S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74
MA’ruza matni

kerayit 

(kereyit) 

qabilasi esa Nukus tumanida Kereyit ovuli nomida o'z aksini topgan. 

Qo'ng'irot 

(qo'ngrat, qo'ngrad) etnonimi o'zbeklarning kenagas, qutchi qabilalari 

tarkibida,  qozoqlaming 

qipshaq, 

qirg'izlarning 



adigine 

qabilasi  tarkibida  qayd 

qilingan,  Qoraqalpog'iston  oykonimlari  tarkibida  esa  Qo'ng'irodovul  (Amudaryo 

tumani), Qo'ng'irotko'l ovullari nomlarida o'z aksini topgan. 



Nayman 

qabilasi  o'zbek,  qozoq,  qirg'iz  va  boshqa  turkiy  xalqlar  tarkibida 

uchraydi  va  Qoraqalpog'iston  oykonimlari  orasida  Nayman  (Qonliko'l,  Xo'jayli 

tumanlari) ovullari nomlarida o'z aksini topgan. O'zbek, qirg'iz, turkmanlar tarkibida 

qayd  qilingan 

sayat 

etnonimini  Shumanay,  Qo'ng'irot  tumanlaridagi  Sayat  ovullari 

nomida  ko'rish  mumkin. 

Tama 

qabilasi  qozoqlar,  o'zbeklar,  qirg'izlar,  quramalar 

orasida uchraydi va Amudaryo, Ellikqal'a tumanlarida Tama ovuli nomida aks etgan. 

Uyshun 

toponimi o'zbeklar, qoraqalpoqlar tarkibida qayd qilingan va Amudaryo 

tumanidagi bir ovul shunday nomlanadi. 

Taylaq 

(tayloq) etnonimi qozoq, qoraqalpoq, qirg'iz, o'zbek, turkmanlar orasida 

uchraydi va Chimboy tumanidagi Taylaq ovulida o'z ifodasini topgan. 

Qipchoq 

etnonimi 

ko'plab 

turkiy 


xalqlar 

orasida 


qayd 

qilingan. 

Qoraqalpog'istonda 15 ga yaqin ovul shu nomda (Qipchaq, Qipshaq shakllarida). 

Nukuz 

(nukus)  umg'i  qo'ng'irot  qabilasi  hamda  qoraqalpoqlarning  keneges 

qabilasi tarkibida uchraydi (nekuz shakli ham qayd qilingan) va Amudaryo, Chimboy 

tumanlarida  Nukusovul,  Amudaryo  tumanida  Nukusqal'a  oykonimlarida  o'z  aksini 

topgan.  Qoraqalpog'iston  Respublikasining  poytaxti  Nukus  shahri  (qoraqalpoqcha  - 

No'kis) nomi ham shu etnonimdan. 

Nukus  shahri  nomi,  umuman 

nukus 

etnonimining  kelib  chiqishi  haqida  har  xil 

fikrlar  bor.  Bu  nom  ayrim  tadqiqotchilar  fikricha,  forscha-tojikcha  nukas  «to'qqiz 



kishi»  degan  ma'noni  bildiradi.  Nukuslar  asli  mo'g'ul  qabilasi  bo'lganini  e'tiborga 

olsak, bu etnonimning etimologiyasi haqidagi fikrlar uzil-kesil hal bo'lmagan deyish 

mumkin. 

Suv  obyektlarini  ifodalaydigan  gidronimik  atamalarga  misol: 



arna  – 

Tentekarna; 



ariq  – 

Shuqsirariq,  Yangiariq; 



sag'a-saqa 

(«kanalning  boshi»)  – 

Kanalsag'a, O'rjapsag'a, Uchyapsag'a; 

quduq –

Oqquduq. 



Ko'l 

gidronimii: atamasiga mufassalroq to'xtashga to'g'ri keladi. Gap shundaki, 

Qoraqalpog'iston  hududida  150  dan  ortiq  ko'l  bor.  Respublika  Amudaryoning  etak 

qismida  bo'lgani  bois  daryo  suvi  toshib  son-sanoqsiz  ko'llar  hosil  qilgan  edi. 

Ko'llarning  ko'plari  qurib  qoldi,  lekin  xaritalarda,  odamlarning  xotiralarida  bu 

obyektlarning nomlari saqlanib qolgan. 

Bundan  tashqari  40  dan  ortiq  ovul-qishloqning  nomlari  tarkibida  ham 

ko'l 

atamasi  uchraydi,  jumladan,  Adaykol,  Oqko'l,  Turkmanko'l,  Uyg'urkoi,  Sho'rko'l, 

Qorako'l, Qo'Bg'irotko'l va b. 

Respublikada  gidronimlar  tarkibida 



ko’1 

atamasi  o'rniga 



aydin 

(oydin)  so'zi 

ham ishlatilgan: Uziraoydin, Uyrekoydin, Qoraoydta va b. 

Qoraqalpog'iston ko'llarinl nomlariga qarab bir necha turga bo'lish mumkin. 

1)   kishi ismlari bilan atalgan ko'llar: Davitkol, Do'sanko'l, Zakirko'l; 

2)  rangiga qarab nomlangan ko'llar: Ko'kkol, Qorako'l, Qoraoydin, Sariko'l; 

3) Parranda nomlari bilan atalgan ko'llar: Birqozonko'l, Quvlikol, Qo'tonko'l.  

4)  Suv  o'simliklari  nomlari  bilan  atalgan  ko'llar  (Jekenlioydin,  Shilimko'l, 

Qamisliko'l).  

5)    majoziy-metaforik  nomlar  bilan  atalgan  ko'llar:  Oltimkol  –  qimmatli  baliq 

zotlari  ko'p  bo'lganidan  shunday  nom  olgan.  Gavmisko'l  –  «katta,  ulkan,  yirik» 

degani.  Davkempir  ko'li  yo'lbarsning  oyog'iga  kirib  ketgan  katta  zirapchani 

qo'rqmasdan  chiqarib  olgan  kampir  sharafiga  shunday  atalgan  ekan.  Maqbalkol  – 

baxmalday tovlanib turgani uchun shunday nomlangan. 

Aholi punktlari nomlarini hosil qlladigan oykonimik atamalar. 

Qoraqalpog'istonda bunday atamalar atigi bir necha: 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə