R sayfullayeva, B. Mengliyev, G. Boqiyeva, M. Q urbo no va, Z. Yunuso va, M. Abuzalova



Yüklə 10,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/473
tarix14.03.2023
ölçüsü10,16 Mb.
#102474
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   473
hozirgi o`zbek adabiy tili sayfullayeva2009

M e’yor 
— lisonning ichki qurilish tizimiga nisbatan tashqi omil 
bo'lib, lisoniy imkoniyat — sinonimik qator, lisoniy birliklarning 
dublet, allovariant va variantlari, sohaviy birliklardan har birining 
voqelanish o 'rni va xususiyatini belgilaydi.
Nutq 
— lisonning m e ’yor elagidan o'tgan muayyan moddiy 
(yozma, og'zaki, tasviriy/imo-ishora, signal, va h.k.) shakllaridan 
birida voqelanishidir.
D em ak, lisonda birlik va birikish qonuniyati farqlanadi.
H ar qanday lisoniy birlik psixofizik tabiatli bo'ladi. Shu bilan 
birga ular ikki tom onning bir butunligidan iborat:
a) lisoniy birlikning shakliy, tashqi tomoni;
b) lisoniy birlikning m a ’lum bir vazifasi, m a ’noviy qiymati.
Lisoniy birlik U M IS sifatida mavjud ekan, u moddiylikdan xoli
b o'lm og'i 
lozim. 
Bunda 
«lisoniy 
birlikning 
tashqi 
tomoni» 
ko'rinishga, moddiylikka ishora qilmaydimi, degan savol tug'ilishi 
tabiiy. To'g'ri, lisoniy birlik m oddiy qiyofadan xoli. Biroq ular 
ongda qandaydir tarh, ramz sifatida saqlanadi. Masalan, [a] 
fonemasining talaffuz xususiyati haqida um um lashm a tasavvur 
o'zbek tilida so'zlashuvchi barcha jamiyat a ’zolari tilida birdir. Bu 
[a] fonemasining shakli, tashqi tom oni bo'lsa, uning m a ’no 
farqlash, chegaralash tom oni ichki jihati sanaladi. [a] fonemasi 
xususiyatlari va m a ’no farqlashning o'ziga xos birligi, yaxlitligi
33


sifatida ongda mavjud bo'ladi. H a r bir fonem aning m a ’no farqlash 
va talaffuz xususiyatlari um um lashm asi o'z iga xos bo'lib, biriniki 
ikkinchisinikidan farqlanadi va mustaqil fonemaga qo'yilgan talab 
uning aynan o'xshash bo'lishiga yo'l qo'ym aydi.
Lisoniy birliklarning bu tashqi va ichki to m o n in i bir-biridan 
ajratish, ulardan birini mutlaqlashtirish m u m k in emas. Ichki va 
tashqi to m o n bir varaqning ikki betiga o'xshaydi va ajratish 
m um kin emas. N u tq esa yuqorida t a ’riflangan so'zlashish qobiliyati 
asosida ayrim shaxs to m o n id a n m a ’lum bir xabar berish maqsadi 
u c h u n ishga solinishi yoki qo'llanishi natijasi.
Bir-birini shartlovchi, bir-biriga bog'liq bo'lgan «lison — nutq 
qobiliyati — nutq» zanjirida faqat nutqqina tashqi (moddiy) shaklda 
(og'zaki, yozma) n am o y o n bo'ladi va sezgi a ’zolarimizga t a ’sir 
qiladi.
F.de Sossyur lison-nutq m unosabatini shatranj o'yini qoidalari 
asosida tushuntirib berishga harakat qiigan.
Shaxmat donalari va h ar bir donaning yurish qoidasi ongdagi 
lisoniy birliklar va ularning birikish imkoniyatiga o'xshaydi. 
O 'y inchi bamisoli so'zlovchi bo'lib, shaxmat o'yinini bilishi esa 
so'zlovchining 
nutq 
qobiliyatiga 
o'xshaydi. 
D onalarning 
harakatlantirilishini nutqqa qiyoslash m um kin. Qiyoslang:
shaxmat — o'ynash qobiliyati — o'yin 
lison — nutq qobiliyati — nutq
Shaxmat donalari va ularning yurish imkoniyati o'ynovchining 
barchasi uch u n um u m iy bo'lganligi kabi lisondan foydalanishda 
ham shu tilda so'zlashuvchilar teng huquqli.
Lison va shatranj qurilmalari o'zaro qiyoslanadigan bo'lsa, 
a w a lo , ularning birliklari orasida um u m iy o'xshashliklar borligini 
t a ’kidlash lozim. H a r ikkala qurilm a h am birliklar sistemasi (tizimi) 
va bu birliklarning o'ziga xos vazifalari bilan ish ko'radi. Bunda 
m a ’lum qoida va qonuniyatlarga tayaniladi. H a r ikkala holatning 
ishtirokchisi inson bo'lib, ular h ar ikkala faoliyatda ham m a ’lum 
bir imkoniyatni ishga soluvchilar. Shu boisdan shaxmat taxtasi, 
uning donalari, y a ’ni shaxmat o 'y i n :,iing tashqi, m oddiy tom onini 
lisoniy birlikning tashqi tom oniga, shaxmat o'yini qoidalari — 
donalarining joylashuvi, harakat qoid. ' :ri, y a ’ni shatranj o'yinining 
ichki to m o n i haqidagi tasaw u rlarn i l ^ n i y birliklarning m azm un 
mundarijasiga qiyoslash m um kin.
Lison va nutq m unosabatiga dialektika kategoriyalari nuqtayi 
nazaridan yondashilsa, u haqdagi ta s a w u r va bilim to'laqonli 
bo'ladi (3-jadval):
34


3-jadval
B OR LIQ
T IL
L IS O N
N U T Q
Umumiylik
Alohidalik
Mohiyat
M E ’YOR
Hodisa
Imkoniyat
Voqelik
Sabab
Oqibat
Lison bilan nutqning o ‘zaro munosabatini teran anglamoq 
uchun, a w alo , lisonning o ‘zini, uning qanday qurilma ekanligini 
aniq ta s a w u r etm oq lozim b o ia d i.
Lison b o ii n u v c h a n birliklarning majmui yoki tu^g'un xususiy 
birliklarning o'z aro barqaror, doimiy bog'lanish munosabati asosida 
tashkil 
topgan 
yangi 
bir butunlik. 
Masalan, 
gap 
so'z 
va 
qo'shitnchaga, ular esa tovushga bo'linadi. Shu nuqtayi nazardan 
lisoniy birliklarni a w a lo , ikki guruhga ajratish m um kin:
a) tashkil etuvchi eng kichik lisoniy birlik;
b) eng kichik tashkil etuvchilar asosida vujudga kelgan hosila 
lisoniy birlik.
Tashkil etuvchi deyilganda, hosilalari o'zaro birikib, yirikroq 
lisoniy birlikni hosil qiluvchi birlik tushuniladi. Masalan, ABC 
uchburchagi hosila birlik:
A
Bu hosila birlik 
AB, ВС, C A to m o n la r va shu chiziqlar 
asosida vujudga kelgan burchaklardan iborat. Tashkil etuvchidan 
birortasi o'zgarsa, butunlik ham o'z mohiyatini o'zgartiradi. 
Masalan, 
[
uka

lisoniy 
birligi 
uch 
fonema 
ko'rinishining 
muvoftqligi asosida tashkil topgan. Bulardan birortasi almashtirilsa, 
boshqa lisoniy birlik vujudga keladi. Masalan, [aka],
Tashkil etuvchi va hosila birlik orasida pog'onali munosabat 
mavjud bo'ladi. Pog'onali m unosabat lisoniy birliklarning sathm a- 
sath qatlamlanishida m uhim ahamiyat kasb etadi. Qatlamlanish 
quyidagi tartibda bo'ladi:
35


fonem a;
morfema;
leksem a;
qolip.
O 'zbek tilidagi fonem alar m a ’lum bir butunlikni, bir sath 
(fonologik sath)ni tashkil etadi. Bu sath esa unlilar va undoshlar 
tizim idan tashkil topadi. Deylik, unlilar tizimi yana ikkiga — 
lablanm agan unli ([/]-[e]-[a]) va lablangan unli ([w]-[o 1-[o]) 
tizim chasidan tashkil topgan. Ko'rinadiki, tashkil etuvchining o'zi 
ham tashkil etuvchidan iborat. D em ak, tashkil etuvchilik — nisbiy 
tushuncha. B unda minimal tashkil etuvchigina boshqa bo'laklarga 
bo'linmasligi mum kin.
M inimal 
tashkil 
etuvchi 
nafaqat 
birliklarni, 
shu 
bilan 
birgalikda, birliklarning o'z aro m unosabatini h am o 'z ichiga oladi. 
Shuni t a ’kidlash lozimki, eng kichik (m inim al) tashkil etuvchi 
b o'lgan fonem a yana ichki va tashqi jihatga ajraladi.
Aytilganlar asosida, 
lison 
ham da 
nutq birliklari sifatida 
quyidagilar ajratiladi. Lison va nutq birliklari h a m lison va 
nutqning o'z i kabi U M I S va A HV O 
m unosabatida bo'ladi 
(4-jadval):
4-jadval
L IS O N IY B IR L IK
N U T Q I Y B IR L IK
F o n e m a
Tovush
M orfem a
Q o 'sh im c h a
Leksema
S o'z
Qolip
yasama so'z, so'z birikmasi
g a p

Yüklə 10,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə