S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74
MA’ruza matni

Nurota 

tog'laridan 



Ilono’tti 

darasi 

orqali ajralib turadi. Nurota tog'laridan janubdagi tog'lar 



Zarafshon tizmasiga 

kiradi. Respublikaning eng janubidagi 



Hisor tizmasi 

Tojikiston bilan bo'lgan chegara 

bo'ylab  cho'zilgan.  Surxondaryo  va  Qashqadaryo  viloyatlari  hududida 

Yakkabog', 

Chaqchar, Boysuntog', Qo'hitang, 

Surxon, Bobotog' tizmalari bor. 

Barcha  tog'  tizmalari  va  tizmalarini  pasttekislikar,  soyliklar,  daryo  vodiylari 

ajralib  turadi.  Bundan  tashqari  tekisliklarda  ham  ko'plab  adirlar,  jarlikiar,  tepaliklar 

bor. 

Toponimlarning  boshqa  turlariga  qaraganda 



Oronimlar

r  eng  kam  o'rganilgan 

sohadir. 

Ma'lumki,  toponimlar  zamirida  mahalliy  geografik  atamalar  yotadi.  Tog'lik 

o'lka,  xususan  aholi  yashaydigan  va  xo'jalikda  keng  foydalaniladigan  past  tog'lar, 

orografik  atamalarga  boy  bo'ladi.  Bunday  atamalar  esa  tekislikda  yashovchi  aholi 

uchun jumboq bo'lishi mumkin. 

Tog'-tosh nomlarida 



adir, aqba – ovg'a, bel, buloq, gaza, dara, dovon, jaylov – 

yaylov, jar, kam – kamchik, kamar,nov, nova, nura, oshuv, sang, soy, suv, tangi, tepa, 

tov  –

 

tog', tosh, chag'at, cho'qqi, qir, qiya, qoq, qo'l  -  g'o'l  (tog' tarmog'i,  kichikroq 



dara,  soy  ma'nosida),  qashqa,  qo'rum,  qo'rg'on,  qo'ton,  ungur 

kabi  atamalar  ko'p 

uchraydi. 

Tog'larning  atalish  (nominatsiya)  qonuniyatlaridan  biri  shuki,  tog'liklar  yon-

veridagi ayrim cho'qqi, qoya, yonbag'ir, zovlarning nomlarini yaxshi bllganlari holda 

butun  bir  ulkan,  tog'lar  tizimining  umumiy  nomini  bilishmaydi. 



Tog' 

so'zini  deyarli 

ishlatishmaydi.  Tog'  so'zi  o'rniga  «tosh»  atamasi  ishlatiladi. 

Ayritosh,  Qoratosh, 

Oqtosh 

deganda cho'qqi, ayrim qoya katta tog'ning bir bo'lagi tuahuniladi. 

O'zbekiston  hududining  1/5  qismi  tog'lardan  iborat.  1:  200000  masshtabli 

topografik xaritalarda mamlakatlarimizdagi 700 dan ortiq oronimlar  – tog'li o'lkalar, 

ayrim  tog'lar,  cho'qqilar,  qoyalar,  dovon-larning  nomlari  qayd  qilingan  (biz  bunda 

togiardagi  daralar,  soyliklar,  jarliklar,  tekislik  o'lkalardagi  tepaliklar,  do'ngliklar, 

salbiy re'lef shakllarini hisobga olmadik). 



Respublikamizda  G'arbiy  Tyanshan  tog'lari  tarmoqlari  bo'lgan 

Hisor-Oloy 

tog'lari 



(Hisor, Zarafshon, Turkiston 

tizmalari tarmoqlari) o'rin olgan. 

Surxondaryo  viloyati  oronimlarga  boyligi  jihatidan  (150  ga  yaqin  oronim) 

birinchi  o'rinda  turadi  (mashhur 



Hisor  tizmasi 

va  uning  tarmoqlari 



Boysuntog', 

Qo'hitangtog',  Bobotog'). 

Qashqadaryo  viloyatida  145  oronim,  Navoiy  viloyatida 

105,  Toshkent  viloyatida  103,  Samarqand  viloyatida  59,  Jizzax  viloyatida  52  ta 

oronim qayd qilingan. Boshqa viloyatlar aksari tekislikda joylashganidan oronimlarga 

boy  emas.  Xorazm  viloyatida  1  oronim  uchraydi;  Sirdaryo  viloyatida  esa  umuman 

tog', binobarin oronim yo'q. 

Oronimlar  leksikasida,  yuqorida  aytilganidek,  geografik  atamalar  katta  o'rin 

tutadi. 


Oq,  qora,  sariq,  qo'ng'ir 

kabi  rang  simvoikasi  ham  keng  tarqalgan.  O'simlik 

nomlaridan 

archa,  betaga,  gujum,  anjir,  yong'oq,zardolu,  olma,  piyoz,  pista, 

sarimsoq,  terak,  tol,  o'rik,  irg'ay,  hayvon 

nomlaridan 



ariston  (arslon),  baliq,  do'lta, 

do'ng'iz-cho'chqa,  jayron,  chivirtka  (chig'irtka),  qoplon,  quyon,  qoraqush  (burgut), 

qarchig'ay,  etnonimlardan  afg'on, gumma,  olchin,  turkman,  chandir, chig'atoy 

qayd 


qilingan. 

Oronimlar  orasida  metaforik-majoziy  nomlar  ayniqsa,  keng  tarqalgan; 



egar 

(egarbel), dastar 

«salla» (Dastarqozi), 



moya 

«urg'ochi tuya 



(Qatormoya), qi'zemchak, 

bukir (Bukritog'), Yetimtog' 

(kichik-roq yolg'iz tog'), 



semiztepa, belisiniq, tuyatosh 

va 


h.  Aziz-avlifolarning  qadam  joylari  sifatida 

bobo,  ota 

atamalari  ishlatilishini  ham 

aytib o'tish kerak. 

Oronimik  leksikada  sinonimlftr  keng  tarqalgan,  aytaylik,  «tog'dan  oshib  o'tish 

uchun qulay  yo'l»  ma'nosida 

dovon 

so'zining  b



el,oshuv 

variantlari  bor.  Bu  atamalar 

joyiga qarab ma'nosi jihatidan bir-bjridan ozmi-ko'pmi farq qiladi. Masalan, Baxmal 

va  Zomin  tumanlarida  dovonni 



bet 

deyishadi, 



dovon 

deganda  esa  tog'dan 

oshaverishga  yaqin  dam  olinadigan  tekisroq  maydoncha  tushuniladi.  Tog'larni 

kishilarning  nomlari  bilan  atash  O'zbekistonda,  umuman  O'rta  Qsiyoda  qadimdan 

keng rasm bo'lgan emas.  

Bir  qancha  tog'lar  suv  obyektlarining  nomlari  bilan  atalgan.  Masalan: 



Yonabuloq,  Zarafihon,  Ko'kbuloq,  Ka'ksuv,  Sovuq  buloq  toglari 

va  tog’  obyektlari 

nomlari  bilan  atalgan  gidroobyektlar  ham  uchraydi: 

Chotqol  daryosi,  Obi  Ko'hak 

(Zarafshon daryosi) va boshqa. 

Tog'  buyuklik,  mangulik  ramzi.  Inson  panoh, sihat,  yemish  istab  doimo  tog'ga 

intilgan.  Insoniyatning  yarmidan  ko'pi  tog'  etaklarida  va  tog'  oldi  tekisliklarida 

yashaydi. Tog'lar yer osti qazilmalarigina emas, leksik boyliklar koni hamdir. 

Oronimik  obyektlarning  nom  olish  qonuniyatlari  qisqacha  aytganda  shulardan 

iborat.  Yana  shuni  aytish  mumkinki,  barcha  geografik  obyektlarda  bo'igani  kabi, 

oronimik  obyektlarning  nomlari  orasida  ham  semantikasi  tiniq  bo'lmagan  oronimlar 

kam emas. Bu esa etimologik tadqiqotni talab qiladi. 

Respublikamizda  toponimik  tadqiqotlar  eng  murakkab  va  mas'uliyatli  pallaga 

kirdi.  Mustaqillik  munosabati  bilan  topografik  xaritalarning  yuz  minglab  geografik 

nomlarini  ruschadan  o'zbekchaga  o'tkazish,  ularning  mahalliy,  milliy  shakllarini 

aniqlash, standartlashtirish, qat'iylashtirish qonuniylashtirish kerak bo'ladi. 

Biz  uchun  mavzu  boiib  xizmat  qilgan  titul  so'z  O'zbekistonda 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə