R valijonov, O. Qobulov, A. Ergashev


valutaga sotish va bu bilan respublika iqtisodiyotini boshqarishni xalqaro



Yüklə 41,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/192
tarix11.12.2023
ölçüsü41,48 Kb.
#146383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192
Menejment asoslari

valutaga sotish va bu bilan respublika iqtisodiyotini boshqarishni xalqaro
andozalarga olib chiqadigan kasbiy mahoratga ega bo‘lgan mutaxassislar
tayyorlashni yoiga qo'yishning ilmiy negizini yaratishdir.
«Menejment asoslari» fani muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy fanlar xalq
xo‘jaligini rejalashtirish, statistika, buxgalteriya hisobi, moliya, kredit,
rejalashtirishning iqtisodiy matematik usullari, psixologiya, huquqshunoslik,
iqtisodiyot nazariyasi kabi fanlar bilan uzviy bog'liqdir. Fanning vazifasi iqtisodiy,
ilmiy, psixologik ilmlaming mavjud yutuqlaridan ishlab chiqarishni boshqarishda
maqsadga muvofiq foydalanish natijasida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish,
yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo'yish, yangi g‘oyalarni
amaliyotga tadbiq qilish va nihoyat, ular asosida mamlakatimizda iqtisodiy
o‘sishni ta’minlash hamda xalq farovonligini oshirishdir. Bu fanning predmeti
boshqaruvchi tizim va boshqarish obyekti orasidagi o‘zaro munosabatdir.
Shuningdek, korxonalar, birlashmalar, ulaming tarkibiy birliklari, muassasalar,
assotsiatsiyalar, konsorsiumlar va konsemlar hamda turli tashkilotlarda boshqarish
qonuniyatlari va tamoyillarini o‘rganish fanning asosini tashkil qiladi.
M EN EJM E N T - BOSHQARUV IL M I
Menejment — inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «boshqaruv» ma’nosini
ifodalaydi. Asrimizning 60-yillarida menejment amerikacha boshqaruv deb
tushunilgan, keyinchalik «ilmiy boshqaruv» deb yuritila boshlangan. AQSHda
hozirgi zamon boshqaruvini asr boshida vujudga kelgan deb hisoblashadi va
Teylor nomi bilan bog'lashadi. Teylor «boshqaruv aniq qonun va qoidalarga
tayanadigan haqiqiy ilm» degan edi. 30-yillarda esa «inson omili», «odamlar
o‘rtasidagi munosabatlar», «industrial sotsiologiya», «guruh bo‘lib masalani hal

Yüklə 41,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə