R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə290/307
tarix12.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148958
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

17.10-jadval 
Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJ sotish xarajatlari tarkibi bo‘yicha 
reja bajarilishining tahlili 
Xarajat moddalari 
Hisobot yili 
O‘zgarishi (+;-) 
Reja 
Haqiqatda 
Summasi, 
ming so‘m 
Darajasi, % Summasi, 
ming so‘m 
Darajasi, % Summasi, 
ming so‘m 
Darajasi, % 
1 Transport xarajatlari 
61438 
2,77 
53884 
2,28 
-7554 
-0,49 
2 Temir 
yo‘l 
xarajatlari 
81917 
3,70 
103278 
4,37 
+21361 
+0,67 
3 Ish haqi xarajatlari 
81900 
3,69 
90090 
3,81 
+8190 
+0,12 
4 Ijtimoiy soliq (12%) 
9828 
0,44 
10811 
0,46 
+983 
+0,02 
5 Quriqlash xarajatlari 
20480 
0,92 
28645 
1,21 
+8165 
+0,29 
6 Amortizasiya 
xarajatlari 
31438 
1,42 
38845 
1,64 
+7407 
+0,22 
7 Komunal 
to‘lov 
xarajatlari 
22767 
1,03 
25266 
1,07 
+2499 
+0,04 
8 Ta’mirlash 
xarajatlari 
32287 
1,46 
27549 
1,16 
-4738 
-0,3 
9 Yoqilg‘i 
28916 
1,31 
22452 
0,95 
-6464 
-0,36 
10 Boshqa 
sotish 
xarajatlari 
38613 
1,74 
48218 
2,04 
+9605 
+0,3 
11 Sotish xarajatlari 
409584 
18,5 
449038 
19,0 
+39454 
+0,5 
shundan: 
o‘zgaruvchan 
263999 
11,93 
280515 
11,87 
+16516 
-0,06 
doimiy 
145585 
6,57 
168523 
7,13 
+22938 
+0,56 
12 Tovar aylanmasi 
2213970 

2363360 

+149390 

Shundan so‘ng, sotish xarajatlari hajmining umumiy o‘zgarishi aniqlanadi. 
Uni aniqlash uchun haqiqatdagi sotish xarajatlari hajmidan, rejadagi sotish 
xarajatlari hajmini chegirish zarur: 
±∆SX
umum
= (±∆SX
1
) – (±∆SX
0
) = 449038 – 409584 = +39454 ming so‘m. 
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJda sotish 
xarajatlari hajmi haqiqatda rejaga nisbatan 39454 ming so‘mga ko‘paygan. Mazkur 
ko‘payish jamiyat uchun ijobiy holat hisoblanmaydi. Shu bois, sotish xarajatlari 


421 
hajmining o‘zgarishiga omillar ta’siri hisob-kitob qilib o‘rganish lozim. U 
quyidagicha amalga oshiriladi: 
-
birinchi omil, tovar aylanma hajmining o‘zgarishi sotish xarajatlari 
hajmining o‘zgarishiga qanday ta’sir ko‘rsatganligi aniqlash uchun 1-shartli sotish 
xarajatlari hajmi ko‘rsatkichidan rejadagi sotish xarajatlari hajmi ko‘rsatkichni 
chegirish lozim: 
±∆SX
TA 
= (TA
1
× O‘XD
0
: 100 + DX
0
) – (TA
0
× O‘XD
0
: 100 + DX
0
) =
= 427534 – 409584 = +17950 ming so‘m 
Demak, hisobot yilida haqiqatda rejaga nisbatan tovar aylanma hajmining 
149390 ming so‘mga ko‘payishi, sotish xarajatlari hajmini 17950 ming so‘mga 
oshishiga ta’sir ko‘rsatgan. 
-
ikkinchi omil, o‘zgaruvchan sotish xarajatlari darajasining o‘zgarishini 
sotish xarajatlari hajmiga ta’sirini aniqlash uchun 2-shartli sotish xarajatlari 
hajmidan 1-shartli sotish xarajatlari hajmi ko‘rsatkichini chegirish kerak: 
±∆SX
O‘XD 
= (TA
1
× O‘XD
1
: 100 + DX
0
) – (TA
1
× O‘XD
0
: 100 + DX
0
) = 
= 426116 – 427534 = - 1418 ming so‘m 
Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘zgaruvchan sotish xarajatlari darajasining 
haqiqatda rejaga nisbatan 0,06 foizga pasayishi, sotish xarajatlari hajmini 1418 
ming so‘mga kamayishiga olib kelgan. 
-
uchinchi omil, doimiy sotish xarajatlarining o‘zgarishini sotish xarajatlari 
hajmiga ta’sirini aniqlash uchun haqiqatdagi sotish xarajatlari hajmidan 2-shartli 
sotish xarajatlari hajmi ko‘rsatkichini chegirish lozim: 
±∆SX
DX 
= (TA
1
× O‘XD
1
: 100 + DX
1
) – (TA
1
× O‘XD
1
: 100 + DX
0
) = 
= 449038 – 426116 = +22922 ming so‘m 
Yuqoridagi hisob-kitob natijasiga ko‘ra, doimiy sotish xarajatlarining 
haqiqatda rejaga nisbatan 22938 ming so‘mga ko‘payishi, sotish xarajatlari hajmini 
22922 ming so‘mga oshishiga ta’sir ko‘rsatgan. 
Mazkur omillarning ta’siri natijasida sotish xarajatlari hajmi haqiqatda 
rejaga nisbatan 39454 ((+17950) + (- 1418) + (+22922)) ming so‘mga ko‘paygan. 


422 
Shundan so‘ng, sotish xarajatlari darajasining o‘zgarishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillarning ta’sir darajalari tahlil qilib o‘rganiladi. Bunda ham 
«Zanjirli bog‘lanish» usulidan foydalanib, yuqorida amalga oshirilgan hisob-
kitoblar orqali ketma-ketlikda zanjirli almashtirish asosida sotish xarajatlari 
darajasining o‘zgarishiga omillarning ta’siri aniqlanadi. Ushbu hisob-kitoblar 
quyidagi 17.11-jadvalda keltirildi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə