S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74
MA’ruza matni

Kaltatoylar 

Surxondaryoning  yuqori  va  o'rta  oqimlarida,  Nurota  va  Molguzar 

tog'lari yonbag'irlarida, Turkiston tog'lari etaklarida, Qashqadaryo vodiysidagi Kitob 

shahri atroflarida istiqomat qilganlar. 



Musobozorlar 

Hisor  vodiysida,  Hisor  tog'larining  shimoliy  yonbag'irlarida 

(Xonaqodaryo  va  Qoratog'daryo  havzalarida),  Qashqadaryoning  bosh  tomonidagi 

Forob,  Denov,  Sumsar  qishloqlari  atroflarida,  ulardan  pastroqda  –  Miraki  qishlog'i 

yaqinida ham yashashgan. 

Mo'g'ullar 

kamroq  bo'lib,  Panj  daryosining  o'ng  sohilidagi  Chubak  qishlog'i 

atroflarida,  Jilg'asoy  vodiysida  o'rnashib  qolganlar.  Hisor  vodiysida,  Janubiy 

Turkistonning  ba'zi  bir  joylarida  ham  mo'g'ul  qishloqlari  unda-bunda  uchraydi. 

Mo'g'ullaming ko'pchilik qismi Shimoliy Afg'onistonda ham mavjud. 

Qo'ng'irotlar 

Amudaryo  bo'ylarida,  Qashqadaryo,  Surxondaryo  vodiylarida 

yashab  kelganlar.  Jizzax,  Kattaqo'rg'on,  Samarqand,  Buxoro,  Qorako'l  vohalarida 

ham yakkalanib qolgan qo'ng'irot urug'i gurahlari bor. 



Mang'itlar, 

asosan,  Zarafshon  vodiysida,  qisman  esa  Xiva  xonligida,  so'ngra 

Qarshi  vohasida,  shuningdek  Amudaryoning  chap  sohilida  –  Chorjo'y  yaqinlarida 

yashab  kelgan.  Mang'it  bir  qancha  yirik  va  mayda  urug'larga  bo'lingan.  Eng  yirik 

urug'lar:  oq  mang'it,  qora  mang'it,  och  mang'it,  chala  mang'it,  boyg'o'ndi  mang'it, 

Bulardan  tashqari,  yana  temirxo'ji,  isoboy,  gavlak,  ko'sa,  toz,  qorabayir,  baqirchi, 

kula, tamg'ali  mang'it, qozoq, o'n ikki,  cho'qay, gala-botir, beshkal, chobakchak, uz, 

uvolay kabi urug'lar ham bo'lgan. 



Naymanlar, 

asosan,  Zarafshon  vodiysida,  Jizzax,  Kattaqo'rg'on,  Samarqand 

atroflarida,  shuningdek,  Buxoro  va  Karmana  vohalarida  o'rnashib  qolganlar.  Xiva 

vohasi va Farg'ona vodiysida ham bir oz miqdorda naymanlar bo'lgan. 

XIX  asr  oxirlarida  naymanlar  3  ta  yirik  urug'dan  iborat  bo'lgan.  Bular  – 

qo'shtamg'ali,  sadirbek  va  uvox-tamg'ali.  Ulardan  tashqari  nayman  qabilasi  ag'ran, 

ayronchi,  badir,  biya,  bog'onali,  boltali,  bo'qalay,  burunsov,  jag'albayli,  jastavon, 

jilonli  (ilonli),  jumaloq-bosh,  oltio'g'il,  oqto'nli,  po'lotchi,  segizuruv,  sarinayman, 

to'rttuul  (to'rto'g'il),  to'rttamg'ali,  urguch,  ukrash,  changali,  cho'michli,  g'ozoyoqli, 



qoranayman, qoragadoy, qorasirak, qarg'ali, qiltamg'ali, qoitamg'ali kabi tarmoqlarga 

ham bo'lingan. 



Saroy 

qabilasi  Buxoro,  Karmana,  G'ijduvon,  Kattaqo'rg'on,  Samarqand  va 

Jizzax  atroflarida,  Qarshi,  Shahrlsabz  vohalarida,  qisman  Farg'ona  vodiysida 

yashagan.  Saroylar  tarkibida  bir  qancha  katla-kichik  qabilalar  bo'lgan:  azsaroy,  qi 

pchoqsaroy, qirg'izsaroy, qo'ng'irotsaroy, majarsaroy, qorabog'saroy, naymansaroy va 

boshqalar. Bularning har bin o'z navbatida yana bir qancha urug'larga bo'lingan. 



Kenagaslar, 

asosan, Shahrisabz, Buxoro, Karmana, Denov vohalarida, 



laqaylar 

Kofirnihon,  Vaxsh,  Qizilsuv  havzlarida  zich  yashaganlar.  Kenagaslar  ochamayli, 

kirey, abak kirey, ovoqli, taroqli, chuyut, qayri soli kabi kichik qabila va urug'larga; 

laqaylar 

esa  esonxo'ja,  bodroqli,  bayram,  to'rtovul  kabi  urug'larga  (bo'laklarga) 

bo'lingan. 

Qataganlar 

birmuncha keng maydonda - Farg'ona vodiysining Namangan bilan 

Qo'qon  shaharlari  orasidagi  tumanlarida  o'rashib  qolganlar.  Qatag'anlarning  asosiy 

qismi  Ko'hitang  tog'larining  sharqiy  yonbag'irlarida,  Sheroboddaryo  havzasida, 

Surxondaryoning  o'ng  sohilida,  Vaxsh  daryosi  etaklarida,  Panjning  o'ng  sohilida  va 

Yaxsuv  vodiysida  g'uj  yashagan.  Qashqadaryo  havzasida,  Zarafshon  etaklarida, 

Buxoro hamda Karmana yaqinlarida ham qatag'anlar bo'lgan. Shimoliy Afg'anistonda 

ham talay qatag'anlar yashaydi. 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə