R sayfullayeva, B. Mengliyev, G. Boqiyeva, M. Q urbo no va, Z. Yunuso va, M. Abuzalova



Yüklə 10,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/473
tarix14.03.2023
ölçüsü10,16 Mb.
#102474
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   473
hozirgi o`zbek adabiy tili sayfullayeva2009

2. 
Leksema va so ‘z. 
Lisonning borliq hodisalarini nomlash
ifodalash, ko'rsatish uch u n xizmat qiluvchi birligi — leksema. 
Lisoniy birlik sifatidagi leksema biri ikkinchisisiz mavjud bo'la 
olm aydigan ikkita psixofizik to m o n — akustik struktura (tovush 
qobig'i), y a ’ni n o m e m a ham da m a i u m bir tu shuncha asosida 
vujudga kelgan m azm uniy struktura, y a ’ni sem em aning birligidan 
iborat.
Lisoniy birlik sifatidagi leksemaning tovush strukturasi fonetik 
birlik ko'rinish (variant)larining turlicha kombinatsiyalari asosida 
vujudga kelgan. O 'z b ek tilida mavjud barcha leksemaning shakliy 
to m o n i tilimizda mavjud 30 ta fonem a asosida, xolos. S hu boisdan 
tashqi fonetik strukturasi asosida leksemalarni kuchli va kuchsiz 
ziddiyatga qo'yish m um kin. Kuchli oppozitsiya b ittadan 
( и —
olm osh, 
e -
undash), ikkitadan 
(ot
— ish), uchtad a n
(bor - kef),
to 'rtta d a n
(qunt-band)
fonem a variantining zidlanishi asosida hosil 
b o i g a n bo'lsa, kuchsiz ziddiyat leksemaning tarkibidagi ayrim 
fonem a variantlari asosida b o i a d i
(tub-tup, bob-bop).
H a r bir leksema lisoniy birlik sifatida m azm u n mundarijasiga 
h am ega. Leksemaning m azm u n mundarijasi denotat yoki referent 
deb ataladigan borliqdagi narsa, harakat, belgi, m iqdor kabini 
ifodalaydigan tushunchalarni anglatadi. Masalan, borliqda 
[yuz]
deb ataluvchi kishi burni ikki tom onining peshonadan iyakkacha 
bo 'lg an qismi mavjud. Shu asosda kishi ongida «yuz» tushunchasi 
vujudga kelgan. M az kur tu s h u n c h a asosida esa sem em a (leksema 
m a ’nosi) shakllanadi. T u sh u n ch a bilan m a ’no bitta narsa emas,
38


ular farqli xususiyatga ega. Masalan, ingliz, rus, nemis tilida 
so'zlashuvchi kishilarning ongida «ака» va «uka» tushunchalari 
mavjud. Biroq bu tushunchalar [
brother
] (ingliz), 
[brat] (rus)
va 
[bruder]
(nemis) leksemalarida bitta m a ’no (semema)da birlashgan. 
Yoki 
[yuz], [bet], [bashara], [chehra], [oraz]
leksemalari bitta 
tushunchani ifodalaydi, lekin m a ’nolari o'zaro farqlanadi.
Leksemaning m azm un silsilasi bo'lgan sememani tashkil 
etuvchi 
a ’zo 
— 
sema. 
N o m e m a
tovushlarning 
turlicha 
kombinatsiyalari 
asosida 
tashkil 
topganligi 
kabi, 
ana 
shu 
semalarning turlicha birikuvi va ba’zilarining o 'rin almashinuvi 
asosida 
turli 
m azmundagi 
sem em a 
vujudga 
keladi. 
Bu 
sememalarning semik tarkibi quyidagicha:
[yuz\ —
«odamga xos», «boshning old qismi», «burunning ikki 
tom oni», 
«peshonadan 
iyakkacha», 
«burundan 
quloqqacha», 
«qo'llanilishi 
chegaralanmagan», 
«uslubiy 
betaraf», 
«turkiy 
qatlamga oid», «um um iste’mol»;
[jainot] —
«odamga xos», «boshning old qismi», «burunning 
ikki tom oni», «peshonadan iyakkacha», «burundan quloqqacha», 
«qo'llanilishi 
chegaralangan», 
«badiiy 
uslubga 
xos», 
«arabiy 
qatlamga xos».
H a r ikkala leksema ham bir tushunchani ifodalaydi. Ularning 
m azm u n mundarijasi — sememalarining semik tarkibi farqlanadi. 
Leksemalar sememalarining atash semalari denotatning in ’ikosi — 
tushunchani ifodalaydi. H ar bir leksema sememasi o'xshash va 
farqlovchi 
semaga 
ega. 
O'xshash 
sema 
ularni 
guruhlarga 
birlashtirishga, farqli sema esa ajratishga xizmat qiladi.
Leksemaning nutqiy qo'llanilishidagi varianti so'z bo'lib, ular 
turlicha matniy qurshov asosida har xil xususiyat kasb etadi.
Leksema tub yoki yasama bo'lishi mumkin. Masalan, 
[kitob],
[savdogar],
(
nonchi)
birliklarini olaylik. Qatordagi 
[kitob]
va 
[savdogar]
birliklari tayyorlik, umumiylik, ijtimoiylik xossalariga 
ega. Biroq tilimizda 
(nonchi)
degan lisoniy birlik yo'q. U nutq 
jarayonidagina hosil qilinishi m umkin va yuqoridagi birliklar ega 
bo'jgan xususiyatdan xoli. 
[nonchi]
birligining nutq jarayonigagina 
xosligi uning tayyorlik belgisiga ega emasligini ko'rsatadi.

Yüklə 10,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə