Reja: Bolalarda fonetik-fonematik nutq rivojlanmaganligini bartaraf etish


Tuzatilgan nutqiy material ustida quyidagi ishlar amalga oshiriladi



Yüklə 22,6 Kb.
səhifə2/6
tarix07.08.2023
ölçüsü22,6 Kb.
#120406
1   2   3   4   5   6
7-amaliy mashg\'ulot

Tuzatilgan nutqiy material ustida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  • bolalarda so‘zning morfologik tarkibiga va so‘zlarning o‘zgarishga e’tiborni jalb etish hamda so‘zlarning gapda bog‘lanishini rivojlantirish;

  • bolalarda oddiyyoyiq va qo‘shma gaplarni to‘g‘ri tuzish, mustaqil nutqda turli konstruksiyadagi gaplarni qo‘llash ko‘nikmalarini tarbiyalash;

  • – mustaqil nutqni rivojlantirish:

  • lug‘atini boyitish:

  • talaffuzini to‘g‘rilash asosida savodga o‘rgatish:

  • ixtiyoriy diqqat va xotirani rivojlantirish.

Quyida biz fonetik-fonematik nutq rivojlanmaganligini bartaraf etish bo‘yicha M. Ayupova (1992) tomonidan tavsiya etilgan logopedik ish tizimi bilan tanishamiz.
Fonetik- fonematik nutq rivojlanmaganligini bartaraf etish bo‘yicha olib boriladigan korreksion ish tizimi shartli ravishda 3 davrga bo‘linadi. Ularning har birining mazmuni va hajmi jihatidan farq qilgan holda bir-biriga bog‘liq hamdir. Korreksion logopedik ishning oldingi davri keyingi davrdagi ish mazmunini o‘zlashtirib olishga bolalarni tayyorlaydi.
Korreksion ishning birinchi, ikkinchi, uchinchi davrlarida olib boriladigan logopedik ishlar mazmuni
Korreksion ishning birinchi davrida olib boriladigan logopedik ishlar mazmuni
Fonetik – fonematik nutq rivojlanmaganligini bartaraf etishda olib boriladigan korreksion ishning birinchi davrini tayyorlov davri deb ham nomlash mumkin. Bu davrda olib boriladigan ishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: artikulyatsion apparat xarakatchanligini rivojlantirish ; to‘g‘ri talaffuz qilinadigan tovushlarni aniqlash; tovushlarni nutqqa qo‘yish; eshituv idrokini rivojlantirish, tovushlar differensiatsiyasi ustida ishlash so‘z va bo‘g‘in ichidan tovushni ajratish.
Nutqning tovush tomoni shakllanishida faqatgina artikulyator motorikaning efferent zvenosining shakllanganligi emas, balki nutqiy sezgilar- kinesteziyalar ham muxim ahamiyat kasb etadi. N.I Jinkin qaytish reaksiyasining bo‘lmasligi nutqiy organlar xarakati mashqlari uchun tajriba to‘planishini to‘xtadi deb ta’kidlagan. Qaytish reaksiyalarining (kinesteziya) kuchayishi nutqning o‘zlashtirishni tezlashtiradi va yyengillashtiradi.
Harakat – kinestetik aloqalarni rivojlantirish uchun tovush talaffuzi vaqtida artikulyator organlar holatini aniqlovchi maxsus mashqlar bajartiriladi. Mashqlarni bajarish jarayonida bolalarning diqqati doimo kinestetik sezgilarga qaratiladi.
Artikulyator harakatlarning kinestetik asosini shakllantirish turli xil mashqlarni bajarish jarayonida amalga oshiriladi, lablar holatini aniqlash, til uchi tor va kengligini ajratish va .x.k.

Yüklə 22,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə