S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74
MA’ruza matni

kat 

qo'shimchali ayrim shahar va qishloqlar nomini 

keltramiz. 

Ardlankat,  Banokat 

(Banunkat), 



Binkat 

(asli  Toshkent), 



Biskat 

(keyinchalik Pistkent), 



Danfag'ankat, Dahkat, Jabg'ukat, Jinajkat 

(Chinoz), 



Zaltikan, 

Zarankat 

(Zarkent), 



Nujkat,  Nukat,  Tunkat,  Unjakat,  Farnkat 

(Parkent), 



Xarashkat, 

Xotunkat, G'azarkat 

(G'azalkent). 




Shunisi  qiziqki,  eski  qoiyozma  manbalarda  aksari 

kat,  ket 

shaklida  yozib 

kelingan  nomlar  sho'rolar  hokimiyatiniiig  dastlabki  yillarida 

kent 

shaklida 

yoziladigan bo'ldi: Parkent, Piskent, G'azalkent kabi. 

Temuriylar  davri  yozma  manbalarida  O'zbekiston  toponimiyasi  maxsus 

yoritilmagan  bo'lsa  ham  Nizomiddin  Shomiyning  «Zafarnoma»,  Sharafiddin  Ali 

Yazdiyning  «Zafarnoma»,  Hofizi  Abruning  «Geografiya»  va  «Zubdat  at-tavorix», 

Abdurazzoq Samarqandiyning «Matlai sa'dayn» kabi asarlarida talaygina joy nomlari 

tilga olingan. Ularda qayd etilgan Toshkent viloyatidagi toponimlardan quyidagilarni 

aytib  o'tish  mumkin:  Toshkand,  Sayxun  suvi,  Ohangaron,  Oqqo'rg'on,  Toshkent 

cho'li,  Shohruhiya,  Chinos  mavzesi,  Farkat  (Parkent),  Xumrak  mavzesi  (Ohangaron 

daryosining etagida bo igan), Chanoqbuloq mavzesi. 

Hofiz  Tanish  ibn  Muhammad  Buxoriyning  (XVI  asr)  «Abdullanoma»  asarida 

Toshkent  shahrining  Ko'kcha,  Farkat,  Samarqand,  Turkiston,  Registon  nomli 

darvozalari  nomi,  Piskat,  Sayxun  (Sirdaryo),  Farak  (Chirchiq),  Choch,  Shohruhiya, 

Qaraqamish kabi toponimlar uchraydi. Sirdaryoning irmog'i haqida: «Chirchiq nomi 

bilan  mashhur  Chir  daryosi»  deydi.  Ko'rinadiki,  Toshkent  tegrasida  turkiy  nomlar 

ham  qadimdan  uchray  boshlaydi,  chunonchi,  sof  turkiy  nom  boigan  Toshkent 

so'zining  tarixiy  manbalarda  qayd  qilina  boshlaganiga  ming  yildan  oshdi.  O'rta 

asrlarda  Toshkent  yaqinida  Xotunkat  va Jabg'ukat  nomli  shaharchalar  boigan. Bular 

ham  turkiy  nomlardir.  Sharqiy  Turk  xoqonligida 



jabg'u 

degan  unvon  boigan. 



Xotun 

so'zi  arabcha  boisa  ham  bu  so'z  turklarga  «xonning  rafiqasi»  yoki  «xon  ayol» 

ma'nosida ilk o'rta asrdardayoq o'tgan. Bo'stonliq tumanida Soyiiq degan qishloq bor. 

Bu  nom  X-XI  asrlarda  ijod  qilgan  arab  geograflarining  asarlaridayoq  uchraydi.  Bir 

qancha  manbalarda,  jum-ladan,  buyuk  Firdavsiyning  «Shohnoma»sida  Chirchiq 

daryosi Obi-turk, ya'ni «turklar daryosi» nomi bilan tilga olingan.  

Toshkent  viloyati  hududining  shimoliy  va  shimoli-sharqiy  qismi  G'arbiy 

Tyanshan togiarining  tarmoqlari  –  Chotqol, Qurama, Piskom  va  Ugom  togiari bilatt 

band.  Bu  togiarning  har  biri  o'z  navbatida  yana  qancha  tizmalarga  va  mayda 

tarmoqlarga boiinib ketadi. 

Bu  togiarning  turkiy  nomi  Xontangri  yoki  Tangritov  boigan  degan  fikrda  jon 

bor,  chunki  xitoycha  Tyanshan  –  «osmon  toglari»  demak.  Tangri,  ko'k,  osmon 

so'zlari sinonimi. 

Qirgizlar  Tyanshanni  Olatov  deyishadi.  Akademik  V.V.  Radlov  turkiy 



al-ol 

(ulu, uluq) 

so'zi «yuksak», «buyuk», «dahshatli» ma'nolarini anglatishini ta'kidlagan. 

Olatovni  «ola-buia»,  «qorli  tog'»  deyish  ham  mumkin.  Lekin  doimiy  qorli  toglar 

ko'pincha 



Oqtog' 

deyiladi. Masalan, Ohangaron vodiysidagi toglardan birining nomi 

Oqtog'.  G'arbiy  Tyanshandagi  Piskom,  Ugom,  Chimyon  oronimlari  ham  qadimiy 

nomlardir. Bu o'rinda 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə