R safarova, M. G‘ulomov, M. Inoyatova savod o‘rgatish darslari 1-sinf o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma



Yüklə 329,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix01.08.2023
ölçüsü329,09 Kb.
#120197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
xrpt fryrmz4o4fflt10i92htruh6d4sn4de0v3p0rinjotx9jvhilp44bbye5gtyjyx7pd68mih3452

Kitobxon.Com


6
qiladilar. O‘quvchilar so‘zlarni, ularning elementar belgilariga asoslangan 
holda yaxlit, ajralmaydigan bo‘laklarga ajratadilar. Tahlil o‘quvchilardagi 
mavjud ko‘nikmalarga, so‘zning tovush tarkibi orasidagi elementlarning 
assotsiativ (o‘zaro bog‘lanishli) aloqalarni anglash tajribasiga asoslangan 
holda amalga oshiriladi. Tarkib (qismlarga ajratish) esa, yuqorida ta’kidlab 
o‘tilganidek, tahlilga qarama-qarshi oppozitsiyada bo‘lgan mantiqiy 
fi
kr-
lash jarayonidir. Bu jarayon ham bola tafakkurining rivojlanishi uchun 
muhim ahamiyatga ega. Sintez (umumlashtirish) operatsiyalarini baja rish 
jarayonida o‘quvchilar o‘z onglarida mav jud bo‘lgan til vositalarining 
ma’nolari va funksional me’yorlarni umumlashtiradilar.
Savodga o‘rgatishning ilk bosqichida o‘qituvchi oldida so‘zlarning 
yozuvda ifodalanishi, harf va tovush haqida tushuncha, so‘zni bo‘g‘in 
va tovushlarga ajratish, bog‘lanishli nutqni o‘stirish, boshlang‘ich orfo-
gra
fi
ya qoidalari xususida tasavvurni rivojlantirish, umuman ona tili ning 
go‘zalligi va rang-barangligini anglatishdek muhim vazifa turadi. Bu 
bosqichda muayyan turlarni tashkil etuvchi predmetlar nomi - alifbe dars-
ligining alifbegacha bo‘lgan davrida: mevalar, sabzavot, poliz ekinlari-
ning turlariga oid rasmlarning beri lishi, keyingi bosqichlarda joy nomlari, 
o‘rmon hayvonlari, parrandalarni turkumlab o‘rgatishga oid matnlar va 
rasmlarning tavsiya etilishi, tugallanmagan jumla, matn, so‘zlarning berili-
shi, ularning o‘quvchi tomonidan davom ettirilishi, o‘zbek xalq maqollari, 
topishmoq, tez aytish va hikmatli so‘zlarning berilishi – bularning barchasi 
o‘quvchining nutqi va tafakkurini o‘stirishga qaratiladi.
Alifbe darsligiga qo‘yiladigan xususiy talablar savodga o‘rgatishning 
o‘ziga xos xususiyatlaridan, o‘zbek tilining tovush tarkibidan kelib chiqadi:
a) darslikda har
fl
ar tovush talaffuzi hamda yozuvdagi ifodasiga ko‘ra 
o‘quvchining oson o‘zlashtirishini hisobga olgan holda tartib 
lanadi. 
Masalan, 
o, n, a
kabi har
fl
ar ham talaffuzi, ham yozilishi jihatidan oson 
har
fl
ar jumlasiga kiradi. Qolaversa, ta’limga ota-onalar tomonidan niho-
yatda e’tibor kuchaygan hozirgi davrda bolalarning aksariyati bunday harf-
tovushlarni o‘zlashtirgan holda maktab ostonasiga qadam qo‘ymoqdalar. 
Albatta, sinfda o‘quvchilarning bilim darajasi bir xilda bo‘lmaydi. 
Binobarin 
f, z, sh, ch
kabi tovushlar ning yozilishi va talaffuzining bolalar 
uchun birmuncha murak kabligini hisobga olgan holda keyingi bosqichlar-
da tavsiya qilinadi;
b) tovush(harf)larni o‘rganish jarayonida harfga ilova tarzida beril-
gan so‘zlar o‘quvchilar uchun amaliy jihatdan tanish buyum, narsa yoki 
hodisa ni ifodalashiga e’tibor qaratiladi;
d) darslikda berilgan so‘zlar, o‘quvchilarning aniq 
fi
kr yuritishini hi-
sobga olgan holda, aksariyat narsa-buyum nomlaridan iborat bo‘ladi;
c) so‘zlarni to‘g‘ri tanlanishi va tartiblanishi asosida imloga oid bilim-
lar izchil rivojlantirilib boriladi.

Yüklə 329,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə