R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Sotish rentabelligi tahlili: milliy va xalqaro tajriba



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə294/307
tarix12.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148958
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

17.3.2. Sotish rentabelligi tahlili: milliy va xalqaro tajriba 
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar faoliyatining samaradorligiga 
baho berishda rentabellik darajasi muhim ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. 
Rentabellik ko‘rsatkichlarini tahlil qilishdan asosiy maqsad ularga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganish natijalariga asoslanib, ichki imkoniyatlarni 
aniqlash va tahlil qilinayotgan korxona faoliyatining samaradorligini oshirish 
yo‘llarini belgilashdan iboratdir. 
Iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodchi olimlar tomonidan korxonalarning 
rentabellik ko‘rsatkichlarini tavsiflashga yondashuvlar xilma-xil bo‘lib, ta’minot 
tashkilotining faoliyat xususiyatidan kelib chiqqan holda sotish rentabelligi 
ko‘rsatkichini tahlil qilishning uslubiy jihatlariga to‘xtalib o‘tmoqchimiz. 
Bugungi kunda ta’minot tashkilotining faoliyat xususiyatidan kelib chiqqan 
holda amaliyotda sotish rentabelligi yalpi foyda ko‘rsatkichini tovar aylanma 
hajmiga bo‘lish asosida aniqlanadi. Ya’ni, ushbu ko‘rsatkichni quyidagicha 
matematik formula ko‘rinishida ifodalash mumkin: 
R
s
= YaF×100 / TA,
(17.24) 
Bunda: R
s
– sotish rentabelligi; YaF – yalpi foyda (moliyaviy hisobotning 2-shakli 030-
satr); TA – tovar aylanma hajmi (moliyaviy hisobotning 2-shakli 010-satr). 
Demak, yuqoridagi formuladan ko‘rinadiki sotish rentabelligining 
o‘zgarishiga yalpi foydaning o‘zgarishi va tovar aylanma hajmining o‘zgarishi 
bevosita ta’sir ko‘rsatar ekan. Bunda ikkala omil bir-biridan mustaqil holda 
o‘zgaradi deb faraz qilinadi. 
Bu borada xorijlik va mamlakatimiz olimlarining ilmiy va o‘quv-uslubiy 
ishlanmalarini o‘rganish natijasi shuni ko‘rsatadiki, xalqaro amaliyotda keng 
qo‘llanilayotgan sotish rentabelligini tahlil qilish uslublari bizning amaliyotimizda 
qo‘llanilayotgan tahlil uslublaridan farq qiladi. Jumladan, xorij amaliyotida 
ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni to‘liqroq hisobga olish va omillar 
ta’sirini aniqroq o‘lchash imkoni mavjud. 
Xususan, turli xil tovarlarni sotish sharoitida sotish rentabelligini tahlil qilish 


429 
uslubi biroz murakkablashadi. Shu bois, xalqaro amaliyotda sotish rentabelligini 
o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganishda tizimli yondashuvni 
ta’minlash uchun quyidagi formula qo‘llaniladi: 
YaF = (TA×DC) – DSX,
(17.25) 
Bunda: Ds – 1 so‘mlik tovar aylanma hajmiga to‘g‘ri keladigan marjinal daromad 
stavkasi; 
DSX – doimiy sotish xarajatlari summasi. 
Marjinal daromadning o‘rtacha stavkasi (DC) o‘z navbatida o‘rtacha yalpi 
daromadga (YaDD) va o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar (O‘O‘X)ga bog‘liq : 
Ds = YaDD – O‘O‘X, 
(17.26) 
Yalpi daromadning o‘rtacha darajasiga umumiy tovar aylanma hajmidagi 
alohida tovarlar turlarining ulushi (Ul
i
) va i-tovar turiga quyilgan ustamaning 
miqdori (O‘YaD
i
) ta’sir ko‘rsatadi: 
YaDD = Σ Ul

×O‘YaD
i
,
(17.27) 
Tovar aylanma hajmi sotilgan tovarlar massasi (q) va tovarlar bahosi (r) ga 
bog‘liq: 
TA = Σq×p,
(17.28) 
Sotish xarajatlari tovar aylanma hajmi (TA), o‘rtacha o‘zgaruvchan 
xarajatlar (O‘O‘X) va doimiy sotish xarajatlari (DSX) summasiga bog‘liq: 
SX= (Σq×p × O‘O‘X) + DSX
(17.29) 
Shundan so‘ng, ta’minot tashkilotlari sotish rentabelligi tahlilining omilli 
modeli quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 
R
s
= YaF×100/TA= (Σq×p ×[Σ(Ul

×O‘YaD
i
)–O‘O‘X
i
]–DSX)× 100/ Σq×p, (17.30) 
Ushbu formula sotishning fizik hajmi, tovarlar bahosi, tovar oboroti 
strukturasi, i-tovarlar bo‘yicha yalpi daromad darajasi, o‘zgaruvchan muomala 
xarajatlarining o‘rtacha darajasi va doimiy xarajatlarning umumiy summasi 
ko‘rsatkichlarining ta’siri hisobiga sotish rentabelligining qanday o‘zgarganligini 
aniqlashga imkon beradi. Ushbu omillar ta’sirini aniqlash uchun ta’minot 
tashkilotining quyidagi birlamchi ma’lumotlaridan foydalanamiz (17.13-jadval). 


430 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə