S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74
MA’ruza matni

Termiz daryosi, Kalif daryosi, Arang, Raxa, 

Aranga, Urganch daryosi, Xorazm daryosi 

kabi nomlari uchraydi. 

Sirdaryoning  nomlari  ham  ko'p  bo'lgan.  Qadimgi  yunon  tarixchilarining 

asariarida 



Yaxartes 

(Yaksart),  ba'zan 



Tanais, 

zardushtiylarning  muqaddas  kitobi 

«Avesto»da  Danu,  Yaosha,  X  asrda  yozilgan  «Hudud  ul-olam»  qo'lyozmasida 

Xashart,  Runik  turkiy  yozuvlarda  Yenchao'gaz,  Firdavsiyning  «Shohnoma»  sida  va 

Hamdalloh  Qazviniyning  «Qalblar  huzuri  asarida 

Gul-zarriyun, 

arablar  kelgandan 

keyingi  ko'pgina  solnomalarda 

Sayxun, 

arab  geografi  Ibn  Xurdodbeh  asariarida  (IX 

asr) 

Xishart 

yoki 


Qan-qar, 

Beruniyda 



Xasart 

shakllarida  tilga  olingan.  Shu  bilan 

birgalikda  u  qaysi  yerdan  oqib  o'tishiga  qarab, 

Obi  Farg'ona 

(Farg'ona  daryosi), 



O'zgan daryosi, Obi Xo'jand, Nahr ash-Shosh 

(Shosh yoki Choch daryosi), 



Banokat 

daryosi 

kabi nomlar bilan atalgan.  

Xo'sh, daryoning hozirgi nomi – Sirdaryo qachon paydo bo'lgan? Ba'zi olimlar 

(V.V.Bartold, S.G.Klyashtorniy, H.Hasanov) Silis – 



Sir 

so'zining aynan o'zginasi deb 

biladilar.  Demak,  Sirdaryo  qadim  zamondanoq,  o'rta  va  yuqori  oqimlarida  Yaksart, 

quyi oqimida Silis (Sir) deb atalgan. XIII-XIV asrlarda Sirdaryo etagida Janet shahri 

yaqinida 

Jo'jixonning 

o'g'illari  va  nabiralarining  o'rdasi  Siro'rda  deb  atalgan.  Bu 

faktlar  daryoning  qadimiy  nomlaridan  biri  2000  yil  davomida  xalq  og'zida 

saqlanibgina  kelmasdan,  ko'chmanchi  o'zbek  qabilalari 



Movarounnahrni 

bosib 


olgach, asta-sekin daryoning asosiy nomi (Sirdaryo) bo'lib qolganini ko'rsatadi. 

Sirdaryo so'zining ma'nosi nima? Daryo nomi sir, ya'ni «rang, bo'yoq», «Sariq 

daryo (loyqa suvli daryo), «Serob» (Sersuv) degan ma'noni bildiradi deyuvchilarning 

fikri  noto'g'ri  ekanligini  professor  H.Hasanov  aytib  o'tgan  edi.  Bu  azim  daryo  shu 

atroflarda  yashagan 

Sar 

(silis  -  sir)  qabilasi  nomi  bilan  atalgan  deyish  ancha 

haqiqatga yaqin. 

Zarafshon  haqiqatan  «Zar  sochuvchi»  daryo.  Daryo  o'zanidagi  qumda  oltin 

zarralari  bo'lganidan  daryo  shunday  nom  olgan.  Po'stak  yoki  uzun  pat  gilam  ustiga 

qum to'kib, bosim bilan yuvganda, oltin zarralari jim oralarida qolgan. Shu yo'l bilan 

qumdan  oltin  ajratib  olishgan.  Lekin  Zarafshon  daryoning  keyingi  asrlarda  paydo 

bo'lgan nomi. Miloddan oldingi yunon tarixchilari asarlarida 



Politimet, 

o'rta asrlarda 



Obi Ko'hak – 

Ko'hak suvi deb atalgan. 

Ko'hak  —  Samarqand  shahri  yaqinidagi Choponota tepaligining  tojikcha nomi 

(ko'hak - tog'cha, qir). Bu tepalik arab geografi 



Ibn Havqal 

(X asr) asarlarida Jabali 

Ko'hak deb atalgan (arabcha jabal — «tog'»). Daryoning Namik, Ro'di Masof, Nahri 

Sug'd (Obi Sug'd), Ro'di Sharh, Haramkom, Rudi Somjon kabi nomlari ham bo'lgan. 

Qashqadaryo gidronimi katta suv obyektlarining nomlari qadimiy boiadi degan 

fikrning to'g'ri ekanligini isbotlaydi. Bu daryo nomining kelib chiqishi haqida qancha 

fikrlar bildirilgan bo'lsa ham gidronim etimologiyasi to'g'ri aniqlangan deb bo'lmaydi. 



Qashqa 

so'zining  ma'nosi  ko'p.  Akademik  V.V.Bartoldning  Qashqadaryo  Kesh 

(Shahrisabz)  shahri  nomining  fonetik  o'zgarishi  oqibatidir,  degan  fikri  to'g'riga 

o'xshaydi.  Arab  geograflari  asrlarida 



Qashqadaryo 

(X  asr) 



Keshkiro'd 

deb,  Temur 

davrida  Xashqa  (Xashqaro'd)  deb  yuritilgan  va  keyinchalik 

Qashqadaryo 

bo'lib 


ketgan. 

Surxondaryo  nomining  etimologiyasi  ham  hamon  jumboqligicha  qolayotir. 

Tojikcha  «Qizil  suv»  ma'nosida  bo'lsa, 

surxob 

deyilishi  kerak  edi  (daryoning  bosh 

qismi  –  Denov  shahrigacha 

Qizilsuv 

ataladi). 



Surx 

yoki 


surxi 

degan  turkman  urug'i 

ham  bor.  O'rta  asrlarda,  Amir  Temur  tarixida  ham  Chag'onrud  deb  atalgan. 

V.V.Bartold mo'g'ul tilida chag'on «oq» ekanini aytgan (ro'd-daryo). 

Respublikamiz  daryolarini  havzalarga  bo'lsak,  ko'pchilik  daryolar  Sirdaryo 

(Norin,  Qoradaryo,  Chirchiq,  Ohangaron,  Kalas,  Aravonsoy,  Oqhura,  Isfaymmsoy, 

Shohimardon,  So'x,  Isfara,  Xo'jabaqirg'an,  Oqsuv,  Poshshota,  Oqsuv,  Kosonsoy, 

G'ovasoy) 

va  Amudaryo  havzasiga 



(Zarafshon,  Qashqadaryo,  G'uzordaryo, 

Surxondaryo, To'polondaryo, Sheroboddaryo) 

kiradi. 


Bu  daryolar,  soylarning  qancha  irmoq  va  tarmoqlari  bor.  Bulardan  tashqari, 

qancha  ko'llar 



(Orol  dengizi,  Arnasoy  ko'llari 

va  b.),  suv  omborlari 



(Kattaqo'rg'on, 

Janubiy  Surxon,  Chimqo'rg'on,  Chorvoq,  Tashkent  dengizi,  Quyimozor 

va  b.),  son-

sanoqsiz quduqlar ham mavjud. 

Quduqlarni  hisobga  olmaganda  ham  qolgan  gidronimlardan  har  birining 

etimologiyasi haqida to'xtalib o'tishning iloji ham hojati ham yo'q deb hisoblaymiz. 

Bundan ko'ra suv obyektlari nomlarini hosil qilgan so'zlarni sanab o'tish va iloji 

boricha, uiarning ma'nosini tilga olish maqsadga muvofiqdir. 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə