S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   74
MA’ruza matni

oval, qal'a, obod, ko'pir.

 

Bular  orasida  eng  ko'p  takrorlanadiganl 



ovul 

(aul)  atamasidir,  Qariyb  200  ga 

yaqin  aholi  punkti  (ovul)  nomlari  tarkibida  uchraydi:  Avezovul,  Bo'zovtul, 

Darg'aovul, Kepeovul, Maxremovul, Naymanoval va b.  



Qal'a 

atamasi  30  ga yaqin  shahar va ovul  nomlari tarkibida keladi:  Ayozqal'a, 

Burgutqal'a, Jambasqal'a, Mamiyqal'a, Nakasqal'a, Tozaqal'a va boshqaiar. 

Boshqa  oykonimik  atamalardah  faqat 



obod 

komponenti  bir  necha  marta 

takrorlanadi: Amirobod, Mehnatobod, Paxtaobod, Xalqaobod, Chinobod, Yangiobod, 

Qlrqqizobod. 



2.

  Ayozqal'a  –  Beruniy  tumani  hududidagi  me'moriy  yodgorlik.  Miloddan 

avvalgi  IV-II  asrlarga  oid'  qal'a  xarobadan  iborat.  Bir  necha  turkiy  xalqlar 

folklorining qahramoni Ayoz nomi bilan atalgan. 

Ayran  -  ovul,  Qo'ng'irot  tumani.  O'zbeklarning  qo'ng'irot  qabilasi  tarkibida 

ayron, 

nayman  qabilasi  tarkibida 



ayronchi, 

qozoqlarning  nayman  qabilasi  tarkibida 



ayratn 

urug'lari bo'lgan. 

Ayteke  –  ovul,  Chimboy,  Kegeyli  tumanlari.  Kegeyli  tumanida  –  ovul 

Ayteke 

deb ataladi. Qoraqalpoqlarning 



qtay 

qabilasi tarkibida –



like 

degan urug' ham bo'lgan. 




Anna - ovul, Kegeyli, Taxtako'pir, Chimboy tuminlari. Qoraqalpoqlarning 

qtay 

qabilasi tarkibida 



anna 

(sart-anna) urug'i bo'lgan. 

Aqto'g'in  –  ovul,  Bo'zatov,  Kegayli,  Chimboy  tumanlari.  Qoraqalpoqlarning 

keneges qabilasi tarkibidagi bir urug' nomi 



aqto'g'in 

(oqto'g'in)  bo'lgan. 

Badayto'g'ay  –  Amudaryoning  o'ng  sohilidagi  qo'riqxona.  Xorazm  viloyati 

Urganch tumani, Qoraqalpog'istoning Beruniy tumani hududlarida chorvachilik bilan 

shug'ullangan 

baday 

o'zbek urug'i. XIX asr boshlarida Surxondaryo vodiysi, Bekobod 

bilan  Zomin  orasidagi  dashtlarga  tarqalgan.  Ishtixon,  Paxtakor  tumanlarida  Baday 

(Boday), Ishtixon tumanida Badayovul, Qo'riqbaday qishloqlari bor. 

Beksiyiq – ovul, Kegayli, Xo'jayli, Chimboy tumanlari. Qoraqalpoqlarning qtay 

qabilasining bir urug'i 



beksiyiq 

deb atalgan. 

Birqozonkol – ovul, Qo'ng'irot tumani. Birqozon ayni paytda aqoqush deb ham 

ataladigan  suv  parrandasi.  Amudaryo  etagida  ko'p  boladi.  Birqozonko'l  –  Saqaqush 

ko'li. 

Boyterak  (Bayterek)  –  Qo'ng'irot  tumanidagi  joy,  quduq.  Boyterak  –  chinor, 

tayanch,  muqaddas  daraxt.  Turkiy  xalqlarda  Boyterak,  Bayterek  degan  ismlar  bor. 

Boyterak  etnonim  bo'Iib,  qozoqlarning  qanli  qabilasi  va  qirg'izlarning  saribag'ish 

qabilasi tarkibida boyterek (bayterek)  urug'i qayd qilingan. 

Burlaq


 –

 Amudaryo bo'yidagi bir necha qishloq va ovul nomlari. Bu so'z Volga 

daryosida  kemalarni  oqimga  qarshi  tortib  kun  ko'rgan  ishchilarni  anglatgan 

burlak 

atamasi  bilan  bog'liq  bo'lishi  mumkin.  Zarafshon  bo'yida  ham  Burlaq  degan 

qishloqlar bor. Ko'chmanchi o'zbeklar ulusida 

burlaq 

degan urug' qayd qilingan. 

Bo'zatov  –  ovul,  Chimboy  tumani.  Xorazmda,  Qoraqalpog'istonda 

atav  – 

1) 


o'tov, bo'z uy; 2) daryo o'rtasidagi kichikroq orol; 3) qamishzor, to'qay. 

Jamansha  –  ovul,  Kegayli,  Chimboy,  Nukus  tumanlari,  Jaman,  Jamanshaq  – 

Kegayli  tumani.  Qoraqalpoqlarning  qiyat,  qtay  qabilalari  tarkibida 

jaman, 

qoraqalpoqlarning  mang'it  qabilasi  tarkibida 



jamansha 

urug'lari  bo'lgan.  Ko'pgina 

turkiy etnonimlar orasida 

jaman, yomon 

laqabli urug'-aymoq nomlari bir necha marta 

takrorlanadi. 

Kepe –  ovul, Kegayli, Chimboy, Qorao'zak  tumanlari. Qoraqalpoqlarning  qtay 

qabilasi tarkibida 

kepe 

urug'i qayd qilingan. 

Moylibolta  –  ovul,  Kegayli,  Qorao'zak  tumanlari.  Qoraqalpoqlarning 

qipshaq 

qabilasi tarkibida 



moylibolta 

(maylibalta) urug'i qayd qilingan. 

Mo'ynoq  –  shahar,  Mo'ynoq  tumani  markazi.  Mo'ynoq  quyidagi  tarkibiy 

qismdan  iborat: 



mo'yin  – 

bo'yin, 


-oq 

kichraytirish  qo'shimchasi.  Mo'ynoq  «kichik 

bo'yin», «bo'yincha» demakdir. 

Nukus  –  shahar,  Qoraqalpog'iston  Respublikasining  poytaxti.  Nukus,  nekuz 

degan urug bo'lgan. Rivoyatga ko'ra Nukus (no'kis) surgun qilingan to'qqizta qizning 

o'g'illaridan  tarqalgan  kishilarning  avlodi  bo'lib,  «to'qqiz  kishi»  demakdir  (tojikcha 



no'h  – 

to'qqiz, 



kas  –

kishi).  Bu  rivoyat,  xolos.  Toponimning  etimologiyasi  hamon 

noma'lum. 

Nukus  qabilasi 



neko'z 

shaklida  turk-mo'g'ul  urug'lari  tarkibida  qadimgi  tarixiy 

manbalarda,  chunonchi,  Rashid  ad-dinning  «Jome  at-tavorix»  asarida  ham  tilga 

olingan.  Nukus  urug'i  nukas  («yangi  qishloq»)  degan  ma'noni  anglatadi  degan  fikr 




xam bor. Nrtus (Nikuz) degan joy nomlari Respublikamizning boshqa yerlarida ham 

uchraydi. 

Orol  dengizi.  Bu  gidronimning  kelib  chiqishi  haqida  bir  qancha  fikrlar  bayon 

etilgan. Nega dengiz  (katta kol)  Orol deb  atalgan?  Orol suv o'rtasidagi quruqlik-ku! 

Xiva xoni, yirik tarixchi oiim Abulg’ozi Bahodiixon Amudaryo dengizga quyiladigan 

joyni, deltani Orol deb atagan. Ana shu yerda orollilar degan xalq yashagan. L. Berg 

o'zining  «Orol  dengizi»  degan  asarida  (1908)  Orol  o'sha  yerda  yashagan  xalq  – 

orollilar  nomidan  kelib  chiqqan  deb  yozadi  va  Richkovning  (1755)  «Ko'lda  orollar 

ko'p»  bo'lgalnidan  u  shunday  atalgan  degan  fikrini  o'rtaga  tashlaydi.  Chindan  ham 

ushbu dengizda 300 dan ortiq orol bo'lgan. 

Tevarak-atrofdagi  o'zbeklar,  qozoqlar  dengizni  Orol  (Aral)  deb  atasa, 

qoraqalpoqlar  Aral  yoki  Atau  deb  atashar  ekan.  Qoraqalboq  toponimisti  Q. 

Abdimuratov Orol dengizi chindan ham 

orol 

«suv o'rtasidagi quruqlik» so'zidan kelib 

chiqqan degan fikrnl bildiradi. 

Saltir  –  ovul,  Chimboy  tumani.  Qoraqalpoqlar  tarkibiga  kirgan  qipchoqlarning 

urug'i 

saltir 

deb atalgan. 

Sulton  Uvays  tog'lari  –  Amudaryoning  o'ng  sohilida.  O'rta  Osiyoda  tasavvuf 

targ'ibotiga asos soluvchilardan bin arab Uvays Qomiy nomi bilan atalgan (VII asr). 



Sulton 

unvoni unga keyinchalik O'rta Osiyo xalqlari tomonidan berilgan. Tizmaning 

janubi-g'arbiy yonbag'rida Sulton Uvaysning ziyoratgoh afsonaviy qabri bor. 

Tazg'ara  –  Chimboy  tumanidagi  eski  o'zan.  Qoraqalpoq  toponimisti  Q. 

Abdimuratov  bu  joy  Tajiqara  degan  kishi  ismi  bilan  atalganligini  ta'kidlaydi.  Jizzax 

tumanida Tazg'ara (Tasqara) degan joy bor. 

To'rtdival – ovul, Ellikqal'a turnani. Aynan «choldevor, vayrona»; To'rtko'l ham 

shu ma'noda. 

Shag'al  –  ovul,  Nukus  tumani.  Turkmanlarning  taka,  ersari,  o'zbeklarning 

qo'ng'irot qabilalari tarkibida 



shag'al 

qabilasi qayd qilingan. 

Egizqum  –  Chimboy  tumanidagi  joy.  Egiz  so'zi  «qo’shaloq»dan  tashqari 

«baland, yuksak» degan ma'noni bildiradi. Egizqam – «baland qum tepaligi». 

Qoplonqir – Ustyurtning bir qismi. Bu yerlarda bir paytlar chindan ham qoplon 

yashagan, hozir qolmagan. 

G'arg'a  –  ovul,  Chimboy  tumani.  G'arg'atubek  –  Kegayli  tumani. 

Turkmanlarning  go'klen  qabilasi  tarkibida 



g'arg'a 

urug'i  bo'lgan.  Boshqird, 

qoraqalpoq, qirg'iz, o'zbeklar tarkibida 

qarg'a 

urug'i qayd qilingan. 

 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə