari; 
-
buxgalteriya hisobining xarajatlarni va daromadlarni hisobga olish uchun 
mo‘ljallangan tegishli schyotlari ma’lumotlari. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə