R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Ta’minot tashkilotlari moliyaviy natijalari tahlili va uni xalqaro



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə292/307
tarix12.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148958
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

17.3. Ta’minot tashkilotlari moliyaviy natijalari tahlili va uni xalqaro 
tajribalar asosida takomillashtirish 
17.3.1. Yalpi foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili 
Moliyaviy natijalarni tahlil qilishda moliyaviy tahlilning asosiy maqsadi 
korxonaning buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari orqali moliya-xo‘jalik 
faoliyatida o‘tgan davrda, tahlil qilinayotgan vaqtda erishilgan hamda istiqbolda 
erishiladigan moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlariga har tomonlama baho berishdan 
iboratdir. 
Moliyaviy natijalar tahlilida qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar qatoriga 
korxona foydaliligi yoki natijaviyligini va bozor faolligini tavsiflovchi 
ko‘rsatkichlar kiritiladi. Korxona foydaliligini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlardan 
eng muhimi foyda ko‘rsatkichi hisoblanadi. 
Foyda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining samaradorligini 
ifodalovchi asosiy va ayni vaqtda ularning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha 
barcha natijalarni aks ettiradigan umumlashtiruvchi ko‘rsatkichdir. Foyda korxona 
xo‘jalik faoliyatining turli yo‘nalishlarining moliyaviy yakunidir. Shu bois, foyda 
turli shakllarda bo‘lishi mumkin. 
«Mahsulot (ishlar, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining 
tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom»ga 
muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar foydasi quyidagi shakllarda hisobga 
olinadi: 
1.
Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda. Bu sotishdan olingan sof 
tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut 
sifatida aniqlanadi; 
2.
Asosiy faoliyatdan olingan foyda. Yalpi foydadan davr xarajatlari ayrilib, 
asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi; 
3.
Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar). Bu asosiy 
faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan 
daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi; 


424 
4.
Soliq to‘langungacha olingan foyda. U umumxo‘jalik faoliyatidan olingan 
foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va 
minus zarar sifatida aniqlanadi; 
5.
Yilning sof foydasi. U soliqlar to‘langunga qadar olingan foydadan 
to‘lanadigan soliqni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar hamda 
to‘lovlarni chegirib tashlagan holda aniqlanadi va xo‘jalik yurituvchi subyekt 
ixtiyorida qoladi. 
Yuqoridagi moliyaviy natija ko‘rsatkichlari, ularni shakllanishi, moliyaviy 
natijalar tahlilining maqsadi, tahlil vazifalari va axborot manbalari, moliyaviy 
natija ko‘rsatkichlari va ularning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili, 
rentabellik ko‘rsatkichlari va ularning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar 
tahlili kabi masalalar 11-bobda atroflicha bayon qilindi. 
Endi, ta’minot tashkilotlarining faoliyat xususiyatidan kelib chiqqan holda 
moliyaviy natijalari tahliliga va uni xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish 
masalalariga to‘xtalib o‘tamiz. 
Ta’minot tashkiloti moliyaviy natija ko‘rsatkichlaridan moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyati samaradorligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich bu yalpi foyda ko‘rsatkichi 
hisoblanadi. 
Ta’minot tashkilotining yalpi foydasi yalpi daromad summasi bilan sotish 
xarajatlari summasi orasidagi farqga teng bo‘ladi. Ta’minot tashkilotining foydasi 
tovar aylanma hajmiga mutanosib ravishda o‘zgaradi. Bu yerda, tovar aylanma 
hajmi va sotish xarajatlari miqdorining o‘zaro bog‘liqligi hisobga olinmaydi. Tovar 
aylanma hajmi oshganida sotish xarajatlari kamayadi. Chunki, bunda odatda faqat 
o‘zgaruvchan xarajatlar summasi o‘sib, doimiy xarajatlar summasi esa 
o‘zgarmaydi. Aksincha, tovar aylanma hajmi pasayganda sotish xarajatlari doimiy 
xarajatlarining katta qismi bir so‘mlik tovar aylanma hajmiga to‘g‘ri kelishi bois, 
sotish xarajatlari oshib ketadi. Shu bois, xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda 
ta’minot tashkilotining yalpi foydasini tahlil qilishga tizimli yondashishni 
ta’minlash maqsadida quyidagi formuladan foydalanish lozim: 


425 
YaF = TA×Ds – DSX, (17.9) 
Bunda: YaF – yalpi foyda; Ds – 1 so‘mlik tovar aylanma hajmiga to‘g‘ri keladigan 
marjinal daromad stavkasi; DSX – doimiy sotish xarajatlari summasi. 
Marjinal daromadning o‘rtacha stavkasi (DC) o‘z navbatida o‘rtacha yalpi 
daromadga (O‘YaD) va o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar (O‘O‘X)ga bog‘liq : 
Ds = O‘YaD – O‘O‘X, (17.20) 
Yalpi daromadning o‘rtacha darajasiga umumiy tovar aylanma hajmidagi 
alohida tovarlar turlarining ulushi (Ul
i
) va i-nchi tovar turiga quyilgan ustamaning 
miqdori (O‘YaD
i
) ta’sir ko‘rsatadi: 
O‘YaD = Σ Ul

×O‘YaD
i
, (17.21) 
Tovar aylanma hajmi sotilgan tovarlar miqdori (massasi) (q) va tovarlar 
bahosiga (r) bog‘liq: 
TA = Σq×p, (17.22) 
Shundan so‘ng, ta’minot tashkiloti yalpi foydasining omilli modeli quyidagi 
ko‘rinishda bo‘ladi: 
YaF = Σq×p×[ Σ (Ul

×O‘YaD
i
) – O‘O‘X
i
] – DX, (17.23) 
Ushbu model sotilgan tovarlarning fizik hajmi, bahosi, tovar aylanma 
strukturasi, i-nchi tovarlar bo‘yicha yalpi daromad darajasi, o‘zgaruvchan sotish 
xarajatlarining o‘rtacha darajasi va doimiy xarajatlar hajmi hisobiga yalpi 
foydaning qanday o‘zgarganligini aniqlashga imkon beradi. 
17.12-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida «Zanjirli bog‘lanish» usuli 
yordamida yalpi foydaning o‘zgarishiga yuqoridagi omillarning ta’sir darajalarini 
hisoblash mumkin. Buning uchun dastavval barcha omillarning rejadagi 
ko‘rsatkichlarini qo‘llagan holda rejadagi yalpi foyda summasini aniqlaymiz: 
YaF

= 2213970·(30-11,92)/100-145585 = 254607 ming so‘m 
Shundan so‘ng, haqiqatdagi sotish hajmi, ammo tovarlarning rejadagi sotish 
bahosi va barcha boshqa omillarning rejadagi qiymatlari bo‘yicha yalpi foyda 
summasini aniqlaymiz: 
YaF
sh1
= 2008856·(30-11,92)/100-145585 = 217616 ming so‘m 


426 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə