R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə293/307
tarix12.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148958
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

17.12-jadval 
Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJ yalpi foydasining omilli tahlili 
uchun umumiy ma’lumot 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Hisobot yili 
Reja bo‘yicha 
Haqiqatda 

Tovar aylanma hajmi, ming so‘m 
2213970 
2363360 

Tovar aylanma hajmi reja bahosi bo‘yicha 
haqiqatda, ming so‘m 

2008856 

Yalpi daromad, ming so‘m 
664191 
779909 

Sotish xarajatlari, ming so‘m 
shu jumladan: 
- o‘zgaruvchan sotish xarajatlari, ming so‘m 
- doimiy sotish xarajatlari, ming so‘m 
409584 
263999 
145585 
449038 
280515 
168523 

Yalpi foyda, ming so‘m 
254607 
330871 

O‘rtacha yalpi daromad darajasi, % 
30 
33 

O‘rtacha o‘zgaruvchan sotish xarajatlari 
darajasi, % 
11,92 
11,87 
 
Olingan natijani rejadagi yalpi foyda summasi bilan taqqoslaganimizda 
sotish 
fizik 
hajmining 
pasayishi 
hisobiga 
yalpi 
foyda 
summasi
36991 (217616-254607) ming so‘mga kamayganligini ko‘ramiz. 
So‘ngra haqiqiy sotish hajmi va tovarlarning haqiqiy sotish bahosi, ammo 
boshqa barcha omilli ko‘rsatkichlarning rejadagi miqdori bo‘yicha yalpi foyda 
summasini aniqlaymiz: 
YaF
sh2 
= 2363360·(30-11,92)/100-145585 = 281710 ming so‘m. 
Demak, tovarlar bahosining o‘zgarishi hisobiga yalpi foyda summasi
64094 (281710-217616) ming so‘mga ko‘paygan. 
Keyinchalik o‘rtacha yalpi daromad ko‘rsatkichi va yalpi foyda 
summasining tovar aylanma strukturasi hisobiga o‘zgarishini aniqlash zarur. 
Tovar aylanmaning haqiqiy hajmi va strukturasi, ammo tovarlarga 
quyiladigan ustamaning rejadagi ko‘rsatkichi bo‘yicha yalpi daromadning o‘rtacha 
darajasi quyidagicha: 
O‘YaD
sh
= Σ Ul
ix 
× O‘YaD
ir 
/ 100 = 30,734 %.

Bunday shart-sharoitlarda yalpi foyda summasi quyidagicha aniqlanadi: 
YaF
sh3 
= 2363360·(30,734-11,92)/100-145585 = 299057 ming so‘m. 
Shunday qilib, tovar aylanma strukturasining o‘zgarishi hisobiga yalpi foyda 
17347 (299057-281710) ming so‘mga ko‘paygan. 


427 
Shundan keyin haqiqiy tovar aylanma hajmi, uning haqiqiy strukturasi va 
alohida tovarlarga quyiladigan ustamalarning haqiqiy summasi, ammo rejadagi 
o‘zgaruvchan xarajatlar va rejadagi doimiy sotish xarajatlari bo‘yicha yalpi foyda 
miqdorini aniqlaymiz: 
YaF
sh4
= 2363360·(33-11,92)/100-145585 = 352611 ming so‘m. 
Demak, tovarlarga quyilgan ustamaning reja (30 %) ga nisbatan haqiqat
(33 %) da o‘zgarishi hisobiga yalpi foyda summasi 53554 (352611-299057) ming 
so‘mga ko‘paygan. 
Endi, doimiy xarajatlardan tashqari barcha omillar bo‘yicha haqiqiy 
ko‘rsatkichlarga asosan yalpi foyda summasini aniqlaymiz: 
YaF
sh5 
= 2363360·(33-11,87)/100-145585 = 353793 ming so‘m. 
Olingan natijani oldingisi bilan taqqoslash shuni ko‘rsatadiki, o‘zgaruvchan 
sotish xarajatlarining rejadagi 11,92 foizdan, haqiqatda 11,87 foizga o‘zgarishi 
hisobiga yalpi foyda summasi 1182 (353793-352611) ming so‘mga ko‘paygan. 
Hisobot yilining haqiqiy yalpi foyda summasi esa quyidagicha aniqlanadi: 
YaF

= 2363360·(33 – 11,87)/100-168523 = 330871 ming so‘m. 
U inflyasiya munosabati bilan doimiy xarajatlar summasi rejaga nisbatan 
haqiqatda 22938 ming so‘mga ko‘payishi hisobiga yalpi foyda summasi 22922 
(330871-353793) ming so‘mga kamaygan. 
Mazkur omillarning ta’siri natijasida Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» 
AJ yalpi foydasi hisobot yilida rejaga nisbatan 76264 ((-36991) + (+64094) + 
(+17347) + (+53554) + (+1182) + (-22922)) ming so‘mga ko‘paygan. 
Shunday qilib, olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, ta’minot tashkiloti yalpi 
foydasi va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilib o‘rganishda 
yuqoridagi omilli modeldan foydalanish yalpi foyda summasi o‘zgarishiga omillar 
ta’sirini ancha to‘g‘ri hisoblashga imkon beradi. Chunki, bunda sotish hajmi, 
xarajatlar va foyda summasi inobatga olinadi va moliyaviy natijalar shakllanish 
jarayonini samaraliroq boshqarishga imkon beradi. 


428 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə