S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74
MA’ruza matni

jihatdan 

bir  necha  guruhga 

bo'lish  mumkin.  Chunonchi,  biron  kasb-hunar  nomi  bilan  yuritiiadigan  etnonimlar: 

qirsadoq 

(sadoq – o'qdon), 



iyarchi 

(egarchi – egarsoz), 



gilambofli - 

(gilam to'quvchi), 



sayot –

 (sayyod - ovcbi), 



tulkicili, zargarlik, mirishkor, po 'latchi 

va boshqalar. 



2.

  Kattami-kichikmi,  har  bir  tuman  joy  nomlarining  boshqa  tuman 

toponimiyasidan  farq  qiladigan  o'ziga  xos  xususiyatlari  bo'ladi.  O'zbekistonda 

etnotoponimlar juda katta o'rin tutadi. 

V.A.Nikonov  o'zi  ta'riflab  bergan 

nisbiy  negativlik 

qonuniga  amal  qilib, 



etnotoponimlar 

biron  millat  yoki  xalq  yaxlit  yashaydigan  hududlling  biron  qismida 

emas,  balki  bu  hududning  chekka  qismida,  ya'ni  ikki  xalq  aralash  yashaydigan 

chegaradosh  zonadagina  bo'ladi  deb  yozadi.  Masalan, 



Rossiyada  Russkie  Lipyagi  – 

Mordovskie  Lipyagi  –  Chuvashskie  Lipyagi;  Russkiy  Brod  –

 

Tatarskiy  Brod; 



Russkaya  Gvozdevka  –  Panskaya  Gvozdevka;  Russkaya  Konopelka  –  Cherkasskaya 

Konopelka;  Russkoe  Porechnoe  –

 

Cherkasskoe  Porechnoe 

kabi  juft  nomlar  ruslar 

bilan ikkinchi bir xalq aralash yashaydigan hududda paydo bo'lgan. 

O'zbekiston  etnotoponimiyasi  to'grisida  esa  bunday  deb  bo'lmaydi.  Chunki  bu 

yerda  urug'chilik qoldiqlari  yaqin vaqtlargacha ham  mayjud  bo'lgan va  har bir urug' 

yoki  uning  tarmoqlari  yashagan  qishloq  o'sha  urug'  yoki  shoxning'  nomi  bilan 

atalgan. 

Manbalarda  92  o'zbek  urug'i  bor  deb  qayd  etilgan.  Bundan  tashqari,  har  bir 

urug'  o'z  navbatida  yanada  mayda  guruhlarga  bo'linib  ketadi.  Etnograf  K. 

Shoniyozovning ta'kidlashicha, birgina 

qo'ng'irot 

urug'i 200 dan  ortiq kichik shox  – 

to'plarga ajralib ketadi. 

Shunday qilib, o'zbek millati turli qabila va urug'lardan tarkib topgan. 

Bu  qabilalardan 

turklar 

qabilasi  Xonaqodaryo  havzasida,  Kofirnihonning 

yuqori  oqimida,  Qizilsuv,  Yaxsuv  daryolarining  vodiylarida  hamda  ularning 



irmoqlari  bo'ylarida,  Qoradaryo  vodiysida,  Surxondaryoning  yuqori  va  o'rta 

oqimlarida,  Buxoro  yaqinida  esa  Shahrud  kanali  bo'yida,  Samarqand  atrofidagi 

tog'larning  etaklari  hamda  yonbag'irlarida  yashagan.  Turklarning  ancha  qismi 

Andijon  viloyatining  Xo'jaobod  va  Marhamat  tumanlari,  O'sh  viloyatinittg  Aravon 

rayonida,  O'ratepa  atroflarida,  Qashqadaryo  vodiysidagi  O'radaryo  bo'ylarida, 

Sheroboddaryo atroflaridagi tog'larda yashab kelganlar. 

Movarounnahr  turklarining  talay  qismini 

qarluqlar 

tashkil  etgan.  Ular 

Surxondaryo 

bo'ylarida, 

Qoratog'daryoning 

bo'ylarida, 

Kofirnihon, 

Vaxsh 


vodiylarida,  Yovonsuv  boshlarida,  Vaxsh  bilan  Qizilsuv  oralig'ida,  Ko'lob  vodiysi 

hamda  Panj  daryosining  o'ng  sohilida,  Qashqadaryoning  quyi  oqimida, 

Zarafshonning quyi oqimida (Shahrud kanali bo'ylarida) yashashgan. 

Barlos 

Qoratog'daryo  vodiysida,  Surxondaryo  vodiysining  ayrim  joylarida, 

Qashqadaryoning bosh tomonlarida, Shaxrisabz atroflarida istiqomat qilib kelganlar. 

Bundan  tashqari,  barloslar  Zarafshon  vodiysidagi  sobiq  Samarqand  uyezdining 

Qoratepa,  Mog'iyon,  Foroh

Panjakent  voloslari,  Nurota  va  Molguzar  tog'larida, 



Turkiston togiari etaklarida yashardilar. 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə