S. K. Ganiyev, A. A. Ganiyev, D. Y. Irgasheva ma’lumotlar bazasi xavfsizligi



Yüklə 13,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/60
tarix11.12.2023
ölçüsü13,28 Kb.
#148481
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60
1.-GaniyevS..Ganiyev..IrgashevaD.Y.Malumotlarbazasixavfsizligi.

Tashqi
 
— xost operatsion tizim yordamida (operatsion tizim 
vositalari orqali autentifikatsiya). Autentifikatsiyaning ushbu sxe- 
masida ma’lumotlar bazasi foydalanuvchisini identifikatsiyalash va 
autentifikatsiyalashda xostning operatsion tizimiga ishoniladi. Xost- 
ning operatsion tizimi ma’lumotlar bazasidagi foydalanuvchining 
haqiqiyligini tasdiqlashni ta’minlaydi. Ma’lumotlar bazasi operat­
sion tizim tomonidan taqdim etilgan identifikatorni ma’lumotlar 
bazasi identifíkatorini o‘matish uchun ishlatadi.
Bevosita ma’lumotlar bazasi doirasida
 
(ma’lumotlar bazasi 
vositalari yordamida autentifikatsiya). Autentifikatsiyaning ushbu 
sxemasida ma’lumotlar bazasi o‘zining shaxsiy autentifikatsiyalash 
mexanizmidan foydalanib, foydalanuvchi bildirgan identifikatoming 
haqiqiyligini tekshiradi (verifikatsiyalaydi).
Yuqorida tilga olingan autentifikatsiya servislaridan bo‘lma- 
ganida bittasi mos ma’lumotlar bazasi tomonidan taqdim etilishi 
shart. Himoyaga ehtiyoj axborot texnologiyasining aktivlari MBBT 
doirasida saqlanuvchi, konfidensialligi, yaxlitligi yoki foydalanuv- 
chanligi obro‘sizlantirilishi mumkin bo‘lgan axborotdan iborat. 
Ma’lumotlar bazasi obyektlari va ma’lumotlar bazasining ushbu 
obyektlari doirasidagi ma’lumotlar axborot texnologiyasining aktiv­
lari hisoblanadi.
M a’lumotlar bazasining boshqa obyektlaridagi ma’lumotlar 
qismlarining birlashmasi ma’lumotlar bazasining obyektlari bo‘lishi 
mumkin. Boshqarish ma’lumotlari MBBT tomonidan ma’lumotlar 
bazasi obyektlarini tashkil etish va himoyalash uchun ishlatiiadi. 
Ma’lumotlar bazasi auditining ma’lumotlari MBBT tomonidan 
uning ishlash jarayonida generatsiyalanadi.
Quyida MBBT xavfsizligiga tahdidlar va ushbu tahdidlami 
yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan buzg‘unchilar aniqlangan.
Ushbu tahdidlarga quyidagilar qarshi tura oladi

Yüklə 13,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə