S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74
MA’ruza matni

kom (gom), kam, kern, 

eroniy tillarda «daryo», «soy», «kanal» 

yoki «kiraverish» («og'iz») ekanini aytib o'tish joiz. 

Chimyon toponimi va umuman Toshkent viloyatining togii qismidagi ko'pgina 

joy  nomlari  Farg'ona  vodiysidan  ko'chib  kelgan  aholi  tomonidan  qo'yilgan  degan 

malumot  bor.  Zarkat  (Zarkent),  Parkat  (Parkent),  Nanay,  Burchmulla  kabi  nomlar 

shular  jumlasidan.  Farg'ona  tumanida  Chimyon  shaharchasi,  Qo'rg'ontepa  tumanida 

Chimyon  qishlog'i  bor.  Farg'onadagi  Chimyonni  tojikcha  talaffuz  asosida  ruslar 




Chimion,  Bo'stonliqdagi  Chimyonni  esa  o'zbekcha  talaffuz  asosida  Chimgan  yozib 

kelishadi. 

Chim-chem  unsuri  o'zbekchada  ko'p  marta  takrorlanadi.  Chem  (chim)  sug'd 

tilida  «g'ov»,  «to'siq»,  «ihota»,  «qo'rg'on»  degani.  H.Hasanov  «Devonu  lug'otit 

turk»dagi  «o'tloq»  ma'nosidagi 

chimgan 

so'ziga  nisbat  berib,  Chimyon  toponimini 

«serchim  joy»  deb  izohlagan.  Tyanshan  tog'larining  viloyat  hududidagi  qismida 

Bodeka-tim,  Pidsr,  Shalsrez,  Chodak,  Shavvoz,  Yaxak,  Hovla  kabi  o'zbeklar  uchun 

tushuniksiz forscha-tojikcha oronimlar ham uchraydi.  

1:200 000 masshtabli xaritada viloyat hududida 80 dan ortiq oronimik obyektlar 

– tog', tizma, dovon nomlari qayd qilingan. Shulardan 1/4 qismi dovonlar, qolganlari 

tog'lar va tizma tog'lardir. Oronimlarning ko'pchiligi turkiy nomlardan iborat. Shunisi 

qiziqki,  oronimlar  orasida  asosiy  hisoblangan 

tog'-tov 

atamasi  bir  necha  martagina 

uchraydi:  Bobotog',  Qoratog,  Bukirtov,  Toshtov,  Charxtov  (charx  qumi  yasaladigan 

tosh).  Tog'da  yashaydigan  aholi  ko'proq  tosh  so'zini  ishlatadi:  Odamtosli  (shaklan 

odam  gavdasiga  o'xshaydigan  qoya),  Tektosh,  Gyuatesh  (yaltiroq  qoya),  Toshtepa, 

Uchtosh  (uchta  cho'qqi),  Qayirtosh,  Qoratosh  (Qora  qoya),  Tosh-tov  (qoyali  tog') 

kabi.  Yana 

qapchig'ay 

-  «tor  dara»  (Oqqapchig'ay), 



qurum-qurum  -

«tog' 


yonbag'irlaridagi  toshlar  uyumi»  (Qo'rumjo'l)  kabi  oronimik  atamalarni  aytib  o'tish 

mumkin. 


Yuqorida  tilga  olingan  indikatorlardan  tashqari  oronimik  leksikada  o'simlik 

nomlari  ham  anchagina  uchraydi:  Archali,  Terakli,  Yakkapista

s

  O'rikbel, 



Qoratutlioshi, Qoraqushxona, Qo'ng'irbuqa va hokazo.  

Toshkent  viloyati  respublikada  suv  resurslariga  eng  boy  viloyatdir. 

Sirdarayoning  o'rta  oqimi,  uning  yirik  irmoqlari  -  Chirchiq  (irmoqlari  Chotqol, 

Piskom, Ugom, Ko'ksuv), Ohangaron viloyat hududidan oqib o'tadi. Bu dayolarning 

har biriga yana qancha soy-jilg'alar qo'shiladi. 

Umuman  olganda  viloyat  hududida  juda  ko'plab  katta-kichik  daryo,  soylar, 

jilg'alar bor. Buloq, chashmalar, quduqlar ham anchagina. Tabiiy geografik obyektlar 

katta-kichik bo'lsa ham, toponimlarning katta-kichigi bo'lmaydi. Makrotoponim ham, 

mikrotoponim ham muayyan bir ma'noni anglatadigan so'zlar. 

Viloyatning eng katta daryosi Chirchiq nomining «Kichik Sir» deb izohlangani 

ma'lum (lug'atga qarang). Parkent tumanida 

Haromzodasoy 

degan soy bor. Ma'lumki, 

harom-zoda yoki 

haromi 

nikohsiz ota-onalardan tug'ilgan bolani bildiradi va bu so'z 

«yaramas»,  «iflos»,  «ablah»  ma'nolarini  ham  anglatadi.  Tez-tez  toshib  tevarak-

atroflami vayron qilib turgani sababli, xalq bunday soyni nafrat bilan haromzoda deb 

atagan  bo'lishi  mumkin.  Respublikamizda  Tentaksoy  degan  bir  necha  suv  obyekti 

bor.  Parkent  tumanidagi  bir  soy  ham  shunday  ataladi.  Bunday  soylar,  oshib-toshib 

yo'1-ko'priklarni  buzib,  ekinzorlarni  bosib  ketishgan.  Xuddi  shunday  Yuguriksoy  

(Parkent tumani) «shoshib-pishib tez oqadigan»,   Sargardonsoy  (Bo'stonliq  tumani)  

o'zanini    tez-tez  o'zgartirib    turadigan    soy    ma'nosini    anglatadi.  Navoiy  tumanida 

Sargardonqum  degan  qumlik  bor,  bu  yerda  qum  tepalari  –  barxaftlar  tez-tez  o'z 

o'rnini o'zgartirib turadi, 

Tovoqsoy  (Bo'stonliq  tumani).  Bu  nomning  kelib  chiqishiga  shaklan  ulkan 

tovoqni eslatadigan chuqurlikdagi buloqdan chiqadigan suv sabab Baxmal tumanida 

Tovoqbuloq degan buloq bor. 




Bo'stonliq  tumanidagi  bir  soy  ruscha  xaritalarda  Navalisay  deb  yozilgan. 

To'g'risi  Novalisoy  bo'lishi  kerak. 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə