S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74
MA’ruza matni

6.

 

 Nizomiddiy SHomiy. Zafarnoma. – T.: O`zbekiston, 1996. 

7.

 

Sogdiyskie  dokumenti  s  gori  Mug,  yuridicheskie  dokumenti  i  pis'ma. 

Perevod i kommentarii Livshitsa. Vipusk II. –  M., 1962. 

8.

 

Qorayev S. Toponomika. – T., 2006. – 320 b. 

        9. Qorayev S. Qoraqolpog'iston ASSR toponimlari // Mehnat va turmush. – 

Toshkent, –№9. – B. 12-13. 

 

 



7-MAVZU. O'ZBEKISTON GEOGRAFIK NOMLARINING 

TOPONIMIK LEKSIKASI (6 soat). 

Quyida  respublikamizning  geografik  nomlari  tarkibida  keladigan  bir  qancha 

geografik, ijtimoiy-iqtisodiy atamalar, etnonimlar va boshqa so'zlar lug'ati keltirilgan. 

Bu so'zlar ko'plab toponimlar semantikasini (ma'nosini) bilib olishga yordamlashadi. 

Abdal  –  ko'chmanchi  o'zbeklar  tarkibidagi  qabilalardan.  O'zbeklarning  loqay 

qabilasining  bir  urug'i  ham 



abdal. 

Turkmanlarda 



abdal 

qabilasi  bor;  shuningdek, 

chovdur,  ersari,  ota,  sariq  qabilalari,  qozoqlarning  boyuli,  qirg'izlarning  adigine 

qabilalari  tarkibida  ham 



abdal 

urug'i  qayd  qilingan.  Abdal  qabilasi  Hindiston, 

xususan,  O'rta  Osiyo  xalqlari  etnogenezida  muhim  rol  o'ynagan  xalq  –  eftalit,  ya'ni 

haytal  (abdel)  laring  avlodlaridir.  Tarixchi  Bal'ami  (X  sr)  fikricha,  haytal  so'zi 

buxoroliklar  tilida  "pahlavon",  "jasur  odam"  demakdir.  Keyingi  asilarda  abdal 

deganda "gadoy, darvesh" tushunilgan. 

Abiz  –  qo'ng'irot  va  uz  qabilalarining  bir  urug'i

Qozoqlarning  jetiruv, 

qoraqalpoqlarning  ashamayli  qabilalarining  bir  urug'i  ham 

abiz 

(uyshun  qabilasi 

urug'i  esa 

abis) 

deb  atalgan.  G’allaorol,  Jarqo'rg'on  tumanlarida  Abuz  (Abiz) 

qishloqlari bor. 

Adirlar – O'rta Osiyo tog'larining etaklaridagi chol va chala cho'l qirlar. Adirlar 

past-baland  bo'ladi,  Adir  ―ajralgan‖  ―bo'linib-bo'linib  ketgan‖  ma'nosidagi  "ayir" 

so'zidan kelib chiqqan degan fikr bor. Jizzax viloyati Zomin tumanida, Qashqadaryo 

viloyati  G'uzor  tumanida  Bo’lakadir,  Zomin  tumanida  "Changli  adir",  Qirg'iziston 

Respublikasida Oqadir, Cho'ladir, Tojikistonda Oqboshadir degan toponimlar bor. 

Aymoq  –  urug',  elat.  Bu  so'zning  ma'nolari  ko'p.  Mo'g'ulcha  aymag  "o'xshash 

narsalar  majmui"  degan  ma'noni  anglatgan.  O'rta  asrlarda  Mo'g'ulistonda  muayyan 

hududda ko'chib yurgan qon-qardosh oilalar ittifoqi, ba'zan katta bir oila yoki qishloq 

ham  aymoq  deb  atalgan.  Hozirgi  mo'g'ul  tilida  aymak  so'zi  ma'muriy  birlik,  qabila-

urug',  tur,  xil,  bo'lim,  gap  bo'lagi  ma'nolarini  artglatadi.  Qozoq,  qirg'izlarda  bu 

so'zning  "hudud"  ma'nosi  ham  bor.  Akademik  V.V.  Radlov  bu  so'z  "yot  kishi", 

"boshqa mamlakatdan kelgan odam" ma'nosini ham anglatishini qayd etgan. Masalan, 

Zomin  tumanida  baland  tog'  bag'ridan  o'tkazilgan  Aymoqariq  devqomat  kelgindilar 

tomonidan qazilgan deyisbadi. O'zbeklarda, turkmanlarda 

aymoq 

urug'i bo'lgan.  

Ayritam.  Respublikamizda  Ayritam  (Ayritom)  degan  qishloqlar  ko’p. 

Turkmaniston,  Qoraqalpog'istonda  ham  Ayritam  toponimlari  uchraydi.  O'zbekiston 

bilan  Afg'oniston  o'rtasida  Amudaryoga  qurilgan  ko'prikning  Afg'oniston  tomoni 

Hayraton deb ataladi. O'zbekiston tomonida Ayritom degan joy bor.  




A'lam  (arabcha)  –  aziz-avliyolarning  qadam  joylarida  o'sgan  daraxtlarning 

shox-shabbalariga  yoki  shahid  bo'lgan  kishilarning  mozoriga  qoqilgan  tayoqlarga 

osilgan  latta-puttalar.  Ma'nosi  (arabchadan)  "bayroq"  demak. 

A

'lam  -  A'lamli  degan 

joy nomlari "aziz avliyolar  mozori" yoki "shahid bo'lgan kishi ko'milgan joy" degan 

ma'noni bildiradi. 

Arlot  –  Chingizxon  o'z  o'g'li  Chig'atoyga  taqdim  etgan  to'rtta  mo'g'ul 

qabilasidan  biri.  Bu  qabila  hozirgi  Afg'onistonning  shimoliy  qismida  o'rnashib 

qolgan.  Arlot  qabilasi  92  o'zbek  "qavmlari"  qatorida  "Jome  at-tavorix",  "Ravzat  us-

safo", "Shayboniynoma" da, "Abdullanoma", ―Shajarai turk‖ yodnomalarida, Navoiy 

asarlarida tilga olingan. Arlotlar nufuzli qabilalardan hisoblangan. 

Asaka  –  ko'chmanchi  o'zbeklar  orasida  tilga  olingan  urug'lardan  biri. 

Qirg'izlarning  sayaq  qabilasi  tarkibida  ham 

asaka 

degan  urug'  qayd  qilingan  bo'lib 

joy  nomlari  shaklida  uchraydi.  Masalan,  Asaka  shahri  (Andijon  viloyati),  Oltinko'l 

tumanidagi Asakalik qishlog'i ham shu urug' nomi bilan atalgan bo'lsa kerak.  

Arna  –  juda  qadimiy  so'z.  Akademik  V.V.  Radlov 

arna 

so'zini  «daiyo  yo’li», 

«daryo  o'zani»  deb  izohlaydi.  Akademik  V.V.  Bartold  fikricha  esa  bu  so'z 

xorazmchadir.  Biroq 



arna 

so'zining  ma'nolari  ancha  keng.  Qadimgi  xet  tilida 

«buloq»,  «chashma»  degan  ma'noni  anglatgan.  Xorazmda  katta  kanallar 

arna 

deb 


ataladi.  Sun'iy  kanallaming  bu  atama  bilan  atalishiga  sabab  bu  kanallar  hajmi 

jihatidan daryoning bir qismi deb hisoblanadi.  

Asqar  –  yuksak  tog',  qishin-yozin  qor  bilan  qoplanib  yotgan  tog'.  O'rta 

Osiyodagi turkiy xalqlarning deyarli hammasida 



asqar tog' 

(tov, too) – «buyuk tog'», 

«chiqib  bo'lmaydigan  baland  tog'»  ma'nosini  anglatadi.  Bu  so'z  o'zbek  dostonlarida 

ham shu ma'noda uchraydi. Qirg'iz tilida asqa (asqatosh) «yuksak cho'qqi» ma'nosini 

anglatadi.  Qashqadaryo  viloyatida  Asqarcho'qqi,  Asqartepa,  Asqarqir  degan 

toponimlar bor. 

Axtachi – qadimgi urug'lardan biri. Bu urug' vakillarini Zahiriddin Bobur ham 

tilga  olgan.  Qirg'iz  qipchoqlarining  bir  urug'i  hozir  ham  axtachi  deb  ataladi. 



Axta 

mo'g'ul  tilida  «ot»  (jumladan,  «bichilgan  ot»)  demakdir.  Axtachi  esa  «otboqar», 

«jilovdor»  (xon  oti  jilovini  ushlab  yuruvchi  kishi)  ma'nosini  beradi.  Andijon 

viloyatining  Asaka,  Bo'z  tumanlarida  Axtachi  degan  qishloqlar  bor.  Jizzax  viloyati 

Zomin tumanida bir qishloq Axtaxona (Axtixona) deb ataladi. Bu toponim ham o'sha 

axtachi 

(axta) etnonimining in'ikosi bo'lsa kerak.  

Baday  –  ko'chmanchi  o'zbeklar  tarkibidagi  urug'.  Asosan  Amudaryoning  quyi 

oqimida,  Xorazm  viloyatining  Urganch,  Qoraqalpog'istonning  Beruniy  tumanlarida 

yashagan.  XIX  asrning  boshlarida  Surxondaryo  vodiysiga,  Bekobod,  Zomin 

dashtlariga  tarqalgan.  Amudaryoning  o'ng  sohilidagi  Badayto'qay  qo'riqxonasi  shu 

urug’ nomi bilan bog'liq. 

Badoq – kanal tarmog'i, ariq, soy. Bo'stonliq tumanida Badoqsoy gidronimi shu 

atamadan hosil bo'lgan. 

Bayot  –  qadimgi  turk-o'g'uz  qabilalaridan  biri.  O'zbek,  turkman,  ozarbayjon 

xalqlari  tarkibiga  kirgan. 

Bayot 

so'zining  ma'nosini  Rashid-ad-dinning  «Jome  ut-

tavorix»  asarida  ―baxtli  va  marhamatlisi‖  deb,  Abulg'ozi  Bahodirxonning  «Shajarai 

turk»  asarida  «baxtli  va  boy»  deb  izohlagan.  20-yillarda  bayotlar  Buxoro  shahri  va 




Qorako'l tumani atroflarida, Xorazm viloyatining ayrim joylarida yashagan. Xorazm 

viloyati Yangiariq tumanida Bayot degan qishloq bor




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə