Reja. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari


Savol: 1) Sanoqdan foydalanmasdan, 1 yoki 2 rasmda predmetlar ko’pligini qanday bilsa bo’ladi?



Yüklə 98,93 Kb.
səhifə12/19
tarix28.11.2023
ölçüsü98,93 Kb.
#138268
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Reja. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari-fayllar.org

Savol: 1) Sanoqdan foydalanmasdan, 1 yoki 2 rasmda predmetlar ko’pligini qanday bilsa bo’ladi?

2) Qaysi rasmda uchburchaklar ko’p?
Predmetlarning ikki to`plamini taqqoslash malakasini hosil qilishda o`quvchilarni to`plamlarning biridan predmetlar ikkinchisiga qaraganda qancha ortiq yoki kam ekanini aniqlashga va shu asosida ikki to`plamdagi predmetlar sonini tenglab (kamini qo`shish yoki ortiqchasini olish bilan) masalani ikki usul bilan yechishga o`rgatish kerak.


-Qaysi geometrik figuralar ko`p va qancha ko`p?

-Figuralar teng bo`lishi uchun nima qilish kerak?
Bunday mashqlar qo`shish va ayrish amallari mazmunini yechishga tayyorgarlik bo`lib xizmat qiladi, tenglik, tengsizlik, sonlarni taqqoslash tushunchalarini tarkib toptirish imkonini beradi, o`quvchilarning matematik nutqlarini rivojlantiradi.


3. Tartib munosabatlari va sonlarning tartib qiymatlari.
O`nlik ichida sonlarni o`rganishda «oldida», «keyin», «orasida» kabi tartib munosabatlarini ham o`rganish zarur. M: sinfda bolalarni saf qilib: Sodiqdan oldin, keyin kim turibdi? Sodiq bilan Lola orasida kim turibdi? kabi mashqlar bajariladi.
Sonlarning tartib qiymatlarini qarashda, uning predmetlarni nomerlashda, ya'ni shu predmet qaralayotgan predmetlar qatorida tartib bo`yicha nechanchi o`rinni egalab turganini aniqlashga asosiy e'tibor qaratiladi. M: qizil doira sanoq bo`yicha nechanchi? yoki predmetlar bir, ikki, uch…deb nomerlashni taklif qilish mumkin.

4.Qo`shish va ayrish amallarini o`rganishga tayyorlash.
Qo`shish va ayrish amallarini o`rganishga tayyorlash maqsadida ikki to`plamni birlashtirish va qismini ajratishga doir mashqlar bajarish kerak.
M: 1) Partaga 3 ta uchburchak va 2 ta kvadrat qo`ying. Ularni yaqinlashtiring, hammasi qancha bo`lganini aniqlang.
2) Daftardan 5 ta katakni o`rang, oxirgi katakni bo`yang. Nechta bo`yalmagan katak qoldi?


5. Raqamlarni yozishga tayyorlash.
O`rganilayotgan sonlar dastlab bosma raqamlar bilan o`rgatiladi. (belgilanadi), ular katakni taxtachada narsalarning tegishli to`plami ro`parasiga qo`yiladi. Dasturda 1 sinf uchun matematikadan dastlabki mavzu birinchi o`nlik sonlarni nomerlashdan iborat. Bu mavzuni o`rganishdan maqsad bolalarda sanoq malakasini hosil qilish, ularda birinchi 10 ta son haqida tasavvur shakllantirish, son va uning nomi raqamlar yordamida bosma va yozma belgilanishi orasida moslik o`rnatish malakasini tarkib toptirishdan, o`quvchilarni sonlar qatorining ba'zi xossalari, sonlarning tarkibi bilan tanishtirishdan iborat.
M: 3 soni: 3 ta kvadrat. 3 ta olma, 3 ta stul… deb aytish mumkin. Buni, 3 sonini raqam bilan 3 deb belgilash mumkin.
Yozma raqamlarni tanishtirishda, raqamlarni yozish namunasini doskada ko`rsatish kerak.
O`quvchilar raqamlarni havoda chizib, yoki namuna bo`yicha chizib, ko`l harakati yo`nalishini o`zlashtiradilar. So`ngra sonlarning hosil qilinishi o`rganiladi. Birinchi o`nlikning har bir soni o`zidan oldingi songa birni qo`shish va o`zidan keyingi sondan birni ayrish bilan hosil qilinadi. Sonlarning ikki qo`shiluvchidan tashkil topishi o`rganiladi. (3=1+2, 3=2+1).
Sonlarning natural qatordagi o`rnini o`rganishda bunda mashqlar bajarish kerak.
- Sanoqda 3 (5)… sonidan keyin keladigan sonni ayting.
- 4 va 6 sonlari orasida keladigan sonni ayting…
Natural qatorning ketma-ket sonlarini taqqoslash yoki qo`shni sonlar orasidagi munosabatlarni o`rganish, dastlab to`plamlarni taqqoslashga tayangan holda bajariladi. Predmetlar soni raqami bilan, sonlar orasidagi munosabat «>», «<», «=» bilan belgilanadi.
O`quvchilar, qaralayotgan son o`zidan oldin keladigan sonlardan katta, keyin keladigan sonlardan kichik ekanini o`zlashtirib olishi kerak. 2>1 –ikki birdan katta. 1<2-bir ikkidan kichik. O`quvchilar diqatini belgilarning uchi kichik songa qaratilgan bo`lishiga, va «>», < belgili yozuv chapdan o`ngga qarab o`qishiga qaratish kerak.
Misollar: - 3g’4, 6g’5, 7g’7, sonlarni taqqoslang.

<3; 6> ; 5= ; 5+1> tushirib qo`yilgan sonni toping.
5<6; 8<7…. noto`g`ri yozuvni toping.
Qarab chiqilgan asosiy masalalar har bir son bilan tanishishda o`rganiladi. Ammo, 1-5 sonlarini o`rganish 6-10 sonlarni o`rganish metodikasidan farq qiladigan xususiyatlari mavjud.
1. 1-5 sonlarini o`rganishda tanish sonlar qatorida har gal bittadan son qo`shila boradi, ikkinchi beshlik sonlarni o`rganishda esa sonlarning qatoriga birdaniga sonlar jufti qo`shiladi;
(1,2,3,4,5,6,7; 1,2,3,4,5,6,7,8,9; 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10;)
2. 1-5 sonlari narsalar va tasvirlar bilan o`rganiladi. Shundan keyin kattaroq sonlar (6-10) bilan tanishtirishda predmet ko`rsatmaslikdan asta-sekin abstrakt shaklga o`tishni amalga oshirish kerak. Jumladan «sonli zinapoyacha» dan va Santimetrli shkala tushirilgan chizg`ichdan foydalanish mumkin.
Bunda sonlar o`z kattaliklari bo`yicha tartiblangan ekanligicha o`quvchilar ishonch hosil qiladilar.
3. 2-5 sonlarining tarkibini ikki qo`shiluvchidan iboratligi eslab qolish talab qilinadi. 6-10 sonlariga nisbatan esa bu sonlarning tarkibini yoddan bilish talab qilinmaydi. Sababi, bunga juda oz soat ajratilgan. Lekin «qo`shish va ayirish» ni o`rganishda davom ettiriladi. 1-10 sonlari bilan tanishgandan keyin 0 (nol) raqami bilan tanishadilar. Nol to`g`risidagi tushunchani predmetlarni bittalab kamaytirib, bitta ham narsa qolmaguncha sanashga doir mashqlarni bajarish orqali hosil qiladilar. So`ngra nol sonini raqam bilan belgilash qaratiladi. Shundan keyin 0 va 1 taqqoslashdan va 0<1 ekani o`rganiladi. O`quvchilarni 0 (nol) soni 1 dan oldinda turadi, degan xulosaga olib kelinadi. Shu yerda chizg`ichdagi belgilangan birinchi raqam Nega 1 emas, balki 0 nol ekanini tushuntirish maqsadga muvofiq.
Shunday qilib o`ng ichida sonlarni nomerlashni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni egallab olishlari kerak.
1. 1-10 sonlari va ketma-ketligini puxta o`zlashtirish, ularni o`qish, yozish.
2. Har qaysi sonning sonlar qatoridagi «o`rni» ni bilish.
3. Sonlarni taqqoslashni va «>, <, =» belgilardan foydalanib, tegishli yozuvlarni ishonch bilan amalga oshirish.
4. Sonlar tarkibini eslab qolish. (bilish).
3. 100 ICHIDA NOMERLASH METODIKASI

Yüklə 98,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə