Reja: Bolalarda fonetik-fonematik nutq rivojlanmaganligini bartaraf etish


Artikulyatsion apparat xarakatchanligini shakllantirish bo‘yicha logopedik ishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi



Yüklə 22,6 Kb.
səhifə3/6
tarix07.08.2023
ölçüsü22,6 Kb.
#120406
1   2   3   4   5   6
7-amaliy mashg\'ulot

Artikulyatsion apparat xarakatchanligini shakllantirish bo‘yicha logopedik ishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. Artikulyator motorikani rivojlantirishga harakatlar hajmini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan, artikulyatsion apparat organlari harakatchanligini, kuchini, aniq harakatini, artikulyator organni kerakli holatda ushlab tura olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid statik mashqlar.

  2. Bir vaqtda va ketma – ket bajarilayotgan harakatlar jarayonida dinamik koordinatsiyani rivojlantiruvchi mashqlar

Artikulyator harakatlar statikasini rivojlantirish, harakatlarni takrorlash va qayta tiklash jarayonida amalga oshiriladi.
Artikulyator harakatlarni rivojlantirish o‘yin («Shirin murabbo», futbol») shaklida olib borilib, motorika buzilishining xarakteri va darajasini hisobga olgan holda o‘tkaziladi. Artikulyator motorikani rivojlantiruvchi mashqlar bir vaqtning o‘zida harakatning kinetik va kinestetik asosida ta’sir qilishni e’tiborga olgan bo‘lib, shu jumladan harakatlarning statik va dinamik koordinatsiyasiga, harakatlarning turli darajalarini shakllantirish va murakkablashtirishga ham qaratilgandir.
Artikulyator motorikaning rivojlanishi tovush talaffuzidagi kamchiliklarni korreksiyalash uchun ahamiyatlidir. Bu ishning asosiy vazifasi artikulyatsion organlar sezgisini va harakatchanligini yaxshilash; til va lablarning ixtiyoriy harakatlarini mukamallashtirishdan iborat.
Motorikani rivojlantirish artikulyatsion gimnastika ko‘rinishda o‘tkaziladi. Uning maqsadi artikulyator harakatlarning har bir elementini qayta ishlashdan iborat bo‘ladi.
Nutq apparat motorikasini rivojlantirish va to‘g‘ri artikulyatsiyani tarbiyalash ishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • statik va dinamik mashqlar;

  • artikulyator apparat xarakatchanlik kuchini, harakatlar aniqligini rivojlantirish;

  • nutq apparat muskullaridagi taranglikni yo‘qotish.

  • harakatlarning normal tempini tarbiyalash.

Birinchi davrning asosiy vazifalardan yana biri tovushlarni nutqqa qo‘yish, bolalarda buzilgan artikulyatsion tuzumlarni korreksiyalashdir.
Tovushlarni nutqqa qo‘yish individual mashg‘ulot davomida, har bir bolaga 10 – 15 minut ajratilgan holda olib boriladi. Har bir aniq holatda tovushlarni nutqga qo‘yish usullari tanlanadi. Ularni tanlashda bola shaxsiga, talaffuzdagi kamchilik xususiyatlariga, nutq xususiyatlariga e’tibor berilishi lozim.
Tovushni nutqqa qo‘yish bo‘yicha olib boriladigan ishni rejalashtirilar ekan, logopedik ishni va tovushni nutqga qo‘yish qoidalarini ketma- ketligini hisobga olish zarur. Asosiy diqqat e’tibor tovush artikulyatsiyasini ongli ravishda mustahkamlashga qaratilib, bolalar til, lablar, tishlar qay holatda turganligini ko‘rsatib va aytib bera olishlari kerak. Bolalar diqqati ko‘proq tovushlar artikulyatsiyasiga qaratiladi. Korreksiyalash usullari artikulyatsion apparat tuzilishi va funksiyasini hisobga olgan holda tanlanadi.
Tovushlarni nutqqa qo‘yishda taqlid, mexanik va aralash usulidan foydalaniladi.
P, B, D, T, V, F, K, G tovushlarini nutqqa qo‘yishda tushuntirish, taqlid usulidan, s, z, sh, j, ch, r tovushlarini nutqqa qo‘yishda taqlid va mexanik usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Nutqning fonetik -fonematik rivojlanmaganligini korreksiyalash analitik- sintetik mashqlarni murakkablashtiruvchi tizim orqali logopediyada qabul qilingan usullarni qo‘llash bilan olib boriladi. Bunda bolalarni nutq organlari artikulyatsiyasiga ongli yondoshishga, o‘z talaffuzini nazorat qilishga, nutqqa qo‘yilgan tovushlarnigina emas, balki nutqdagi barcha tovushlarni aniq va to‘g‘ri talaffuz etishga, tovushlarni hosil bo‘lish o‘rni va jarangdorligiga ko‘ra tasniflab berishga o‘rgatish lozim. Bunday tayyorgarlik ishlaridan so‘ng bolalarda tovush analizi operatsiyasini shakllantirishga, ya’ni bo‘g‘in va so‘zlarda tovushlarni ajrata bilishga o‘rgatiladi.

Yüklə 22,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə