S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74
MA’ruza matni

Qirg'iz,  Qirg'izovul,  Qifg'izqo'rg'on,  Qirg'izlar,  Qirg'izmahalla,  Qirsadoq,  Qitoy, 

Qiyoli,  Qiyonni,  Quva,  Quvondiq,  Qo'g'a,  Qo'g'ay,  Qulvachcha,  Qullar,  Qo'ng'irot, 

Qo'ng'irotovul, Quraysh, Quralas, Qurama, Qirqlar, Qishliq, Qiyot, G'alcha, G'olba 

va xokozo.

 

Bu  etnonimlar  joy  nomlari  shaklida  qayta-qayta  uchraydi,  Masalan,  ayronchi, 



arg'in, achamayli, bag'anali, beshbola, burqut, g'alabotir, kenagas, tama, ming, mitan, 

oytamg'ali,  sayat,  tortuvli,  o'ymovut,  o'tarchi,  uyas,  qutchi  kabi  etnonimlar  qishloq-

shahar  nomlari  tarkibida  5  martadan  10  martgacha,  bolg'ali,  bolta,  bahrin,  bo'ston, 

qangli,  qoraqalpoq,  uyg'ur,  qashqar,  qiyot,  qurama,  qirq,  mirishkor,  mug'ui  kabi 

etnonimlar  11  –  20  martagacha,  beshkapa,  do'rman,  jaloyir,  tojik,  turkman,  qirg'iz, 

qozoq, qo'ng'irot, mang'it kabi etnonimlar 21 martadan 30 martagacha, qipchoq, saroy 

et-nonimlari 31-40 martagacha takrorlanadi. Arab etnonimi esa 80 dan ortiq oykonim 

hosil qilgan. 



3.

 Har qanday tilning so'z zahirasi bir qancha manbalar hisobiga boyib boradi. 

Ana 

shunday 


manbalardan 

biri 


toponimiya, 

ya'ni 


geografik 

nomlardir 

Toponimlarning  leksikaning  boshqa  turlariga  o'tishi  ya'ni  atoqli  (ism-familiyalarga) 

yoki  turdosh  otlarga  aylanishi 



detoponimizatsiya 

(toponimlikdan  voz  kechish) 

deyiladi. Toponimlarga nom bergan so'zlar inson faoliyatining barcha sohalarini (fan, 

texnika,  san'at,  adabiyot,  iqtisodiyot,  kundalik  hayot  sohalarini),  tevarak-atrofdagi 

narsalar  hamda  hodisa-voqealami  qamrab  olgan.  Bunday  so'zlar  minerallar  va  tog' 

jinslarining,  kimyoviy  elementlarning,  o'simliklar  va  hayvonlarning,  kiyim-kechak, 

asbob-uskunalarning, kasalliklarning, tarixiy voqelarning nomlari bo'lishi mumkin. 

Xilma-xil  toponimlar  haqida  tasavvur  berishdan  oldin  bir  necha  misol 

keltiramiz. 

Sibir  deganda  g'arbda  Ural  tog'laridan  sharqda  Tinch  okeani  sohili  bo'ylab 

joylashgan  tog'  tizmalarigacha,  shimolda  Shimoliy  Muz  okeani  sohilidan  janubda 

Qozog'iston  dashtlari  hamda  Mo'g'uliston  Respublikasi  etaklarigacha  bo'lgan  ulkan 

hududni egallab yotgan past tekislik tushuniladi. 

Turkiston chor Rossiyasi tomonidan bosib olgandan keyin, uning qonunlaridan 

bosh  tortgan  fuqarolar  qishi  qahraton  sovuq,  yozda  chivin-chirkaylar  nafas  olishga 

ham  kun  bermaydigan  qattiq  tabiatli  o'lkaga  badarg'a  qilinar  edi  va  bu 



sibir  qilmoq 

deyilgan.  Ushbu  atamadan  bir  qancha  narsa-buyumlar  ham  nom  olgan.  Masalan, 

yashil  tusdagi  bir  buyoq,  tik  yoqali  kamzul,  qog'oz  pul,  sovuqqa  chidamli  olma, 

sovuq  xonali  avaxta 



sibirka 

deb  atalgan.  Geologlar  qizil  tusdagi  qimmatli  toshni 



sibirit 

deyishadi. Toponimlarning leksikani boyitishda 



eponim 

bo'lib xizmat qilishini, 

ya'ni, o'z nomini berishini shu misollardan bilsa ham bo'ladi. 



Aholi  punktlari,  ayniqsa  shaharlar 

(bordo,  kagor,  xeres 

vinolari, 



borjomi 

suvi, 


satin 

gazlamasi,  qo'qonarava, 



chustdo'ppi 

va  hokazo.),  davlatlar,  mamlakatlar, 

o'lkalar, xududlar, turli joylafning nom-laridan kelib chiqqan turdosh otlar juda ko'p. 

Masalan, 



alebastr 

Misrdagi  shu  nomli  shahar, 



mndezit 

Janubiy  Amerikadagi 

tog', 

boksit 

Frantsiyaning janubidagi Boks degan joy nomidan, 



kaolin 

(chinnigulning 

ilmiy  nomi) 

Xitoydagi 

Kaolin  Izyansi  viloyatidagi  joy  nomidan, 



muskovit 

Moskvaning 



Moskoviya, to'yamo'yinit 

Farg'ona viloyatdagi To'yamo'ym koni, 



xibinit 

Rossiyaning  shimolidagi  toglar  nomidan  olingan.  Yer  tarixidagi  devon,  kembriy, 

perm 

toponimlardan 

nom  olgan  geoiogik  davrlardir.  Daryolarning  buralib  oqadigan 

qismining 

meandr 

atalishi  kichik  Osiyodagi  Meandr  daryosi  nomidan  kelib 

chiqqanini geograflar yaxshi bilishi kerak. 

Ameritsiy,  balxashit,  germaniy,  yevropiy,  yerevanit,  indiy,  kaliforniy,  fransiy 

kabi  kimyoviy  elementlar  va  moddalarning  qanday  toponimlardan  nom  olganini 

bilish  qiyin  emas.  O'simliklardan  apelsinning  gollandcha  «xitoy  olmasi»  degani, 

kofening  Afrikadagi 



Kaffa 

o'lkasi, 



shpanka 

Ispaniya, 



qirmiska 

uzumi  va 



qirimsag'iz 

o'simligi 



Qrim,  kanareyka 

zotli  sayroqi  qush  Atlantika  okeanidagi 



Kanar 

orollari 

nomidan, 

sardina 

(sardinka)balig'i.  O'rta  dengizdagi 



Sardiniya 

oroli  nomidan 

olingan.  Shuningdek  gazlama  turlaridan  boston  movuti  AQSh  dagi 

Boston 

shahri 


nomidan,  nafis  gazlamalar 

kashemir 

Xindistondagi  Kashmir  viloyati  kelib  chiqqan. 

Krepdeshin  «Xitoy  matosi»  degan  so'z.  Boshqa  sohalardan  misollar  ketiradigan 

bo'lsak, 



limuzin 

avtomobili Fransiyaning Limoj departamentining nomidan, 



mayonez 

sousi  O'rta  dengizdagi  Menorka  orolining  markazi  Maon  shahri  nomidan, 



plombir 

muzqaymog'i  Fransiyadagi  shu  nomli  shahardan, 



konyak 

Fransiyadagi  shu  nomli 

shahardan, 

feska, fes 

bosh kiyim Marokashdagi Fets shahri norftidan olingan. Dollar 

so'zini oling, u Germaniyadagi Ioaximstal shahri nomidan olingan bo'lib ioxamstaler 

so'zining  amerikacha  qisqarib  o'zgargan  shaklidir. 



Akademiya 

Gret  siyaning  Afina 

shahri  yaqinidagi 

Akademiya 

o'rmonzori  nomidan, 



roman  – 

asli  lotincha 



romanus 

so'zidan  kelib  chiqan  (Rumniki  –  Rimniki). 



Shpingalet 

(tamba)  Ispaniya  nomidan, 



fara 

chirog'i Iskandariya shahri yaqinidagi (Misr) 



Faros 

oroli nomidan, Bibliya (Injil 

–  Bibliyaning  bir  qismi)  nomi  yunoncha  biblos  (papirus  o'simligining  po'stlog'i) 

so'zidan yasalgan bo'lib, asli Suriyadagi Bibl shahri nomidan kelib chiqqan. 

Osiyoda,  jumladan  O'zbekistonda  farzandlarni  joy  nomlari  bilan  atash 

qadimdan  rasm  boigan.  Ko'pincha  bola  aytaylik,  boshqa  bir  mashhur  muzofotda, 

shaharda  tug'ilsa  o'sha  joy  nomi  ism  bo'lib  qflgan. 

Buxorboy,  Toshkanboy, 

Qo'qpnboy,  Sayramboy 

ismlari  ana  shular  jiimlasidandir  (biroq  Qarshiboy  ismi 

bundan mustasno, bola tug'ilayotganda teskari kelib qolsa, 

Qarshiboy 

deb ism olgan). 

Bunday  ismlarda  o'sha  joy  nomining  imlosiga  amal  qilinmagan,  Buxoroboy, 

Toshkentboy  deb  talaffuz  qilinmagan.  Qo'qon  qadimda  Xuqand,  Xuvaqand  deb 

atalgan. Shuning uchun ham, sovet hokimiyatining dastlabki yillarida chet elga ketib 

qolgan  o'zbeklar  uchun  chiqariladigan  gazetalarda  u  shahar  hozir  ham 



Xuqand 

deb 


yoailadi. 

Toponimlardan  nom  olgan  ismlar  ko'p  emas,  biroq  joy  nom-larini  o'zlariga 

nisba, ya'ni nisbiy familiya qilib olgan mashhur kishilar tarixda juda ko'p bo'lgan. 

Shu  narsa  xarakteriki,  O'rta  Osiyoda,  jumladan  O'zbekistonda  joylarni  malum 

va mashhur shaxslaming nomlari bilan atash rasm boimagan. 



Kishilar  hammaga  tanilib,  xususan  qo'liga  qalam  olib  yuksak  ijod  sohibi 

bo'lgandan keyin o'zlari tug'ilib o'sgan shaharlar, viloyatlar nomlarini o'zlariga 



nisba, 

ya'ni  nisbiy  familiya  qilib  olganlar.  Tarixda 



Andijoniy,  Buxoriy,  Namangoniy, 

Samarqandiy, Termiziy, Toshkandiy,

 

Xorazmiy 

singari ko'plab allomalar o'tgan. 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə