S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74
MA’ruza matni

Chashmadamiyon — 

«suvi (buloqlari) ko'p» yoki 



Chilkon — 

«konlari ko'p (joy)» deb 

izohlashgan.  Mahmud  Koshg'ariyning  «Devonu  lug'otit  turk»  asarida 

chimgan  – 

«chimzor» ekanini aytib o'tish mumkin. 

Chinoz  –  sh.,  Chinoz  tumani  markazi.  Arab  geograflari  Istaxriy,  Ibn  havqal, 

Muqaddasiy  asarlarida  tilga  olingan  Jinanjkat  (Chinochkat)  shahrini  V.V.  Bartold 

hozirgi Chinoz deb biladi. Manbalarda Chinos varianti ham uchraydi. 

Chinos 

degan 


urug' bo'lgan (mo'g'ulchada 

chin — 

«bo'ri», -.s ko'plik affiksi). 

Chirchiq  –  Sirdaryoning  o'ng  irmog'i.  Chirchiq  gidronimi  dastlab  Temur 

tarixida tilga olingan. Bobur bu daryoni Chir siyi degan. Mug' tog'idan topilgan sug'd 

hujjatlarida  (VIII  asr)  Shosh  shahridan  janubdagi  hududlar  haqidagi  axborotlarda 

Chiirchiq degan nom tilga olingan. Chlrchlqni 



Sir – chiq, 

ya'ni «Kichik Sir (daryo)» 

deb atash to'g'ridir. 

Chotqol  –  Chirchiqning  bosh  irmoqlaridan  biri.  Arab  geograflari  asarlarida, 

«Hudud ul-olam»da Jadg'al shaklida qayd qilingan. Etnograf M.S. Andreyev Darvoz 

tojiklari  qayinni 



chotg'ol 

deyishlarini  aytgan.  Shayx  Sulaymonning  chig'atoycha  – 

usmoniy turkcha lug’atida 

chotqol 

«notekis yer, dara», hozirgi qirg'iz tilida chatqal – 

«ikki tog' orasidagi dara, soylik» demak. Bu so'z o'z navbatida ikki tarkibiy qismdan 

iborat. Ya'ni 



chat – 

ikki daryo bir-biriga qo'shilgan joydagi oraliq, 



qal 

(qol) «soyliq, 

jilg'a» ma'nosidagi 

qo'l 

so'zining fonetik varianti bo'lishi kerak. 

Qanqa – Oqqo'rg'on tumanidagi qishloq. Miloddan avvalgi II asrdan milodning 

IV  asrigacha  Sirdaryo  bo'yida,  jumladan,  Toshkent  vohasida  mavjud  bo'lgan  Qanqa 

(Qanguy) daylati nomining izi. Yana Qanqatepa degan tepalik ham bor. 

Qibray  –  shaharcha,  Qibray  tumani  markazi.  Qozoqlarning  dulat  qabilasining 

bir urug'i 

qibiray 

deb atalgan. Bu urug' vakillari afsonaviy Qibiray botirdan tarqagan 




ekan.  Sadir  Sadirbekovning  1994  yilda  «O'zbekiston»  nashriyotida  qozoq  tiiida 

bosilgan «Qozoq shajarasi» kitobida shu haqda gap boradi. 

Qorabaliq  –  q.,  Ohangaron  tumani.  Qorabaliq  –  chuchuk  suvli  Jaryo-ko'llarda 

yashaydigan baliq (ruschasi marinka). 

Qoraxitoy – q., Ohangaron tumani.  O'zbeklar, qirg'izlar tarkibidagi urug'lardan 

biri 


qoraxitoy. 

Ilk  o'rta  asrlarda 



qorakidan 

xalqi  keyinchalik  qoraxitoy  (xitoy)  deb 

atala boshlagan. 

Qo'yliq  –  Toshkent  shahri  mavzelaridan  biri.  H.  Hasanov  Qo'yliqni  «quyilik», 

«pastlik» deb izohlagan. Yana shuni aytish mumkinki, o'zbeklarda ham, qozoqlarda 

ham 


qo'yli 

degan urug' bo'lgan. Qo'yli keyinchalik Qo'yliq bo’lib ketgan bo'lishi ham 

mumkin. Bundan tashqari, mo'g'ul sarkardalaridan birining ismi Qo'yliq bo'lgan ekan. 

Mo'g'ul  sarkardalarining  nomlari  O'rta  Osiyo  toponimiyasida  uchrab  turadi 

(Chig'atoy, Ko'kcha, Bo'ka va b.). 

G'azalkent  –  sh.,  Bo'stonliq  tumani  markazi.  Ayrim  olimlar  arab  geograflari 

asarlarida  qayd  qilingan  Gazak  shahri  hozirgi  G'azalkent  bo'lsa  kerak,  degan  fikr 

bildirishadi.  Professor  H.  Hasanov  G'azalkent  toponimi 



g'izol 

«ohu»  so'zidan tarkib 

topgan degan. 

 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə