Reja: Eritmаlаr hаqidа tushunchа



Yüklə 452,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix31.05.2023
ölçüsü452,49 Kb.
#114485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
8-MА‟RUZA ERITMАLАR, ULAR TURLARI. SUYULTIRILGAN ERITMALAR XOSSASI, OSMOTIK BOSIM

Gaz-qattiq eritmalar. 
Gazli va qattiq eritmalar ham muhim ahamiyatga va keng qo`llanilish sohasiga ega. 
Gaz-gaz eritmalar. 
Barcha gazlar bir-biri bilan aralashadi. Havo gazli eritmaning 
klassik misoli bo`lib, u o`z tarkibida turli proporsiyadagi 18 komponent tutadi. 
Davolashda va xirurgik operatsiyalarda qo`llaniladigan anesteziya uchun gaz, gazli 
eritmalarga yana bir misoldir. 
Eriydigan gaz-qattiq modda. 
Gaz qattiq moddada eriganda, u qattiq zarrachalar 
orasidagi bo`shliqni egallaydi. Vodorod begona aralashmalar yuqidan tozalanishi 
mumkin, agarda uni palladiy orasidan o`tkazilsa. Faqat vodorod molekulalari 
sezilarli kichik bo`lganligi uchun palladiy atomlari orasiga joylashadi va Pd-H 
bog``larini hosil qiladi. Vodorod atomlari Pd ning bir atomidan boshqasiga 
harakatlanib boradi va oxir-oqibat Pd dan ajralib H
2
molekulalari holida ajraladi. 
Qattiq modda - qattiq modda eritmasi. 
Qattiq moddalar diffuziyaga juda kam 
darajada uchraydi, shuning uchun odatda geterogen bo`ladi. Ayrim qattiq eritmalarni 
qattiq moddalarni suyuqlantirib olish mumkin, ularni aralashtiriladi va sovutiladi. 
Ko`pgina qotishmalar qattiq eritmalardir. Latun qattiq eritmaga misol bo`la oladi, u 
Zn va Cu ning aralashmasidan iborat. Mumlar qattiq amorf eritmalardir. Tabiiy mum 
biologik qattiq eritmadir. U suvda erimaydi, ammo ayrim erituvchilarda eriydi. 

Eritma− molekulalararo o`zaro ta‘sir kuchlari hisobiga erituvchida eritilgan 
erigan moddadan iborat gomogen sistema. 

Eritmalarda ion-dipol, ion-induksiyalangan dipol va dipol-induksiyalangan 
dipol o`zaro ta‘sirlar amalga oshadi. 

agar eritilgan moddada va erituvchida o`xshash molekulalararo kuchlar hosil 
qilsa, u holda ularni almashtirganda eritma hosil bo`ladi, bunda bu o`zaro ta‘sir 
kuchlari eritilgan modda molekulalari va erituvchi molekulalari orasida sodir bo`ladi. 

ionli birikmalari suvda eritilganda ularning ionlari vodorod bog``lari hisobiga 
gidrat qobiqchalari bilan o`ralgan bo`ladi. 

Turli erituvchilarda organik birikmalarning eruvchanligi ularning qutbli va 
qutbsiz tashkil etuvchilarining nisbiy o`lchamlariga bog``liq bo`ladi. 

Qutbsiz gazlarning suvda eruvchanligi komponentlar orasidagi kuchsiz 
molekulalararo o`zaro ta‘sir kuchlari hisobiga juda kichik bo`ladi. Gazlar aralashadi 
(bir-birida eriydi) va ular zich joylashtirilgan zarrachalar orasidagi bo`shliqni 
to`ldirgan holda qattiq moddalarda eriydi. 

Qattiq eritmalarga qotishmalar va mumlar kiradi. 

Yüklə 452,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə