R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Ta’minot jarayonini tovar bilan ta’minlanganligi va tovar



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə282/307
tarix12.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148958
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
17.1.3. Ta’minot jarayonini tovar bilan ta’minlanganligi va tovar 
resurslaridan foydalanish samaradorligining tahlili 
Tovar resurslari bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish samaradorligi 
ta’minot tashkiloti tovar aylanmasining hajmi, muomala xarajatlari va foydasini 
belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Xususan, tovar aylanmasi hajmining 
o‘zgarishiga bevosita tovar balansi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillar hisoblanadi. Ushbu bog‘liqlik quyidagi tovar balansi asosida aniqlanishi 
mumkin: 
TZ
yb
+ TK = TS + TCh + TZ
yo
, (17.2) 
Bu yerda: TZ
yb 
– yil boshiga tovar zaxiralari qoldig‘i; TK – tovarlar kirimi; TS – sotilgan 
tovarlar; TCh – tovarlarning turli chiqimi; TZ
yo 
– yil oxiriga tovar zaxiralari qoldig‘i. 
Bunda sotilgan tovarlar hajmi, ya’ni tovar aylanmasi quyidagicha 
aniqlanadi: 
TS = TZ
yb
+ TK – TCh -TZ
yo
, (17.3) 
Bundan ko‘rinadiki, tovar aylanmasi hajmining o‘zgarishiga tovar balansi 
ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: 
-
yil boshiga tovar zaxiralari qoldig‘ining o‘zgarishi (TZ
yb
);
-
tovarlar kirimining o‘zgarishi (TK);
-
tovarlarning turli chiqimining o‘zgarishi (TCh);
-
yil oxiriga tovar zaxiralari qoldig‘ining o‘zgarishi (TZ
yo
).
Mazkur omillarning tovar aylanma hajmining o‘zgarishiga ta’sirini 
«Taqqoslash» yoki «Zanjirli bog‘lanish» usullari yordamida aniqlash mumkin. 
Xususan, tovar aylanma hajmining o‘zgarishiga omillar ta’sirini «Taqqoslash» 
usuli yordamida hisob-kitob qilib o‘rganilganda, birinchi navbatda har bir omilning 


406 
haqiqiy ko‘rsatkichini rejadagi ko‘rsatkichi bilan taqqoslab, omillarning ta’sir 
darajalari aniqlanadi. Mazkur usul yordamida tovar balansi ko‘rsatkichlarining 
o‘zgarishini tovar aylanma hajmining o‘zgarishiga ta’siri hisob-kitob qilinganda 
quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (17.6-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə