Sabirova rixsi abdukadirovna yuldashev nosirjon muxam edjanovich



Yüklə 405,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/222
tarix22.03.2024
ölçüsü405,26 Kb.
#182702
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   222
R. A. Sobirova Biokimyo 1 q.

57


3.5. ATF sintezi
M itoxondriyaning ichki membranasida H+ga bogMiq boTgan 
ATF sintaza deb nomlanuvchi integral oqsil kompleksi joylashgan. 
Uning molekulyar massasi juda yuqori - 500 kDa dan ortiq. U ikki 
subbirlikdan tashkil topgan: F() va F .
F] mitoxondriyaning ichki membranasining matriksga qaragan 
yuzasida joylashgan q o ‘ziqorinsimon o ‘sma, F esa bu membranani 
kesib o‘tadi. Fosubbirlik orasida protonlami konsentratsiya gradiyenti 
bo'yicha m itoxondriya matriksiga qaytishiga imkon beruvchi proton 
kanali joylashgan.
Fj owz yuzasida ferment bilan birgalikda ADF va fosfatni bog’lab 
energiya sarflamasdan ATF hosil qilishi mumkin. Energiya faqat 
ATFni bu kompleksdan ozod qilish uchun sarfianadi. Bu energiya 
protonli kanal F() orqali proton oqimi o ‘tishi natijasida ajraladi.
Nafas olish zanjirida oksidlanish bilan qaytarilish orasida 
mutlaq bog‘liqlik kuzatiladi: bir modda oksidlanganda boshqa 
modda, albatta, qaytariladi. Ammo ATF sintezida bog‘ liqlik bir 
tomonlama bo‘ladi, y a’ni oksidlanish fosforillanishsiz borishi 
mumkin, lekin fosforillanish oksidlanishsizhech qachon bora 
olmaydi. Bu mitoxondrial oksidlanish tizimi ATF sintezlamasdan 
ishlashi mumkin, lekin mitoxondrial oksidlanish tizimi ishlamasa, 
ATF sintez qilinmaydi deganidir.
3.6. Oksidlanish va fosforillanish jarayonlarining ajralishi
Protonoforlar deb ataluvchi ba’zi kimyoviy moddalar proton yoki 
boshqa ionlami (ionoforlar), ATF-sintazani chetlab o ‘tgan holda, 
membranalararo b o ‘shliqdan matriksga o ‘tkazib beradi. Natijada, 
elektrokimyoviy potensial yo‘qoladi va ATF sintezi to‘xtaydi. 
Ushbu hodisa oksidlanish va fosforillanishning ajralishi deb ataladi. 
Ajralish natijasida ATF miqdori kamayadi, ADF niki esa ortadi. Bu 
holda, NADH va FADH2 ning oksidlanish tezligi ortadi, so‘riladigan 
kislorod miqdori ham ortadi, lekin energiya issiqlik ko‘rinishida 
ajralib P/O koeffitsiyenti keskin pasayadi. Ko‘pincha, ajratuvchilar
- lipofil modda bo'lib, membrananing lipid qatlami orqali osongina 
o ‘tadi. Bu moddalardan biri - 2,4-dinitrofenol, ionlangan holatdan
58


ionlanmagan holatga oson o ‘tib, protonni membranalararo masofada 
biriktiradi va matriksga o ‘tkazadi. Ajratuvchilarga ba’zi dori 
moddalari, masalan dikumarol (antikoagiyant) yoki organizmda 
sintezlanadigan metabolitlar - bilirubin (gem metabolizmining 
mahsuloti), tiroksin (qalqonsimon bez gormoni) ham misol bo‘la 
oladi. Bu moddalaming konsentratsiyasi ortganda ular oksidlanishni 
fosforlanishda ajrata boshlaydi.

Yüklə 405,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə