Raqamli elektron biznesni tashkil qilish bo’yicha misollar Raqamli elektron biznesni yaratish bo‘yicha tavsiyalar Elektron biznesini moliyalashtirish usullari



Yüklə 12,98 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü12,98 Kb.
#166497
1   2   3   4
11-12-m. Raqamliy elektron biznes (1)

Masalan, oldin eBay kompaniyasi bozorning C2C segmentida ishlab turib, keyinchalik B2C segmentiga o’tib ketgan va bu bilan o’z raqobatbardoshliligini ancha oshirishga erishgan.
Ko’pchilik kompaniyalar bozorga chiqishda foydalanuvchlarni jalb etish maqsadida ma’lum vaqt davomida o’z servislarni tekinga ishlatish imkoniyatini taklif etadilar.
Masalan, eBay kompaniyasi (1997 yilgacha uning nomi AuctionWeb bo’lgan) o’z faoliyatining boshlang’ich davrida tekinga ishlab berib, AQSH dagi eng ommabop elektron kim oshdi savdo tizimiga aylangan. Keyinchalik eBay sotuvchi lotining 6%i darajasidagi komission to’lov miqdorini kiritgan. Boshqalar uchun esa eBay da ishtirok etish tekinligicha qolgan
Raqamli biznes tashkil qilish uchun pullarni qaerdan olish kerak? - degan muammoni ham to’g’ri hal qilish kerak bo’ladi. Pul topgandan so’ng esa biznesni to’g’ri boshqarish muammosi ko’ngalang bo’lib turadi. Boshqarish uchun kadrlarni esa qaerdan topish mumkin? – bu kabi savollarga quyida javob topishga harakat qilib ko’ramiz.
Hozirgi paytda Startup degan atama juda ham mashxur bo’lib ketdi. Bu atamaning bri qancha aniqlanuvlari bo’lib, ulardan biri startap ni katta noaniqliklar sharoitida tezkorlik bilan rivojlana oladigan, tashqi sharoitlarga moslasha oladigan (ya’ni masshtablashtirila oladigan) biznes-model topish jarayoni deb tushuntiradi. Tushunrli va aniq biznes model topilib, tashkil etilib va natijalar olinganidan so’ng, uni endi biznes deb nomlanadi.
Startapning rivojlanishi uch bosqichga bo’linadi: startap haqidagi gipotezaning paydo bo’lishi, startapni testlashtirish jarayoni va startapni ishga tushirish jarayoni.
1. Gipoteza deb nomlangan birinchi bosqichda ushbu startap taklif etayotgan mahsulot yoki hizmatga talabning bor yoki yo’qligi va talabning qanday miqdordaligi aniqlanadi
2. Testlashtirish bosqichi esa uning hayotiyligini va uning vositasida biznes tashkil qilish mumkinligini aniqlashni o’z ichiga oladi (ya’ni, mijozlarni jalb qilish uchun ketadigan harajatlar startap tufayli keladigan daromaddan ancha kam bo’lishi lozim).
3. Startapni ishga tushirish jarayoni bosqichi esa mijozlarni ko’paytirish, biznes jarayonarni optimallashtirish va investitsiyalar jalb qilish imkoniyatlarini topishni o’z ichga qamrab oladi.
Endi biznesga muvaffaqiyatni ta’minlab beradigan shartlarni va innovatsion kompaniyaning hayotiy tsiklini batafsilroq ko’rib chiqamiz. Har qanday kompaniyaning hayotiy tsikli quyidagi bosqichlardan iborat:

Masalan, 2006 yilda Amazon kompaniyasi chakana sektorni diversivikatsiya qilish maqsadida „ma’lumotlarni bulutli usulda ishlash“ ni (cloud technologies) taklif qild.i Bu esa unga absolyut yangi iste’molschilar sektori – web-kompaniyalar bilan ishlashga imkon yaratdi va u bu yo’nalishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi.
Yangi mahsulot yoki hizmat yaratish uchun kerakli bo’lgan innovatsion g’oyani qanday qilib topiladi? Avvalo har qanday g’oya yoki innovatsion taklif mijozning yoki resursdan foydalanuvchining biror bir muammosini hal qilib berishi yoki qandaydir yengillik yaratib berishi kerak. Startuplarning 98% qismi biznes strategiyasi xato bo’lganligi tufayli yoki komanda yaxshi bo’lmagani uchun muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Agarda muammo topilsa va real bozor mavjud bo’lsa, potentsial biznes hayotiy bo’lishi uchun ikki faktor eng muhim bo’ladi:

Yüklə 12,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə