R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Sotish xarajatlarining xarajat moddalari bo‘yicha tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə289/307
tarix12.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148958
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
17.2.3. Sotish xarajatlarining xarajat moddalari bo‘yicha tahlili 
Ta’minot tashkilotlarida sotish xarajatlari umumiy hajmi va darajasini 
pasaytirish imkoniyatlarini ko‘rsatish uchun uning tarkibini xarajat moddalari 
bo‘yicha ham o‘rganish lozim. Chunki, sotish xarajatlari tarkibidagi har bir modda 
bo‘yicha o‘zgarishini omilli tahlil qilish orqali uni kamaytirish imkoniyatlarini 
ko‘rsatish mumkin. 
Sotish xarajatlari har bir xarajat moddalari bo‘yicha tahlil qilib o‘rganilar 
ekan, ularni tovar aylanmasi hajmiga bog‘liqligiga qarab quyidagi guruhlarga 
ajratgan holda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi: 
-
o‘zgaruvchan sotish xarajatlari; 
-
doimiy sotish xarajatlari. 
Sotish xarajatlari moddalarini bunday tartibda guruhlash orqali tahlilni 
amalga oshirish, tahlil natijalari asosida oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. 


418 
O‘zgaruvchan sotish xarajatlari – tovar aylanma hajmiga to‘g‘ri proporsional 
tarzda o‘zgaruvchi xarajatlar, ya’ni tovar aylanma hajmi ikki barobar oshsa
o‘zgaruvchan sotish xarajatlari umumiy hajmi ham ikki barobar oshadi. Bundan 
ko‘rinadiki, o‘zgaruvchan sotish xarajatlari hajmi bevosita tovar aylanma hajmiga 
bog‘liq bo‘ladi. Umumiy o‘zgaruvchan sotish xarajatlari chiziqli funksiya sifatida, 
bunday xarajatlar sotilgan tovar birligiga nisbatan doimiy miqdor hisoblanadi. 
Ya’ni, sotish xarajatlarining darajasi tovar birligiga nisbatan o‘zgarmasdir. 
«... xarajatlar tarkibi to‘g‘risida Nizom»ning 2.1. «Sotish xarajatlari» 
moddasida ko‘rsatilgan quyidagi xarajatlarni kiritish mumkin: 
-
tovarlarni temir yo‘l, havo, avtomobil, dengiz, daryo transportida va ot-
ulovda tashish xarajatlari; 
-
tovarlarni sotish bilan bog‘liq mehnatga haq to‘lash xarajatlari; 
-
ijtimoiy sug‘urta xarajatlari; 
-
tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish 
xarajatlari; 
-
gaz, yoqilg‘i, elektr energiyasi xarajatlari; 
-
o‘rash-joylash materiallari xarajatlari; 
-
tashish, saqlash va sotish chog‘ida tovarlarning yo‘qotilishi va boshqalar. 
Tovar aylanma hajmidan qat’iy nazar hisobot davrida umumiy miqdori 
o‘zgarmaydigan xarajatlar doimiy sotish xarajatlari deyiladi. Ya’ni, bu hisobot 
davri oralig‘ida faollik darajasiga nisbatan o‘zgarmas xarajatlardir. Bunga «... 
xarajatlar tarkibi to‘g‘risida Nizom»ga muvofiq quyidagi xarajatlarni kiritish 
mumkin: 
-
binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish, saqlash va tuzatish 
xarajatlari; 
-
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizasiyasi; 
-
mol-mulkni majburiy va ixtiyoriy sug‘urta qilish xarajatlari; 
-
maxsus kiyim-bosh va maxsus poyabzalning eskirishi; 
-
mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari; 


419 
-
reklama xarajatlari; 
-
savdoni tashkil qilish, boshqarish xarajatlari va boshqa. 
Tovar aylanma hajmi va sotish xarajatlari summasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni 
quyidagicha matematik formula ko‘rinishida ifodalash mumkin: 
SX = TA × O‘XD : 100 + DSX, (17.7) 
Tovar aylanma hajmi va sotish xarajatlari darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni 
esa, quyidagicha matematik formula ko‘rinishida ifodalash mumkin: 
SXD = DSX : TA × 100 + O‘XD, (17.8) 
Bu yerda: O‘XD – o‘zgaruvchan sotish xarajatlari darajasi, DSX – doimiy sotish 
xarajatlari. 
Ta’minot tashkilotida sotish xarajatlari moddalari bo‘yicha rejaning 
bajarilishini tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi 
(17.10-jadval). 
17.10-jadval 
ma’lumotlaridan 
ko‘rinadiki, 
Toshkent 
viloyati 
«Agrokimyohimoya» AJda sotish xarajatlari hisobot yilida rejaga nisbatan 39454 
ming so‘mga oshgan. Shu jumladan, o‘zgaruvchan sotish xarajatlari 16516 ming 
so‘mga va doimiy sotish xarajatlari 22938 ming so‘mga ko‘payganligini 
ko‘rishimiz mumkin. 
Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJda sotish hajmi va darajasining 
o‘zgarishiga quyidagi uchta omil ta’sir ko‘rsatgan: 
-
tovar aylanma hajmining o‘zgarishi; 
-
o‘zgaruvchan sotish xarajatlari darajasining o‘zgarishi; 
-
doimiy sotish xarajatlarning o‘zgarishi. 
Mazkur omillarning sotish xarajatlari hajmi va darajasiga ta’sirini aniqlashda 
«Zanjirli bog‘lanish» usulidan foydalanishimiz mumkin. Ushbu usuldan 
foydalanilganda dastlab, reja bo‘yicha natija ko‘rsatkichlarini har bir omil hisobiga 
ketma-ket almashtirib quyidagi bog‘lanish ko‘rsatkichlari aniqlab olish lozim: 
1. SX
0
= TA
0
× O‘XD
0
: 100 + DX
0
= 2213970 × 11,93 : 100 + 145585 = 
409584 ming so‘m; 


420 
2. SX
sh1
= TA
1
× O‘XD
0
: 100 + DX
0
= 2363360 × 11,93 : 100 + 145585 = 
427534 ming so‘m; 
3. SX
sh2
= TA
1
× O‘XD
1
: 100 + DX
0
= 2363360 × 11,87 : 100 + 145585 = 
426116 ming so‘m; 
4. SX
1
= TA
1
× O‘XD
1
: 100 + DX
1
= 2363360 × 11,87 : 100 + 168523 = 
449038 ming so‘m. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə