R safarova, M. G‘ulomov, M. Inoyatova savod o‘rgatish darslari 1-sinf o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma



Yüklə 329,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix01.08.2023
ölçüsü329,09 Kb.
#120197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
xrpt fryrmz4o4fflt10i92htruh6d4sn4de0v3p0rinjotx9jvhilp44bbye5gtyjyx7pd68mih3452

Kitobxon.Com


5
tovush boshqa tovushlar sirasidan ajratiladi. Baland ovozda talaffuz qili-
nadi, «tovush artikulyatsiyasi» ko‘rsatiladi. O‘quvchilarga tovushni talaf-
fuz qildiriladi. Shundan so‘nggina tovushni ifodalaydigan harf shakli bilan 
tanish tiriladi. So‘zlarni o‘qishda esa tovush uyg‘unligiga, tovushlarni harf-
lab emas, bo‘g‘inlab biriktirib o‘qishga alohida e’tibor beriladi.
2. Savodga o‘rgatishning barcha bosqichlarida nutq bo‘laklarini 
birlashtirish, uyg‘unlashtirish, tarkiblash yoki aksincha, yaxlit nutqni 
bo‘laklarga ajratish-tahlil qilishga oid 
fi
kriy operatsiyalar amalga oshirila-
di. Shuning uchun ham bu metod (ajratish-qo‘shish) tahlil-tarkib usuli deb 
ataladi. Savodga o‘rgatishning barcha bosqichlarida (alifbega tayyorgarlik 
davri, alifbe davri, alifbedan keyingi davrlarda) tahlil-tarkib operatsiyalari-
dan unumli foydalanib boriladi.
3. Alifbe davrida o‘quv materiallarini tanlash va joylashtirishda 
o‘quvchining 
fi
krlash darajasi, yoshi va imkoniyatlarini hisobga olgan 
holda, nutq tovushlarining xususiyatlari nazarda tutiladi. Bu tamoyil to-
vush va har
fl
arni o‘rganish tartibiga, o‘qish uchun so‘z tanlashga, matn 
tanlashga, matnlar hajmiga bevosita taalluqlidir.
4. Alifbe davrida o‘qish va yozishga o‘rgatishning uyg‘unlikda, baravar 
olib borilishi tahlil-tarkib tovush usulining eng asosiy xususiyatlaridan biri 
bo‘lib hisoblanadi. 
Tahlil va tarkibning savodga o‘rgatish davridagi bosqichlarini quyi-
dagicha ko‘rsatish mumkin:
Tahlil:
1. Matndan gapni ajratib olish.
2. Gapni so‘zlarga bo‘lish, birorta so‘zni tanlash.
3. So‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish.
4. Bo‘g‘indan tovushni ajratish, uning bosma va yozma shaklini 
ko‘rsatish hamda o‘rgatish.
Tarkib:
1. Kesma harfdan bo‘g‘in va so‘z tuzish.
2. Tuzilgan so‘zni bo‘g‘inlab o‘qish.
3. Bir necha so‘zlarni o‘qish.
4. Yaxlit gapni o‘qish.
5. Yaxlit matnni o‘qish.
Bolalarni savodga o‘rgatishda tahlil-tarkib qilishga undovchi mantiqiy 
topshiriqlardan foydalanib, o‘quvchilarda 
fi
kr rivojlantiriladi. Fikrlash ja-
rayonida o‘quvchilar tafakkur yuritish orqali qator mantiqiy operatsiyalar-
ni bajaradilar. Ya’ni tahlil qiladilar, jumladan, so‘zning tovush tarkibini, 
so‘z tarkibidagi bo‘g‘inlarni, bo‘g‘inlarning ochiq yoki yopiqligini tahlil 

Yüklə 329,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə