R safarova, M. G‘ulomov, M. Inoyatova savod o‘rgatish darslari 1-sinf o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma


«Boshlang‘ich ta’lim» yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy metodik kengashning



Yüklə 329,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix01.08.2023
ölçüsü329,09 Kb.
#120197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
xrpt fryrmz4o4fflt10i92htruh6d4sn4de0v3p0rinjotx9jvhilp44bbye5gtyjyx7pd68mih3452

«Boshlang‘ich ta’lim» yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy metodik kengashning 
2011-yil 28-oktabrdagi yig‘ilish qarori bilan nashrga tavsiya etilgan
S-34
Kitobxon.Com


3
MUQADDIMA
Darsliklarni, jumladan, savod o‘rgatishning asosi hisoblangan alifbe 
darsligini takomillashtirish davr talabidir. Takomillashtirish darslikning 
metodik qurilshiga, mazmuniga, g‘oyaviy yo‘nalishiga birdek aloqador 
bo‘lib, bunda, avvalo, didaktikaning umumiy mezonlariga hamda alifbe 
darsligi tuzilishining xususiy mezonlariga asoslaniladi.
– g‘oyaviylik;
– bayonning ilmiyligi, tushunarliligi;
– ko‘rsatmalilik;
onglilik;
– o‘quv materiallarining hayot bilan bevosita aloqadorligi;
– bolalar yoshi va dunyoqarashi, o‘ziga xos ruhiy xususiyatlarini hi-
sobga olinishi kabi qator didaktik mezonlar alifbe darsligining tuzi lishida, 
mazmunida hisobga olinishi zarurdir.
Shuningdek, alifbe darsligini tuzishda qator xususiy jihatlar ham mav-
jud bo‘lib, bular alifbe darsligini tuzishning asosiy qoidalarida ko‘zda tu-
tishni taqozo qiladi.
Alifbeni tuzishdagi asosiy qoidalar:
alifbe materiali bolalarda ongli, to‘g‘ri va ravon o‘qish, shuningdek, 
harf, so‘z, kichik gap va bog‘lanishli matnlarni to‘g‘ri o‘qish malakalarini 
hosil qilishga yordam beradi. O‘qish uchun berilgan matnlar, rasmlar mav-
zu jihatidan bolalarning saviyasiga mos bo‘lishi kerak;
alifbeda bolalarning tafakkuri va nutqini o‘stirish uchun ta’lim-tarbi-
yaviy matnlar hamda rasmlar beriladi. Rasmlar bolalarda savollarga javob 
berish ko‘nikmasini, talaffuz qilish qobiliyatini o‘stirishi, o‘quvchilarni 
nutq unsurlari bilan tanishtirishga, obrazli tafakkurini o‘stirishga, mustaqil 
ravishda so‘z tanlashiga, gap va hikoya tuzishi ga xizmat qilishi kerak;
alifbening hajmi savod o‘rgatishga ajratilgan vaqtga mos bo‘lishi zarur;
alifbening har
fi
, terilishi, qog‘ozi, matn va rasmlarning to‘liq tushu-
narli bo‘lishiga, shuningdek, hoshiyaga, so‘zlar orasidagi masofaga, harf-
ning hajmiga, qog‘ozga, rasmlarning bo‘yog‘iga va yozuvning namunasiga 
qo‘yilgan gigiyenik talablarga mos bo‘lishi zarur;
alifbening tashqi ko‘rinishi chiroyli, bezagi ravshan, bolaga yoqadigan 
bo‘lishi lozim;
alifbe darsligida ko‘rgazmalilik bola bevosita idrok etadigan aniq ob-
razlar asosida bo‘ladi. Ko‘rgazmalilik mezonini asoslab bergan buyuk 
olim Y.A. Komenskiy uqtirganidek, agar biron-bir narsani bir necha sezgi 
a’zolari orqali idrok ettirish mumkin bo‘lsa, u narsani idrok qilish uchun 
bir necha sezgi a’zolarini ishga solish kerak (ya’ni eshitib bo‘ladigan nar-
salarni eshittirish bilan; hidlarni - hidlatish; ta’mni - tatib ko‘rish, ushlab 

Yüklə 329,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə