Reja: Tafakkur va uning xususiyatlari. Tafakkur turlari va shakllari Tafakkur operatsiyalari va qonuniyatlari. Tafakkur sifatlari. Tafakkurning individual xususiyatlari va rivojlanishi. Adabiyotlar



Yüklə 33,97 Kb.
səhifə9/10
tarix23.12.2023
ölçüsü33,97 Kb.
#157342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Reja Tafakkur va uning xususiyatlari. Tafakkur turlari va shakl-hozir.org

Aqlning sertashabbusligi deganda insonning o’z oldiga yangi muammo, aniq maqsad va konkret vazifalar qo’yishni, ana shularning barchasini amalga oshirishda, nihoyasiga etkazishda echimni qidirishda usul va vositalarni shaxsan o’zi izlashi, aqliy zo’r berib intilishi, ularga taaalluqli qo’shimcha belgi va alomatlarni kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon bo’lishini nazarda tutamiz. Aqlning pishiqligi vazifalarni tez echishda, echish paytida yangi usul va vositalarni o’z o’rnida aniq qo’llashda, trafaretga aylangan eski yo’l hamda usullardan forig’ bo’lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi.
O’zining o’zgalarning mulohazalarini, bu mulohazalarning chin yoki chin emasligini tekshira bilishda va namoyon bo’lgan mulohazalarga, muhokamalarga, muammoli vaziyatga baho bera bilishda aqlning tanqidiyligi muhim rol o’ynaydi. Tafakkurning tanqidiyligi ob’ektiv va sub’ektiv ravishda ifodalanishi mumkin. Mazkur sifat insonni baholash, o’z-o’zini baholash kabi tafakkurning individual xususiyatlari bilan bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. Agar tanqidiylik oqilona, muhim belgilarga, muammo mohiyatining to’g’ri ochilishiga, ba’zan etalonga asoslanib amalga oshsa, unday tanqidiylik ob’ektiv tanqidiylik deb ataladi. Mabodo tafakkurning tanqidiyligi sub’ektiv xatolarga, umuman sub’ektivizmga og’ib ketsa, bunday holda sub’ektiv tanqidiylik deyiladi. Sub’ektiv tanqidiylik salbiy oqibatlarga olib keladi, shuningdek insonlar o’rtasida anglashilmovchilik g’ovini vujudga keltiradi, ikki shaxs o’rtasida kutilmaganda ziddiyat paydo bo’ladi. Insonda tafakkurning tanqidiyligi oqilona ratsional tarzda vujudga kelsa, unda shaxs muhim sifat bilan boyiydi deb atash mumkin.
Maqsad, muammo va vazifalar o’zga shaxslar tomonidan qo’yilib, tayyor usul va vositalarga tayangan holda o’zga kishilarning bevosita yordami bilan amalga oshirilishi jarayonida bir oz ishtirok etgan tafakkur nomustaqil deb ataladi. Nomustaqil tafakkurli kishilar tayyor mahsulotlar quliga aylanadilar, o’sishdan orqada qolish xavfi tug’iladi. Natijada aql-zakovatli inson bo’lish o’rniga, kaltabin, aqldan erinchoq, behafsala odam bo’lib voyaga etadi. Demak, tafakkurning nomustaqillik illati rivojlanishiga to’siq bo’lib, yakka shaxs uchun esa tragediya rolini bajarishi ehtimoldan xoli emas.
Fikrning mustaqilligi uning mahsuldorligi bilan uzviy bog’langan. Agar inson tomonidan muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, g’oyalar, tavsifnomalar yaratilgan hamda nazariy va amaliy vazifalar hal qilingan bo’lsa, bunday kishining tafakkuri 

Yüklə 33,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə